https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
477
JALOLIDDIN RUMIY IJODINING O‘ZBEK SHE’RIYATIGA TA’SIRI
Xamdamova Maxsuma Bahodirjon qizi
Farg‘ona tumani, 5-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
ORCID ID 0000-0002-1849-9554
+998330941218
Annotatsiya: Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy hikmatlarining o‘zbek
she’riyatiga ta’siri masalasi yoritilgan. Erkin Vohidov, Jamol Kamol, Erkin
Vohidov, Abdulla Oripov , Azim Suyun, Jamol Kamol, Amir Po‘lkan, Ikrom
Otamurod va boshqa ijodkorlarning adabiy merosiga Jaloliddin Rumiy
g‘oyalarining ta’siri o‘rganildi.
Abstract: This article examines the influence of Rumi's wisdom on Uzbek
poetry. The influence of Rumi's ideas on the literary heritage of Erkin Vohidov,
Jamol Kamol, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Azim Suyun, Jamol Kamol, Amir
Polkan, Ikrom Atamurod and other creators was studied.
Аннотация: В статье рассматривается влияние мудрости
Джалалуддина Руми на узбекскую поэзию. Изучено влияние идей
Джалалуддина Руми на литературное наследие Эркина Вохидова, Джамола
Камола, Эркина Вохидова, Абдуллы Орипова, Азима Суюна, Джамола
Камола, Амира Полкана, Икрома Атамурода и других творцов.
Kalit so‘zlar: Jaloliddin Rumiy, hikmatlar, do’stlik , dunyo, “Ichindagi
ichindadir”
Keywords: Jalaluddin Rumi, wisdom, friendship, world, "What is within is
within you"
Ключевые слова: Джалалуддин Руми, мудрость, дружба, мир, «То, что
внутри, то внутри тебя»
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
478
KIRISH.
Inson yaralgandan buyon, uning ma’naviyati, axloqi, tarbiya
masalasi har bir davr uchun dolzarb bo‘lib kelmoqda. Fikrni she’riy yoki nasriy
hikmat shaklida ifodalash orqali kitobxonni haq va haqiqat sirlaridan , dunyo va
tirikchilik mohiyatidan ogoh qilish Sharq mumtoz adabiyotida asosiy o‘rin tutadi.
Sharq va G‘arbning mushtarak dahosiga aylangan Jaloliddin Rumiy va uning
“Masnaviyi ma’naviy” nodir asari hikmatnavislikning eng yetuk dahosi bo‘lganini
yaqqol belgilab beradi. Uning hikmatlarining o‘zbek tarjimonlari tomonidan
takror-takror to‘plab tarjima qilganligi ham Rumiy dahosining xalqimiz ma’naviy
olamiga naqadar yaqinligidan dalolat beradi. Ayniqsa, XXI kompyuter
texnologiyalari asrida yashar ekanmiz, yosh avlodning axloqi va tarbiyasi avvalgi
vaqtlardan ko‘ra murakkabroqdir. Albatta, bunday jarayonda bizga didaktik ruhda
yozilgan asarlar katta yordam beradi. Vatanimiz istiqlolga erishganidan so‘ng,
ajdodlarimiz merosini davr talablaridan kelib chiqqan holda qayta, haqqoniy
baholash jarayoni boshlandi. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov mamlakatimizning rivojlanish strategiyasidagi “Ikkinchi ustuvor
yo‘nalish-jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirishdan iborat
”,- ekanligini
belgilab bergan edi. Mumtoz allomalarimizning asarlari, ta’limoti va uning
hozirgi zamon shoirlari talqinidagi o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
adabiyotshunoslar oldida turgan katta vazifadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jaloliddin Rumiy
xalqimizning buyuk shoiri, aziz allomasi hisoblanadi. Adabiyot ixlosmandlari
uning asarlarini Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Mavlono Lutfiy, Mavlono Atoiy,
Mavlono Xorazmiy, Shayx Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Alisher Navoiy, Boborahim
Mashrab asarlari qatorida sevib o‘rganishadi.
