Авторы

  • Yusupova Manzuraxon G'ulomjonovna

Биография автора

  • Yusupova Manzuraxon G'ulomjonovna

    Qorgontepa Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi   Farmakologiya va retseptura asoslari fani o'qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99638

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Farmakologiya kimyoviy birikmalar dori vositalari molekulyar genetika molekulyar farmakologiya kimyoviy sintez. Ключевые слова: Фармакология химические соединения лекарственные средства молекулярная генетика молекулярная фармакология химический синтез. Keywords: Pharmacology chemical compounds drugs molecular genetics molecular pharmacology chemical synthesis.

Аннотация

Annotatsiya: Farmakologiyaning yuksalishi yanada faolroq va xavfsizroq bo‘lgan yangi Dori vositalarini to‘xtovsiz izlash va yaratish bilan xarakterlanadi. Maqolada Kimyoviy birikmadan tortib toki Dori vositasi yaratilishi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Аннотация: Развитие фармакологии характеризуется неустанным поиском и созданием новых лекарственных препаратов, которые являются более активными и безопасными. В статье представлена ​​информация о создании лекарственного средства — от химического соединения до лекарственного средства.

Abstract: The rise of pharmacology is characterized by the constant search and creation of new drugs that are more active and safer. The article presents information on the development of a drug from a chemical compound to a drug.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

389

YANGI DORI VOSITALARINI YARATISHNINNG O’ZIGA XOS

AHAMIYATI

Yusupova Manzuraxon G'ulomjonovna

Qorgontepa Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Farmakologiya va retseptura asoslari fani o'qituvchisi.

Annotatsiya: Farmakologiyaning yuksalishi yanada faolroq va xavfsizroq

bo‘lgan yangi Dori vositalarini to‘xtovsiz izlash va yaratish bilan xarakterlanadi.

Maqolada Kimyoviy birikmadan tortib toki Dori vositasi yaratilishi to’g’risida

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Farmakologiya, kimyoviy birikmalar, dori vositalari,

molekulyar genetika, molekulyar farmakologiya, kimyoviy sintez.

Аннотация: Развитие фармакологии характеризуется неустанным

поиском и созданием новых лекарственных препаратов, которые являются

более активными и безопасными. В статье представлена информация о

создании лекарственного средства — от химического соединения до

лекарственного средства.

Ключевые

слова:

Фармакология,

химические

соединения,

лекарственные

средства,

молекулярная

генетика,

молекулярная

фармакология, химический синтез.

Abstract: The rise of pharmacology is characterized by the constant search

and creation of new drugs that are more active and safer. The article presents

information on the development of a drug from a chemical compound to a drug.

Keywords: Pharmacology, chemical compounds, drugs, molecular genetics,

molecular pharmacology, chemical synthesis.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

390

KIRISH

Keyingi yillar davomida yangi dori vositalarini yaratishda fundamental

tekshirishlar juda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.Ular faqat kimyoviy

muammolarga emas, balki ko‘proq biologik muammolarga ham taalluqlidir.

Molekulyar biologiya, molekulyar genetika va molekulyar farmakologiyaning

yutuqlari ham yangi dori vositalarini yaratishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Yangi

dori vositalarini yaratish odatda kimyogarlar va farmakologlarning ilmiy

izlanishlaridan boshlanadi va ijodiy hamkorlikning yakuni asosida yangi Dori

vositasi “shakllantiriladi”.

Yangi dori vositalarini izlab topish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga

oshiriladi:

I. Kimyoviy sintez usuli bilan

A. Yo‘naltirilgan sintez:

- biogen moddalarni qayta hosil qilish;

- antimetabolitlarni yaratish;

-ma’lum biologik faollikka ega bo‘lgan birikmalar molekulalarining

modifikatsiyasi

- dori vositasi o‘zaro ta’sirlashadigan substratning tuzilishini o‘rganish;

- ma’lum xossalarga ega bo‘lgan ikkita birikmaning tuzilishidagi

bo‘lakchalarini biriktirish;

-moddaning organizmdagi kimyoviy o‘zgarishlarini o‘rganishga asoslangan

sintez (dori xom-ashyosi (prolekarstvo);

Moddalarning biotransformatsiyasi mexanizmlariga ta’sir qiluvchi vositalar).

B. Empirik yo‘l:

- tasodifiy topishlar;

- skrining.

