Авторы

  • Mamatqulova Gulmiraxon Akramovna
  • Nasritdinova Sadoqatxon Nazirovna

Биографии авторов

  • Mamatqulova Gulmiraxon Akramovna

    Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 50-umumta’lim maktabi psixologi

  • Nasritdinova Sadoqatxon Nazirovna

    Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 24- umumta’lim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99697

Ключевые слова:

Kalitso‘zlar: Qiziqish o‘smir jinoyatchilik o‘z-o‘zini anglash ehtiros xarakter rivojlanish korreksiya.

Аннотация

Annotatsiya:Qiziqishlarning shaxs xulq-atvorida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada qiziqishlarning bolalar va o’smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’siri ochib berishga harakat qilingan. Uni oldini olish omillari ko’rsatib o‘tilgan. 


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

425

O‘SMIR YOSHDAGI BOLALARDA JINOYATCHILIK HOLATLARINI

OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Mamatqulova Gulmiraxon Akramovna

Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 50-umumta’lim maktabi psixologi

Nasritdinova Sadoqatxon Nazirovna

Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani 24- umumta’lim maktabi psixologi

Annotatsiya:Qiziqishlarning shaxs xulq-atvorida muhim ahamiyat kasb

etadi. Ushbu maqolada qiziqishlarning bolalar va o’smirlarda jinoyatchilik

xulqining kelib chiqishiga ta’siri ochib berishga harakat qilingan. Uni oldini olish

omillari ko’rsatib o‘tilgan.

Kalitso‘zlar: Qiziqish, o‘smir, jinoyatchilik, o‘z-o‘zini anglash, ehtiros,

xarakter, rivojlanish, korreksiya.

KIRISH

Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda

insonning individual xususiyati bеvosita mujassamlashadi. Qiziqish - insonlarning

dunyoqarashi, e’tiqodlari, idеallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari,

orzu-umidlari bilan bеvosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli

kеchishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.Qiziqish bilimlarni ongli, puxta,

barqaror, anglagan holda o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalarni

shakllantirishda, shaxs qobilyati, zеhni, o‘quvchanligini rivojtirishga, olamni

mukammalroq

tushunishga,

bilim

saviyasining

kеngayishiga

yordam

bеradi.Qiziqish

muammosi psixologik nuqtayi

nazardan

Ya.A.Ribnikov,N.F.Dobrinin, N.D.Lеvitov, M.F. Bеlyayеv, L.A.Gordon,


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

426

L.I.Bojovich, N.G.Morozova, M.G.Davlеtshin, M.V.Vohidov, V.A.Tokarеva,

E.G`.G`oziyеv va boshqalarning nazariy mеtodologik xususiyatga ega bo‘lgan

asarlarida hamda maxsus ekspеrimеntal tadqiqotlarida rivojlantirildi.

Qiziqishlarning bolalar va o‘smirlarda jinoyatchilik xulqining kelib

chiqishiga ta’siri mavjud ekanligini o‘smirlik sublimatsiyasining noto‘g’ri

yo‘naltirilganligi bilan izohlaymiz. Qiziqish insonni harakatga undaydi.

Qiziqishlari turli-tuman o‘smir o‘z tengdoshlari bilan jamiyatda o‘rnatilgan

axloqiy-huquqiy

talablarga

qarama-qarshi

bo‘lib,

salbiy

holatlarga

beriluvchanlikni keltirib chiqaradi. Dastlab qiziqish xarakteridagi salbiy xatti-

harakatlar keyinchalik uning shaxsiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.Qiziqishlar

to‘g‘ri tarbiyalansa, ular o‘smirlarning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga

jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘quvchining bilimlari chuqurlashib boradi, u

fanlarni o‘rgana boshlaydi, unda ayrim o‘quv predmetlariga, san’atga, sportning

qaysidir turiga zo‘r qiziqish ortadi. O‘smir juda ko‘p narsalarga; sport, turizm,

kino-teatr, badiiy havaskorlik kabi turli yo’nalishlarga qiziqadi.

Ko‘p hollarda bu qiziqishlar ehtiros xarakteriga ega bo‘ladi. Kun tartibi

to‘g‘ri tashkil qilinsa, vaqt to‘gri taqqoslansa, o‘smir yaxshi o‘qish, maktabdan

tashqari xilma-xilishlar bilan shug‘ullanishi va o‘yin-kulgu uchun yetarli vaqt topa

olishi mumkin. Ilk yigitlik bo‘sag‘asida turgan o‘smirlar uchun kishilarning

histuyg‘ulari, kechinmalariga va ayniqsa, o‘zining ichki dunyosiga, o‘zinio‘zi

analiz qilishga moyillik xarakterlidir. O‘z-o‘zini anglashning - bu o‘zini o‘zi tanish,

sifat va kamchiliklarini, o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini bilib olish, o‘z xatti-

harakatlari haqida hisob berish ehtiyojidir. O‘z-o‘zini anglashningeng yuqori

darajasi o‘zining hayotdagi o‘rnini aniq tasavvur qilish, o‘zini shaxs sifatida anglab

olishdir.

