Авторы

  • Otamuratov Sanjarbek Shonazarovich

Биография автора

  • Otamuratov Sanjarbek Shonazarovich

    O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99685

Аннотация

Bugungi kunda hayotimizni texnika taraqqiyoti va zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarisiz tasavvur etоlmaymiz. Shuning uchun axbоrоtlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha sоhalarida zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarini, kоmpyuter texnikasi va telekоmmunikatsiya vоsitalarini оmmaviy ravishda jоriy etish hamda ulardan fоydalanish, fuqarоlarning tibbiy axbоrоtlarga nisbatan оrtib bоrayotgan talab-ehtiyojlarini to‘laqonli qоndirish, jahоn axbоrоt hamjamiyatiga kirish hamda jahоn tibbiy axbоrоt resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharоitlarni yaratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

62

TIBBIYOTDA AXBOROT TIZIMLARI VA AXBOROT XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASH

Otamuratov Sanjarbek Shonazarovich

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Bugungi kunda hayotimizni texnika taraqqiyoti va zamоnaviy axbоrоt

texnоlоgiyalarisiz tasavvur etоlmaymiz. Shuning uchun axbоrоtlashtirishning

milliy tizimini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha sоhalarida zamоnaviy

axbоrоt texnоlоgiyalarini, kоmpyuter texnikasi va telekоmmunikatsiya vоsitalarini

оmmaviy ravishda jоriy etish hamda ulardan fоydalanish, fuqarоlarning tibbiy

axbоrоtlarga nisbatan оrtib bоrayotgan talab-ehtiyojlarini to‘laqonli qоndirish,

jahоn axbоrоt hamjamiyatiga kirish hamda jahоn tibbiy axbоrоt resurslaridan

bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharоitlarni yaratish davlat

siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil

25-maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5124-son qarori 1-ilovasi bilan “Davlat tibbiyot

muassasalarini 2021-2023-yillarda zamonaviy kompyuter jihozlari bilan

ta’minlash reja-jadvali

1

tasdiqlanganligi fikrimizning isbotidir. Bugungi kunda

turli xildagi axborotlar hududiy joylashishidan qat’iy nazar insonlarning kundalik

hayotiga Internet ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelmoqda. Axborotlar dunyosiga

sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Shuning

uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va

yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bu kabi muammolar boshqa

sohalar qatori tibbiyot tizimida ham turli xil murakkabliklarni yuzaga

chiqarmoqda.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks

rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5124-son qarori


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

63

Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishning asosiy jihatlaridan biri bu

electron tibbiy yozuvlar, ya’ni bemorlarni ro‘yxatga olish axborot tizimini

loyihalashtirish va ishlab chiqish bilan bog‘liq. Ular shifokorlar va sog‘liqni

saqlash xodimlariga bemor ma’lumotlarini samarali saqlash va almashish imkonini

beradi, bu esa aniqroq tashxis va davolanishga yordam beradi. Elektron tibbiy

yozuvlar, shuningdek, dorilarni qabul qilish vaqtlarini eslatish va uchrashuvlarni

rejalashtirish kabi muayyan jarayonlarni ham avtomatlashtirishga imkon beradi.

Tibbiy axborot tizimi - bu murakkab dasturiy mahsulot bo‘lib, uning asosiy

maqsadi umumiy va tor ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari ishi bilan bog‘liq

barcha asosiy jarayonlarni avtomatlashtirishdir. Avtomatlashtirilgan tibbiy axborot

tizimlari elektron hujjat aylanishini tez va samarali yo‘lga qo‘yishga, bemorlar

bilan ishlashni moslashuvchan tartibga solishga, ma’muriy xodimlar ishining

tezkor yozuvlarini yuritishga va barcha tashkiliy va moliyaviy masalalarni nazorat

qilishga imkon beradi. Har bir tibbiy axborot tizimi tibbiyot muassasasi

faoliyatining turli tarkibiy qismlarini avtomatlashtirish uchun javobgar bo‘lgan

tizimlardan iborat. Bu tizmlarga quydagilarni kiritish mumkin: a) bemorlarning

ro‘yxatga olinishi va elektron tibbiy yozuvlari; b) tibbiy tadqiqotlar ma’lumotlari;

c) shifokor va hamshiraning ish joylari; d) muassasa resurslarini taqsimlash,

ularning jadvali; e) moliyaviy menejment va buxgalteriya hisobi; f) xodimlar uchun

ma’muriy axborot-kommunikatsiya vositalari; g) dorivor retseptlar, retseptlar

jurnali; h)tibbiy yordam standartlari va boshqa narsalar. Tibbiy axborot tizimi - bu

tibbiy muassasada sodir bo‘ladigan jarayonlarni avtomatlashtirish uchun

mo‘ljallangan dasturiy-texnik vositalar, ma’lumotlar bazalari va bilimlarning

kombinatsiyasi.

