Авторы

  • Sirojova Dilyora

Биография автора

  • Sirojova Dilyora

     Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99689

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Jadidchilik milliy o’zlik mustaqillik vatanparvarlik ilm-ma’rifat I.Gasprinskiy Begali Qosimov Ubaydulla Xo’jayev Abdulla Avloniy Cho’lpon Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev. Kлючевые слова: Джадидизм национальная идентичность независимость патриотизм наука и просвещение И. Гаспринский Бегали Косимов Убайдулла Ходжаев Абдулла Авлони Чолпон Ислам Каримов Шавкат Мирзиёев. Key words: Jadidism national identity independence patriotism science and enlightenment I. Gasprinsky Begali Kasimov Ubaydulla Khojayev Cholpon Islam Karimov

Аннотация

   Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidchilik milliy harakatlarining tug’ilishi, bosqichlari hamda bosh q’oya va maqsadlari haqida ma’lumot beriladi. Jadidlarimizning xalq ta’limini rivojlantirishda olib borgan ilmiy izlanishlari haqida fikr mulohazalar keltirilgan.  Maqolada  ularning barkamol avlod tarbiyasi masalalari yuzasidan qarashlari  va jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalari tasnif qilinib izohlanadi.

  Аннотация: В статье представлена ​​информация о зарождении, этапах, основных идеях и целях национального движения джадидов. Представлены мнения о научных исследованиях, проводимых нашей молодежью в области развития народного образования. В статье систематизируются и разъясняются их взгляды на вопросы воспитания гармоничного поколения и основные идеи движения джадидов.

  Annotation: This article provides information about the birth, stages, main ideas and goals of the Jadid national movement. It presents opinions on the scientific research conducted by our Jadids in the development of public education. The article classifies and explains their views on the issues of raising a harmonious generation and the main ideas of the Jadid movement.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

29

JADIDCHILIKNING ASOSIY MAQSADLARI : ILM, MA’RIFAT,

MADANIYAT, VATANGA MUHABBAT VA MILLIY O’ZLIKNI

ANGLASH.

Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyot

mutaxassisligi magistranti

Sirojova Dilyora

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidchilik milliy harakatlarining tug’ilishi,

bosqichlari hamda bosh q’oya va maqsadlari haqida ma’lumot beriladi.

Jadidlarimizning xalq ta’limini rivojlantirishda olib borgan ilmiy izlanishlari

haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Maqolada ularning barkamol avlod tarbiyasi

masalalari yuzasidan qarashlari va jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalari

tasnif qilinib izohlanadi.

Kalit so‘zlar: Jadidchilik, milliy o’zlik, mustaqillik ,vatanparvarlik,ilm-

ma’rifat, I.Gasprinskiy, Begali Qosimov, Ubaydulla Xo’jayev, Abdulla Avloniy,

Cho’lpon, Islom Karimov, Shavkat Mirziyoyev.

Аннотация: В статье представлена информация о зарождении,

этапах, основных идеях и целях национального движения джадидов.

Представлены мнения о научных исследованиях, проводимых нашей

молодежью в области развития народного образования. В статье

систематизируются и разъясняются их взгляды на вопросы воспитания

гармоничного поколения и основные идеи движения джадидов.

Kлючевые

слова:

Джадидизм, национальная идентичность,

независимость, патриотизм, наука и просвещение, И. Гаспринский, Бегали

Косимов, Убайдулла Ходжаев, Абдулла Авлони, Чолпон, Ислам Каримов,

Шавкат Мирзиёев.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

30

Annotation: This article provides information about the birth, stages, main

ideas and goals of the Jadid national movement. It presents opinions on the

scientific research conducted by our Jadids in the development of public education.

The article classifies and explains their views on the issues of raising a harmonious

generation and the main ideas of the Jadid movement.

Key words: Jadidism, national identity, independence, patriotism, science

and enlightenment, I. Gasprinsky, Begali Kasimov, Ubaydulla Khojayev, Abdulla

Avloniy, Cholpon, Islam Karimov, Shavkat Mirziyoyev.

