https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
240
MA’NAVIYATNING SIYOSAT, HUQUQ VA
HOKIMIYATDAGI O‘RNI
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2-sonli Toshkent akademik
litseyi ma’naviyat asoslari fani o‘qituvchisi
Isroilova Lazokat Gafurjanovna
Annotatsiya. Maqolada ma’naviyatning huqushunoslik sohasidagi, siyosiy
jarayonlardagi hamda hokimiyat organlarida tutgan o‘rni ham ularning o‘zaro
bir-biriga bog‘liq tomonlari ochib berilgan va bu to‘g‘risida fikrlar biladirilgan.
Bundan tashqari ma’niviyatning o‘zigi hos hususiyatlari va yurtimiz siyosatidagi
tutgan o‘rni to‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar. Siyosat, huquq, huquqshunoslik, hokimiyat, ma’naviyat,
ma’rifat, madaniyat, O‘zbekiston Respublikasi, tarbiyalash, o‘zaro munosabat,
siyosiy jarayon.
Ma’naviyat taraqqiyotida davlat tomonidan olib boriladigan siyosatning
roli nihoyatda kattadir. Qaysi mamlakatda ma’naviyat va ma’rifatni yuksak
darajaga ko‘tarish, u haqida g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosat darajasiga
ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga keladi, ilm-
fan, ma’rifat va madaniyat rivojlanadi. Bu o‘z navbatida mamlakat oldida turgan
turli eng murakkab muammolarni ham hal etish imkonini yaratadi. Davlat o‘z
faoliyatida ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida
qaragandagina uning barqaror taraqqiy etishi uchun imkoniyatlar kengayib
boradi. Bu holatni to‘g‘ri anglagan mamlakatimiz rahbariyati, xususan
mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirishga
alohida ahamiyat berib, unga rahnamolik qilib kelayotirlar. Yurtboshimizning
biror nutqi, asari yo‘qki, ularda u yoki bu jihatdan ma’naviyat va ma’rifat
masalalariga
yondashmagan
bo‘lsinlar.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
241
Ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilganligining yaqqol misoli qilib 1994 yil 23 aprelda «Ma’naviyat va
ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi, 1996 yil 9
sentyabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida» Prezidentimiz
farmonlarini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25
iyuldagi «Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, Respublika
Oliy Majlisi birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar
tayyorlashning milliy dasguri va umumiy o‘rta ta’limni isloh qilish to‘g‘risida»
gi qonunni va boshqalarni ko‘rsatishimiz mumkin. Keyingi o‘tgan davr
maboynida yuqorida qabul qilingan farmon va qonunlarni bajarish yuzasidan bir
qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Bunga misol qilib milliy-ma’naviy merosimizningtiklanishi borasidagi
yutuqlarimizni ko‘rsatishimiz mumkin. Mustaqillik yillari tom ma’noda iqtisodiy
o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish, ma’naviy o‘nglanish,
ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un
holda borganligi tarixiy haqiqat.
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami «Navro‘z» 1991 yildan
boshlab 21 mart umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. 1993 yil
buyuk mugasavvuf Bahouddin Naqshband hazratlari tavalludining 675 yilligi
nishonlandi. 1994 yil Ulug‘bek yili deb e’lon qilinib, tavalludining 600 yilligi
nishonlandi, asarlari nashr etilib, u barpo etgan rasadxona ta’mirlandi. 1996 yil
mamlakatimizda va jahon miqyosida Amir Temur yili sifatida nishonlandi.
Muhtasham Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. 1997 yil esa
musulmon dunyosida «Islom dinining gumbazi» deb tan olingan qadimiy
Buxoro, ochiq osmon ostidagi muzey bo‘lmish Xiva shaharlarining 2500
yilligi, 1998 yil buyuk muhaddis Imom al- Buxoriy tavalludining 1225, ulug‘
astronom Ahmad al-Fargoniyning
1200 yilliklari tantana qilindi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
242
1999 yilda esa «Alpomish» xalq eposining 1000, buyuk sarkarda Jaloliddin
Manguberdi taval ludining 800 yilligi nishonlangan bo‘lsa, 2000 yilda Abu
Mansur M oturidiyning 1130, Islom huquqshunosligining peshvosi
Burhoniddin Marg‘iloniyning 910 yilligi nishonlandi. 2001 yilda esa o‘lkamizda
ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy-tarixiy merosi -
«Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. Yuqorida keltirilgan misollar mustaqil
O‘zbekiston davlati- ning ma’naviyatimizni tiklash va rivojlantirish borasida
olib borayotgan siyosati borasidagi yutuqlarimizdan bir nishona xolos.
