Авторы

  • Mahkamov Sunnatilla Xasan o‘g‘li

Биография автора

  • Mahkamov Sunnatilla Xasan o‘g‘li

    Jizzax davlat pedagogika universiteti, Sirtqi bo’lim,

    tarix yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99551

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Somoniylar davlati Ismoil Somoniy Ahmad ibn Asad Tohiriylar davlati Nasr Safforiy Amir ibn Lays xalifa Mu’tazid Somoniylar davri devonlari ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu maqolada Vatanimiz tarixida faoliyat ko’rsatgan Somoniylar davlatining yirik hukmdori, zukko davlat arbobi Ismoil Somoniy haqida fikr yuritiladi. Ismoil Somoniyning o’z davlatini barpo etish va rivojlantirishdagi amalga oshirgan islohotlari mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

54

ISMOIL SOMONIY – O‘RTA ASRLARNING SERG’AYRAT VA

ZUKKO DAVLAT ARBOBI

Mahkamov Sunnatilla Xasan o‘g‘li

Jizzax davlat pedagogika universiteti, Sirtqi bo’lim,

tarix yo’nalishi talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Vatanimiz tarixida faoliyat ko’rsatgan

Somoniylar davlatining yirik hukmdori, zukko davlat arbobi Ismoil Somoniy haqida fikr

yuritiladi. Ismoil Somoniyning o’z davlatini barpo etish va rivojlantirishdagi amalga

oshirgan islohotlari mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.

Kalit so’zlar: Somoniylar davlati, Ismoil Somoniy, Ahmad ibn Asad, Tohiriylar

davlati, Nasr, Safforiy Amir ibn Lays, xalifa Mu’tazid, Somoniylar davri devonlari,

ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Vatanimiz ko’plab allomalar, fozilu-ulamolar, sarkardalar va hukmdorlar

hamda bir qator, o’tmishi buyuk shaxslarni o’z bag’rida dunyoga keltirgan, kamol

topishida ulkan ahamiyat kasb etgan maskanlar biri hisoblanadi. Ajdodlarimizning

qahramonliklari, olib borgan keng qamrovli islohotlari, qoldirgan memuar asarlari,

ko’rsatgan jasoratlari hozirda tildan tilga o’tib, o’z tariximizni bunyod bo’lishiga xizmat

qilmoqda. Har bir davrning, davlatning, ma’lum madaniy o’lka va tuzumning faoliyat

qahramonlari bo’lganidek, biz fikr yuritmoqchi bo’lgan o’rta asrlarning yirik davlat

arboblaridan asosiysi Ismoil Somoniydir.

Dastavval, Somoniylar davlati va uning faoliyati tarixiga biroz nazar tashlasak,

Somoniylar haqidagi ma’lumotlar mo‘g‘ullar davriga qadar O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha

arab va fors tillarida yozilgan deyarli barcha manbalarda keltirilgan. Somoniylar sulolasi

tarixiga bag‘ishlangan, lekin bizgacha yetib kelmagan “Somoniylar xonadoni tarixi”

nomli maxsus asar bo‘lganligi haqida tadqiqotchilar o’z ma’lumotlarini berib o’tadilar.

Somoniylar

haqida

ba’zi

ma’lumotlarni mo‘g‘ullar davridan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

55

keyin yozilgan manbalarda ham uchratish mumkin. Birgina, Mirxondning umumiy

tarixga bag‘ishlangan “Ravzat us-safo” asarida Somoniylar hukmronligi tarixiga alohida

bo‘lim bag‘ishlangan. Somoniylar sulolasi haqida boy ma’lumotlar hujjat manba

hisoblangan numizmatik materiallar, ya’ni tarixiy tangalarda ham mavjud bo‘lib, ular

yozma manbalardagi ma’lumotlarni anchagina to‘ldiradi va aniqliklar kiritadi

[Shamsiddin Kamoliddin., 2024. 3-4 b.].

Shu o’rinda, Ismoil Somoniy va uning faoliyati tarixiga to’xtaladigan bo’lsak,

Ismoil Somoniy 849-yilda

Fargʻonada

tugʻilgan. Uning otasini ismi

Ahmad ibn Asad

edi.

Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol

uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto

Safforiylarga tob’e boʻlishni hohlamaydi. Shahar zodagonlari Somoniylarga murojaat

qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar. Elchilik xabarida undan

Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishini va Somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga

hokim qilib yuborishni soʻraydilar. O’z navbatida Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan

qabul qilib, ukasi Ismoilni 874-yilda Buxoroga noib qilib yuboradi.

Keyingi davrlarda aka-uka oʻrtasida adovat paydo boʻladi va bu esa

888-

yilda ikki o’rtadagi

jangga olib keladi. Jangda Nasr qoʻshinlari tor-mor keltiriladi.

892

-

yildan boshlab Ismoil butun

Movarounnahrni

birlashtirib, uning yagona hukmdori

boʻlib oladi.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli,

sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U

Movarounnahrni

birlashtirgach,

mustahkam davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni

mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi.

Avvalo, katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi.

893-yilda

Taroz

shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu Somoniylar davrida

koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada, Ismoil Somoniy

butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Keyinchalik,

Xurosonda tashkil topgan Safforiylar

davlatiga barham berdi va uni ham oʻz


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

56

davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti

Buxoro

shahri boʻlgan, zamonasining eng yirik

mustaqil, islomiy davlati tashkil topdi.[

www.wikipedia.org

internet sayti]

Shonli o’tmishimizdan hozirgi kunga qadar yetib kelgan tarixiy ma’lumotlarga

tayanadigan bo’lsak, Ismoil Somoniy o’z davri uchun uzoqni ko’ra biladigan, g’oyat

serg’ayrat, o’z zamonasinig hohish irodasini chuqur anglab yetgan hukmdor

hisoblangan. Buyuk bir davlat tuzish va uni o’sha davr uchun munosib shart-sharoitlar

bilan ta’minlay olgan davlat arbobi sifatida tarixda qolgan shaxs edi.

Bu davr siyosiy tarixi juda murakkab bo’lib, kuchаyib bоrаyotgаn vа

mustаqillikа intilаyotgаn Ismоil Sоmоniy

siyosаti Аrаb хаlifаligini tаshvishgа

sоlаyotgаn edi. Shu bоis хаlifа Mu’tаzid

Ismоil Sоmоniy bilаn Хurоsоn nоibi Аmir ibn

Lаysni bir-biriga gijgijlab, ikki o’rtada urush keltirib chiqarishni o‘z oldiga mаqsаd qilib

qo’ygan edi. 900-yildа Ismоil

hаl qiluvchi jаngdа Аmir ibn Lаysni yеngib Хurоsоnni

hаm o‘zigа qo‘shib оlаdi. Nаtijаdа, хаlifа Mu’tazid Ismоil Sоmоniy

dаvlаtini tаn оlib,

ungа hukmdоrlik yorlig‘ini yubоrishgа mаjbur bo‘ldi. Buning оqibаtidа, IX аsr

охirlаridа Mоvаrоunnаhr Аrаb хаlifаligi istibdоdidаn butunlаy хаlоs bo‘ldi. Shu asnoda,

Sоmоniylаr dаvlаtidа mаrkаziy vа vilоyatlаr bоshqаruvi tizimi Ismоil Sоmоniy

dаvridа

uzil-kеsil qаrоr tоpdi.

Ismoil Somoniy o’z davlati mаrkаziy bоshqаruv tizimini dаrgоh vа dеvоn

оrqаli аmаlgа оshirilgаn. Mаrkаziy bоshqаrmа 10 tа dеvоndаn

ibоrаt bo‘lgаn: vаzir

dеvоni, mustаvfiy

dеvоni (хаzinа (mоliya) kirim chiqimlаr), аmid аl-mulk

dеvоni

(dаvlаt hujjаtlаri vа elchilik аlоqаlаri)

,

mumоllikаyi хоs dеvоni

(dаvlаt mulklаri), sоhibi

shurаt

dеvоni (hаrbiy ishlаr), sоhibi muаyyid dеvоni

(mаktubоt vа ахbоrоt), mushrif

dеvоni

(sаrоy ish bоshqаruvchisi), muхtаsib

(bоzоrlаrdаgi tоshu-tаrоzilаr, nаrх-nаvо

hаmdа fuqаrоlаrning mаfkurаsi), qаzо dеvоni (аdliya), аvqоf dеvоni (mаsjid vа

mаdrаsаlаrning vаqf хo‘jаliklаri). Dеvоnlаrning eng kаttаsi vаzir dеvоni

bo‘lib,

bоshqаlаri ungа bo‘ysungаn. [Sultonov F. 2007.106-b.]

