Авторы

  • Olimov Usmonali Ergashevich
  • Mirzamiddinov Saydullo Qobiljon o’gli
  • Djamolov Abdushukur Xakimjonovich

Биографии авторов

  • Olimov Usmonali Ergashevich

    Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

  • Mirzamiddinov Saydullo Qobiljon o’gli

    Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

  • Djamolov Abdushukur Xakimjonovich

    Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99657

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Kasbiy motiv motivasiya muqarrarlik motivi kasbiy faoliyat ehtiyojning belgi yoki samaralari.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada kasbiy motiv va motivasiya haqida tushuncha beriladi. Pedagogik faoliyatning muhim qismlari, o’quv foliyati motivasiyasining xususiyatlarini o’rganish ko’nikmalari  ko’rib chiqiladi. Xorijiy psixologlar tomonidan kasbiy motiv va motivasiya muammolari haqidagi fikrlari o’rganib chiqiladi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

259

O’QUV VA KASBIY FAOLIYAT MOTIVASIYALARI

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

Olimov Usmonali Ergashevich

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

Mirzamiddinov Saydullo Qobiljon o’gli

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

Djamolov Abdushukur Xakimjonovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada kasbiy motiv va motivasiya haqida tushuncha

beriladi. Pedagogik faoliyatning muhim qismlari, o’quv foliyati motivasiyasining

xususiyatlarini o’rganish ko’nikmalari ko’rib chiqiladi. Xorijiy psixologlar

tomonidan kasbiy motiv va motivasiya muammolari haqidagi fikrlari o’rganib

chiqiladi.

Kalit so’zlar: Kasbiy motiv, motivasiya, muqarrarlik motivi, kasbiy faoliyat,

ehtiyojning belgi yoki samaralari.

Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng

doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida Ye.A.Klimov,

V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni

kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog’liq motivasiyalarni 3

guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb

tanlash motivlari va uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa

barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari,

kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa

ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi.

Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan

belgilanadi.

Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

260

kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish

istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan

tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi.

Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi,

moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish

motivlaridir.

Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon

qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan

biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi

balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga

mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning

hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham

shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi.

Ish joyini va kasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan

klassifikasiya

qilingan.

U

kasb

motivlarini

quyidagilarga

ajratadi:

1)

Dominant

(kasbga

qiziqishning

ustun

turishi),

2) Vaziyat bilan bog’liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart-sharoitlarni

ruyobga chiqarish).

3) Komformist.

4) Kasbiy motivasiyalar (o’ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini,

do’st va tanishlarining maslaxatlari bilan).

L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab bo’luvchi omillar

sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatadi:

Ijod va musiqa ijro etishga bo’lgan qiziqish.

Musiqadan zavqlanishga bo’lgan ehtiyoj.

Musiqa asarlarini ijro etishda o’zi tashabbus ko’rsatishga intilish.

Tinglovchilarning qadriyatini ko’tarish, ularga rohat baxsh etish xohishi.

Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining to’liq motivlari emas. Ular


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

261

faqatgina

musikachilik

faoliyatini

boshlashga

olib

keladi.

A.P.Vasilyev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini

keltirib o’tadi:

1) Insonlarni davolash istagi.

2) Og’ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og’riqlardan xalos etish istagi.

3) O’z yaqinlarining sog’lig’i haqida qayg’urish imkoniyati.

4) Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.

5) O’z sog’lig’i haqida kaygurish.

6) Moddiy qiziqishlar.

Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N.Dadanov

taklif qilgan usullarni qo’llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida

quyidagi omillarni o’zida aks ettiradi, deb ko’rsatadi:

1 .Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.

2.Faoliyatning to’g’ri natijalari (yaratiladigan maxsulot o’zlashtirilayotgan bilim

va xokazo).

3.Faoliyatni rag’batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so’z vositasida va

xokazo).

4.Bosh tortish xollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan jazodan

o’zini olib kochishga intilish.

Bu sabablar salbiy “valentlikka” xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan

uzoqlashib, qiziqishlarini so’ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi

bilan izoxlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:

T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo’lishi;

R-erishishi kerak bo’lgan natijaga intilishdan uzoqlashish;

V-ishdan bosh tortish uchun rag’batlantirish-taklif etish;

G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.

