Авторы

  • Rasulova Shahlobonu Shavkat qizi

Биография автора

  • Rasulova Shahlobonu Shavkat qizi

    Buxoro davlat pedagogika instituti

    O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99690

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Abdulla Qahhor “O‘g’ri” hikoyasi semiotika belgi munosabatlar paradigmatik munosabatlar sintagmatik munosabatlar binar oppozitsiya. Key words: Abdulla Qahhor Ключевые слова: Абдулла Каххор рассказ «Вор» семиотика символические отношения парадигматические отношения синтагматические отношения бинарная оппозиция.

Аннотация

 Annotatsiya.Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “O‘g’ri” hikoyasidagi belgi munosabatlar semiotik tahlil qilindi.

   Аннотация. В данной статье проведен семиотический анализ символических отношений в рассказе Абдуллы Каххора «Вор».

  

  Annotation. In this article, semiotic analysis of symbolic relations in the story "Thief" by Abdulla Qahhor was carried out.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

25

ABDULLA QAHHORNING “O‘G’RI” HIKOYASIDAGI BELGI

MUNOSABATLAR.

Rasulova Shahlobonu Shavkat qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistri

Annotatsiya.Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “O‘g’ri” hikoyasidagi

belgi munosabatlar semiotik tahlil qilindi.

Аннотация. В данной статье проведен семиотический анализ

символических отношений в рассказе Абдуллы Каххора «Вор».

Annotation. In this article, semiotic analysis of symbolic relations in the

story "Thief" by Abdulla Qahhor was carried out.

Kalit so‘zlar: Abdulla Qahhor, “O‘g’ri” hikoyasi , semiotika , belgi

munosabatlar, paradigmatik munosabatlar , sintagmatik munosabatlar , binar

oppozitsiya.

Key words: Abdulla Qahhor, "Thief" story, semiotics, symbolic relations,

paradigmatic relations, syntagmatic relations, binary opposition.

Ключевые слова: Абдулла Каххор, рассказ «Вор», семиотика,

символические

отношения,

парадигматические

отношения,

синтагматические отношения, бинарная оппозиция.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

26

KIRISH: Semiotika

belgilar haqidagi fandir. “Belgi” keng qamrovli

atama bo‘lib , tabiat , jamiyat , hatto koinot hududidagi tushunchalarni o‘z ichiga

oladi.

Belgi munosabatlar

- bular F. de Sossyurning tizimli tilshunoslik haqidagi

ta’limotida istifoda etilgan bo‘lib , strukturalizm va semiotika sohalarida ham

qo‘llanilmoqda . Belgi munosabatlar quyidagilar :

1)

paradigamatik munosabatlar yaqinlik va o‘xshashlikka

asoslanadi. Ikki va undan ortiq o‘xshash belgini muayyan tartibda

guruhlash paradigmatik qatorni yuzaga keltiradi;

2)

sintagmatik munosabatlar o‘xshashlikka emas , qo‘shnichilikka

asoslangan. Bir-biridan jiddiy farq qiladigan bir necha belgi orasidagi

aloqadan sintagmatik munosabat yuzaga keladi;

3)

binar oppozitsiya (zid munosabat) belgilarning zidligidan

yuzaga kelgan munosabat .

TADQIQOT METODI VA NATIJASI:

Abdulla Qahhorning “O‘g’ri”

hikoyasi asosida yuqorida zikr etilgan mulohazalarni dalillashga harakat qilamiz.

“Dehqonning uyi kuysa kuysin , ho‘kizi yo‘qolmasin”

va

“Ho‘kiz

topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi”

belgilari birlashib yagona bir belgini vujudga keltirayotganini sezish mumkin .

Ushbu belgilar matn mohiyatini yuzaga keltirayotgan fikr-g’oyadagi yaqinlik ,

mushtaraklik nuqtai nazaridan bir paradigmatik qatorga birlashadi .

“Dehqonning uyi kuysa kuysin , ho‘kizi yo‘qolmasin”

, chunki aynan shu

ho‘kiz bilan insonlar tirikchilik qiladi , oilasini tebratadi , yer haydaydi . Ho‘kiz

bu oddiy xalq uchun tirikchilik manbai hisoblanadi. Abdulla Qahhor “O‘g’ri”

hikoyasida ushbu xalq maqolidan foydalanish orqali ho‘kizi yo‘qolgan Qobil

boboning og’ir vaziyatini yaqqol ko‘rsatishni maqsad qilgan. Qobil bobo obrazi

qiynalgan , nochor xalq timsolidir .


