Авторы

  • Mirzajonova Nasibaxon Miraxmedovna

Биография автора

  • Mirzajonova Nasibaxon Miraxmedovna

    Qorgontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi dori turlari texnologiyasi fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99693

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: bolalar uchun dori farmakoterapiya pediatriya dori vositalari farmakoterapiya . Ключевые слова: детская медицина фармакотерапия педиатрия лекарственные препараты фармакотерапия. Keywords: medicines for children pharmacotherapy pediatrics medicines pharmacotherapy.

Аннотация

Annotatsiya: Farmatsevtika sohasining oldidagi asosiy vazifalardan biri  bolalar uchun mo’ljallangan qulay va samarali dori vositalarini va dori shakllarini yaratish va pediatriya amaliyotiga tadbiq qilishdan iboratdir.Maqolada bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari va dori shakllari to’g’risida bayon qilindi.

Аннотация: Одной из основных задач фармацевтической промышленности является создание удобных и эффективных лекарственных средств и лекарственных форм для детей и внедрение их в педиатрическую практику. В статье дается характеристика лекарственных средств и лекарственных форм для детей.

Abstract: One of the main tasks of the pharmaceutical industry is to create convenient and effective medicines and dosage forms for children and introduce them into pediatric practice. The article describes medicines and dosage forms for children.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

3

BOLALAR UCHUN TAYYORLANADIGAN DORI VOSITALARI VA

DORI SHAKLLARI

Mirzajonova Nasibaxon Miraxmedovna

Qorgontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi dori

turlari texnologiyasi fani o’qituvchisi

.

Annotatsiya: Farmatsevtika sohasining oldidagi asosiy vazifalardan biri

bolalar uchun mo’ljallangan qulay va samarali dori vositalarini va dori shakllarini

yaratish va pediatriya amaliyotiga tadbiq qilishdan iboratdir.Maqolada bolalar

uchun tayyorlanadigan dori vositalari va dori shakllari to’g’risida bayon qilindi.

Kalit so'zlar: bolalar uchun dori, farmakoterapiya, pediatriya, dori

vositalari, pediatriya, farmakoterapiya .

Аннотация:

Одной

из

основных

задач

фармацевтической

промышленности

является

создание

удобных

и

эффективных

лекарственных средств и лекарственных форм для детей и внедрение их в

педиатрическую

практику.

В

статье

дается

характеристика

лекарственных средств и лекарственных форм для детей.

Ключевые слова: детская медицина, фармакотерапия, педиатрия,

лекарственные препараты, педиатрия, фармакотерапия.

Abstract: One of the main tasks of the pharmaceutical industry is to create

convenient and effective medicines and dosage forms for children and introduce

them into pediatric practice. The article describes medicines and dosage forms for

children.

Keywords: medicines for children, pharmacotherapy, pediatrics, medicines,

pediatrics, pharmacotherapy.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

4

KIRISH

Ushbu ishda bolalar uchun dori shakllarini yaratish, qo’llaniladigan

yordamchi moddalarning xavfsizligi, dori preparatlarini dozalash usullariga asosiy

e’tibor qaratildi. Bola organizmining anatomo-fiziologik tuzilishi bilan bog’liq

xususiyatlari tufayli bolalar uchun mo’ljallangan dori shakllariga qo’yiladigan

maxsus talablar mavjuddir. Pediatriya amaliyotidagi maxsus dozalangan dori

shakllari bilan davolash jarayonini samaraliligini ta’minlashdagi asosiy

muammolar aniqlandi, jumladan, bolalarga dori vositalarini qayd etilmagan

ko’rsatmalar bo’yicha tavsiya qilish; ishlab chiqarish sanoatida bolalar uchun

mo’ljallangan maxsus dori shakllarining yetishmasligi; bolalar uchun

mo’ljallangan dori shakllarida qo’llanilgan yordamchi moddalarning indifferent

emasligi; dori tayyorlovchi dorixonalar moddiy-texnik bazasining mukammal

emasligi – kamaytirilgan (bolalar uchun) dozali dori vositalarini tayyorlash va

sifatini baholash uchun maxsus jihozlarning yo’qligi asosiy muammolardan biridir.

Bolalar uchun dori vositalarini dozalashni mukammallashtirishning istiqbolli

yo’nalishlari yoritildi.

Izlanish materiallari va usullari.

Pediatriya amaliyotida qo’llaniladigan dori vositalarini yaratish borasidagi

hozirgi kundagi muammolar yuzasidan adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish

va umumlashtirish. Mazkur mavzu yuzasidan mahalliy va xorijiy zamonaviy

adabiyotlardagi ma’lumotlarni ko’rib chiqish.

