https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
413
ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLARNI JORIY QILISh ORQALI
IQTISODIY FANLARNI O‘QITISh SAMADORLIGINI OShIRISh YO‘LLARI.
TTESI, «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi kata o‘qituvchisi
Umarova M.N.
Annotatsiya: Bugungi kunda iqtisodiyot fanlari pedagog-o’qituvchilaridan bozor
o’zgarishlarining ziddiyatli jarayonlarini nazariy qoidalar asosida tahlil qilish uchun
o’qitishning interaktiv metodikalari, test topshiriqlari, aniq vaziyatlardan maqsadli
foydalanishni talab etadi. SHundan kelib chiqqan holda maqolada iqtisodiy fanlarni
o’qitishda pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish amaliyoti keltirilgan.
Аннотация: Сегодня от педагогов-преподавателей экономических
дисциплин требуется целенаправленное использование интерактивных методик
обучения, тестовых заданий, конкретных ситуаций, чтобы на основе
теоретических положений анализировать противоречивые процессы рыночных
преобразований. Исходя из этого в статье приводится практика эффективного
использования педагогических технологий при преподавании экономических
дисциплин.
Annotation:
Today, teachers-teachers of economic disciplines are required to
purposefully use interactive teaching methods, test tasks, specific situations in order to
analyze the contradictory processes of market transformations on the basis of
theoretical principles. Based on this, the article provides a practice of effective use of
pedagogical technologies in the teaching of economic disciplines.
Bugungi
kunda
respublikamizda
iqtisodiyotning
barcha
sohalarini
modernizatsiyalash jarayoni ro‘y bermoqda. Ijtimoiy-gumanitar fanlar ichida iqtisodiyot
alohida o‘rin tutadi. Chunki har doim insonning hayoti iqtisodiyot bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan va uning asosida ta'minlab kelingan. Shuningdek, iqtisodiy fanlarni
o‘qitish muhimligi shundaki, u
insonning eng zarur moddiy sharoitini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
414
ta'minlaydi, yashash uchun sharoit yaratadi. Iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli
rivojlanayotgan jamiyatda tinchlik, tartib va barqarorlik xukm suradi. Samarali
iqtisodiyot tamoyillari va qonunlarini bilish esa insonlarda o‘ziga ishonch uyg‘otadi, eng
qiyin iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va baholashga, shuningdek optimal xo‘jalik
qarorlari qabul qilishga imkon beradi. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning ilmiy-
texnikaviy va ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirish – har qanday tur, bosqich yoki
darajadagi ta'limning asosiy vazifalaridan biridir. Zotan, bugungi kun yoshlari texnika
va texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan xabardor bo‘lsa-yu, ulardan
foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmasa, u ko‘zlangan maqsadga erisha omaydi.
O‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari va vositalarini bilishgina ishlab
chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi texnika, mehnat qurollari va yangi
texnologiyalar yaratish imkonini beradi.
Hozirgi davrda mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti-kadrlarni tayyorlash
tizimini mukammal bo‘lishi iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida
rivojlanish hisoblanadi. Bu sohadagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta'lim
va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan. “Milliy dastur”ni
amalga oshirishda kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy ilmiy
fikrlar, yutuqlarni va ijtimoiy tajribalarni ta'lim jarayonining hamma bosqichlarida,
uzluksiz ta'lim tizimi ta'lim muassasalarining hamma shakli va turlarida ilg‘or-metodik
ta'limlarga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilg‘or
texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va
rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy
ta'minlash kiradi. Shu nuqtai nazardan, ta'lim jarayonlariga yangi pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash yuqori samara berishi mumkin. Shaxsga yo‘naltirilgan
texnologiya asosida talabalarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi,
bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, ta'lim jarayoniga qadriyat sifatida yondoshish
munosabatini ta'minlash, faollikni oshirish, o‘z-o‘zini anglash va mustaqillikni
shaklllantirish yotadi. Shuning uchun
iqtisodiy fanlarni o‘qitish samarasini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
415
oshirish talabalarning aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy
qobiliyatlarini namoyon qilish, intellektual rivojini ta'minlash, kasbi va mutaxassisligi
bo‘yicha bilimlarini mukammal egallab, amaliyotda qo‘llay bilishini ta'minlaydi.
Iqtisodiyot bo‘yicha g‘arb olimlari darsliklari bilan tanishganimizda, xar bir nazariy
ma'ruza albatta amaliy misollar bilan tasdiqlanganligiga guvoh bo‘lamiz. Shunday qilib,
talabalarga bilim berish jarayonida, albatta halq ho‘jaligi tarmoqlari rivojlanishi,
istiqbollari va hozirgi holatiga oid misollar bilan ularni qiziqtirish lozim. Yuqorida
keltirilgan masalani samarali yechishda quyidagi vazifalarni oldimizga qo‘yamiz:
1. Ta'lim-tarbiya jarayonida to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakani shakllangan
yig‘indisini hosil qilish.
