https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
418
SANOAT KORXONALARIDA BOSHQARUV SAMARADORLIGINI
BELGILOVCHI OMILLAR TASNIFI
Azimova Lola Safarovna
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti katta о‘qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada sanoat korxonalarida boshqaruv samaradorligini
belgilovchi asosiy omillar tadqiq etilgan.
Boshqaruv samaradorligini baholash yо‘llari
asoslangan.
Boshqaruv resurslari va samaradorligi tavsiflangan.
Аннотация. В статье исследованы основные факторы, определяющие
эффективность управления на промышленных предприятиях. Обоснованы
методы оценки эффективности управления. Описаны ресурсы и эффективность
управления.
Abstract. The article explores the main factors that determine the efficiency of
management in industrial enterprises. Management effectiveness assessment methods
are justified. Resources and management efficiency are described.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tashkilotning iqtisodiy erkinlik va о‘z
natijalari uchun tо‘la javobgarligi natijasida boshqaruv rolining о‘sishi boshqaruv
sohasiga qо‘shimcha mehnat, moliya, moddiy resurslarni kо‘proq jalb etmoqda.
Mulkdor uchun korxona faqatgina boshqaruv uchun resurslarni sarflashi qanchalik
muhim bо‘lsa, shunchalik boshqaruv korxonaga bozorda strategik afzalliklar
beradi, uning raqobatbardoshligini oshiradi, korxonaning ijtimoiy ahamiyatini
qо‘llab quvvatlaydi.
Raqobatchilik sharoitlarida rahbar unumdorlik va samaradorlik haqida
qayg‘urishi kerak. Boshqaruv samaradorligi tushunchasi kо‘p jihatdan tashkilotning
ishlab chiqarish boshqaruvining о‘zigagina xos iqtisodiy xususiyatlarga ega.
Boshqaruv samaradorligining bosh mezoni sifatida boshqariladigan obyektning
samaradorlik darajasi xisoblanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
419
Boshqaruv samaradorligi muammosi quyidagi muhokamalarni о‘z ichiga
oluvchi boshqaruv iqtisodining tarkibiy qismidir:
1. Boshqaruv imkoniyatlari, ya’ni boshqaruv tizimi qо‘l ostida bо‘lgan va
foydalanadigan barcha resurslar majmuini tashkil etadi. Boshqaruv qudrati moddiy
va ma’naviy shakllarga ega;
2. Boshqaruv vazifalariga mos keluvchi sotish bо‘yicha ishlar xajmi,
texnologiya, tashkil etish, mazmuni jihatdan aniqlanuvchi boshqaruv uchun chiqim
va xarajatlarni;
3. Boshqaruv mehnati xususiyatlarini boshqaruv samaradorligi, ya’ni
tashkilot faoliyati, manfaatlarini amalga oshirish jarayonida alohida maqsadlarga
erishishda kishilarning harajatlari samaradorligi - bu boshqaradigan va
boshqariladigan tizimlarning о‘zaro aloqasi sifatidagi boshqaruv jarayoni va
faoliyat tizimining samaradorligidir, ya’ni boshqaruv tarkibiy qismlarining
о‘zaro aloqadorligining integratsiyalashgan natijasidir[1].
Samaradorlik boshqaruvchi qanday darajada maqsadlarning amalga oshirsa,
shunday darajada rejalashtirgan natijalariga erishishini kо‘rsatadi.
Boshqaruv samaradorligi ishlab chiqarish samaradorligida namoyon bо‘ladi va
ishlab chiqarish samaradorligining tarkibiy qismi hisoblanadi. Maqsad va xarajatlarga
taqqoslangan faoliyat natijalari bu aynan, boshqaruv toifasi sifatidagi samaradorlik
mazmunidir.
Menejer faoliyati samaradorligiga xodimning imkoniyatlari, uning alohida
vazifalarini bajara olish qobiliyati: ishlab chiqarish vositalari, alohida xodim va
jamoaning ijtimoiy jihatlari, tashkil etish madaniyati kabi qator omillar ta’sir
kо‘rsatadi. Bu barcha omillar birgalikda integratsiyalashgan xolda ta’sir qiladi.