Siyosat
- bu muayyan davlatlar hokimiyati, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-
siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlarining mamlakat ichki hayotida va xalqaro
maydonda xalqlar, millatlar, ijtimoiy guruhlarning maqsad va manfaatlarini
himoya qilishga qaratilgan faoliyatidir.
Siyosat har qanday jamiyatda ham davlat faoliyatini ifoda etadi. Chunki
jamiyatdagi barcha jarayonlar va muammolarning qo‘yilishi hamda ularning hal
etilishi davlat olib boradigan siyosat bilan bog‘liq bo‘ladi.
Siyosat eng yirik ikki yo‘nalishga - tashqi va ichki siyosatga bo‘linadi.
O‘z navbatida ular ham o‘zining bir necha tarmoqlariga bo‘linadilar. Bu yerda
gap uning tarmoqlari haqida emas, balki siyosatning ma’naviyat bilan
munosabatlari haqida bormoqda.
Siyosat mamlakat ichki hayotida ikki yunalishda olib borilishi mumkin.
Ularning biri taraqqiyparvar, insonparvar, adolatli siyosat bo‘lsa, ikkinchisi
adolatsiz, reaksion siyosatdir.
Mamlakatda olib boriladigan bunday adolatsiz, reaksion siyosat nafaqat
uning ichdan yemirilishiga, balki xalqaro munosabatlarda ham obro‘-e’tiborining
tushishiga olib keladi. Xullas, bunday siyosatning olib borilishi mamlakatni
halokatga olib keladi.
Adolatsiz, reaksion siyosatga qarama-qarshi o‘laroq taraq- qiyparvar,
insonparvar, ma’rifatparvar siyosat mamlakat va uning xalqi manfaatlariga xizmat
qiladi. Bunday siyosat eng avvalo
inson zotini ulug‘lashni, uning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
243
moddiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishni, mamlakatda tinchlik,
barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilib oladi. Ilm, ma’rifat, madaniyatni,
texnika, texnologiyani rivojlantirish, fuqarolarning zamonaviy bilimni
egallashlariga keng yo‘l ochish va g‘amxo‘rlik qilish taraqqiyparvar, insonparvar,
ma’rifatparvar siyosatning muhim yo‘nalishini tashkil etadi.
Bunday siyosatning ustuvorligi va ma’naviyatli tomoni shundaki, u
mamlakatda mavjud muammolarni hal qilishda vazminlik vaziyatini vujudga
keltiradi, har qanday to‘palon va beboshlikning oldini olishga, eng murakkab
munozarali muammolarni ham muzokoralar, baqslar yo‘li bilan hal qilishga
yordam beradi.
Davlat taraqqiyotparvar, insonparvar, ma’rifatparvar siyosat olib borishni
maqsad qilib olgan va unga amal qilgan bo‘lsa, u albatta tashqi siyosatda ham
o‘zga xalqlarning yerlarini tortib olish, ularni asoratga solish, talonchilik qilish
kabi tajovuzkor siyosatni emas, balki barcha davlatlar bilan tinch-totuv
yashash, o‘zaro hamkorlik qilish siyosatini olib boradi. Tashqi siyosatda bunday
yo‘lni tutgan davlatlar qurollanish uchun ketadigan xarajatlarni mamlakatning
ma’naviy va ma’rifiy rivojlanishiga sarflaydi. Mustaqil O‘zbekistonda Islom
Karimovning bevosita raqnamoligida ham ichki ham tashqi siyosatda
taraqqiyotparvar, insonparvar va ma’rifatparvar siyosat olib borildi. Buning
natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora oshib bordi.
U tanlagan yo‘l jahondagi mamlakatlar tomonidan tan olinmoqda. 1997-yil
mamlakatimizda «Inson manfaatlari» yili, 1998-yil «Oila» yili, 1999-yil «Ayollar»
yili, 2000-yil esa «Sog‘lom avlod» yili sifatida iz qoldirdi. 2001 yil «Onalar
va bolalar» yili sifatida o‘ggan bo‘lsa, 2002-yil «Qdaiyalarni qadrlash» yili
sifatida o‘tdi. Siyosatning ma’naviy hayotga real ta’siri mamlakatda ma’rifatni,
ilm-fan, adabiyot va san’atni rivojlantirish to‘g‘risida ko‘rsatadigan amaliy
ishlarda namoyon bo‘ladi.
