https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
148
ERKIN A'ZAMNING BADIIY MAHORATI "TA'ZIYA" HIKOYASI
TIMSOLIDA
Otaboyeva Dilnoza
Urganch Ranch texnologiya universiteti o'qituvchisi
Yusupova Shahnoza Oybek qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya:Ushbu maqolada, Erkin A’zamning hikoyalarida katta ijtimoiy
voqeliki, uslubiy xususiyatlari,persanajlarning xarakteri qahramonlarning ichki
kechinmalari shuningdek sotsial realizm va uning ta'siri kabi muammolar bayon
etilgan."Shovqin","Jannat
o'zi
qaydadir","Ta'ziya"
kabi
hikoyalarining
qahramonlari ,ularning turmush tarzi va ichki his-tuyg'ulari aksi misollar bilan
ko'rsatilgan.
Annotation:In this article, Erkin Azam's stories show the great social
reality, era and human problems, stylistic features, characters' inner experiences,
social realism and its influence.
Аннотация:В этой статье рассказы Эркина Азама показывают
великую социальную реальность, эпоху и проблемы человечества,
стилистические особенности, внутренние переживания героев, соцреализм
и его влияние.
Kalit so'zlar: Ta'ziya marosimi, sotsializm, persanaj xarakteri, qahramon,
yechim, ijtimoiy muhit, marksist.
Keywords: Condolence ceremony, socialism, character, hero, solution,
social environment, Marxist.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
149
Ключевые слова: Церемония соболезнования, социализм, характер,
герой, решение, социальная среда, марксист.
XX asrning 70-yillarida adabiyot maydoniga kirib kelgan davr, tanqidchi,
nosir, kinossenarist, publitsist, kinodramaturg, muharrir. Surxon vohasi
adabiyotining yorqin vakillaridan biri Erkin A’zamdir. Оʻzbek nosirlari orasida
Erkin A’zam ijodi alohida ajralib turadi, adibning ijodiy faoliyati benihoyat rang-
barang. Chunki ijodkor оʻzining nosir, dramaturg, publitsist, kinodramaturg,
muharrir sifatidagi qirralarini allaqachon kоʻrsatib ulgurgan. Adib adabiyot
maydoniga dastlab hikoyalari bilan kirib keldi, ilk yozgan hikoyalari maktab
davridayoq matbuot yuzini kоʻrdi. Birinchi kitobi esa 1977-yilda “Chiroqlari
оʻchmagan kecha” nomi bilan chop bоʻlgan hikoyalar tоʻplamidir.Muallif shundan
keyin “Otoyining tug‘ilgan yili”, “Javob”, “Olam yam-yashil”, “Bayramdan
boshqa kunlar”, “Pakananing oshiq kоʻngli”, “Kechikayotgan odam”, “Guliguli”,
“Ertak bilan xayrlashuv”, “Jannat оʻzi qaydadir”, “Shovqin” kabi hikoya, qissa,
drama va ramon kabi janrlardagi kitoblari bilan adabiyot maydonida o'rnini
mustahkamlab kitobxonlarning qalbidan joy olib kelmoqda. Adibning shоʻro
davrida yaratilgan asarlari bugun ham eskirmagan. Uning asarlari mustahkam
badiiyati, umuminsoniy g‘oyalari bugun ham aziz va ardoqli. Erkin A’zam bir qator
qissalarida “Shoirning tоʻyi” , “Chapaklar va chalpaklar mamlakati”, “Pakananing
oshiq kоʻngli”, “Guli-guli”, “Zabarjad”, “Farishta”, “Suv yoqalab”, “Shovqin”da
yangicha badiiy shartlilik vositalaridan bag‘oyat mohirlik bilan foydalanadi.
Adibning "Jannat o'zi qaydadir"asari haqida ham so'z olib borar ekanmiz bu
borada filologiya fanlari doktori Umarali Normatov shunday fikrlarni bildiradi:
"Kitobga kirgan asarlarning hammasi ayni kunlarimiz, shu kundagi odamlarning -
zamondoshlarning qismati, dardi dunyosi,ularni qiynayotgan hayot, turmush
muammolari ustida bahs etadi, bir tizimdan ikkinchi bir tizimga o'tish davri
zamondoshlar jamiki ziddiyatlari va og'riqlari bilan ko'z oldingizda baralla
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
150
gavdalanadi"[3;4 bet].Xususan bu qahramonlarga ism tanlashdan tortib, voqealarni
bayon etish, chapani, qaysar, оʻjar xarakterli kishilar obrazini bosh qahramon
sifatida yaratishda kоʻrinadi”.[1;304 bet].
Sоʻnggi yillarda Erkin A’zam ijodini оʻrganishga e’tibor kuchaydi. Adib ilk
ijod namunalari bilanoq ilmiy va adabiy jamoatchilik e’tiborini qozongan. Uning
ilk ijodiga U.Normatov, N.Xudoyberganov, N.Shukurov, O.Tog‘ayev,
N.Vladimirova, R.Otayev, H.Boltaboyev, I.Hasanovlar munosabat bildirganlar.
Ayniqsa, mustaqillik yillariga kelib, adib ijodiga bоʻlgan qiziqish tobora ortib
bordi. Xususan, A.Rasulov, S.Tоʻlaganova, M.Qоʻchqorova, M.Sheraliyeva,
F.Rajabova S.Qurbonovlarning tadqiqotlarini alohida tilga olib оʻtish lozim.
Filologiya fanlari bоʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Obidjon Shofiyev
E.A’zamning nasribadiiyati,jumladan,kinoya va obraz masalalarini monografik
planda maxsus tadbiq qilib PhD dissertatsiyasini yoqlagan, monografiya nashr
etgan.[2;129 bet].