Jaloliddin Rumiyning g‘oyalari o‘zbek adabiyotiga, xususan, nasrga va u
bilan bir qatorda she’riyatga ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, Erkin Vohidov, Abdulla
1
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. -T. : O‘zbekiston, 1999. - B 381 49
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
479
Oripov , Azim Suyun, Jamol Kamol, Amir Po‘lkan, Ikrom Otamurod va boshqa
ijodkorlar asarlarida bu ta’sir ko‘zga tashlanadi. Quyida shoir Erkin Vohidov
she’riyatining Jaloliddin Rumiy g‘oyalari aks etgan ayrim o‘rinlarni tahlil qilib
ko‘ramiz. Shoirning “Garchi shuncha mag‘rur tursa ham” deb boshlanuvchi she’ri
har bir insonda mujassam etmog‘i kerak bo‘lgan kamtarlik tuyg‘usini ifodalab
bergan . Jaloliddin Rumiyning ham aksariyat hikmatlari kamtarlik, oddiylik,
siniqlik haqida, jumladan hikmatlaridan birida “Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va
oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir
”,- deydi.
NATIJALAR.
Jaloliddin Rumiyning ko‘plab hikmatlarini mutolaa qilar
ekanmiz , unda insoniyatni saodatga , komillikka, yaxshilikka boshlovchi pand-
nasihatlarni ko‘ramiz. “Do‘stlik nishonasi balolardan, ofatlardan, mashaqqatlardan
xursand bo‘lish emasmi? Do‘st oltin kabidir, balo esa olovga o‘xshaydi. Asl oltin
olov ichida sof holga keladi
” ,-deydi Jaloliddin Rumiy. Bu yerda Jaloliddin Rumiy
asl do‘stlik tushunchasini oltinga qiyoslamoqda va asl oltinning olov ichida sof
holga kelishini, do‘stlik ham mashaqqat va turli qiyinchiliklardan keyin
shakllanishini ta’riflamoqda. Erkin Vohidov ijodiga nazar tashlar ekanmiz, uning
yuqoridagi do‘stlik tushunchasiga hamohang tarzda ijod namunasini yaratganiga
guvohi bo‘lamiz.
Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa vayrona ham,
Do‘st qadam qo‘ymas esa , vayronadur koshona ham
Ushbu g‘azalda Erkin Vohidov do‘stlik tushunchasining naqadar ulug‘ligi,
qadrli, kerakliligini ta’riflab, do‘stsiz uy qanchalik koshona bo‘lmasin, baribir,
vayronaga o‘xshashini ta’kidlaydi. “Do‘st deb achchiq gapirganga emas, achchiqni
shirin gapirganga aytiladi”, -hikmati ham yuqoridagi fikrimiz dalilidir.
2
https:/hikmatlar.uz
3
https:/hikmatlar.uz
4
Vohidov.E.Toshkent.: O’zbekiston nashriyoti,2022.25-bet
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
480
Jaloliddin Rumiy : “Ishq azobini tortmagan yurak yo telbaning, yo
murdaning yuragidir
”,-deydi, sababi xalq maqollarida ham ish haqida “Ishqsiz
eshak, dardsiz kesak
”, deyiladi. Mavlononing ushbu hikmatini turlicha talqin
qilishimiz mumkin. Menimcha, ishq bu yerda yaratganga bo‘lgan muhabbat
tushunilmoqda, muhabbatsiz yurakning telba yoki murdaning yuragiga
qiyoslanmoqda. Erkin Vohidovning quyidagi g‘azalida esa, bevosita Jaloliddin
Rumiy hikmatlari g‘oyasidan foydalanib, ishq mavzusini olib chiqqan:
Dunyo ekan ishq degan savdo bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo , kim she’r yozmas mening yoshimda
Lirik qahramonning boshiqa ishq ofati yog‘ilganligini, sevgi degan bir
ne’mat har insonga berilishi, unga oshiq bo‘lgan shaydo ko‘ngil esa sevgini madh
etishi haqida yozgan. Mavlono dunyo haqida ham bir necha asarlarida , xususan
“Ichindagi ichindadir”, “Yetti majlis”, “Nay nolasi” kabi bir necha asarlarida uning
o‘tkinchiligi , dunyoga xirs qo‘ymaslik haqida bir necha misollar keltirgan ,
“Dunyo olimning qiymatsiz o‘yinchog‘i, axmoqning esa qiymatli arg‘umchog‘i
”,-
deya Erkin Vohidov o‘zining “Inson” qasidasi ham Jaloliddin Rumiy g‘oyalari
bilan sug‘orilgan bo‘lib, falsafiy ruhda yozilgan, insonni o‘ylantiradigan
mushohadaga chorlaydigan mavzularni aks etgan. Yuqoridagi hikmatli so‘z
g‘oyasiga mos yozilgan baytini ko‘rib chiqamiz:
Bu yorug‘ dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur?