O‘z navbatida fuqarolarning yuksak ma’naviyatga va ma’rifatga ega
bo‘lishlari
mamlakatning
har
tomonlama
rivojlanishiga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
244
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Ma’naviyat va ma’rifatga tayangan mamlakatda tinchlik, barqarorlik
hukmron bo‘ladi va u taraqqiy qilib boraveradi. Ma’naviyati va ma’rifati yuksak
xalqning davlati ham har tomonlama yuksalib boraveradi. Ma’naviyat o‘zining
salohiyati bilan xalq va mamlakat hayotida siyosatni to‘g‘ri, adolatli,
insonparvarlik yo‘nalishida olib borishda katga ahamiyatga egadir. Davlatning
kuch- qudrati, uning barkamolligini ta’minlashning muhim omillaridan biri
siyosatni ana shu yo‘nalishda olib borish sanaladi. Ayni vaqgda ma’naviyat davlat
siyosatini ommaga yetkazib turishga yaqindan yordam beradi.
Ma’naviyat va huquq, ularning o‘zaro munosabati.
Ma’naviyat va huquq bir-biri bilan bog‘likdir. Jamiyat, davlat doirasida
huquq normalarining belgilanishi odamlarning qaysi darajada ma’naviyatga ega
bo‘lishlariga bog‘liqdir. Mamlakat miqyosida qabul qilinadigan konstitutsion
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning darajalari shu mamlakat fuqarolarining
ma’naviyati va sissiy madaniyatini ifoda etadi. Bu masalaning bir tomoni.
Ikkinchidan, konstitutsion qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar
fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlarini va davlat siyosatining
yo‘nalishlarini fuqarolarning ma’naviyati rivojlanishi darajalariga mos ravishda
rasman belgilab beradi. Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqoridan turib
qonun qabul qilish har qanday yuksak darajadagi qonun va me’yoriy hujjatlar
faqat fuqarolarning ma’naviy salohiyati va siyosiy ongi darajasidagina amal
qiladi, undan nariga o‘ta olmaydi. Aslini olganda, odamlarning ma’naviyati va
siyosiy ongi qabul qilinadigan qonunlar va boshqa hujjatlarda belgilanadigan
rasman normalardan yuqori bo‘lishi kerak. Ana shundagina fuqarolar
jamiyatning taraqqiy qilishida faol ishtirok etadilar.
Mustaqil O‘zbekiston davlati fuqarolarning ma’naviyati, siyosiy va
huquqiy ongini o‘stirish sohasida doimiy g‘amxo‘rlik qilib kelmokda. Buni
mustaqil
Vatanimizning
birinchi
asosiy
qonuni
hisoblangan
Konstitutsiyamizda
yaqqol
ko‘rishimiz mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
245
Konstitutsiyamizda milliy xususiyatlarimiz va qadriyatlarimizdan kelib
chiqib, bir qator huquqiy normalar belgilanganki, u xalqimiz ma’naviyati, qalbi
va ruhiyati qirralarini o‘zida ifoda etgan. Jumladan, «Voyaga yetmaganlar,
mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat qimoyasidadir»,
«Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», «Oila jamiyatning asosiy
bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish xuquqiga ega», «Davlat
va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga
bag‘ishlangan hayriya faoliyatini rag‘batlantiradi», «Onalik va bolalik davlat
tomonidan muhofaza qilinadi» kabi moddalar ko‘rsatib o‘tilgan.
Ko‘rinib turibdiki, Konstitutsiyadan keltirilgan har bir moddada
davlatimizning fuqarolari huquqlari, erkinliklarini ta’minlash, ularni modsiy va
ma’naviy jihatdan o‘stirish to‘g‘risida ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi o‘z ifodasini
topgan. Mamlakatimizda fuqarolarimizning xuquqiy bilimlarini oshirish
to‘g‘risida izchillik bilan siyosat olib borilmoqsa. Jumladan, 2019 yil 11-13
sentabrda
Toshkentda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy
muassasalarning faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘gkazildi. Bu
seminarda inson huquqdarini ta’minlashdek eng dolzarb masala muhokama
etildi. Prezidentimiz farmoni bilan inson huquqlari bo‘iicha O‘zbekiston
Respublikasi milliy Markazi tashkil etildi. Bu davlatimizning umuminsoniy
ma’naviy qadriyatlarni ta’minlash yo‘lidagi dadil ildamlashdir.
Davlat tili to‘g‘risida qonun qabul qilinganligiga (1989 yil 21 oktabr)
35 yildan oshdi. Tilimizga beriladigan bunday imkoniyat uchun qanchadan-
qancha millatparvar odamlarimiz kurash olib bordilar. Lekin vaqt o‘tishi bilan
«his-hayajonlarimiz» so‘nib bormoqpa. Ammo, bir qator joylarda davlat tilini
joriy qilish qoniqarsiz ahvolda ekaniga achinasan kishi. Xususan, hujjatlar rus
tilida tuldirilashi, hisobotlar rus tilida talab qilinadi, majlis bayonlari rus tilida olib
boriladi.