Dastlabki paytlarda uning o‘zi haqidagi fikrlari ko‘p jihatdan boshqa

kishilarning u haqidagi fikrlaridan iborat bo‘ladi. “O‘z xarakter hislatlaring haqida


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

427

sen qayerdan bilasan” - degan savolga o‘smirlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri

otaonalari,o‘qituvchilari, o‘rtoqlaridan bilib olganlarini aytadilar, ammo

keyinchalik buni o‘zlari seza boshlaydilar. Lekin har qalay, o‘zlaridan ko‘ra boshqa

kishilarni oldinroq baholay boshlaydilar.Ular o‘z fikrlarini g‘olib chiqishini

xohlashadilar. O‘smirlar boshqa kishilarni baholashda bazan shoshma-shosharlik

qilib, qat’iy fikr yuritishga yo‘l qo‘yib qo‘yadilar. Masalan: ular ko‘pincha

kishilarni faqat ayrim xatti-harakatlari va ayrim sifatlariga qarab baholaydilar. Bu

bahoni esa butun bir shaxsga nisbatan tadbiq qiladilar. Natijada kishining qadr-

qimmati uning ijobiy va salbiy sifatlari haqida ko‘pincha noto‘g‘ri xulosa

chiqaradilar.

Ularning o‘z-o‘ziga baho berishi ham har doim xolis bo‘lavermaydi.

Masalan: ular o‘rtoqlaring qo‘polligi gapiradilar-u, ammo buni o‘zlarida

sezmaydilar. Hamma o‘smirlarham o‘z-o‘zini tanqid qilish, o‘z xatolarini vijdonan

va ro‘yi-rost bo‘yniga olishni uddasidan chiqavermaydi.O‘smir atrofdagilarning

unga bergan bahosiga nisbatan sezgir bo‘ladi. Uning kayfiyatidagi ranjishsababi

ana shunda. Tasodifiy muvaffaqiyat yoki kattalarning maqtab qo‘yishi, o‘smirlarni

o‘ziga ortiqcha baho berishiga, o‘ziga haddan tashqari ishonuvchanlikka,

maqtanchoqlikka olib keladi. Hatto vaqtincha, tasodifiy muvaffaqqiyatsizlik

o‘smirda o‘z kuchiga ishonmaslik ishonchsizlik uyg‘otish, qo‘rqoqlik, jur’atsizlik

va uyatchanlik hissini oshirib yuborish mumkin.Shu xususiyatlar natijasida unda

kelib chiqadigan qiziqishlar salbiy xulqiy og’ishishlarga, turli jinoiy xatti-

harakatlarga olib kelishi mumkin.Shuning uchun ota-ona yoki o‘qituvchi o‘smirlar

bilan bo‘ladigan munosabatda alohida e’tiborli va nazokatli bo‘lishi zarur.

O‘smirlik yoshida zaif, mustaqil emas, kichkina deb nom chiqarishninig

qo‘rqish xavfi kuchayadi.U o‘zining mustaqilligini ko‘rsatish uchun, o‘zining

nohaqligini tushunib tursa ham, ko‘pincha qaysarlik va qo‘pollik qilaveradi.

Muomalada dag‘allik, talabchanlikva hurmatsizlik o‘quvchiga yosh bolalarga

bo‘lganday muomalada bo‘lish ular yaxshi tushunaman deb hisoblagan misollar


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

428

bo‘yicha o‘zlarining mustaqil fikirlarini aytish huquqini mensimaslik ularning

yuqori natijalarga erishishdagi kuch va imkoniyatlariga shubhalanish kabi

hodisalar, odatda o‘smirda norozilik yoki aniq ifodalangan boshqa bir salbiy

harakatlarni hosil qiladi.

XULOSA

O‘smirlar o‘z-o‘zini tarbiyalashga zarurat sezadilar buni ulardan

onglilikning o‘sishi, kattalarga o‘xshashga intilishlari bilan tushuntirish mumkin.

Ular ma’lum darajada o‘zini ishontirish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini nazorat qilish

kabi o‘z-o‘zini tarbiyalash vositalariga egadirlar. Ular ayniqsa, jismoniy va iroda

sifatlarini o‘stirishga harakat qiladilar. O‘smirlikda bolalarda burch va javobgarlik

tuyg‘ulari yetarli darajada o‘sgan bo‘ladi.Bolalar o‘zlari ongli ravishda tanlagan

ma’lum maqsadga erishish uchun ish-harakatlar qilishga qobil bo‘lib qoladilar.

Agar oilada bolaning ehtiyojlari va tashvishlari bilan hech kim qiziqmasa, unga

beparvo bo‘lib, fikri e'tiborga olinmasa va unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilsa, u

o‘z shaxsini buzg‘unchilik va jinoyat sodir etish orqali ko‘rsatishga harakat qiladi.