Senga mehmonxonadur, mehmon o‘zing , mezbon o‘zing
5
https:/hikmatlar.uz
6
Adabiyot.8-sinf.1-qism(2014,S.Olim, S.Ahmedov)112-bet
7
Vohidov.E.Toshkent.: O’zbekiston nashriyoti,2022.12-bet
8
https:/hikmatlar.uz
9
Vohidov.E.Toshkent.: O’zbekiston nashriyoti,2022.12-bet
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
481
Ushbu baytda ham Erkin Vohidov Jaloliddin Rumiyning bu o‘tkinchi
dunyoga muhabbat qo‘ymaslik g‘oyasidan foydalanib, dunyoning kimga
koshona-yu, kimga vayrona ekanligi , nima bo‘lganda ham bu dunyoga mehmon
ham, mezbon ham inson ekanligi ta’kidlangan. J.Rumiyning “Aql va qalbsiz inson
tuyg‘ularining hech biri harakatga kelmasdi”, va “Tilingdan oldin qalbingni tarbiya
qil , chunki so‘z qalbdan kelib tildan chiqadi”, nomli hikmatlaridan ta’sirlanib,
shoir Erkin Vohidov
Qalb shunday ummonki, uning bag‘rida
Dahshatli dolg‘alar silsilasi bor
Ushbu she’rida qalbning shunday buyuk ummon ekanligini, uning mehvaridan
chiqarmoq uchun atom janggi emas bir so‘z kifoya qilishini ta’riflaydi.
J.Rumiyning ko‘plab hikmatlari falsafiy – diniy mavzuda bo‘lib , insonni
sergaklikka umrni behuda o‘tkazmaslikka qaratilgandir. Xususan “Hayot uyqudir,
o‘lim-la uyg‘onur inson
” nomli hikmatli so‘zi ham fikrimiz dalilidir. Ushbu
hikmatdan ta’sirlanib, E.Vohidov “Hayot yo‘li” nomli she’rida shunday yozadi:
Hayot yo‘li nadir ? Qabr toshida
Ikki sana aro qisqa chiziqdir
Erkin Vohidovning “Go‘zallik” she’rida ham J.Rumiyning quyidagi
hikmatidan foydalangan : “O‘ylaring so‘zlaringga so‘zlaring fe’lingga fe’ling
taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha
”. Albatta , inson bu hayotda
yashar ekan doimo go‘zal o‘ylashi, go‘zal ishlar qilib o‘zidan yaxshi nom
qoldirmog‘i kerak. Bundan tashqari Erkin Vohidov she’riyatida foniylik va
boqiylik, tun va tong, go‘zallik va xunuklik, vaqt qadri kabi mavzular uchraydi.