Aslida davlat tilini barcha jabhalarda joriy etish bo‘yicha respublika,
viloyatlar va shaharlarda maxsus
hay’at
tuzilgan.
Bunday
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
246
hay’atlarning ishi ham sust, talab darajasida emas. Bu hol
albatta ma’naviyatimiz
rivojiga o ‘ zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Qonunlarni bilish, ularga itoat etish, o‘z huquqlarini, erkinliklarini va
burchlarini tushunib yetish har bir fuqaroning yuksak ma’naviy fazilati. Bu
adolatli, demokratik, huquq ustuvorligiga asoslangan yangi jamiyat qurishning
ham kafolatidir. Xuddi shu ma’noda yoshlarimiz, talabalarimiz huquqiy bilimlarni
chuqur o‘zlashtirishlari va siyosiy onglarini rivojlantirishlari bugungi
kunimizning eng dolzarb muammosi hisoblanadi.
Hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb
qilnsh davlat taraqqiyotining muhim sharti
Hokimiyat o‘z mohiyati va maqomiga ko‘ra rahbarlik va hukmronlik
qilish munosabatlarini ifoda etuvchi tushunchadir. Hokimiyat alohida shaxs,
guruh, odamlar, tashkilot, siyosiy partiya, davlatning ijtimoiy qamkorlikning
boshqa ishtirokchilariga kuch ishlatish yoki kuch ishlatmaslik vositalari va
uslublari yordamida o‘z irodasini o‘tkazish va ularning harakatlarini
boshqarishni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat hokimiyati
va boshqaruv idoralarini yangidan tashkil etdi. Natijada yangi davlat organi
viloyat, shahar va tuman hokimligi boshqaruvi vujudga keltirildi. Hokimliklar o‘z
faoliyat
doirasida
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident
farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining xuquqiy hujjatlarini amalga
oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama
etish, hayotga joriy qilishda bevosita ishtirok etadilar. Shu jumladan, hokimliklar
davlatning ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi siyosatini amalga oshirishda ham
mas’uldirlar.
Ma’naviyat hokimiyat tizimida turli tabaqa, turli toifadagi aholining
umumiy manfaatlarini o‘zida mujassam etib, ularning bir mamlakat fuqarosi
sifatida umumiy ehgiyojlarini qondirishning muhim omili sanaladi.
Mustaqil O‘zbekiston xalqi
o‘z oldiga huquqiy demokratik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
247
davlatni barpo etishni maqsad qilib quygan. Bu maqsadning samarali amalga
oshishi davlat boshlig‘i va joylardagi hokimlarning dunyoqarashi, og‘ir
paytlarda eng maqbul va eng to‘g‘ri yo‘nalishni tez anglab olish qobiliyati bilan
bog‘liq. Darhaqiqat, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya
katta. Rahbar - shaxsning ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy barkamolligi, qanday
maqsad va g‘oyalar bilan yashayotganligi muhim ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham Sharq donishmandlari hokimiyat tepasida turgan kishi qanchalik
dono, aqlli va sezgir bo‘lsa, bu o‘sha davlat, uning xalqi uchun ham shunchalik
katta baxt deyish gan. Ya’ni Sharq mutafakkirlari davlat va jamiyat, podsho va
raiyat haqida yozganda, nufuzli insonning ma’naviy yetukligiga, pokpigiga
asosiy e’tiborini qaratib, adolat, rosggo‘ylik, mehr-shafqat, saxovat va qanoat kabi
sifatlarni himoya qilganlar.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy «Fozil kishilar shahri» nomli asarida
davlatni boshqaruvchi rahbar shaxsning o‘n ikki fazilatini sanab o‘tadi. Uning
fikriga ko‘ra, rahbar avvalo sog‘lom, aqlli, xushyor, zakovatli odam bo‘lishi,
qalbida adolat tuyg‘usi jo‘sh urib turishi, do‘stu dushmanni, rost va yolg‘onni
ajratadigan bo‘lishi kerak. Davlatni fozil kishilar boshqarishi lozim. Fozil kishilar
ko‘paygan shaharlarda osoyishtalik, farovonlik ham bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi mustaqillik sharoitida
davlat rahbaridan, hokimiyat tizimida ishlayotganlardan juda katta mas’uliyat va
fidoiylik talab etiladi. Hokimiyat tizimidagi har bir rahbar shaxs butun hayot
zavqini mashaqqatga almashtirgan, o‘z hayoti va jonini mamlakat va xalq hayoti
yo‘liga tikkan vatanparvar, xalqparvar, halol, pok, to‘g‘ri, qo‘yingchi, har
tomonlama yuksak ma’naviyatli, barkamol inson bo‘pishi kerak.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarkand va Navoiy viloyatlari
Kengashlarining navbatdan tashqari, sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida
ta’kidlaganidek, lavozim kishiga kibru havo, boylik to‘plash va kayfu safo
uchun berilmaydi. Aksincha, u yuk va mas’uliyatni, hayotning bugun rohat-
farog‘atdan kechishni, kerak bo‘lib
qolganda o‘zidan kechishni talab
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
248
qiladi. Bunday qarash har birimiz uchun, shu jumladan, ayniqsa, hokimiyat
tizimida ishlayotganlar uchun odatga aylanishi, hayotimizga singib ketishi kerak.