Yurtimiz tarixida XIX asr oxiri va XX asr boshlari alohida ahamiyatga ega bir

davr hisoblanadi. Chunki bu davrda millatimizni ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-

ma’rifiy jihatdan uyg‘otishga qaratilgan jadidchilik nomi ostida katta kuch

harakatga keldi. Jadidchilik Turkiston yoshlarining milliy, madaniy, ijtimoiy

uyg‘onishida va ravnaqida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.Jadid bobolarimizning

eng muhim g‘oyasi va vazifasi qullikka mahkum bo‘lgan xalqni chin ma’noda

hurlikka olib chiqish, savodsizlik zulmatida qolgan avlodga ilm-ma’rifat ziyosini

yetkazish edi. Buni jadidchilik harakatining buyuk namoyandasi, ma’rifatparvar

Avloniyning “qora xalqni oqartirmoq va ko‘zin ochmoq chorasiga” kirishilgani

haqida aytgan gaplari ham tasdiqlaydi.

Ta’kidlash joizki, mazkur davrda Turkiston milliy-taraqqiyparvarlik harakati

– jadidchilikning muhim markaziga aylangan edi. Jadidlar turli mamlakatlardagi

taraqqiyot va islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning tajribasini milliy asosda

qayta ishlashga intildi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g‘oyasi juda

murakkab sharoitda shakllanib yetildi. Davrning ilg‘or namoyandalari bo‘lgan

jadidlar ana shunday murakkab va qiyin sharoitlarda ham ezgu maqsadlaridan bir

qadam ortga chekinmay ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini isloh etishga ahd

qildilar. Chunki ular faqat ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat bilangina ozodlikka,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

31

taraqqiyotga erishish mumkinligini yaxshi anglaganlar. Hurlikka erishmagan xalq

esa taraqqiyotdan ham begona bo‘ladi. “Kamolotning yagona omili o‘z aqliga, o‘z

mulkiga, o‘z mehnatiga egalikdir”, degan edi yirik jadidshunos olim Begali

Qosimov “Mustaqillik o‘zlikni tanimoqdir” nomli maqolasida.

Jadidchilik ilk bor Qrimda 1980-yillarda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida

paydo boʻlgan. Jadidchilik harakati vakillari ko’pincha o’zlarini ilg’or, keyinchalik

jadidchilar deb atagan. O’sha davrning ilg’or kuchlari, ayniqsa, ziyolilar mahalliy

aholining dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh qilish zarurligini

anglab yetdi. Jadidchilik mohiyatan siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va

mag'lubiyat davrlari bor, ularni shartli ravishda to'rtga bo'lish mumkin. Turkiston,

Buxoro va Xivada bu davrlar 1895-1905 yillar, 1906-1916, 1917-1920, 1921-1929

yillarni qamrab oladi.

Turkistonda

jadidchilik

harakatini

vujudga

keltiruvchilar

tepasida

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy,

Ubaydulla Asadullaxo‘jaev (Ubaydulla Xo‘jaev), Abdurauf Fitrat, Fayzulla

Xo‘jaev, Sadiriddin Ayniy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Is’hoqxon Ibrat,

Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar turardi.Ular har qanday og‘ir sharoitda o‘z

qarashlarini o‘zgartirmadilar. Jadidchilik harakati 1906-1916 yillarda о‘zining

asosiy yо‘lini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani

bilan tanishtirar ekan, о‘zligini anglab, uyushishga chaqirdi. О‘lka moddiy va

ma’naviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Chо‘lpon she’rlari va

maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur

advokat U.Xо‘jayev oliy о‘quv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish,

bolalar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish masalasini ilgari surdi. Jadidlar 1915-1916

yillarda “Ozodlik, tenglik va adolat” shiori ostida ishladilar. Chunki jahon

taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga olib kelish istagida yosh avloddan Vatan uchun

xizmat qiladigan yetuk olimlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining zamonaviy

bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtini obod,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

32

farovon etishlariga ishonganlar. Jumladan, Abdulla Avloniy vatanga bo‘lgan

muhabbat haqida o‘z munosabatlarini bildirib quyidagilarni yozadi: «Biz

turkistonlilar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar

Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa

yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson

yerlarga o’z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi”. Ushbu o‘rinda Avloniy o‘z

fikrini asoslashning turli yo‘l va usullardan foydalangan. Inson qayerga bormasin,

qayerda bo‘lmasin Vatanga bo‘lgan muhabbat uni ohangrabodek o‘ziga tortadi.

