https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
320
KASHTACHILIK SAN’ATI TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Ruziyevа Dilаfrо’z Muminоvnа
Buxоrо dаvlаt pedаgоgikа instituti “Texnоlоgik tа’lim” kаfedrаsi оʻqituvchisi
Raimova Nozigul Hamid qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya. O‘zbek milliy kashtado‘zligi xalq hunarmandchilik
san’atining eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish
istagi natijasida yuzaga kelgan. Maqolada talaba-qizlarning kashtachilik san’ati
tarixi an’analarini ta’lim amaliyotiga tadbiq etish samaradorligi to‘g‘risida so‘z
yuritiladi.
Kalit so‘zlar: kashtachilik san’ati, kashtado‘zlik rivoji, an’ana, jamiyat, ilm-
fan, milliy kashtado‘zlik tarixi.
ИСТОРИЯ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА ВЫШИВКИ
Аннотация.
Узбекская национальная вышивка – один из древнейших
видов народного ремесленного искусства, возникший в результате
стремления людей сделать свою жизнь красивой.
Целью статьи является
обоснование
oб эффективности внедрения истории и традиций
преподавания вышивки студентам в учебную практику.
Ключевые слова: искусство вышивки, развитие вышивки, традиция,
общество, наука, национальная вышивка, история.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
321
HISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF
EMBROIDERY
Annotatsion: Uzbek national embroidery is one of the oldest types of folk
handicraft art, which originated as a result of people's desire to make their life
beautiful. About the effectiveness of the introduction of the history and traditions
of teaching embroidery by students into educational practice.
Keywords: embroidery art, embroidery development,
tradition
, society,
science, national embroidery, history.
Xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchilik anʼanalari tarixdan
avloddan - avlodga o‘tib kelishi bilan birga taraqqiyotni yangi sifatiga ega
bo‘lmoqda, bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv
imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda. Shahar va qishloqlarda yashovchi yoshlarning
sevimli kasbi va xalq amaliy sanʼatidan kulolchilik, yogoch o‘ymakorlik,
ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, gilamchilik,
kashtachilik va hokazolar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasblardandir. Bu
kasblar kishilarni maʼnaviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish estetik
didini tarbiyalaydi.
Hozir Respublikamizni barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan
hunarmandchilik va amaliy sanʼatning noyob turlari rivojlantirilmoqda. U o‘zining
tarixiy taraqqiyot bosqichida ko‘p yillar va asrlar bosib o‘tgan, goh yuksalgan, goh
pasaygan, lekin unda badiiy anʼanalarning avloddan - avlodga o‘tishi hech qachon
to‘xtamagan.
O‘zbekiston o‘zining kashta chevarlari bilan mashhur va xalq sanʼatining
ko‘p asrlik anʼanalarini ardoqlab, asrab kelmoqda. Shuningdek, milliy anʼanalarni
saqlabgina qolmay, ijodiy boyitib amaliy sanʼatning yangi milliy turlarini yaratib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
322
kelmoqda. Kashtalar uylar va kiyim- kechaklarni bezash uchun qo‘llanilgan. Ular
qadim zamonlardan beri o‘zbek xalqi orasida keng yoyilgan.
Uy devorlari, taxmonlar, ko‘rpa - to‘shaklar, har xil mayda uy - ro‘zg‘or
buyumlari, kiyim - kechaklarning ayrim qismlari kashta bilan bezatiladi, bosh
kiyimlarga ham kashta tikiladi. Uylarning devorlarini bezatadigan palaklar,
so‘zanalar, gulko‘rpalar, zardevorlar O‘zbekistondan tashqarida ham mashhurdir.
1-rasm: Kashta namunalari
O‘zbek xalq ustalari qo‘llari bilan tikilgan kirpech, so‘zana, zardevor,
gulko‘rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, Аmerika Qo‘shma Shtatlari,
Hindiston, Аfg‘oniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Farg‘ona
vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga
aylanib qolgan. Hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang
– barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda.
Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma
manbalar isbotlab bermoqda. O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan
bog‘liq holda barcha kasb – hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik
sanʼatining eng qadimiysi saqlanmagan. 14–15 asrlarga mansub miniatyuralar
orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Ispan
elchisi Rui Gonzales de Klavixo Аmir Temur saroyida o‘zbek milliy kashtalarini
ko‘rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467-yili Kamoliddin Bexzod
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
323
“Zafarnoma”ga ishlagan “Temur taxtda” miniatyurasida chodirga ishlangan
kashtani ham aks ettirgan. Qadimdan ipakchilik rivojlangan vatanimiz hududida
nafis ipak iplar bilan kashta tikish xalq orasida keng tarqalgan. Kashtachilik hunari
o‘zining ko‘p asrlik rivojlanishi tarixida xalq turmushi, uning anʼanaviy yashash
tarzi, urf-odati, jo‘g‘rofik o‘rni bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Kashtachilik
hunari bilan ayollarning deyarli barchasi shug‘ullanishgan. Qiz bola yoshligidan
boshlab, kashta tikishga o‘rgatilgan. Shunisi muhimki, hunarmandchilikning
boshqa turlarida shogirdlik mashaqqatini uzoq muddat bosib o‘tishga to‘g‘ri kelsa,
kashtachilik maxsus bilimni talab qilmagan. Kashtachilik sanʼati o‘zbek ayollari
ijodida eng ommaviy hunar sanalib, u oddiy xalqning estetik dunyoqarashini aks
ettiribgina qolmay, xalq og‘zaki folklori bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Kashtachilikning boshqa hunarlardan farqi shundaki, aksariyat hollarda
kashtachilik buyumlari bozorga mo‘ljallanmagan, asosan xonadon ehtiyojini
qondirish, urf-odatlarni davom ettirish uchun tikilgan. Shunday qilib anʼanaviy
kashtachilik o‘zbek xalqi hayotining hamma jabhalarini qamrab olgan va moddiy
madaniyatning buyumlari va ashyolaridan bo‘libgina qolmay, balki xalqning
dunyoqarashi va milliy tafakkurining chuqur qatlamlarini aks ettirgan.
Respublikamizning istiqlolga erishishi, yo‘qolib borayotgan qadimgi milliy
anʼanaviy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini qayta tiklashga va unga yosh
avlodni qiziqtirishga keng yo‘l ochib berdi.
Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay O‘zbekiston
xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va milliy qadriyatlarini hamda
o‘ziga xos anʼanalarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Аyni paytda
qadriyatlarimizni boyitish, milliy mustaqillik mafkurasini shakllantirish jarayonida
anʼanaviy xalq hunarmandchiligi va amaliy sanʼati tarixini o‘rganish, ko‘plab
yo‘qolib ketgan turlarni qayta tiklash xalqimizning bebaho merosini dunyoga
tanitishga xizmat qiladi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz maʼnaviy
qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning maʼnaviy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
324
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb
hisoblaymiz.” Qadimdan ipakchilik rivojlangan vatanimiz hududida nafis ipak
iplar bilan kashta tikish xalq orasida keng tarqalgan.
Kashtachilik san’atining tarixi va uning rivojlanishi
O‘zbek milliy
kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib u xalqning o‘z
turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta (fors tilida –
chizilgan, tortilgan) amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi: igna bilan tikib
tushirilgan gul, tasvir, naqsh demakdir. Kashtachilik san’ati nafaqat
mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O‘zbek xalq ustalari
qo‘llari bilan tikilgan kirpech, suzana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar
Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari,
Hindiston, Afgoniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Fargona
vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozistiyaga
aylanib qolgan. hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-
barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda.
XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi
kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi. Mashinada
kashtalarning ko‘p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga putur etkazdi. Qo‘l
kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillarigina saqlanib qoldi. O‘zbek
kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. O‘zbek
kashtalariga nazar solsak, unda Hind, Xitoy, Rus, Afgon, Qozoq, Qirg’iz va Tojik
kashtachiliklarining usul va uslublarini uchratamiz. Xalq badiiy hunarmandchilik
mahsulotlari faqat bizning mamlakatimizda emas, balki chet mamlakatlarida ham
cheksiz talab qilinadi. Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan
mashhur bo‘lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikishni o‘sha yerda kashf
etishgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
325
Keyinchalik Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach ipak, zar yoki jun ip
qo‘shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Kashtachilik
san’atining an’analari Vizantiyada ham rivoj topgan.
XIII va XV asrlarda Kichik Osiyo doirasida paydo bo‘lgan hamda Vizantiya
imperiyasini barbod qilgan Usmoniy turklar ham ushbu san’atga o‘zlarining
munosib ulushlarini qo‘shganlar. Qrim va Kavkazning qaeridaki Vizantiya
madaniyati uzoq vaqt kuchli ta’sir o‘tkazgan bo‘lsa o‘shu yerda kashtachilik
rivojlanavergan. Qadimgi Rus ham Vizantiyaga taqlid qilib kashtachilik san’atini
o‘rgangan. Rus kashtasi gullarining xarakteriga va tikilish usullariga ko‘ra juda
turli-tumandir. Popop (yo‘rma) chokli kashta tikish Olonets, Vologda viloyatlarida
keng tarqalgan.
