https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
243
FARMAKOLOGIYA FANI RIVOJLANISHINING TARIXI
Abduraxmanova Marhabo Abdulhamidovna
Qorgontepa Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Farmakologiya va retseptura asoslari fani o'qituvchisi.
Annotatsiya: Farmakologiyaning paydo bo‘lish tarixi yer yuzidagi dastlabki
odamlarning paydo bo‘lish davridan boshlanadi, chunki o‘sha davrlarda ham
odamlar turli xil kasalliklarga chalinganlar.
Kalit so’zlar: Farmakologiya, tarix, dori vositalari, Xitoy tibbiyoti, opiy,
dori-darmon, dorivor moddalar.
KIRISH
Farmakologiyaning paydo bo‘lish tarixi yer yuzidagi dastlabki odamlarning
paydo bo‘lish davridan boshlanadi, chunki o‘sha davrlarda ham odamlar turli xil
kasalliklarga chalinganlar, yirqich hayvonlar bilan olishganlar, yong‘inlarga duch
kelganlar, ilon, chayon va qoraqurt kabilar chaqqan. Ibtidoiy jamoa tuzimida
odamlar atrof-muhitdagi o‘simliklardan, hayvonot olamidan va ma’danlardan shifo
hamda dori-darmon izlaganlar.
Keyinchalik din paydo bo‘lishi bilan turli dori vositalarini qo‘llash sehrgarlik
tusini ola boshlagan. Ruhoniylar, kohinlar va shomonlar har xil duo-jodularga
asoslangan “davolash”ning ijobiy samaralarini hamda zaharlarning qo‘llanilishini
sehrgarlikka yo‘yganlar. Turli Moddalarning davolovchi samarasini ular xudo
tomonidan yuborilgan mo‘jiza deb atashgan. Bunday bilimlarga ega bo‘lgan
insonlar o‘ta yuqori darajadagi hurmat-ehtiromga ega bo‘lganlar, va hatto, ba’zan
ulardan juda ham qo‘rqishgan, chunki qadimgi dorixona o‘sha paytlarda qasddan
odamlarning zaharlanishlari odatiy hollardan biriga aylangan edi.
Bundan 3600 yil ilgari Misrda G.Ebers papirusiga yozilgan dastlabki kitob
“Har xil a’zolarga qo‘llanadigan
dorilar
to‘g‘risida”
deb
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
244
nomlangan bo‘lib, unda asosan bemorlarni jarrohlik va boshqa usullar bilan
davolash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan. Unda taxminan 700
nomdagi dori moddalar, ularning tayyorlanishi va amaliyotda qo‘llanilishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Mazkur kitobdagi dorilarning tarkibi
har xil bo‘lib, biz uchun hayron qolarli tarzdagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan
– osib o‘ldirilganlarning boldir suyagidan olinadigan vositalardan tortib, to bizning
davrimizgacha etib kelgan.
Tarkibida qoradori (opiy) va ka-nakunjut moyi saqlovchi (mazkur ikkita
vosita 3600 yildan buyon qo‘llanilib kelinmoqda) vositalar-gacha bo‘lgan dorivor
moddalar keltirib o‘tilgan.
Farmakologiya fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo mamlakatlarining
hissasi katta bo‘lgan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan
davolash keng tus olgan. Xitoy tibbiyotining asoschisi Shen-Nungbundan 3 ming
yil ilgari o‘z asarlarida o‘simliklarning sinonim nomlarini, botanik ta’rifini,
o‘simliklardan mahsulotlar tayyorlash fasllarini va usullarini, dori-darmonlarning
ta’sir doirasini va qo‘llanilishini keltirgan Eramizdan 1500 yil ilgariroq anor
po‘stining gijjalarga qarshi, kanakunjut moyining surgi, dengizpiyozining yurakka
foydali ekanini bilishgan. Bu mahsulotlar hozirgi kunda ham ushbu kasalliklarda
qo‘llaniladi.
Qadimgi Hindistonda bizning eramizdan 550 yil oldin vaksinasiya qo‘llanilib
boshlagan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlarida bunday amaliyot undan 2000 yil keyingina
boshlangan.Qadimgi yunon shifokorlari Buqrot (Gippokrat, eramizdan oldingi
460-377 yillar), Dioskrid (1 asr), ayniqsa, Rum hakimi Jolinus (Klavdiy Galen,
eramizning 129-200 yillari) dori-darmonlar ustida katta ishlar olib borishgan.
