https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
254
KASB-HUNARGA O’QITISHDA INTERAKTIV O’YIN
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi
Ibragimov Shuxratbek Shukurullayevich
Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi
Barziyev Dilshod Sadirdinovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’quvchi-talabalarni kasb-hunarga
o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanib, o’qitish jarayonini samarali
tashkil etish, kasbiy fanlarni o’qitishda interaktiv o’yinlar bilan ishlashning
yutuqlari, interaktiv o’yinlarining didaktik funksiyalari va o’yinlarning
tayyorgarlik bosqichlari yoritilgan .
Kalit so’zlar:kasb-hunar, interaktiv, noan’anaviy usullar, pedagogik
texnologiyalar, faoliyat usullari, hamkorlik, samaradorlik,yo’l-yo’riq, malaka,
ko’nikma, baholash mezoni.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya
jarayayoninig
samaradorligini
kafolatlovchi
zamonaviy
pedagogic
texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar
interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Shu o’rinda “Interaktiv” dars metodini
“Interfaol” deb chala tarjimasini aytish mazmunan xato ekenligiga e’tiboringizni
qaratmoqchimiz. “Interaktiv” so’zi qo’shma so’z bo’lib, “Interaktiv” inglizcha
“Interactive” so’zidan olingan bo’lib, “O’zaro harakat va tasirlanish” degan
ma’noni anglatadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
255
Interaktiv metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro
baxs-munozarada fikrlash asnosida,hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning
afzalligi shundaki,butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib,
mustaqil hayotga tayyorlaydi.
Kasb-hunarga o’qitishning interaktiv usullarini tanlashda ta’lim maqsadi,
ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv- moddiy
sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogic mahorati, ta’lim
ustasining amaliy mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Interaktiv o’yinlari o’z mazmun-mohiyatiga, ijtimoiy- psihologik va
ijtimoiy-pedagogik xususiyatlariga ko’ra, insonning shaxsiy xislatlarini
shakllantirishning vositasi hamda iqtisodiy talim tizimida talim-tarbiya ishlarini
tashkil etishning bir shaklidir. Zero, interaktiv o’yinlar o’quv va amaliyot
jarayonida o’z o’rniga ega va o’quv va amaliyot jarayonida o’z o’rniga ega va
o’quv va amaliyot jarayonining asosiy vazifalari, mohiyati va tuzilmasi hamda
o’rganilayotgan kasbning didaktik tabiatiga bog’liq bolgan, aniq belgilangan
funksiyalarni bajaradi.
Interaktiv o’yinlarning didaktik funksiyalariga quyidagilar kiradi:
-o’quvchi-talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi;
- bilim va amaliyotlarni mustaxkamlash va qo’llash;
-o’quv va amaliy jarayonda bo’lg’usi mutaxassisning faoliyati faqat o’rganish
emas, balki ishlab chiqishdan iborat bo’lishi;
-o’quvchi-talabalar o’quv va amaliy bilim faoliyatining bo’lg’usi kasbiy
faoliyati,xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib borishi.
Interaktiv o’yinlar ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik
bosqichlariga ega:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
256
1.
O’qu-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshirig’I shaklida qo’yish:
-bo’lg’usi interaktiv o’yinining maqsadini aniqlab olish;
-muammoli vaziyatni anglab yetish;
- o’quvchi-talabalarga navbatdagi o’yin haqida dastlabki ma’lumotlar berish.
2.Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo’lgan va avval egallangan
bilim va ko’nikmalardan foydalanish:
- o’quvchi-talabalarning o’qituvchidan yoki ta’lim ustasidan kasbiga oid adabiyot-
larni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi;
-bajarilishi lozim bo’lgan ish to’grisida o’quvchi talabalarga yo;l-yo’riqlar
ko’rsatish;
-olingan bilim, o’zlashtirilgan ilmiy tushunchalar, ishlash metodlari va
ko’nikmalarni umumlashtirish;
-o’z-o’zini nazorat qilish.
3. Interaktiv o’yinlarning shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun
zarur bo’lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish.
4. Navbatdagi ishni rejalashtirish:
-avval egallangan bilim va ko’nikmalar asosida tushuntirish ishini olib borish va
o’z ijodi uchun zarur bo’lgan yangi metodlarni qidirish.
-rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish;
5.Vazifa
shartlari,
ularning
bajarilishini
tushuntiruvchi
qoidalar(materiallar)ni o’rganish va tahlil qilish bo’yicha mustaqil ishlar va
interaktiv o’yinlardagi o’z mavqeini aniqlash.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
257
6.O’zlaridagi bor bilim, malaka va ko’nikmalar asosidagi reja bo’yicha
ishlarni bajarish;
-yangi bilim va malakalarni hosil qilish;
-o’z xatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish. Qayd
qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish;
-belgilangan rejalarni takomillashtirish;
-yakuniy natijalarni tekshirib ko’rish va tahlil qilish;
7. O’quvchi-talabalar faoliyatini, ularning bilim, malakasini, ko’nikmalarini
nazorat qilish va joriy yo’l-yo’riqlar berish.
8. O’quvchi-talabalarning interaktiv o’yinlariga tayyorligini aniqlash
maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko’rish.
9. O’quvchi-talabalarga interaktiv o’yinlarni o’tkazish va unda qatnashish
bo’yicha yo’l-yoriqlar berish, zarurat tug’ilganda har biriga qoshimcha yo’l-
yoriqlar berish.
10.Oldindan ishlab chiqilgan ssenariy bo’yicha o’quvchi-talabalarning
interaktiv o’yinlari.
11. O’yin ishtirokchilariga joriy-yo’riqlar berish.
12. O’yin ishtirokchilariningo’z-o’zini nazorat qilishi.
13.Interaktiv o’yin natijalarini muhokama qilish va o’quvchi-talabalarning
o’quv-o’yin, amaliyot-o’yin faoliyatiga baho berish.
Shunday qilib, interaktiv o’yinlardan kasbga oid yangi bilimlarni
egallash,o’tilganlarni mustahkamlash,ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy
malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni yechishda foydalaniladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
258
Adabiyotlar:
1.Tolipov.O’, M.Usmonboyeva “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari”,
Toshkent, “Fan”, 2006.
2.M.Kamoliddinov,B.Vaxobjonov “Innovatsion pedagogic texnologiya asoslari,
savollar,javoblar”, Toshkent-2010.
3.M.Klark “Texnologiya obrazovaniya ili pedagogicheskaya texnologiya” jurnal
“Perspektivi”-1983.
4.K.Ishmatov “Ilg’or pedagogik texnologiyalar”, Namangan-2003.
5.N.Saidaxmedov “Yangi pedagogik texnologiyalar”, Toshkent-2003.