Shunday
qilib,
boshqaruv
samaradorligi
boshqaruvni
mukammalashtirishning muhim kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib, ularga erishish uchun
sarflangan resurs va boshqaruv natijalarini solishtirib, aniqlanadi. Boshqaruv
samaradorligini baholash boshqaruv harajatlari bilan olingan foydani tenglashtirish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
420
yо‘li bilan aniqlanadi. Biroq bunday soddalashtirilgan baholash xar doim xam tо‘g‘ri
bо‘lavermaydi, sababi:
boshqaruv natijasi xar doim ham foydadan iborat bо‘lmaydi;
bunday baholash boshqaruvni, uning yutuqlaridagi rolini yashiruvchi
bevosita va bilvosita natijalarga olib keladi;
boshqaruv natijasi faqatgina iqtisodiy emas, balki ijtimoiy ham bо‘lishi
mumkin;
boshqaruv harajatlarini har doim ham aniq ajratish mumkin emas[2].
Ijtimoiy ishlab chiqarishning maqsadi ham oz mehnat, moddiy va pul
mablag‘lari sarflab kо‘proq samaraga erishishdir. Samaradorlik nisbiy miqdorini
hisoblash uchun erishilgan samarani sarflangan harajatga bо‘lish kerak(1-rasm).
1 – rasm. Boshqaruv resurslari va samaradorligi
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda bu tariqa yondashish albatta notо‘g‘ri
bо‘ladi. Chunki bu yerda asosiy urg‘u boshqaruvchi obyekt (korxona, firma va x.k.)
samaradorligiga emas, balki kо‘proq boshqaruv mehnati samaradorligiga beriladi.
Menejment samaradorligini oshirishda qaror qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqaruv jarayonida qaror qabul qilish kundalik qayta qabul qilinadigan
qarorlardan farq qilib, u aniq bir tartibga solingan jarayon xisoblanadi. Menejer faqat
о‘zi uchun emas, balki firma uchun ham, boshqa mehnatkashlar uchun ham xarakat
yо‘nalishini tanlaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
421
Demak, firma boshqaruvida qaror qabul qilish bu tashkilot rahbarini oldiga
qо‘ygan maqsadiga erishish uchun о‘z vakolati omilkorligi doirasida qarorlarning
mavjud muqobil variantlaridan eng optimalini tanlab olishdir. Bir rahbarning qabul
qilgan optimal qarori shu tashkilotning 5-6 oylik ish faoliyatiga ta’sir kо‘rsatadi. Qabul
qilingan qarorlar xodimlarning xayotiga, ish jarayoniga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Shu
bilan bir qatorda u korxonadan tashqari bо‘lgan odamlarga ham ta’sirini kо‘rsatadi.
Shunday ekan, boshqaruv qarorlari ilmiy asoslangan bо‘lishi lozim, ya’ni
boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqish xolatini taxlil qilishdan kelib chiqib,
iqtisodiy texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilinishi xisobga olinib,
hozirgi zamon fan texnika yutuqlarining negizida qabul qilinishi kerak. О‘z
mazmuniga kо‘ra u aniq, chuqur bо‘lishi lozim.
Yuqoridagilar boshqaruv qarorlariga qо‘yilgan asosiy talablar edi, bulardan
tashqari qabul qilinayotgan qarorlar bir-biriga bog‘liqligi, xuquq va javobgarlik
doirasida bо‘lishi, aniq va tо‘g‘ri yо‘nalishiga ega bо‘lishi, vaqt bо‘yicha qisqa va
aniq bо‘lishi tezkor, hamda samarali bо‘lishi lozim. Qabul qilingan qaror
boshqaruvning barcha aspektlariga о‘z ta’sirini о‘tkazadi. Rahbar о‘zi qabul qilgan
qarorga javobgarligini unutmasligi lozim.
Boshqaruv ishlari natijalari va mazmuni ularni belgilovchi omillar
samaradorlik toifalarini taxlil qilish, samaradorlikni namoyon bо‘lishini mazmuni va
shakl jihatdan о‘xshash kо‘rsatkichlarni guruhi hisoblanadi, degan xulosa qilishga
imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ricky W.Griffin. Fundamental of management. 8 th Edition. 2019y.
2.
Yо‘ldoshev N.Q. Menejmentga kirish. Darslik. –T:.TDIU, 2021y.
3.
Yusupov U.Sh. Features Introduction of Information and Communication
Technologies in the Activities of Large Industrial Subjects. European Journal of
Business Startups and Open Society | ISSN: 2795-9228, Vol. 3 No. 3 (March - 2023):
EJBSOS, 89-96-pp.