Izlanish natijalari.

"Bolalar - shunchaki kichik kattalar" emas, chunki bo'yi, vazni va yoshidagi

farqlardan tashqari, bu guruhlar rivojlanishi, fiziologiya va metabolizmdagi chuqur

o'zgarishlar bilan kattalardan farq qiladi. Pediatriya farmakoterapiyasining asosiy

muammolaridan biri bolalar uchun mo’ljallangan maxsus dozali, xavfsiz va

samarali dori preparatlari va dori shakllarining kamligi, ko’pgina dori moddalari

uchun esa umuman mavjud emasligidir. Shu maqsadda, Butunjahon sog’liqni

saqlash tashkiloti (JSST) ning 60-

sessiyasida 2007-yilda “Bolalar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

5

uchun eng yaxshi dori vositasi” rezolyutsiyasini qabul qilgan, unda tashkilot barcha

a’zo davlatlarni bolalar uchun dori vositalarini aniqlash, ularni ishlab chiqarilishini

va litsenziyalashni kengaytirishga va ularning samaradorligi, xavfsizligi hamda

sifati to’g’risidagi muammolarni o’rganib chiqishga chaqiradi. 2019-yilda esa

JSST “Bolalalar uchun asosiy dori vositalari ro’yxatini ishlab chiqqan va unga 206

ta dori vositasini kiritgan, bu ro’yxat “Bolalar uchun dorilar milliy ro’yxati” ni

ishlab chiqish uchun taklif qilingan.

Bola organizmidagi quyidagi jihatlar bolalar uchun maxsus dozali dori

preparatlarini yaratishning dolzarbligini yaqqol ko’rsatib beradi:

-Bola organizmidagi suyuqlik miqdorining umumiy hajmi hujayradan

tashqaridagi suyuqlik hisobiga kattalar organizmidagiga nisbatan katta;

jigar ferment tizimining to’liq rivojlanmaganligi va bunga bog’liq ravishda

dori vositalari metabolizmining o’ziga xosligi;

-Buyrak glomerulyar filtratsiyasining nisbatan ancha past tezligi sababli dori

moddalari va ularning metabolitlarining siydik bilan ajralib chiqishining sekinligi;

-Qon plazmasidagi oqsillarning dori moddasi molekulalari bilan bog’lanish

xususiyatlarining pastligi; kapillyar hamda gematoensefalik baryerning yuqori

o’tkazuvchanligi.

Bu esa pediatrlar tomonidan bolalarga dori preparatlarini tavsiya qilishda

kattalarga mo’ljallangan dorilarni hamda ularning dozalarini tavsiya qilishda

hisobga olinadi .

Ko’pchilik bolalar qattiq peroral dori shakllarini yutishda qiyinchilikka duch

kelishadi. Qo’llash uchun qulay bo’lgan ko’p dozali peroral suyuq dorilarda esa

mikrob tushish xavfi mavjud va buning oldini olish uchun konservant qo’llash talab

qilinadi. Konservantlar esa “keng ta’sirli” sitoplazmatik zahar bo’lib, ularni

pediatrik preparatlarda ishlatish jiddiy bahslarga sabab bo’lmoqda. Birgina bolalar

uchun mo’ljallangan digoksin peroral eritmasining tarkibini olsak, 1ml eritma

50mkg digoksin, 10% etanol, glitserin, ta’m korrigenti va xushbo’ylantiruvchi,

0,1%

metilparaben,

0,02%

propilparaben, tozalangan suv,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

6

natriy asetat va sorbitol saqlaydi. Shunday qilib, bolalar uchun mo’ljallangan

eritma indifferent bo’lmagan yordamchi moddalarni saqlaydi, bu esa dozalashning

qulayligiga qaramasdan, allergik reaksiyalarni paydo qilish ehtimoli tufayli

qo’llashni cheklashi mumkin. “Pediatriya uchun yordamchi moddalarning

xavfsizligi va toksikligi” (STEP) ma'lumotlar bazasi bolalar uchun qulay

yordamchi moddalarni tezda aniqlash uchun asosiy manbadir.