II. Preparatlarni dori xom-ashyosidan olish va ulardan individual moddalarni

ajratish:


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

391

- hayvonlardan;

- o‘simliklardan;

- ma’danlardan.

III. Zamburug‘lar va mikro organizmlar hayoti davomidagi mahsulotlardan

olinadigan dori vositalarini yaratish; biotexnologiya (hujayraviy va gen

injeneriyasi).

O‘tkazilgan ilmiy izlanishlar natijasida dori preparati sifatida istiqbolli deb

topilgan vositalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmakologik qo‘mitasiga taqdim etiladi.

Mazkur qo‘mita tarkibida asosan farmakologlar va klinitsistlardan tashkil topgan

ekspertlar guruhi faoliyat olib boradi. Agarda Farmakologik qo‘mita o‘tkazilgan

tadqiqotlar o‘tkazish uchun ruxsat beradi. Bu juda muhim bosqich bo‘lib, dori

vositasi to‘g‘risidagi halqiluvchi so‘zni faqat klinitsistlargina ayta olishadi.

Farmakologiya fanini uchta yirik bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi.

Bular:

Umumiy retseptura – unda turli dori vositalariga har xil shakllarda retsept

yozishning umumiy qonun-qoidalari o‘rganiladi.

Umumiy farmakologiya – unda dori vositalarining tirik organizmdagi

farmakokinetikasi va farmakodinamikasining umumiy qonuniyatlari o‘rganiladi.

Xususiy farmakologiya – unda har bir guruh dori vositasining va ushbu

guruhdagi har bitta preparatning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi alohida,

keng qamrovli o‘rganiladi. Asosiy dori vositalarining qo‘llanilishi uchun

ko‘rsatmalar va kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risidagi

ma’lumotlar ham keltirib o‘tiladi.

Dori vositalarini tasniflash asosan ularning tizimlilik tamoyili asosida amalga

oshiriladi. Ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1.Nerv tizimi faoliyatini boshqaruvchi vositalar (periferik va markaziy);


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

392

2. Ijro a’zolari va ularning tizimlari faoliyatini boshqaruvchi vositalar (nafas,

qon aylanishi va boshqalar).

3.Modda almashinuvi jarayonlarini boshqaruvchi vositalar.

Bulardan tashqari, turli patologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi vositalar

guruhlari farqlanadi, masalan, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi,

aterosklerozga qarshi va boshqalar. Alohida bo‘limda mikroblarga hamda

parazitlarga qarshi preparatlar keltirilgan. ammo , turli mamlakatlarda dori

preparatlarining nomlari har xil atalishi va ularni nomlash uchun maxsus bir xillilik

bo‘lmaganligi sababli ham asosan preparatlarning halqaro nomlariga hamdak o‘p

ishlatiladigan sinonimlari (savdo nomlari) ga asoslanish lozim.

Umumiy farmakologiyaning sir-asrorlari odatda ikkita asosiy parametr

bo‘yicha o‘rganiladi. Bular – farmakokinetika va farmakodinamikalardir.

Farmakokinetika

bu dori moddalarining organizmga kiritish yo‘llarini,

undagi so‘rilishini, taqsimlanishini, depolanishini, parchalanishini va chiqarib

yuborilishini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblanadi. Farmakodinamika

bu dori

moddalarining biologik samaralarini, shuningdek, ularning ta’sir mexanizmlarini

va ta’sir qilish joylari (lokalizatsiyasi)ni o‘rganuvchi bo‘limdir.

Dori vositalari organizmga ikkita katta yo‘l orqali kiritiladi: bular enteral

(me’da-ichak yo‘li orqali) hamda parenteral (me’da-ichak yo‘lini chetlab)

yo‘llardir. Enteral yo‘l orqali dori vositalarini organizmga kiritishning asosan 5 ta

usuli mavjud bo‘lib, ular og‘iz orqali, tilostiga, lunjortiga, o‘n ikki barmoq ichakka

va to‘g‘ri ichakka kiritishdir.