10
Vohidov.E.Toshkent.: O’zbekiston nashriyoti,2022.81-bet
11
https:/hikmatlar.uz
12
Vohidov.E.Toshkent.: O’zbekiston nashriyoti,2022.120-bet
13
https:/hikmatlar.uz
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
482
Har narsaning bo‘lar oxiri
Bosh tebratib qolma, so‘ng inson
Ushbu misra Jaloliddin Rumiyning yuqoridagi hikmatidan ta’sirlanib
yozilgan bo‘lib, dunyoning o‘tkinchi ekanligi, olamdan o‘tayotgan paytingda
afsus-nadomat chekmaslik haqidagi hikmatiga taqqoslab yozilgan. Sababi, faqat
insonlarga yaxshilik qilish, ezgu amallar bajargan insonning nomi boqiydir.
MUHOKAMA
Atoqli tarjimon Jamol Kamol haqida Xurshid Davron
shunday deydi: “Jamol Kamol bizni Mashriqu Mag‘ribning ikki yuksak ustuni:
Mavlono Jaloliddin Rumiy va Vilyam Shekspir dunyosi bilan tanishtirdi.
Ustozning boshqa tarjimalarini sanab o‘tirmayman. Ammo, ishonchim komilki,
birgina Mavlono va Shekspir asarlarining tarjimasiga singgan benazir mehnatining
o‘zi Jamol Kamol tarjima maktabi haqida so‘z yuritishga asos bo‘ladi.
Jamol akaning so‘nggi yillardagi jamiyatimizda kechgan va kechayotgan
jarayonlarga bag‘ishlangan publitsistikasi haqida gapirmaslikning iloji yo‘q.
Hushyor kuzatuv, teran tahlil, mamlakat hayotiga faol doxillik bor bu asarlarda.
Yana eng muhimi, bu asarlarda adabiyotning jamiyat va inson hayotidagi o‘rni
haqida aytilgan rost va achchiq hikmat bor: “Dunyodagi barcha fanlar bir taraf,
adabiyot bir taraf. Barcha fanlar taningga xizmat qiladi, adabiyot joningga,
ruhingga. Xo‘sh, ruh nima? Ruh – sening insonliging…
Mavlono Rumiy ijodini tadqiq qilgan vaqtda, uning she’rlaridan ta’sirlanib
ushbu baytlarni keltiradi.
Mavlono Rumiyning dil so‘zlaridan
Ajib sarxush bo‘lib kechdi kunlar.
“Masnaviy”ning hikmat yulduzlaridan
Yorishdi, charog‘on bo‘ldi tunlarim.
14
Vohidov.E.Toshkent.: O’zbekiston nashriyoti,2022.81-bet
15
www.kh-davron.uz
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
483
Ajab dengiz ko‘rdim, gavharlari mo‘l,
Lekin tub-tubida olmos tushuncha:
Har qancha bor esang, shuncha monand bo‘l,
Qancha monand esang, bor bo‘l o‘shancha
Darhaqiqat, Jamol Kamol juda ko‘p davralarda Jaloliddin Rumiy haqida gap
ketganda, u zotning turli davlatlar bizniki deyishini ta’kidlab, ha, Jaloliddin Rumiy
butun bashariyat shoiridir deydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Jaloliddin Rumiy hikmatlariga
Erkin Vohidov she’rlarida mazmunan hamohanglik kuzatiladi. Erkin Vohidov
falsafasi, nafaqat Jaloliddin Rumiy g‘oyalaridan, hikmatlaridan balki xalqimiz
falsafasidan nafas oladi.
Rumiy ta’limoti jahon bo‘ylab tarqalib bormoqda. Rumiy ijodi o‘lmasdir,
chunki ul zotning g‘oyalari, tushunchalari ma’naviyat osmonini yoritadigan mangu
porloq mash’aladir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. -T. : O‘zbekiston,
1999. - B 381 49
2. Vohidov.E.Toshkent.: O’zbekiston nashriyoti,2022.25-bet
3. Adabiyot.8-sinf.1-qism(2014,S.Olim, S.Ahmedov)112-bet
4. www.kh-davron.uz
5. https:/hikmatlar.uz
16
www.kh-davron.uz