Turli mamlakatlarning farmatsevtika tarmog’ini tartibga solish organlari

uzoq vaqtdan beri "bolalar uchun qulay" dori vositalarini ishlab chiqarishni

rag'batlantirishga va hatto ko’rsatma berishga harakat qilmoqdalar. Masalan, AQSh

misolida ko’rib chiqilsa, mamlakatdagi Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining

(FDA) “Pediatrik o’ziga xoslik talabi” bolalarda pediatrik klinik tadqiqotlar

o'tkazish evaziga olti oylik qo'shimcha eksklyuzivlik yoki qo'shimcha patent

himoyasini ta'minlaydi. Bundan tashqari, “Bolalar uchun eng yaxshi farmatsevtik

preparatlar to'g'risida”gi qonun (BPCA) qabul qilingan bo’lib, jenerik dori

vositalarini pediatriya amaliyotida qo'llashni o'rganish tartibini belgilaydi.

Yevropada esa “Bolalar uchun dori vositalarini ishlab chiqishni tartibga soluvchi

qoidalar” bolalarni keraksiz klinik tekshiruvlarga duchor qilmaslikka; bolalar

uchun dori vositalari va dozalash shakllari bo'yicha tadqiqotlarni rivojlantirishga

qaratilgan. Shuningdek, Yevropa pediatriya qo'mitasi (EPC) Pediatriya tadqiqotlari

rejasini (PIP) joriy etdi, bu barcha yangi pediatriya dori preparatlari uchun

talab hisoblanadi. 2022 yilda esa ICH (Xalqaro uyg’unlashtirish kengashi) ICH-

E11 "Aholining pediatrik guruhlarida dori vositalarini klinik tadqiq qilish"

standartini ishlab chiqdi. Pediatriyada xususiy farmakoterapiyani ta’minlashning

istiqbolli yechimlaridan biri dori preparatlarini dorixona sharoitida tayyorlashdir.

Buning afzalligi individual dozalash va yordamchi modda tanlash imkonidir.

Hozirgi vaqtda farmasevtika sanoatida ham ba’zi dori preparatlari (yangi tug’ilgan

chaqaloqlar uchun bir martalik qadoqda ichish uchun suv, otorinolaringologiyada

qo’llash uchun protargol va kollargolli surtmalar, dorivor elektroforez uchun

eritmalar kabi) ishlab


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

7

chiqarilmaydi. Ko’pgina mamlakatlarda bolalar uchun maxsus dozali dori

preparatlari bilan ta’minlashning qulay yo’nalishlaridan biri sifatida aniq dozali

tayyor dori vositalaridan dorixona sharoitida suyuq dori shakllarini tayyorlash yoki

kam dozali kukunlar tayyorlashda trituratsiyalardan foydalalanish hisoblanadi.

Bolalar uchun individual dozali dori shakllarini 2D va 3D chop qilish ham mazkur

muammoning yechimlaridan biri bo’lishi mumkin. Uch o’lchamli chop qilishning

bir qancha usullari: inert tabletka yoki matritsaga mikrotomchilar ko’rinishida dori

moddasini kiritish, polimer quymasi tarkibidagi dori moddasini qatlamli quyish,

uch o’lchamli tabletka chop qilish kabilar. 2D-chop qilish usulidan riboflavin natriy

fosfatni sellyuloza qog’ozga mikromiqdorlarda dozalashda qo’llanilgan .

XULOSA

Keltirilgan ma’lumotlar hozirgi kundagi pediatriya farmakoterapiyasining

dori vositalari bilab bog’liq muammolarini va bu muammolarni yechishdagi

dorixona sharoitida hamda sanoat miqyosida bolalar uchun dori shakllarini

yaratishning ba’zi yo’nalishlarini ko’rsatib bermoqda.

Adabiyotlar

1. Digoxin oral solution. 17.10.19. URL:https://www.drugs.com/pro/digoxin-oral-
solution.html.
2. Giam J.A., McLachlan A.J. Extemporaneous product use in paediatric patients:
a systematic review//Practica Farmaceutica.–2008.–V.1,N.1-2.–P.35-43.
3. Icten E., Purohit H.S., Wallace C. et al. Dropwise additive manufacturing of
pharmaceutical products for amorphous and self emulsifying drug delivery systems
// International journal of pharmaceutics. – 2017. – V.524, #1-2, - P.424-432.
4. ВOЗ. Примерный перечень основных лекарственных средств для детей,
2019 г.
5. ВОЗ. 60-сессия всемирной ассамблеи здравоохранения. Лучшие
лекарственные средства для детей. – 2007 г.
6. Сабиржан Р.Р., Егорова С.Н. Аптечное изготовление лекарственных форм
для лечебно-профилактических учреждений: изучение современной
номенклатуры//Серия Медицина. Фармация. – 2012. – №10. – C. 31-35.