Bu san’atda har bir millatning o‘ziga xos eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari
bo‘ladi. Chunonchi, o‘zbek kashtalarida o‘simliksimon, geometrik hamda gul
naqshlari ko‘p bo‘lsa, rus kashtachiligida geometrik, o‘simliksimon shakllar,
gullar, qush va mevalar ko‘p tasvirlanadi. Qozoq va Qirg’iz kashtachiligida esa
ko‘proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
Xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchiligi an’analarini tarixdan
avloddan-avlodga o‘tib kelish bilan birga taraqqiyotni yangi sifatiga ega
bo‘lmoqda, bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv
imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda. Shahar va qishloqlarda yashovchi yoshlarni
sevimli kasb va xalq amaliy san’atidan kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi,
ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, kashtachilik va
hokazolar avloddan- avlodga o‘tib kelayotgan kasblardandir. Bu kasblar kishilarni
ma’naviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirish estetik didini tarbiyalaydi.
Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy-axloq jihatdan
tarbiyalab, ularning estetik dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy
darajasini yuksaltirishda eng zarur manbaalardan biri hisoblanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
326
2-rasm: Kashta namunalari
Hozir Respublikamizni barcha viloyatlarida tiklanib borayotgan
hunarmandchilik va amaliy san’atning noyob turlari rivojlantirilmoqda. U o‘zining
tarixiy taraqqiyot bosqichida ko‘p yillar va asrlar bosib o‘tgan, goh yuksalgan, goh
pasaygan, lekin unda badiiy an’analarning avloddan - avlodga o‘tishi hech qachon
to‘xtamagan.
O‘zbekiston o‘zining ko‘pgina chevarlari bilan mashhur va xalq san’atining
ko‘p asrlik an’analarini ardoqlab, asrab kelmoqda, shuningdek, an’analarni
saqlabgina qolmay, ijodiy boyitib amaliy san’atning yangi milliy turlarini yaratib
kelmoqda. Kashtalar uylar va kiyim-kechaklarni bezash uchun qo‘llanilgan. Ular
qadim zamonlardan beri o‘zbek xalqi orasida keng yoyilgan. Uy devorlari,
taxmonlar, ko‘rpa - to‘shaklar, har xil mayda uy-ro‘zg’or buyumlari, kiyim
kechaklarning ayrim qismlari kashta bilan bezatiladi, bosh kiyimlarga ham kashta
gikiladi. Uylarning devorlarini bezatadigan palaklar, so‘zanalar, gulko‘rpalar,
zardevorlar O‘zbekistondan tashqarida ham mashhurdir. Arxeologik topilmalar
kashtadoʻzlikning deyarli barcha xalqlarda qadimiyligini, iqlim, tabiiy sharoit,
muhit bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari
bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi. Kashtadoʻzlikning paydo
boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
327
bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish
bilan, shuningdek, toʻqish, mato toʻqish, boʻyash va boshqa ishlar bilan bogʻliq.
Kashtadoʻzlik taraqqiyotini Qadimiy Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy
yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib
qolgan Kashtadoʻzlik namunalarida kuzatish mumkin. Kashtadoʻzlik
mahsulotlarining eng qadimiy nusxalari saqlanmagan. Kashtadoʻzlik rivojlangan
xalqlarda unga tasviriy sanʼatning taʼsiri katta boʻlgan. XI-asrga oid ingliz
kashtalarida jang lavhalari aks ettirilgan.
3-rasm: Milliy kashtachilik san’atidan namuna
Qadimiy an’analarga ko‘ra o‘zbek qizlari – bo‘lajak kelinchaklar seplari, har
xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlaganlari lozim edi. Kashtalar qanchalik
nozik, chiroyli bo‘lsa qayliq shunchalik yuqori baholanar edi. Qizlar 7 – 9 yoshdan
boshlab kashta tikishga o‘rgatilar edi. Ular 3 – 4 yildan keyin mustaqil kashta tika
boshlaydilar.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
328
Xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandchiligi an’analarini tarixdan
avloddan-avlodga o‘tib kelish bilan birga taraqqiyotning yangi sifatiga ega
bo‘lmoqda, bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda yanada yuqori samaralarga erishuv
imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda. Shahar va qishloqlarda yashovchi yoshlarni
sevimli kasb va xalq amaliy san’atidan kulolchilik, yog’och o‘ymakorlikgi,
ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zargarlik, chitgarlik, kashtachilik va
hokazolar avloddan - avlodga o‘tib kelayodgan kasblardandir. Bu kasblar kishilarni
ma’naviy olamini boyitish, badiiy didini shakllantirishda estetik didini
tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy-
axloqiy jihatdan tarbiyalab, ularning estetik dunyoqarashlarini shakllantirishda
hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. S. Bulatov. “O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati”. O‘quv qo‘llanma. -T.:“Mehnat”
1991-yil.
2.
R.S.
Shermuhammedov,
M.M.
Parpiyeva.,G.S.