Xullas, bolaga ruhiy va tan jarohati yetkazilsa, u boshqalarga nisbatan shunday

harakat qilishdan qo‘rqmay qo‘yadi.Ba'zan bir sinfdan oliygohlarga juda kamchilik

o‘qishga kiradi. Qolganlarida esa jamiyatga kerak ekanliklari to‘g‘risida shubha

paydo bo‘lishi mumkin. Keyin ular mardikorlik yoki shunga o‘xshash mayda

ishlarga o‘zini uradi. Buning oldini olish uchun ota-ona farzandini ilm olishga

rag‘batlantirishi, o‘qishi uchun zarur sharoitni yaratib berishi kerak.

Shuningdek, ota-ona bilan ishlash, ularga bola parvarishi va tarbiyasini

o‘rgatish juda muhim. Chunki o‘smirlar jinoyatchiligi ko‘pincha uydagi muhit

bilan bog‘liq bo‘ladi», – deydi ruhshunos.

Insonda o‘z xatti-harakati oqibatini anglash 25 yoshdan keyin to‘liq

shakllanadi

Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha

dasturiy prinsiplarga ko‘ra, o‘smir bolalar tarbiyasi va himoyasi bilan nafaqat


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

429

huquqni muhofaza qilish organlari, balki oila, ijtimoiy institutlar, maktab, mahalla

va yoshlar tashkilotlari ham shug‘ullanishi kerak.

Xalqaro tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bolada o‘z xatti-harakati oqibatini

bilish 25 yoshdan keyin to‘liq rivojlanadi. Jinoyat sodir etgan o‘smirlarning 80

foizida ular ulg‘aygach ijobiy xarakter shakllanib, jinoyat yo‘lini tark

etishgan.YUNISEF yangi yondashuvni taklif etmoqda.

Bosh prokuratura va uning huzuridagi akademiya YUNISEF ko‘magida

mahalliy hokimliklar bilan birga jinoyat sodir etgan bolalar bilan alohida

yondashuv asosida ishlash loyihasini amalga oshirmoqda. Unda turli tashkilotlar

vakillaridan iborat 10 nafar professionallar jamoasi faoliyat olib bormoqda. Ular

qatoriga Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya kotibi,

koordinator, ijtimoiy xodimlar, mutaxassislar, o‘qituvchilar, fasilitatorlar,

shuningdek, Yoshlar ittifoqi va mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari kiritilgan.

Loyiha doirasida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar (o‘g‘rilik, bezorilik, tan

jarohati yetkazish, talonchilik) sodir etgan 14–18 yoshli bolalar hamda ma'muriy

huquqbuzarliklar (yengil tan jarohati, mayda bezorilik, mayda o‘g‘rilik) sodir etgan

16–18 yoshli bolalar komissiya tasarrufiga yuboriladi. So‘ngra jamoa a'zolari

bolalar va ularning oilalari ehtiyojlarini aniqlaydilar, o‘smirlarning huquqbuzarlik

xulqini o‘zgartirish uchun individual chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uni

amalga oshiradilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Umarov B.M. Bolalar va o`smirlarda xulq og`ishining kelib chiqishi va uning

oldini olishning ayrim psixologik masalalari. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008,

85bet.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

430

2.Калмыкова э. С., Падун М. А. Ранняя привязанност и эе влияние на

устойчивост к психической травме: Постановка проблемы (Сообщ. 1) //

Психологический журнал. – Т. 23. – М.: 2002. – № 5. – С.

3.Qarshiboyeva G. Oilada bolalarni xalq og ‘zaki ijodi na’munalari asosida

tarbiyalash //Архив Научных Публикаций JSPI. –2020.

4.Шарафитдинов А. и др. Проблема застенчивости у ребенка и ее

устранение //Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 64-66.

5.Шарафитдинов А. и др. Формирование у учеников чувства общности

//Образование и воспитание. –2020. –No. 2. –С. 66-67

6.МаджидовДж Б, Маджидова В, ШарофиддиновА. Социальный интеллект

как совокупность способностей, обеспечивающих адаптацию личности в

обществе.

страницы: 22-24 источник: актуальные вопросы современной

психологии материалы международной научной конференции. 2017

7.Sharaffitdinov, A., &Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating

morality for children through samples of folklore. EurasianScientificHerald, 5, 65-

68.

8.Sharafitdinov Abdulla, QurbonboyevMirazizZulxaydaro‘g‘li Psychological

Characteristics of DecisionMaking in Management Global Scientific Review A

Peer Reviewed, Open Access, International Journal www.scienticreview.com

Volume 1, February 2022 ISSN (E): Pending

9.Sharofitdinov, A. (2022). BOSHQARUV JARAYONIDA QAROR QABUL

QILISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании, 2(6).извлечено от

https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/5405