Bemorlarning ro‘yxatga olinishi va elektron tibbiy yozuvlar (ETY) tibbiyotda

muhim o‘rin tutadi. Ular tibbiy xizmatlarni samarali boshqarish va taqdim etish

uchun zarur bo‘lgan asosiy vositalar hisoblanadi. Bu tizimlar bemorlar haqidagi

ma’lumotlarni tartibga solish, saqlash va to‘g‘ri tahlil qilishni osonlashtiradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

64

Bemorlarni ro‘yxatga olish tizimi, odatda, shifoxonalar, poliklinikalar yoki boshqa

sog‘liqni saqlash muassasalarida bemorlarning shaxsiy va tibbiy ma’lumotlarini

to‘plash va saqlash uchun ishlatiladi. Bu tizim bemorning kimligini, yashash

manzilini, kontakt ma’lumotlarini, tibbiy tarixini va boshqa muhim ma’lumotlarni

to‘plab, uni sog‘liqni saqlash tashkilotlarida kerakli shaklda saqlaydi.

Tibbiyotda tibbiy tadqiqotlar ma’lumotlari, odatda, tibbiy ilm-fan va sog‘liqni

saqlash sohasida yangi bilimlarni olish, kasalliklarni aniqlash, davolash usullarini

yaxshilash yoki yangi dori vositalarini ishlab chiqish maqsadida to‘plangan va

tahlil qilingan ma’lumotlar yig‘indisidir. Bu ma’lumotlar turli manbalardan

olinishi mumkin, jumladan, laboratoriya tadqiqotlari, bemorlarni kuzatish natijalari

va epidemiologik tadqiqotlar bunga misol bo‘ladi.

Tibbiyot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ham juda muhim masala

hisoblanadi, chunki sog‘liqni saqlash ma’lumotlari maxfiy va sezgir hisoblanadi.

Tibbiyot sohasidagi ma’lumotlar, masalan, bemorlarning tibbiy kartalari, tarixlari,

analiz natijalari va boshqa sezgir ma’lumotlar maxfiyligi va xavfsizligini

ta’minlash zarurdir. Axborot xavfsizligi tizimi bemorlarning shaxsiy va tibbiy

ma’lumotlarini himoya qilishga qaratilgan. Tibbiyot tizimlaridagi axborot

xavfsizligi, nafaqat bemorlarning shaxsiy huquqlarini himoya qilish, balki tibbiy

xatoliklarni kamaytirish va tibbiyot resurslarining samarali ishlashini ta’minlashda

ham muhim rol o‘ynaydi. Misol uchun, tibbiyot tizimidagi kirish huquqlari va

ma’lumotlarni shifrlash mexanizmlari orqali, tashqi tahdidlarga qarshi himoya

tizimlari kuchaytiriladi.

Tibbiyot sohasida Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun Shifrlash, Kirishni

boshqarish, Ma’lumotlarni zaxiralash, Xavfsizlik tizimlarini doimiy yangilash kabi

asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

65

Tibbiyot tizimidagi ma’lumotlarni shifrlash markazi himoyaladi. Ma’lumotlar

uzatilganda yoki saqlanganda ular shifrlanadi, shunda faqat ruxsat etilgan

foydalanuvchilar tomonidan o‘qilishi mumkin bo‘ladi.

Kirishni boshqarish (Access control): Tibbiyot tizimlarida kirish huquqlarini

boshqarish juda muhim. Faqat ruxsat etilgan shaxslar ma’lumotlarga kira olishlari

kerak. Buning uchun kuchli autentifikatsiya tizimlari, masalan, biometrik tizimlar

yoki ikki bosqichli autentifikatsiyalarni qo‘llash zarur.

Ma’lumotlarni zaxiralash (Data Backup): Tibbiyot tizimlaridagi barcha

ma’lumotlarni muntazam ravishda zaxiralash kerak. Bu, tizim nosozliklari yoki

ma’lumotlar yo‘qolgan taqdirda, tezda qayta tiklash imkonini beradi.

Xavfsizlik tizimlarini doimiy yangilash (Continuous updates): Tibbiyot

tizimlari doimiy ravishda xavfsizlikni yangilashni talab qiladi. Xavfsizlik

patch’lari va yangi xavfsizlik choralarini joriy etish sohada juda muhimdir.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, axborot tizimlari tibbiyot sohasida

yirik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu tizimlar tibbiy xizmatni

takomillashtirish, samaradorlikni oshirish va tibbiy xatoliklarni kamaytirish uchun

katta imkoniyatlar yaratadi. Biroq, bu tizimlarning samarali ishlashi uchun ularni

to‘g‘ri tashkil qilish, xavfsizligini ta’minlash va foydalanuvchilarni o‘qitish zarur.

Tizimda axborot xavfsizligini ta’minlash, bemorlarning shaxsiy ma'lumotlarini

himoya qilish, tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish va tizimning barqaror

ishlashini ta’minlash juda muhimdir. Bu muammoni hal qilish uchun zamonaviy

texnologiyalar, xavfsizlik siyosatlari, regulyator talablar va ta'lim tizimlarini

rivojlantirish zarur.