Pedagogik oliy o’quv yurtlariga kirish va pedagog kasbini tanlash motivlari

(o’qituvchi, bogcha tarbiyachisi va b.) turli xil bo’lib, bunda ulardan bir qanchasi


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

262

pedagogik faoliyat bilan bog’liq bo’ladi. Bu jihat anchadan beri pedagogik,

jamoatchilik va oliy o’quv yurtlarini o’ylantirib keladi. O’tkazilgan ko’pgina

so’rovlar bo’yicha olingan natijalarda (pedagogik oliy o’quv yurtiga kirganlarning)

o’qituvchi kasbiga ijobiy munosabat bildirgan. Taxminan 40 % u yoki bu narsa

yoki predmetlarga qiziqqani tufayli o’qituvchilik faoliyatiga qiziqmagan xolda 13

% dan 22 % talabalar esa na o’qituvchilik faoliyatiga va na kasbiy fanga ijobiy

munosabat bildiradi. Ularni oliy o’quv yurtiga kirishidan maksad ayni vaktda

xarbiy xizmatdan qochish yoki oliy ta’lim nufuziga ega bo’lish hisoblanadi.

Ko’pgina, talabalarning pedagogika o’quv yurtiga kirish sabablari shu dargoxning

ularning turar joyiga yaqinligi bo’ladi. Bu ko’rsatkich, bunday moyillik ko’p yillar

davomida

saqlanib

kelmoqda.

Bunday hollarda kasb tanlash ko’pgina sharoitlarga bog’liq bo’lib qoladi. Lekin

xammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Ko’pgina, tanlangan

faoliyatlar

insonning

kobiliyat

va

moyiligiga

muvofik

bo’ladi.

A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini o’rganib, ulardan 3 ta asosiylarini

birlashtiradi:

a) muqarrarlik motivi (burchli);

b) o’qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;

v) bolalar bilan muloqotga kirishish.

Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga ko’ra mualliflar 4 guruhga mansub

o’qituvchilarni ajratadilar:

-Burch xissining ustunligi bilan (43 %);

-o’qitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %);

-bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %);

-o’zi xohishlarini ruyobga chiqarish motivi.

O’rganilgan manbalarga ko’ra motivasiya tiplari o’qituvchilarning

o’quvchilarga bo’lgan pedagogik talablarining yo’nalishi va xarakteriga ta’sir

ko’rsatadi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

263

Pedagog kasbini o’zlashtirishda kasbiy bilimlarga bo’lgan ehtiyoj oshadi.

V.N.Nikitenko va B.Fidlerlarning ma’lumotiga ko’ra 25-30 yoshli o’qituvchilarda

oliy o’quv yurtida o’qiyotgan chog’ida unchalik ahamiyat bermagan pedagogik va

psixologik bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyoj uyg’onar ekan N.V.Jurinim

o’qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi turli xil omillarga munosabatini

o’rgangan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilarning uz kasbi va ish

joyidan qoniqishi ba’zilarda birinchi navbatda maktabning moddiy bazasiga

bog’liq bo’ladi, boshqalarida esa pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga

erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan uzaro aloqa o’rnatishga, turtinchi

kishida oylik olish bilan bog’liq bo’ladi.

O’quv faoliyati motivasiyasining xususiyatlarini o’rganishda 2 jihatni farqlab

olish lozim:

Birinchi jihat - o’quv faoliyatini tanlash motivasiyasi. Ikkinchisi nima uchun

olim aynan shu mavzuni o’rganib chikishga qo’l urgani sababini aniqlash. Fan

bilan shug’ullanish bir necha sabablarga bog’liqligi bilan belgilanadi.