Dori vositalarini og‘iz orqali kiritish –

per os

, eng keng tarqalgan usul bo‘lib,

unda bemorning o‘zi, qo‘shimcha tibbiy xodimning yordamisiz va dorilarning

sterilligiga ham qaramasdan, preparatni og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘yadi va ma’lum

miqdordagi suyuqlik bilan uni ichib yuboradi. Bunda dori preparati ichak orqali

so‘rilib, dastlab jigardan birlamchi marta o‘tadi va ma’lum qismi u yerda

faolsizlanadi, keyin qolgan qismi katta qon aylanish doirasiga tushib, kerakli joyga


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

393

ta’sir ko‘rsatadi va yana qayta ikkilamchi marotaba jigarga kelib tushadi .Bu holda

ko‘pincha jigarda qayta parchalanish jarayoni yuz beradi va shundan keyin

preparatning parchalanish mahsulotlari organizmdan chiqarib yuboriladi. Shuning

uchun ham mazkur usulda dori vositalarini organizmga kiritishda ularning jigardan

birlamchi hamda ikkilamchi o‘tishini hisobga olgan holda tegishli dozalarda

tavsiya qilish lozim. Og‘iz orqali kiritish usuli bilan qabul qilingan dori vositalari

ko‘pincha umumiy yoki rezorbtiv ta’sir qilish uchun qo‘llaniladi. Bunga ichakning

katta so‘ruvchi yuzasi (taxminan 200 m2) va uning qon bilan yaxshi

ta’minlanganligi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi preparatlar esa mahalliy, ya’ni faqat

me’da-ichak yo‘liga ta’sir qilish uchun ham ishlatilishi mumkin.

Dori vositalarini tilostiga qo‘yishni odatda

sublingval

kiritish usuli deb

yuritiladi. Mazkur usulda dori preparati tilostiga qo‘yiladi va u yerdan to‘liq

so‘rilib ketgunicha ushlab turiladi. Bunda dori vositasi tilostidagi qon tomirlar

orqali so‘rilib, birdaniga katta qon aylanish doirasiga tushadi va oldin uning ta’sir

samarasi yuzaga chiqadi, keyin esa preparat jigarga borib, u yerda

biotransformatsiyaga uchraydi va shundan keyin organizmdan chiqarib yuboriladi.

Shuning uchun ham preparatlarni mazkur usul bilan organizmga kiritishda uning

terapevtik dozasiga katta ahamiyat berish lozim. Dori vositalarini lunj ortiga

qo‘yish

trans bukkal

kiritish usuli ham deb yuritiladi. Ushbu usul bilan kiritiladigan

dori vositasini og‘iz bo‘shlig‘iga qo‘yilib, lunj ortida to‘liq erib, yo‘qolib ketguniga

qadar shimiladi. Ular asosan og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kasalliklarida mahalliy

ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Ayrim preparatlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati

orqali ma’lum miqdorda so‘rilish xususiyatiga egalar. Dori vositalarini

o‘n ikki

barmoq ichak orqali

kiritishda asosan dori preparati maxsus zond yordamida o‘n

ikki barmoq ichak bo‘shlig‘iga kiritiladi. Bunda kiritilgan preparat u yerdagi

jarohatlarni (yara kasalligida) davolaydi yoki jigar hamda o‘t yo‘llari kasalliklarini

tashhislash va ba’zan davolash maqsadida ham qo‘llaniladi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

394

Dori vositalarini to‘g‘ri ichak orqali kiritish ko‘pincha

per rectum

yoki

rektal

kiritish usuli deb ham yuritiladi. Mazkur usul yordamida dori vositalari yoki rektal

shamchalar ko‘rinishida, yoki dorivor ho‘qnalar shaklida (50 ml miqdorida)

kiritilishi mumkin. Bunda to‘g‘ri ichak shilliq qavatining yuqori so‘ruvchanlik

xossasiga ega ekanligini hamda kiritilgan vositalarning gemorraidal venoz qon

tomirlari (porto-koval anastomozlar) orqali bevosita katta qon aylanish doirasiga

tushib, umumiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekanligini ham inobatga olish lozim.

Agarda dorivor modda ta’sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lsa, u holda uni shilimshiq

bilan birga tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Oqsil, yog‘ va polisaxarid

tuzilishga ega bo‘lgan dori Moddalarning yo‘g‘on ichak orqali so‘rilmasligini ham

inobatga olib qo‘yish lozim.Organizmga kiritilgan istalgan dorivor moddaning

asosiy farmakokinetik parametrlaridan bittasi bu so‘rilishdir.

So‘rilish – bu dorivor moddaning organizmga kiritilish yo‘lidan qat’iy nazar

uning qon yoki limfa oqimiga tushishidir.

So‘rilishning quyidagi asosiy mexanizmlari mavjud:

1.