Serqirra ijodkorimiz Erkin A'zamning "Ta'ziya" hikoyasiga bir nazar
tashlasak.Ijodkor bu asari haqida shunday deydi:"Ushbu hikoyaning dastlabki
nomi "Do'ppi"edi.Shunday she'ri borligini eslabmi,uni Muhammad Yusufga
bag'ishlamoqchi bo'ldim.Asarning sarlavhasi o'zgargach esa,shoir nomi bilan
yonma-yon turishi xunukroq tuyulib fikrimdan qaytdim.Ammo,bugun bu hikoyani
suyukli inimning unutilmas xotirasiga bag'ishlamoqdaman,"-deydi muallif.[4;1-
bet].
Bu hikoyada shahardan qishlog'iga borgan qahramonimizning ya'ni(Adibning
o'zi) otasi bilan qoshlog'idagi ta'ziya bo'lgan xonadonlarga duoyi fotiha qilish
uchun yo'lga chiqadi.Otasi eng uzoq joy Safarovdan boshlaymiz va yo'l yo'lakay
Safarov bir vaqtlar Salim Qaror nomi orqali tanilgan kishini esga olishadi.U sho'ro
hukumatining xizmatkori,dafn marosimlarini ado etishda tish-tirnog'i bilan qattiq
qarshilik qilgan personaj.Adib ya'ni qahramonimiz o'qishdan o'zi yashayotgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
151
tumanga amaliyotga kelganida shu Safarovning qo'li ostida ish boshlaydi.Shu
kunlarni qahramonimiz otasi bilan birgalikda eslashadi.:"...Tuman markazidan
o'tib olmazorga qayrilayotganimizda otam gapirib qoldilar: -" Shoirimiz bizni bir
boplab qo'lga tushurgan-da"deb yurardi rahmatli.Nimaligini aytmasdi.O'sha
voqeani elas-elas eslab so'rayman: -Ota,enasini janozasiz ko'mdirgan u,dedingiz
boya.Shu odam namoz-pamoz o'qirdimi o'zi?-O'qigan bo'lsa o'qigandir,birov
ko'rgan emas.Dafn ma'rakalarga qatnashardi-yu,ammo janoza payti chetga chiqib
turar edi.Nima bo'lgan edi o'sha vaqtda?
-E,esda yo'q...Esda bor.Salim Qaror kechki navbatchilikda qolganida qarashib
yurgan kunlarim edi.Ustozim,Salim Qaror,sharpani sezib,u dovdirab yerdan
nimanidir yig'ishtirib,stoli tagiga otib yubordi.Joynamozmi?Keyin belini
ushlaganicha inqillab o'rnidan turdi-da,stol ustida yotgan narsani kafti bilan bosdi
va sath bo'ylab surib yubordi,bilintirmay sekingina cho'ntagiga soldi.Qizil
narsa,hujjatga o'xshaydi..."
Ushbu hikoya Erkin A'zamning 2001-yilda nashr etilgan "Pakananing oshiq
ko'ngli"
deb
nomlangan
hikoyalar
to'plamidan
o'rin
olgan
ushbu
"Ta'ziya"hikoyasida dinni tan olmaydigan o'zbek marksistining ahvolini ko'ring.U
eshikni yopib,hammadan berkinib namoz o'qiydi.Darhaqiqat,u Xudoni tan
oladi,undan qo'rqadi.Ammo o'zi berilib,ruju qo'ygan sho'ro hukumati Xudoni tan
olmaydi.Salimov ya'ni Salim Qaror bu ikkalasidan ham voz kecha olmaydi.Xudoga
ishonish unga hamdlar keltirish,shukur qilish sut bilan o'tgan e'tiqod
bo'lsa,keyingisi esa zulm va zo'ravonlik bilan miyasiga singdirilgan marksistik
partiya,sotsializm g'oyasidir.U ikkisini ham rad qilishdan qo'rqadi.Birinchisidan
voz kechsa Xudo qahriga uchrashdan qo'rqadi.Chunki,u Xudodan qalbiga
osudalik,yengillik so'raydi.Ikkinchi qo'rquv nimaligini eslasa qo'rquv uni
dahshatga soladi.Yurtimizning qaro kir kunlarida yashab o'tgan insonlar xalqimiz
orasida juda katta ko'pchilikni tashkil qilar edi.Shular jumlasidan,bizning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
152
jadidlarimjz ham o'sha vaqtlar shunday vaziyatga tushganlar.Ana shunday
fojialarni Erkin A'zam bir qator asarlarida mahorat bilan ochib beradi.Asarni tahlil
qilar ekanmiz,Erkin A'zamning til boyligi alohida e'tiborga tahsinlidir.Ushbu
asarda so'zlarning semantik-struktur jihatdan milliy urf-odatlar va marosimlarning
inson ruhiyatiga ta'sirini ko'rsatib beradi.Adib asarlarida kecha,bugun va o'z
xarakterdagi,turli xil sharoitlarda yashaydigan,ruhiyati har xil,turli bo'lgan insonlar
taqdiri,ijod va jamiyat haqidagi qarashlarini ifodalab beradi.Umuman olganda
"Ta'ziya"asari Erkin A'zamning badiiy mahorati va inson ruhiyatini chuqur
anglashni namoyish etadi.Bu asar o'zbek adabiyotida o'ziga xos o'rin tutadi va
yuqori baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Erkin A'zam badiiy olami: Ilmiy maqolalar va suhbatlar to'plami.-T.:Turon zamin
ziyo,2014.304b.
2."Jahon adabiyoti",2016 yil,N12,129-b
3.Normatov
U.Yangi
asr
odamlari//"O'zbekiston
adabiyoti
va
san'ati
"gazetasi,2009 -yil 22-son.4-bet
4."O'zbek adiblari"kitobida,1-bet