Авторы

  • Rasulova Dilnoza Abdumalikovna

Биография автора

  • Rasulova Dilnoza Abdumalikovna

    Andijon shahar 4-son politexnikumi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99628

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: interfaol metodlar zamonaviy ta’lim metodlari ta’lim samaradorligi aqliy hujum kichik guruhlarda ishlash davra suhbati ta’lim oluvchilar.

Аннотация

Annotatsiya:Maqolada ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv jarayoniga zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilib, keng qamrovli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

453

O‘QUV JARAYONIGA ZAMONAVIY INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Rasulova Dilnoza Abdumalikovna

Andijon shahar 4-son politexnikumi o’quv ishlari bo’yicha direktor

o’rinbosari.

Annotatsiya:Maqolada ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv

jarayoniga zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati

to‘g‘risida fikr yuritilib, keng qamrovli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, zamonaviy ta’lim metodlari, ta’lim

samaradorligi, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, davra suhbati, ta’lim

oluvchilar.

KIRISH

Ta’lim oluvchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakalari zamon talablariga javob

beradigan darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida pedagog xodimlarga

yuklangan

vazifalar nihoyatda salmoqli va mas’uliyatlidir. Bu vazifani ado etish uchun

o‘qituvchilar qaysi turdagi ta’lim muassasasida mehnat qilishidan qat’iy nazar

doimiy ravishda o‘z ustilarida mustaqil ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari

va ilmiy ijodiy izlanishlari zarurdir. Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish

majburiyligi nuqtai nazaridan ham o‘qituvchining kasbiy kompetentlik darajasi

davr talabiga mos kelishi muammo yechimini ijobiy hal etilishini ta’minlashi

shubhasiz.

Ana shu maqsadda o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonida o‘qitishning

zamonaviy metodlarini keng qo‘llash zarurati mavjuddir. O‘qitishning zamonaviy


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

454

metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib

keladi.

Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib

chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan

holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar

bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib

keladi.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi

tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida

faolligi muttasil

rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,

ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-

munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi

metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga

undash talab etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy tilda bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham

atashadi. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va

mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi

bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim

oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi esa butun jarayon

davomida faol ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning

foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;

- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

455

- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-

quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Masalan, “Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim

oluvchilartomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali

ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir.

“Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki

shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri

o‘z fikrini

og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon

etadilar.

Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz

kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga

(magnitlar yordamida) yoki doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy

hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab

chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda

shaxsni

erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan

foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu

jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish

madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki

yozma ravishda

bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi.

Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar

shakllanishiga


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

456

olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish

uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan

maqsadga qarab amalga oshiriladi:

1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib

qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad

qilib qo‘yilganda-yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda mavzudan

so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

2.Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham

inobatga olinadi.

3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart. Quyida “Aqliy hujum” metodining

tuzilmasi keltirilgan. Muammoli savol beriladi. Fikr va g‘oyalar eshitiladi va

jamlab

boriladi. Fikr va g‘oyalar guruhlanadi. Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

“Aqliy hujum” metodining tuzilmasi.

“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z

javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;

2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli

qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;

4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

“Aqliy hujum” metodining afzalliklari:


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

457

∙ natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning

shakllanishiga olib keladi;

∙ ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

∙ fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;

∙ ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati

mavjud;

∙ ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi. “Aqliy hujum” metodining

kamchiliklari:

∙ ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;

∙ ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

2. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi

“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha birbiriga bog‘liq bo‘lgan

masalalar belgilanadi.

2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan

bo‘linishlari mumkin.

3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib

turiladi.

5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

7. Kichik guruhlar baholanadi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

∙ o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;

∙ muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;

∙ vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

∙ barcha ta’lim oluvchilar jalb etiladi.

Kichik guruhlar shakllantiriladi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

458

Mavzu yoritiladi.

1-guruhga topshiriq;

2- guruhga topshiriq;

3-guruhga topshiriq;

4- guruhga topshiriq beriladi.

O‘qituvchi tomonidan ko‘rsatma berish va yo‘naltirish; Muhokama va tahlil

qilish; 1- guruh taqdimoti, 2- guruh taqdimoti, 3-guruh taqdimoti, 4- guruh

taqdimoti o‘tkazilib baholanadi.

Bunda:

∙ o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

∙ ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli

ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

∙ barcha ta’lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo‘ladi;

∙ guruhlararo o‘zaro salbiy raqobatlar paydo bo‘lib qolishi mumkin;

∙ guruh ichida o‘zaro nizo paydo bo‘lishi mumkin.

3

. “Davra suhbati” metodi:

“Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar

yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib

boriladigan o‘qitish metodidir.

“Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida

joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni

o‘rnatib turishiga

yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir.

Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim

oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi

va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon

etadilar.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

459

So‘zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama

qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng

muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq

madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.

Davra stolining tuzilmasi:

Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir

ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga

ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z

javobini yozib, konvert ichiga soladi va belgilar qo‘yadi.

Belgilar: 1-ta’lim oluvchilar 2-aylana stol solib qo‘yadi. Shundan so‘ng

konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni

olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert

ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana

bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil

qilinadi.

Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan.

“Davra suhbati” metodining tuzilmasi “Davra suhbati” metodining

bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.

2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan

tanishtiradi.

3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda

necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir

javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga

va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi.

4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va

“Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

460

5. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha

yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.

Suhbatni o‘tkazish shartlari bilan tanishtirish:

Konvertlar va “Javoblar varaqalari”ni tarqatish;

Konvertlarga savollar yozish;

Savollarga javob yozish;

Baholash va tahlil qilish. Konvertni yonidagi o‘quvchiga uzatishlarga savollar

yozish.

6. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar

varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi

ta’lim oluvchiga uzatadi.

7. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining

o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar

varaqalari”ni baholaydi.

8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.

XULOSA

Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining

bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali

ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi.

Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim

oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim

oluvchilarni ob’yektiv

baholashi mumkin.

“Davra suhbati” metodining afzalliklari:

∙ o‘tilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi;

∙ barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etadilar;

∙ har bir ta’lim oluvchi o‘zining baholanishi mas’uliyatini his etadi;


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

461

∙ o‘z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi. “Davra suhbati”

metodining kamchiliklari:

∙ ko‘p vaqt talab etiladi;

∙ ta’lim beruvchining o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi

talab etiladi;

∙ ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu

tanlash talab etiladi.

Ana shunday interfaol metodlar yordamida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlari

o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ularni yangi bilimlarni samaraliroq

o‘zlashtirishlariga omil bo‘la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Innovasion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H.,

Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 81-b.

2. Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim

samaradorligini

oshirish yo‘llari /O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari

o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari,

akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. –

T.: TDPU, 2004.

3. Yo‘ldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.:

O‘qituvchi, 2004. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Met. qo‘ll.

U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova. – T.: Nizomiy

nomidagi TDPU, 2012. – 193 b.

4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi.: Nasaf, 2000.

5. Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati

va qo‘llanilishi / Met.qo‘ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. – 115 b.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

462

6. Мusurmonov R. Tа’lim faoliyati sharoitida o’qituvchi va o’quvchilar

o’rtasidagi

nizolarning oldini olish – ta’lim samaralidorligi omili. Academic research in

educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal

Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

7. Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o‘rta

ta’lim

maktablari ta’lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta’limi” jurnali T.:2020

yil.