Jolinus birinchi bo‘lib shifobaxsh o‘simliklarni suvda qaynatish yordamida maxsus
ishlov berish orqali ularning ta’sir qiluvchi Moddalarini ajratib olishga muyassar
bo‘lgan hamda har xil dori moddalarga retsept yozishni qo‘llagan. Eramizning 350
yillarida shifokor Sushruta tomonidan dorivor o‘simliklar haqida yozilgan “Ayur-
Veda” - qadimiy hind kitobi bo‘lib,
unda 650 dan ortiq har xil dorivor
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
245
moddalar keltirilgan. Mashhur “Jud-Shi” (“Shifobaxsh dori-darmonlarning
mohiyati”) kitobi Tibet tibbiyotining asosini tashkil qiladi. Taxminan 700 yillardan
boshlab arablarda tibbiyot va farmatsiya sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ular
tibbiyot amaliyotini tartibga soldilar, dorixonalar, kasalxonalar va kutubxonalar
ochdilar. Hozirgi kunda qo‘llanilib kelayotgan “alkogol” so‘zi arabcha al-kul
so‘zidan kelib chiqqan. IX asrda – 869 yilda arab tabibi Shopur Ibn Saxl tomonidan
Bog‘dod shahrida yozilgan “Kitob al-akrabadin ul kabir” (“Katta farmakopeya”)
nomi bilan butun dunyoga mashhur eng birinchi farmakopeya yaratilgan. Nisbatan
mukammallashtirilgan, zamonaviy farmakopeyalar uchun asos bo‘lgan yana bir
farmakopeya esa 967-976 yillarda Abu Mansur Muvaffaq binni Ali al-Xiraviy
tomonidan yozilgan “Kitob al-abyinaan-haqayiqal-adviya” (“Dorilarning haqiqiy
xossalari asosi to‘g‘risida kitob”) asari bo‘lib, tibbiyotda u“ Abu Mansur
Farmakopeyasi” nomi bilan mashhurdir.
Sharqning buyuk tabibi Ali ibn Abbos Zahraviy (997 yilda vafot etgan) o‘z
asarlarida yillar o‘tgan sayin yangi dori moddalari paydo bo‘lishi, ularni avval
hayvonlarda sinab ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. Sharqning qomusiy olimi, tabibi
va mutafakkiri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning (865-925 yy.)
tabobatga doir 36 ta asari bizgacha etib kelgan. U o‘z asarlarida anatomiya,
fiziologiya, terapiya, xirurgiya, farmakologiya va psixologiya ilmlarini yangi g‘oya
va ixtirolar bilan boyitgan. Ushbu olimning tibbiyotga va kimyoga bag‘ishlangan
asarlari o‘rta asrlarda Sharq va G‘arbda shu sohalarning rivojlanishiga katta ta’sir
ko‘rsatgan.
Farmakologiyaning rivojlanishida buyuk qomusiy olim Abu Rayxon
Beruniyning (973-1048 yy.) ham hissasi kattadir. “As-saydanafit-tib” asarida IX-
asrda ma’lum bo‘lgan dori moddalari, to‘rt yarim mingdan ortiq o‘simliklar,
hayvonlar , ma’danlar va ulardan olinadigan ozuqalarning nomlari va izohlari
keltirilgan. Beruniy “Insoning ichiga tushadigan har bir narsa yo oziq-ovqat, yoki
zahar bo‘ladi, dorilar anashularning o‘rtasida turadi” degan. “Dast avval oddiy
dorilar tavsiya qilinishi zarur, agar
ular foyda etkazmasa, shundan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
246
so‘ng murakkab dorilarni qo‘llash mumkin” deb ta’kidlagan. Beruniyning
“Saydana” kitobi asrlar osha sharq dorishunosligining buyuk qomusi sifatida
qo‘llanib kelingan.