G.A.Myurrey hokimiyatga intilishning asosiy motivlarini ularning faoliyati bilan

bog’lagan holda ajratadi. Ehtiyojning belgi yoki samaralari quyidagi istaklarda

namoyon bo’ladi;

1. O’z ijtimoiy olamini boshqarish;

2. Boshqalar xulqiga ta’sir o’tkazish va o’z maslaxatlari bilan yo’lga solish,

buyurish, o’z so’ziga ishontirish;

3. O’z e’tikodiga yo’naltirish.

Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning o’z natijalarini baholashni

shakllantirsa, bu yaxshi ko’rsatkich hisoblanadi. Bunda raxbarning tashqaridan

beradigan bahosi va xodimlarning o’z-o’ziga beradigan baxosi muvofiq keladi.

V.A.Kruteskiy o’spirinlarda uchrash mumkin bo’lgan motivlardan quyidagilarni

alohida ta’kidlab o’tadi:


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

264

- biror o’quv faniga nisbatan o’spirinning qiziqishi;

- Vatanga foyda keltirish istagi;

- shaxsiy kobiliyatini ro’kach qilib ko’rsatish;

- oilaviy an’analariga rioya qilishi;

- do’stlari va o’rtoqlaridan o’rnak olganligi;

- ish joyining va o’quv yurtining uyga yaqinligi;

- moddiy ta’minlanganlik;

- o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari

motivlardir.

Ilmiy adabiyotlarda motivga turli ta'riflar keltirilgan bo‘lib, ular

quyidagicha: Motiv – 1) insonni o‘qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga

undovchi turli sabablar yig‘indisi; 2) o‘quvchining ma'lum ehtiyojlarini qondirish

bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi. Motiv – insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni

bajarishga undovchi turli sabablar yig‘indisi. Salbiy motiv – bu majburlab o‘qitish,

lekin bunda o‘quvchining o‘qishga nisbatan qarshiligi hamma harakatlarimizni

yo‘qqa chiqaradi. Motiv – bu ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga

moyillik. Motivlar ta'limda samaradorlikka erishishning zarur shartidir.

Psixologlarning asarlarida

shunday holatlar ham mavjudki

, ularda xulq

motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan

kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat T. Olport asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqining o‘zgarish sabablarini ochishdir.

Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlar omillarini

tekshirishlari ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab yetish qiyin emas.

O‘quv faoliyati motivlari deganda o‘quv faolligi namoyon bo‘lishiga sabab

bo‘luvchi barcha omillar: ehtiyojlar, maqsadlar, ustanovkalar, burch hissi,

qiziqishlar va boshqalar tushuniladi. G.Rozenfeld o‘qish motivatsiyasining

quyidagi omillarini ajratgan. 1. Ta'lim olish uchun o‘qish, faoliyatdan qoniqmaslik

yoki o‘rganilayotgan fanga qiziqmaslik. 2. Ma'lum qiziqishlarsiz o‘qish. 3. Ijtimoiy


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

265

identifikatsiya

uchun

o‘qish.

4.

Muvaffaqqiyatga

erishish

yoki

muvafaqqiyatsizlikdan qochish uchun o‘qish. 5. Majburlab yoki qo‘rqqanidan

o‘qish. 6. Umum qabul qilingan me'yorlarga yoki axloqiy majburiyatlarga

asoslangan o‘qish. 7. Hayotda maqsadga erishish uchun ta'lim olish. 8. Ijtimoiy

maqsadlarga, talablarga va qadriyatlarga asoslangan ta'lim. E. Torndayk o‘quv

jarayonini u yoki bu qo‘zg‘atuvchiga (stimulga) javob reaksiyasining holati bilan

bog‘liqligini, ya'ni ushbu reaksiya hamda vaziyat o‘rtasidagi ma'lum aloqani

o‘rnatish bilan izohlanishini aytib o‘tadi. Torndayk kishi o‘zi xohlagan

reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan ro‘yxushlikning hamda o‘zi xohlagan

reaksiyaga nisbatan bo‘lgan moyillikning ta'sirini o‘rganishga harakat qiladi. U bir

xil sharoitda yuzaga kelgan jazolash omillari rag‘batlantirish omillaridan ancha

samarasiz va kuchsizdir, degan xulosaga keladi.