Rahbar xodimlar o‘z hayot faoliyatlarida davlatchilik, el-ulusni
boshqarishda adolat, vatan, xalq manfaatini har narsadan ustun qo‘yish
tamoyillariga amal qilishlari yuksak, ma’naviylik mezonlariga mos tushadi.
Agar rahbar xodim ayshu-ishratga berilib, o‘zining talabchanlik, tashkilotchilik va
rahbarlik burchini unutib qo‘ysa, o‘sha joyda qonunga rioya qilish, tartib-intizom
masalalari qolipdan chiqib ketishi tabiiy hol. Rahbar o‘z faoliyatida
mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, qarindosh-urug‘chilik kabilarga
yo‘l qo‘ysa, bu taraqqiyotimiz va tinch-farovon hayotimizga xavf soladigan
tahdidga aylanadi. Hokimiyat tizimidagi rahbar xodimlarning ma’naviy
qiyofasidagi bunday salbiy illatlar jamiyatimiz, mustaqilligimiz uchun katta xavf
ekanligi, atroflicha bayon qilib berilgan. Gap shundaki, hokimiyatning
boshqaruv tizimida ishlayotgan rahbar xodimlar amaldan mag‘rurlanib, boshi
aylanib, o‘z faoliyatida mahalliychilik, oshna og‘aynichilik, urug‘-aymoqchilik
illatiga yo‘l qo‘ysa, bunday rahbar xudbinlik kasaliga duchor bo‘lib, oyog‘i
yerdan uziladi. El-ulus nazaridan qoladi. Prezidentimiz aytganidek, rahbarlar
kelib ketadi, el, xalq qoladi. Lekin ana shu rahbar xalq ko‘nglidan o‘ziga joy topa
oldimi? Esda qoladigan biror hayrli ish qila oldimi?
Kimdan bog‘ qoldiyu, yaxshi nom, yaxshi xotira qolayaptiyu, kimdan
yomon nom, dog‘, isnod qolayapti, buni odamlarning o‘zlari ajratib oladi.
Xulosa shuki, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalq ishonchini
qozonish uchun hokimiyatni boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol
shaxslarni jalb qilish taraqqiyotimizning muhim sharti hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Ortiqov N. Ma’naviyat: milliy va umuminsoniy qadriyat- lar. - T;
“O‘zbekiston”,1997.B.56.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
249
2. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. “Hikmatnoma”. B. 122.
3. Mavrulov A. Vatanni sevish mas’uliyati. T:“Sano-standart” B. 46.
4. Ziyomuhammadov B. Komillikka eltuvchi kitob.T; “TURONIQBOL”,
2006. B.191
5. Komilov T., Abidova S. Milliy axloqiy qadriyatlar va ularning tarbiyaviy
ahamiyati. O‘zR FA, “Fan”, 2000.B.20
6. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘ati. (A. Jalolov va Xonnazarov
umumiy tahririda). – T; Sharq, 1998, B. 279
7. Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug‘at. –T; “Sharq”, 1998. B.33.
8. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g‘urur. T; “O‘qituvchi”, 1999.
B.198.
9. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. “G‘.G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi”. T; 2010. B. 707.
10. Muhammad payg‘ambar qissasi. Hadislar. T; “Kamalak”. 1991. B.51-60,
61
11. Milliy istiqlol g‘oyasi: ko‘rgazmali vositalar. T; «Ma’na-viyat”, 2001.
B.12.
12. Koshifiy V.H. Axloqi Muhsiniy. – T; O‘zME, 2010.
13. Majidov N. Oila – muqaddas Vatan. Sog‘lom avlod uchun. №1. 2000.
B.25