Sharipova
“Xalq
hunarmandchiligi”. Darslik. “Tafakkur” Toshkent 2021-yil.
3. X.X. Murodov. “Amaliy va bezak san’ati”. O‘quv qo‘llanma. -T.: “Ijod print”,
2020-yil.
4. Q.M. Abdullayeva, M.A. Maksumova, M. Raximjanova. “Gazlamaga badiiy
ishlov berish”. -T.: “Cho‘lpon”, 2011-yil.
5. X.T. To‘lqinova, D.A. Rajabova Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash //
O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2024-yil.
6. M.A. Maksumova, Q.M. Abdullayeva. “Xalq hunarmandchiligi”. - T.: TDPU,
2008-yil.
7. G.M. Anarkulova, Gʻ.M. Abduqodirov, X.T. To‘lqinova. Texnologiya ta’limi
praktikumi. Darslik. Toshkent 2018-y.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
329
8. Muminovna R. D. et al. O ‘ZBEKISTONDA XALQ AMALIY SAN’ATI VA
MILLIY HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI //Ta'limning
zamonaviy transformatsiyasi. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 157-165.
9. Ruzieva D. CLASSIFICATION OF SOFTWARE EDUCATIONAL TOOLS FOR
USE IN THE EDUCATIONAL SYSTEM //International Conference On Higher
Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 41-45.
10.Ruzieva D. M. FEATURES AND ADVANTAGES OF THE STRUCTURE OF
BAKED THREADS USED IN THE PREPARATION OF SEWING
PRODUCTS //GOLDEN BRAIN. – 2023. – Т. 1. – №. 17. – С. 401-408.
11. Гафурова Н. Т., Арипова А. Н. К., Рузиева Д. М. РОЛЬ ЯЗЫКА В
РАЗВИТИИ ВЫСЩЕГО ОБРАЗОВАНИЯ //Архивариус. – 2021. – Т. 7. – №.
8 (62). – С. 20-23.
12. Muminovna R. D. et al. O‘ZBEKISTONDA XALQ AMALIY SAN’ATI VA
MILLIY HUNARMANDCHILIKNING RIVOJLANISHI //Ta'limning zamonaviy
transformatsiyasi. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 157-165.
13. ГАФУРОВА Н. Т., АРИПОВА А. Н. К., РУЗИЕВА Д. М. Учредители:
Серенити-Груп, Буткевич Виктор Васильевич //АРХИВАРИУС Учредители:
Серенити-Груп, Буткевич Виктор Васильевич. – 2021. – Т. 7. – №. 8. – С. 20-
23.
14. Ubaydillayevna D. N. et al. ZAMONAVIY O‘ZBEK MILLIY LIBOSLARI
NAMUNALARINI
TAYYORLASH
ORQALI
YOSH
AVLODGA
AJDODLARDAN QOLGAN MEROSNI O‘RGATISH //PEDAGOGS. – 2024. –
Т. 53. – №. 1. – С. 18-24.
15. Рузиева Д. М. СЕКРЕТЫ ШИТЬЯ И ЕГО СОВРЕМЕННЫЕ
НАПРАВЛЕНИЯ //GOLDEN BRAIN. – 2023. – Т. 1. – №. 35. – С. 282- 286.
16. Kazakov, F., Rajabov, I., Umirov, J., Ruziyeva, D., & Aripova, A. (2021,
November). Methods to improve hackles in the production of quality yarn. In
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
330
Journal of Physics: Conference Series (Vol. 2094, No. 4, p. 042091). IOP
Publishing.
17. Muminovna R. D. Tabiiy Ipak Iplarining Xususiyatlarini Tahlil Qilish Asosida
Ipak Tolali Gazlamalarining Sifati Va Assortimentini Oshirish Mezonlari //Miasto
Przyszłości. – 2024. – С. 323-326.
18.Muminovna
R.
D.
TA’LIM
TIZIMIDA
FOYDALANISHGA
MO‘LJALLANGAN DASTURIY TA’LIM VOSITALARI TASNIFI //Наука и
технологии. – 2023. – Т. 1. – №. 3.
19. Muminovna R. D. GAZLAMALARNING KIRISHISHI VA UNGA TA’SIR
QILUVCHI
OMILLARNI
O‘RGANISH
//Ta'limning
zamonaviy
transformatsiyasi. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 150-156.
20. Rayimova D. D. et al. Texnologiya ta’limi praktikumi fanini o‘qitishda
innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo ‘llash imkoniyatlari //Educational
Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 616-619.
21.Muminovna
R.
D.
TIKUV
BUYUMLARINI
TAYYORLASHDA
ISHLATILADIGAN
PISHITILGAN
IPLARNING
TUZILISH
XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI //SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR
NAZARIYASI. – 2023. – Т. 6. – №. 10. – С. 21-25.