Авторы

  • Avazbek Nasirdinov

Биография автора

  • Avazbek Nasirdinov

    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99679

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar : tasviriy san’at badiiy ijod ijodiy guruh Sarchashma ijodiy guruhi Art-Trio ijodiy guruhi. Ключевые слова: изобразительное искусство художественное творчество творческая группа творческая группа Сарчащма творческая группа Арт-трио. Keywords: fine art artistic creativity creative group Sarchashma creative group Art trio creative group.

Аннотация

Annotasiya: Ushbu maqolada badiiy ijod jarayonidagi faoilayt yuritib kelayotgan ijodiy guruhlar va ularning ijod yo‘lidagi umumiy maqsadlari haqida ma’lumotlar berishga harakat qildindi. Ijodiy guruhi nima ekanligini, u qanday xususiyatlar va afzalliklarga ega ekanligi, shuningdek, mazkur maqolada O‘zbekiston rassommlaridan tashkil topgan taniqli ijodiy guruhlar haqida so‘z boradi.

Аннотация:  В данной статье была сделана попытка дать информацию о действующих творческих коллективах в процессе художественного творчества и их общих целях на творческом пути. О том, что такое творческая группа, какими особенностями и преимуществами она обладает, а также об известных творческих коллективах, состоящих из художников Узбекистана, будет рассказано в данной статье.

Annotation:  In this article, an attempt was made to provide information about the active creative teams in the process of artistic creation and their common goals on the creative path. What a creative group is, what features and advantages it has, as well as well-known creative teams consisting of artists from Uzbekistan, will be described in this article.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

117

JAMOAVIY IJODNING AHAMIYATI

Avazbek Nasirdinov

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi

Annotasiya: Ushbu maqolada badiiy ijod jarayonidagi faoilayt yuritib

kelayotgan ijodiy guruhlar va ularning ijod yo‘lidagi umumiy maqsadlari haqida

ma’lumotlar berishga harakat qildindi. Ijodiy guruhi nima ekanligini, u qanday

xususiyatlar va afzalliklarga ega ekanligi, shuningdek, mazkur maqolada

O‘zbekiston rassommlaridan tashkil topgan taniqli ijodiy guruhlar haqida so‘z

boradi.

Kalit so‘zlar : tasviriy san’at, badiiy ijod, ijodiy guruh, Sarchashma ijodiy

guruhi, Art-Trio ijodiy guruhi.

Аннотация: В данной статье была сделана попытка дать

информацию о действующих творческих коллективах в процессе

художественного творчества и их общих целях на творческом пути. О том,

что такое творческая группа, какими особенностями и преимуществами

она обладает, а также об известных творческих коллективах, состоящих

из художников Узбекистана, будет рассказано в данной статье.

Ключевые слова: изобразительное искусство, художественное

творчество, творческая группа, творческая группа Сарчащма, творческая

группа Арт-трио.

Annotation: In this article, an attempt was made to provide information

about the active creative teams in the process of artistic creation and their common

goals on the creative path. What a creative group is, what features and advantages

it has, as well as well-known creative teams consisting of artists from Uzbekistan,

will be described in this article.

Keywords: fine art, artistic creativity, creative group, Sarchashma creative

group, Art trio creative group.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

118

Bugungi kunda turli xil jamoalar mavjud bo‘lib, ular ko‘plab sohalar ya’ni

musiqa, san’at, sport va boshqa yo‘nalaishlarda faoliyat olib borish maqsadida

birlashadilar. Ijodiy guruhlarning maqsadlari avvalo birgalikda ijod qilish, ijodiy

safarlar, guruhli ko‘rgazmalarni tashkil etish yoki hatto katta oila sifatida birga

ishlashgacha bo‘lgan har qanday faoliyat ya’ni bir maqsad sari harakat bo‘lishi

mumkin. Kengroq ma'noda aytadigan bo‘lsak adabiy guruhlar va musiqachilar,

rassomlar umumiy aytganda ijodkorlarning birlashmalarini ijodiy guruhlar deb

aytsak to‘g‘ri bo‘ladi. Izlanishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ijodiy guruhlar san'at

tarixidagi turli davrlarga katta va muhim ta'sir ko‘rsatib kelgan va bu davom etib

kelmoqda ham. San'at olamidagi taniqli ijodiy guruhlari bilan tanishib chiqadigan

bo‘lak, san'at tarixida san'at rivojiga katta hissa qo'shgan ko'plab xorojiy taniqli

ijodiy guruhlari mavjud. Ulardan ba'zilari:

“Bauhaus” (1919-1933) - XX asr dizayni, arxitekturasi va san'atiga sezilarli

ta'sir ko'rsatgan nemis san'at maktabi.

“Fluxus” (1960-yillar) - san'at va madaniyatning an'anaviy chegaralarini

buzishga intilgan xalqaro rassomlar uyushmasi.

“Surrealizm” (1920-1930-yillar) - san'at orqali ongsiz fikrlar va fantaziyalarni

ifodalashga intilgan badiiy harakat.

“Moviy chavandoz” (1911-1914) - ekspressionizm va mavhum san'atning

rivojlanishiga katta hissa qo'shgan nemis badiiy birlashmasi.