2. “Milliy dastur”ni amalga oshirishda mavjud tizimni tubdan o‘zgartirish,
zamonaviy ilmiy fikrlarni, tajribalarni joriy etilishiga ilg‘or pedagogik usullar
yordamida erishish.
3. Fanni o‘zlashtirish jarayonida har bir mavzuning mohiyati va tajribadan kelib
chiqib ilg‘or pedagogik texnologiyaning ma'lum bir usullarini qo‘llash.
4. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabani erkin fikrlashga, fan
ustida samarali izlanishni tashkil etish.
5. O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida do‘stona, faol munoabatlarni tiklash va ta'limni
samarali tashkil etish.
Misol tariqasida mavzular bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan
harakatlarni tadqiq qilamiz.
1. Mavzu: «Ishlab chiqarish rejasi-biznes rejaning asosiy bo‘limlaridan biri» Bu
mavzuni yoritishda statistik ma'lumotlarni tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Talabalar
kichik guruhlarga ajratiladi va har bir guruh korxona ma'lumotlari asosida ishlab
chiqarish rejasini natura va qiymat ko‘rsatkichlarida hisoblashni amalga oshiradilar. Ish
rejasi korxonani haqiqatdagi rejasi bilan solishtirilib guruhlarga ballar qo‘yiladi. Ishlab
chiqarish rejasini hisoblashda paket dasturlaridan foydalaniladi.
2. Mavzu: «Mehnat va ish haqi bo‘limini rejalashtirish». Bu mavzuni yoritishda
klaster usulidan foydalaniladi. Klaster
usuli yordamida talabalar mavzuni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
416
mukammal o‘rganmasdan oldin fikrlash jarayonini chuqurlashtirish uchun mustaqil
ravishda mavzu bo‘yicha asosiy g‘oyalarni qog‘oz varag‘iga jadval yoki chizmalar
ko‘rinishida keltiradilar. Ish haqini hisoblash asoslarini o‘rganganlaridan keyin personal
kompьyuterlar yordamida ish haqini hisoblash dasturini tuzadilar.
3. Mavzu: «Maxsulot tannarxini rejalashtirish». Mavzuni yoritishda «T-sxema»
usulidan foydalaniladi.
4. Mavzu: «Moliyaviy ko‘rsatkichlarni shakllanishi». Bu mavzuni yoritishda
«Keys stadi» usulidan foydalaniladi.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha berilgan barcha mavzularda yuqorida
keltirilgan usullardan tashqari aqliy hujum, vizual ma'ruza, muammoli ma'ruzalar,
loyiha usullaridan foydalaniladi. Yuqorida aytilganlarga asosan bajariladigan ishning
asosiy maqsadi iqtisodiy fanlar bo‘yicha talabalar bilim darajasini oshirish orqali
mutaxassislikni chuqur singdirish, amaliyotda biznes rejani mustaqil tuzishga
erishishdan iborat. Izlanishlar natijasida yangi pedagogik texnologiyalarga tegishli
bo‘lgan me'yoriy xujjatlar, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganib chiqiladi
va tahlil qilinadi va tanlab olingan usullar o‘quv jarayonida sinab ko‘riladi. Bu
usullarning kamchiliklari tahlil qilinib, yangi uslub taklif etiladi. Iqtisodiy fanlarni ilg‘or
pedogogik texnologiyalar asosida o‘qitish orqali ta'lim texnologiyalarni ilmiy
asoslashga, talabalarni fundamental bilimlarini va amaliy tayyorgarligini oshirish orqali
davr talabiga javob beruvchi oliy darajadagi mutaxassislarni tayyorlashga, pedagogik
innovatsiyalarni oliy ta'limga joriy etishga erishiladi.
Adabiyotlar
:
1. Xodiyev B.Yu., Golish L.V., Rixsimboyev O.K. Keys-stadi “Iqtisodiy oliy o‘quv
yurtidagi zamonaviy ta'lim texnologiyasi”: Ilmiy-uslubiy qo‘llanma (“Zamonaviy ta'lim
texnologiyalari” turkumi). – T.: TDIU, 2009. – 150 bet.
2. Сангадиева И., Новолодская Г. (Восточно-сибирский государственный
технологический
университет).
Методические
указания
по
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
417
составлению «casestudy» по курсу экономики. - http://referat. cis2000.
ru/books/book6/chl
3. Смолянинова О.Г. Дидактические возможности метода case-study в
обучении
студентов.
-
http://www.
lan.
krasu.
studies/authors/smolyaninova/CASESTUDY/articles/Didacni.
4. Кейс-метод. Окно в мир ситуационной методики обучения (case-study). -
www. casemethod. ru