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

27

“Ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish

kerak bo‘ladi

” , chunki og’ir sharoitda yashaydigan oddiy xalq uchun bitta ho‘kiz

olish ham juda qiyindir. Bu jumla orqali oddiy dehqon uzoq vaqt qiyinchilik bilan

bor-yo‘g’ini yig’ib ho‘kiz oladi demoqchi muallif .

Yuqoridagi ikkala fikrdan ham bir xil ma’no anglashiladi . Sodda ,

mehnatkash xalqning yashash va turmush tarzi nochorligi ko‘rsatilgan .

Hikoyada yana shuningdek ,

“Quruq qoshiq og’iz yirtadi” , “Berganga

bitta ham ko‘p , olganga o‘nta ham oz”, “Tekinga mushuk oftobga

chiqmaydi”

kabi belgi munosabatlar mavjud. Ushbu maqollardan, jamiyatda

poraxo‘rlik kabi illatning avj olganligi ma’lum. Bu misralar orqali , xalqning qora

hayoti , adolatsizlik , sudxo‘rlik avj olgan pallasi hamda poraxo‘r , mansabini

suiiste’mol qiladigan mansabdorlar faoliyati ko‘rsatilgan .

Hikoya paradigmatik munosabatlardan iborat bo‘libgina qolmay , binar

oppozitsiya ham mavjud.

“Ho‘kizing oqposhsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan

bo‘lsa , topiladi”

va

“...allaqachon charm bo‘ldi; xudo biladi; kavush bo‘lib

bozorga chiqdimi...”

“Ho‘kizing oqposhsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa , topiladi”

Ellikboshi ushbu gapi orqali oqposhsho tuzumi qattiq , har bir detalgacha

oqposhshoning nazoratida demoqchi.

“...allaqachon charm bo‘ldi; xudo biladi; kavush bo‘lib bozorga

chiqdimi...”

ellikboshi bu gapi orqali ho‘kizing endi topilmaydi demoqchi .

Ellikboshining hikoya boshidagi gapi bilan hikoya so‘ngidagi gapi bir-biriga ziddir

. Birinchi gapi orqali ho‘kiz , albatta , topilishiga ishora qilsa , so‘ngida Qobil

boboga ho‘kiz topilishidan umidini uzishini aytadi .

XULOSA:

Odamlar turmushidan olingan epizodlarda , lavhalarda ular

hayotiga , qismatiga daxldor fojiaviy mohiyatni ko‘rish , teran his etish , personajlar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

28

xarakteri va qismatini ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar

vositasida gavdalantirish Qahhor hikoyanavislik san’atining eng muhim

jihatlaridir. Shu o‘rinda Said Ahmadning Qahhor hikoyalari haqidagi ushbu fikrlari

o‘rinlidir. “Abdulla Qahhor hikoya va qissalaridagi har bir so‘z , har bir iboraning

o‘rni shu qadar muqim va mustahkamki , ularni boshqa so‘z , boshqa ibora yoxud

jumla bilan o‘zgartirish deyarli imkonsiz. Men tajriba uchun ustozning “O‘gri”,

“Bemor” , “Anor” hikoyalaridagi ba’zi so‘zlarni olib tashlab ko‘rdim. Bo‘lmadi.

Hikoya bir ustuni olib tashlangan ayvonga o‘xshab lapanglab qoldi”. Abdulla

Qahhor hikoyalarida o‘ziga xos belgi munosabatlardan foydalangan. Qahhor

hikoyalarida timsollar, ramzlar, belgilar bildiruvchi birliklar talaygina. Ushbu

birliklarning mohiyatini o‘rganish hikoyalarning tub mohiyatini to‘laqonli

tushunishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Abdulla Qahhor. Shaxs va ijodkor.Maqolalar to‘plami. – T.: Tamaddun,

2013

2. Ibrohim Haqqul. Abdulla Qahhor jasorati. Esse. “Tafakkur” jurnali,

2007.

3. Ro‘ziyeva Shohista.”Hikoya janrini o‘rganish prinsiplari(Abdulla Qahhor

ijodi misolida)”.Bitiruv malakaviy ishi. – T.2018

4. Q.Yo‘ldoshev, O. Fayzullayeva.”Badiiy tahlil asoslari” fani bo‘yicha

o‘quv-uslubiy majmua . – Guliston.2020

5. R.Saidova. Badiiy matnda belgi munosabatlari.Dissertatsiya. – Buxoro.

2021

6. Семиотика. Что это? – https://www.uznaychtotakoe.ru/semiotika/