Farmakologiya fanining rivojida O‘rta Osiyoning buyuk hakimi Abu Ali ibn
Sinoning (980-1037 yy.) ham hissasi juda katta bo‘lgan. “Tib qonunlari”, “Kitob
ush shifo”, “Kitobi al kalbiya” kabi asarlarida o‘sha davr tibbiyotida qo‘llanilgan
dori moddalari keltirilgan. “Tib qonunlari” ning birinchi kitobida 900 ga yaqin
oddiy dori moddalari keltirilgan, ulardan 612 tasi o‘simliklarga mansub. Beshinchi
kitobda murakkab dori moddalarini tayyorlash va ularni qo‘llash usullari bayon
etilgan. Ibn Sino dorilarni bemorlarning mijoziga qarab ishlatish zarurligini
uqtirgan, dori moddalarini mijoz bo‘yicha isituvchi, sovituvchi, qurituvchi va
namlovchi turlarga bo‘lgan. U Evropa shifokorlaridan 400 yil oldin zahm
kasalligini simob bilan davolagan.
Sharofiddin Abu Abdulloh Muhammad Yusuf Iloqiy (1068 yilda vafot etgan)
Ibn Sinoning shogirdlaridan biri bo‘lib, o‘zining “Muolajati Iloqiy”, “Muxtasari
Iloqiy” asarlarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, ularni aniqlash, belgilari va
dori turlari bilan davolash usullarini bayon etgan. Bu asarlar o‘z davrida tabiblar
uchun qo‘llanma vazifasini bajargan.
Xorazmlik olim va tabib Zayniddin Abul – Fazoil Ismoil al - Jurjoniy (1080-
1141 yy.) tibbiyot sohasida 15 dan ortiq asar yaratgan. Farmakologiyaga oid kitobi
ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘limda oddiy moddalar, ikkinchi bo‘limida
esa murakkab moddalar va ularni tayyorlash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar
keltirilgan . Ushbu olim forsiy tilda farmakologik atamalarni yaratgan.
Xorazmlik yana bir tabib va olim Maxmud ibn Muhammad ibn Umar al-
Chag‘miniy (1221 yili vafot etgan) tib ilmiga mansub “Qonuncha” asarini
yaratgan. Ushbu asardan faqat olimning vatani Xorazmda emas, balki Eron va
boshqa sharq mamlakatlarda ham XX asrning boshlarigacha qo‘llanma sifatida
foydalanib kelingan. Najibuddin Samarkandiy (1222 yilda vafot etgan)
Samarqandlik tabib va olimning
tabobatga oid 8 ta ilmiy asari
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
247
ma’lum, ulardan biri “Murakkab dorilarni tayyorlash usullari” muhim ahamiyatga
ega. Asarda talqondori, sharbatdori, qayt qildiradigan dori va surgidori kabilar
bayon qilingan.
Yusufiy Muxammad ibn Yusuf al-Xiraviy (15 asr) Hindistonda shoh
Zahiriddin Bobur, keyinchalik uning o‘g‘li Humoyunmirzoning saroy tabibi
bo‘lgan. “Tibbi Yusufiy” kitobi bemorlarni dori moddalar bilan davolashni
o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lgan.
XVI asrda G‘arb olimi Paratsels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan
to‘ldirib yuborgan, tibbiyotda yatro kimyo (yatros-vrach) yo‘nalishining asoschisi
bo‘lgan. Shu bilan birga, Paratselsning fikricha, tabiatda hamma kasalliklarning
davosi bor, ularni tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Bemorga kasallangan
a’zo shakliga o‘xshagan meva, o‘simliklar tavsiya qilingan. Masalan, yurak
kasalliklarida mevalari yurak shakliga o‘xshagan anakardius o‘simligi, buyrak
kasalliklarida esa shakllari buyrakka o‘xshagan o‘simliklar bemorga shifobaxsh
ta’sir etadi deyilgan.
XVIII asr oxirlarida Ganeman dorishunoslikda gomeopatiya yo‘nalishiga asos
solgan. Bunda davolash monandlik, o‘xshashlik qonuniga asoslangan, gomeopatik
dorixonalar hozirgi kunda ham keng tarqalgan . XIX asrga qadar farmakologiya
empirik1
tarzda rivojlandi, xalq tabobatida ham shifokorlar dori moddalarining
ta’sirini bemorlarda kuzatib borganlar.
Shaxsiy tajribalar va oddiy kuzatuvlarga asoslangan davolashni empirik usul
deyilgan. XIX asrdan boshlab eksperimental farmakologiya rivojlana boshlagan.