Tasviriy san’at sohasidagi davom etayotgan ijodiy-tashkiliy jarayonlar

insonning ichki dunyoqarashini shakllantirishga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Badiiy-

ijodiy madaniyatning roli o‘z oldiga tasviriy san’at sohasidagi ijodiy izlanishlar va

bunday tajribadan zamonaviy san’at sohasida foydalanish istiqbollarini anglash

ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ham sezilarli o‘zgarish uchun sharoit yaratish

vazifasini qo‘yadi. Tasviriy san’atda ijodiy izlanish olib borish, iste'dodni

rivojlantirish va shakllantirish masalasiga noananaviy yondashish barchada ijodiy

faoliyatga bo‘lgan qiziqishni uyg'otishi mumkin. Barchamizga ma’lumki

ijodkorlikka bo‘lgan bu moyillik

insoniyat tabiatiga xosdir. Shu


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

119

sababli, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida ijodiy salohiyatini shakllantirish va

rivojlantirish bo‘yicha yurtimizda maqsadli va tizimli pedagogik jarayonlarni

tashkil etishdagi ko‘plab islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ijodiy

guruhlarlarning maqsadi boshqa rassomlar bilan aloqalarni o‘rnatish, avangardga

yoki san'atning yangi yo‘nalishlariga keng ma'noda e'tiborni jalb qilish, an'anaviy

akademik yondashuvlardan ba’zan chetga chiqish, yangi ufqlarni ochish va ularga

rioya qilish, masalan, guruhli ko‘rgazmalar tashkil etish kabi maqsadlarni o‘z

ichiga oladi. Tasviriy va amaliy san'atning barcha sohalari o‘rtasidagi

chegaralardan chiqilgan holda ijod qilish ham ularning maqadlaridan biri

hisoblanadi. Asosan ijodiy guruhlari odatda ikki yoki undan ortiq rassomlarning

kichik guruhlari bo‘lib, ular birgalikda yoki alohida-alohida galereyalarda,

ko‘rgazmalarda yoki jamoat joylarida birgalikda namoyish etish uchun asarlar

yaratadilar. Rassomlar ijodiy jamoasi ko‘rgazmalar, ustaxonalar yoki studiyalar

uchun jamoaviy tarzda birgalikda ijod qiladilar. Yangi va eksperimental ijod

usullaridan foydalanishdan chekinmaydilar. Asosan dasturga yo‘naltirilgan badiiy

jamoalardan farqli o‘laroq, ijodiy jamoalar odatda umumiy ish joylari yoki

rassomlarning ustaxonalaridan foydalanish xarajatlarini bo‘lishadilar. Biroq, uzoq

yillik do‘stlik, hamkorlikdagi tematik ko‘rgazmalar va boshqa ishtirokchilarning

asarlari bilan muqarrar tanishish orqali qulaylik uchun oddiy hamjamiyatdan

tashqariga chiqadigan aralash shakllar paydo bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda bir nechta ijodiy guruhlar faoliyat olib borib ijod qilib

kelmoqdalar. Bular “Sarchashma” ijodiy guruhi, “Art-Trio”, “Art-Turon” va

boshqa shu kabi ijodiy guruhlar. Sarchashma ijodiy guruhi 2004 yilda tashkil

etilagn bo‘lib, guruhning nomi Qashqadaryo viloyatining tog‘li xududida

joylashgan Sarchashma qishlog‘i nomidan kelib chiqib tanlangan. Guruh tarkibida

Akmal Nyp, Fayzulla Ahmadaliyev, Hikmat Jalilov, Nuriddin Kalanov, Nabi

Mamadiyev, Hakim Mirzaxmedov, Anvar Mirsoatov, Abdusamat Saidberdiyev,

Muhammadiyor Toshmurodov, Dilyer Imomov, Lyubov Semizorova, Obid

Bakirov, Sobir Rahmetov, Maxsud

Qosimov, Alijon Rahimov, Nodir


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

120

Abdullayev singari turli rassomlar va ularning avlodlari turli yo‘nalishlarda ijod

qilib kelmoqda va bir qancha ko‘rgazmalar muallifidirlar.

1-rasm. “Sarchashma” ijodiy guruhi

“Art-Trio” ijodiy guruhi ham hozirgi kunda o‘zining ko‘plab ijodiy asarlari bilan

o‘z muhlislariga ega bo‘ldi. Guruh tarkibida mahoratli rasomlar Murod

Azlarxo‘jayev, Husan Qosimov, Baxtiyor Alimxonovlar faoliyat ko‘rsatib

kelishmoqda.

2-rasm. “Art-Trio” ijodiy guruhi

Ularning har biri o‘z tajribasi va bilimlariga ega rassomlardir. Ulardan biri

kompozitsiyada kuchli bo‘sa, biri rangtavirda, kimdir esa chizmatasvir yoki

rangtasvirda o‘z ustunliga ega. Ular dastgoh va monumental uslubidagi

kartinalarning deyarli barcha janrlarida ishlashadi. “Art Trio” guruhi tomonidan

yozilgan asarlarning asosiy xaridorlari xorij yoki xususiy mijozlarni tashkil etadi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

121

Foydalanilgan adabiyotlar

1. ИльинаТ.В. История исскуств-М.,2003- 407с.

2. Федоров-Давыдов А.А. И.И. Левитан. Жизнь и творчество. М., 1966.

3.Лапшина Н. «Мир искусства». Очерки истории и творческой практики. М.,

1977.- 186с.

4. Коллективное творчество — арт-азбука. под ред. Макса Фрая

5. https://artvernissage.art/uz/artists/10/

6. https://art-blog.uz/archives/13367