Passiv

diffuziya

hujayralar

qobig‘i

orqali,

Moddalarning

konsentratsiyalari gradientiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu so‘rilishning

asosiy mexanizmi hisoblanadi.

Mazkur mexanizm orqali qutbli gidrofil molekulalar, qator anorganik ionlar,

qandlar, aminokislotalar, pirimidinlar so‘riladi.

2. Pinotsitoz

hujayra qobig‘ining invaginatsiyasi orqali keyinchalik

pufakcha (vakuola) hosil bo‘ladi. U Moddalarning yirik molekulalari bilan birga

hujayra suyuqligiga to‘lgan bo‘ladi va sitoplazma orqali qarama-qarshi tomonga

harakatlanadi. Keyin esa ekzotsitoz orqali pufakcha ichidagi molekulalarni

tashqariga chiqarib tashlaydi.

Sanab o‘tilgan so‘rilish mexanizmlari universal xususiyatga ega bo‘lib, faqat

Moddalarning so‘rilishida emas, balki ularning organizmda tarqalishida va

chiqarib yuborilishida ham o‘ziga xos ahamiyatga egadirlar. Dori vositalarining


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

395

ingichka ichak orqali so‘rilishi passiv diffuziya mexanizmi orqali amalga

oshiriladi. Ayrim Dori vositalarining so‘rilishida aktiv transport mexanizmi ham

ahamiyatga ega. Masalan, sianokobalamin kompleksining Kaslning ichki omili

bilan so‘rilishida. Filtratsiya usuli esa deyarli kam aliy ahamiyatga ega emas.

Dorivor modda organizmga kiritilganidan so‘ng ma’lum vaqt birligi o‘tganidan

keyin uning qonda aniqlanadigan konsentratsiyasining dastlabki kiritil gan

dozasiga nisbatini belgilash uchun

bio erishuvchanlik

atamasi kiritilgan bo‘lib, bu

orqali kiritilgan preparatning samaradorligiga ham baho beriladi. Ichishga tavsiya

qilinadigan preparatlarning bio erishuvchanligi past bo‘lsa, vena orqali

kiritiladigan preparatlarning bio erishuvchanligi 100 % ga teng bo‘ladi. Agarda

preparat jigarda parchalanmasdan, bevosita buyrak orqali o‘zgarmagan holda

chiqarib yuboriladigan bo‘lsa, u holda preparatning siydik tarkibidagi miqdoriga

qarab ham uning bio erishuvchanligi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. Ayrim

hollarda preparatning aniq miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkoniyati bo‘lsa,

bunday preparatning bio erishuvchanligini uning farmakologik samaralari hajmiga

qarab ham aniqlash mumkin.

Dori vositalari parenteral yo‘l bilan teri orqali, teri ostiga, teri ichiga, mushak

orasiga, vena orqali, arteriya orqali, tana bo‘shliqlariga, suyaklar ichiga,

ingalyasion, ko‘z, quloq va burun orqali, intravaginal va boshqa usullar yordamida

kiritiladi. Parenteral yo‘llar ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani preparatlarni teri

ostiga, mushak orasiga va vena orqali kiritish usullari hisoblanadi. Bulardan vena

orqali preparatlarni kiritishda samara zudlik bilan yuzaga chiqadi, mushak orasiga

va teri ostiga yuborilgan preparatning samarasi esa nisbatan sekinlik bilan

namoyon bo‘ladi.

XULOSA

Dori moddalarining farmakoterapevtik samarasini uzaytirish uchun ularni

moyli suspenziyalar yoki boshqa ko‘rinishdagi dori shakllarida mushak orasiga

yuborish lozim. Ta’sirlantiruvchi xossaga ega bo‘lgan dori moddalarni teri ostiga


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

396

va mushak orasiga yuborish mumkin emas, chunki ular ko‘pincha kiritilgan joyda

yallig‘lanish reaksiyalari, infiltratlar yoki nekroz chaqirishi mumkin. Vena orqali

Dori vositalari asta-sekinlik bilan yuborilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Xarkevich D.A. Farmakologiya. - M.: Meditsina, 2009.

2. Faxruddinov.S.F. Farmakologiya. darslik, T.:1997.

3. Azizova C.C. Farmakologiya. darslik, T.:2005.

4. Mashkovskiy M.D. Lekarstvennыe sredstva. – M.: Meditsina, 2007.

5. Spravochnik Vidal. – M., 2010.