J.Bruner o‘qish motivlari masalasiga Torndaykdan boshqacharoq

yondashadi. U o‘zining “O‘quv jarayoni” nomli kitobida o‘quvchining real, yetarli

darajada uzoq davom etadigan o‘qish jarayoni tufayli tug‘iladigan amaliy va

nazariy muammolarini e'tirof etgan. E. Deki ichki motivlarni tug‘ma, inson

tug‘ilishiga xos bo‘lgan motivlar deb ta'riflaydi. Uning fikricha, hamma insonlar

o‘zini-o‘zi baholashga nisbatan differensiallashmagan zaruriyat bilan tug‘iladilar.

O‘quvchi imkoniyatlarini aniqlash va ularni yuzaga chiqarishdagi samaradorlik

o‘qituvchining ustaligiga, uning vaqtida yordamga kelishi, o‘quvchi bilan

hamkorlik munosabatini o‘rnatish mahoratiga bog‘liq. D.N.Uznadze boshlang‘ich

ta'limning bosh vazifasi bolaning ichki kuchlari va imkoniyatlari rivojlanishi uchun

sharoit yaratib berishdan iborat, deb hisoblaydi. Motivlarni tasniflashda keng

tarqalgan yo‘nalish bu - vaqtni hisobga olishdir. Unga ko‘ra: vaziyatli va doimiy

namoyon bo‘luvchi motivlarni, qisqa muddatli va barqaror motivlarni ajratish

mumkin. Motivning tuzilishiga ko‘ra: dastlabki – mavhum maqsad mavjud

motivlar, ikkinchi – aniq maqsad mavjud motivlarga ajratilgan. Respublikamizda

hozirgi kunda o‘qish faoliyatidagi motivlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

266

tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Masalan M.G.Davletshin, E. G’oziev,

G‘.B.Shoumarov, V.A.Tokareva R.I.Sunnatova, A.A.Fayzullaev, A.K.Saitova,

E.Z.Usmonova, M.Rasulova, F.I.Haydarov kabi psixolog olimlar ta'lim jarayonida

o‘qish motivlarini o‘rganishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib

bormoqdalar. E. G’oziev o‘z tadqiqotlarida mustaqil tafakkurning rivojlanishi,

bilish jarayonining qiziqarli tashkil etilishi o‘quvchilar faoliyatida yangi

muvaffaqiyatlarga erishishning ijodiy manbai ekanligini aytib o‘tadi.

A.A.Fayzullaev motivatsion jarayonni bosqichma-bosqich tahlil qiladi. Bu

bosqichlar quyidagilar: 1- qo‘zg‘alishning anglanishi; 2 – motivning qabul

qilinishi; 3 – motivning hayotga tatbiq qilinishi; 4 – motivning mustahkamlanishi;

5 - qo‘zg‘alishning faollashuvi. Birinchi bosqich qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi va

anglanishi. E.Z.Usmonova o‘zining tadqiqot ishlarida ikki asosiy motivatsiya

toifasini ko‘rsatib o‘tgan: muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi tashqi

motivatsiyaga, bilish motivatsiyasini esa ichki motivatsiyaga mansub, deydi. Biz

tadqiqotimizda maktab o‘quvchilarida yetakchi hisoblanmish o‘qish faoliyati

motivlarini o‘rganishga harakat qildik. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,

psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘quv motivlari

ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Demak, har qanday motivlarning asosida

shaxsning ehtiyojlari yotadi, ya'ni shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar bo‘ladi va

aynan ularning tabiat va zaruriyatiga bog‘liq tarzda xulq motivlari namoyon

bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. E.Trondayk. Protses ucheniya u cheloveka/Per. Ang-M: Izda-o inostrannoy

literature. 1993.-317b.

2. F.I. Haydarov, N.I. Xalilova. Umumiy psixologiya. –T.: 2010-yil. 275-276-

betlar.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

267

3. Е.L.Desi I d.r. Motivassiya I obrazovaniye 1991 y. 325-326 s.Деси и д.р.

Мотивация

и

образования.

1991

г.

325-326

b.

4. D.N.Uznadze. Psixologicheskiye problem motivasii povedeniya.Tbilisi.: Nauka.

1968 yil 212b.

5. E.G’oziyev O’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish.-Toshkent:

O’qituvchi. 1988,104 b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)