Bunga uning quyidagi misralari yaqqol misol bo‘la oladi:

Vatan, vatan deya jonim tanimdan olsa ravon,

Bango na g‘am qolur, avlodima o‘y-u vatanim

G‘ubor(g)a do‘nsa tanim, yo‘q vujudi zeri vahm

Charoki, o‘z vatanim hokidur go‘r-u kafanim.

Tug‘ub usan yerim ushbu vatan vujudim xok,

O‘lursa aslina roje’ bulurmi man g‘amnok.

Jadidlar

faoliyatida

madaniyatga,

ma’rifatparvarlikka,

yangilikka,

taraqqiyotga intilish, yoshlarni, butun xalq ommasini shunga da’vat etish g‘oyalari

ularning umrlari oxirigacha yetakchi fikr bo‘lib qoldi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng ilgari o’rganish ta’qiqlangan

manbalarni tadqiq etish uchun keng imkoniyat paydo bo’ldi. Ularni ilmiy –

tadqiqot doirasiga kiritib, olingan natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish

adabiyot ilmining ustuvor vazifalaridan biridir. Prezidentimiz I. Karimov haqli

ravishda ta’kidlaganidek: “Ulkan madaniy merosga ega bo’lgan Turkiston ne – ne

jafolarni ko’rmadi, ne – ne tarixlarni boshidan kechirmadi... Bugungi yangi o’zbek

davlatini barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar merosidan, ularni ruhi pokidan,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

33

Turkiston xalqlarining qadriyatlaridan, ma’naviy merosidan, san’atidan bahramand

bo’lishimiz tabiiydir”.

Shuni ta’kidlash joizki,O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan

Milliy uyg‘onish harakatining tom ma’nodagi rahnamolari Abdulla Avloniy,

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning Prezident

Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan

taqdirlanishi xalqimizning Istiqlol qahramonlariga nisbatan ulug‘ ehtiromining

yorqin ifodasi bo‘ldi. Yoshlar manfaatini himoya qilish, ularning jamiyat va

davlatda munosib o‘rin egallashlari uchun tegishli imkoniyatlarni yaratish

borasidagi jadidlarning fikrlari bugungi mustaqil O‘zbekistonda namoyon bo‘lib

turmoqda.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jadidchilik Turkiston tarixida chuqur

ijobiy iz qoldirgan milliy meros hisoblanadi. Jadidchilik harakati va jadid

taraqqiyparvarlariga nisbatan mustabid sho‘ro tuzumi tomonidan uzoq yillar

davomida olib borilgan qatag‘on siyosatiga qaramay, bugungi kunda Markaziy

Osiyodagi barcha davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston xalqi va ayniqsa, yoshlarida

jadidchilik g‘oyalariga ulkan qiziqish mavjud bo‘lib, mazkur g‘oyalar yoshlar

uchun ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy va adabiy sohalarda xuddi Cho‘lpon

yulduzi kabi yo‘l-yo‘riq ko‘rsata oladi. Zero, jadidchilik harakatining asosiy g‘oya

va maqsadlari hamda demokratik xarakteri bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini

yo‘qotmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Абдулла Авлоний. Туркий Гулистон ёхуд ахлоқ. - Т.:

Ёшлар нашриёт уйи, 2019. - 96 б


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

34

2.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch. – Т,

Ma’naviyat. 2008.

3.

D.H. Nabiyev Fidoyi ma’rifatparvarlar faoliyati – ilmiy

tadqiqotlar ko‘zgusida-T, Qarshi “Nasaf” NMIU. 2023.- 4 б

4.

Alimova, Dilorom. Жадидчилик феномани. Toshkent, 2022

5. Begali Qosimov “Mustaqillik o‘zlikni tanimoqdir” maqolasi.