Aytish mumkinki, Ismoil Somoniy o’z davri uchun, nafaqat ulkan imperiya

tuzdi, balki bu davrda o’zaro o’zaro kurashlar, ichki boshboshdoqliklarga barham berib,

mustahkam davlat tuza olgan shaxs

sifatida tarixda qoldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

57

Ismoil o’z boshqaruvi ostida bo’lgan barcha shahar va qishloqlarda

obodonlashtirish va qurilish ishlarini ham amalga oshirdi. U davlat yakdilligini

ta’minlash, bosqinchilik ishlarini amalga oshirmoqchi bo’lgan barcha g’animlariga

qarshi muvaffaqiyatli janglar olib bordi. Faqatgina qo’shin hamda siyosat ishlarni

amalga oshiribgina qolmasdan, ijtimoiy, madaniy hayotda ham islohotlar orqali,

ko’pgina oldinga siljishlarni amalga oshirdi [Vohidov Sh., 2013.107-b.].

Sоmоniylаr dаvlаti bir asrdan ko‘prоq umr ko’rdi. Ismoil Somoniy davridan

so’ng, ya’ni 907-yilda bu davlat hududida ichki nizolar, siyosiy boshboshqoqliklar

kuchaydi, aholidan olinadigan soliqlar va ularni turli majburiy ishlarga safarbar qilish

ko’paydi. Aholining keskin noroziliklari, turli yillardagi g’alayonlar, hukmdor sulola

a’zolarining fitnalari dаvlаt hоkimiyatining kuchini yanаdа zаiflаshtirdi. Bunday

jarayonda ichki vа tаshqi kurаshlаrgа Sоmоniylаr dаvlаti bаrdоsh bеrа оlmаdi.

Natijada, esa bu davlat oxir oqibat tanazzulga yuz tutdi. [Sultonov F. 2007. 106-b.].

Ismoil tarixda kuchli sarkarda va hukmdor sifatida tanilgan; arab va fors

manbalarida u haqida ko‘plab hikoyatlar yozilgan. Qolaversa, uning shimolga qilgan

yurishlari tufayli uning imperiyasi dushman bosqinlaridan shunchalik kuchli ediki,

Buxoro va Samarqand mudofaasi foydalanilmay qolgan edi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Ismoil Somoniy o’z davri uchun muntazam va

zamonaviy qo’shin tuzdi, davlatni birlashtirish yo’lida sobitlik bilan harakat qildi.

O’zbek davlatchiligi tarixida o’rta asrlar davrida bir mukammal davlatni o’z atrofida

shakllantira oldi. Davlatning ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy jihatdan

o’z davri uchun mukammal bir shaklini yuzaga chiqaradi oldi. Zero, o’sha davr

muarrixlari yozishicha, Ismoil Somoniy “…

haqiqatan ham podshohlikka munosib edi.

U adolatli, rahm-shafqatli, aql va farosat egasi edi, ishlarni adolat va odob-axloq bilan

olib borardi. Kim odamlarga zulm qilsa, uni jazolardi. Davlat ishlarida hamisha xolis

edi”.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

58

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Sultonov F. O‘rta asrlar tarixi. Toshkent. 2007.

2. Shamsiddin Kamoliddin., Timur Kocaoglu. O‘zbek davlatchiligi tarixidan:

Somoniylar sulolasi (IX-X asrlar). Toshkent. 2024.

3. Vohidov Sh. Qodirov A. Sharqning mashhur sulolalari. Toshkent. 2013.

4.

www.wikipedia.org

. internet sayti