Barcha qo‘llaniladigan, qo‘llanish arafasida bo‘lgan dori moddalari avval
hayvonlarda tekshirib ko‘rilishi zarur degan xulosaga kelingan, shu vaqtdan
boshlab ilmiy farmakologiyaga asos solingan.
Ilmiy
farmakologiyaning
rivojlanishida
Rossiyada
A.P.Nelyubin,
O.V.Zabelin, E.V.Pelikan, Ovrupoda Fransua Majandi, Klod Bernar, Shmideberk
kabi olimlar katta hissa qo‘shganlar.Rossiyalik akademik I.P.Pavlov mashhur
fiziolog
bo‘lishiga
qaramasdan,
farmakologiya sohasida ham katta
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
248
tajribalar o‘tkazgan, bu sohaga oid 80 ta ilmiy ishini chop ettirgan. I.P.Pavlovdan
keyingi davrda hozirgi davr farmakologiyasining asoschisi sifatida akademik
N.P.Kravkov katta ilmiy maktab yaratgan bo’lib, “Farmakologiya asoslari” nomli
kitobi 14 marta nashr etilgan. Uning S.A.Anichkov, V.V.Zakusov va
M.D.Mashkovskiy
kabi
shogirdlarining
ilmiy
ishlari
bugungi
kun
farmakologiyasining poydevori hisoblanadi.
Hozirgi kundagi farmakologiyaning rivojlanishida akademik D.A.
Xarkevichning hissasi juda beqiyos. Uning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari
uchun yozilgan “Farmakologiya” darsligi shu fanni o‘zlashtirishda katta
ahamiyatga egadir. O‘zbekistonda farmakologiya sohasiga oid birinchi kafedra
1920 yilda Toshkent shahrida yangi ochilgan Turkiston Davlat universiteti
meditsina fakulteti tarkibida dastlab farmakologiya, farmatsiya va farmakognoziya
nomi bilan tashkil qilingan. Yangi tashkil etilgan kafedraga Rossiyaning Sankt-
Piterburg shahridan safarbar etilgan professor Ivan Ivanovich Markelov (1869-
1944 yy.) 1920-1930 yillar mobaynida mudirlik qilgan. Kafedra tashkil etilgan
dastlabki yillarda o‘qituvchilarning etishmasligi sezilib turgan. O‘ttizinchi yillarga
qadar unda professor I.I.Markelov, assistentlar N.N.Kompansev, K.I.Siverskaya va
L.G.Merkulovlar ishlagan. 1930 yilda universitetning meditsina fakulteti mustaqil
bo‘lib, O‘rta Osiyo Davlat meditsina institutiga aylantirilgan. Yana ikki yildan
keyin, ya’ni 1932 yilda Toshkent meditsina instituti deb atala boshlangan.
Farmakolog kadrlarni, ayniqsa mahalliy xalq vakillarini, jadallik bilan tayyorlash
o‘tkir muommoga aylanganligi tufayli bu masala ko‘proq aspirantura yo‘li bilan
hal qilingan. Shuning uchun ham I.K.Komilov, M.B.Sultonov, R.S.Sog‘atovlar
kafedraning birinchi aspirantlari bo‘lishgan va ayni vaqtda, o‘qituvchilik faoliyati
bilan ham shug‘illanishgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025
249
XULOSA
Hozirgi kungacha O‘zbekistondagi olimlarning izlanishlari natijasida bir
necha yangi moddalar tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi va ular samarali qo‘llanilib
kelinmoqda.
Mamlakatimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridagi farmakologiya kafedralari,
qator ilmiy-tekshirish laboratoriyalarining xodimlari, olimlar, kimyo-farmatsevtika
sanoati xodimlarining sahovatli mehnati tufayli O‘zbekistonda farmakologiya fani
kundan-kunga rivojlanib bormoqda.
ADABIYOTLAR
1.Azizova C.C. Farmakologiya. darslik, T.:2005.
2. Faxruddinov.S.F. Farmakologiya. darslik, T.:1997.
3. Xarkevich D.A. Farmakologiya. - M.: Meditsina, 2009.
4. Mashkovskiy M.D. Lekarstvennыe sredstva. – M.: Meditsina, 2007.
5. Spravochnik Vidal. – M., 2010.
6.A.T.Burbello, A.V.SHabrov. Sovremennыe lekarstvennыe sredstva.-
Moskva,2007.