Авторы

  • Otaboyeva Dilnoza
  • Zaribova Mo'tabar

Биографии авторов

  • Otaboyeva Dilnoza

    Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchisi

  • Zaribova Mo'tabar

    Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99871

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: obraz pafos urush fojealari peyzaj insonparvarlik ijodkor mahorati

Аннотация

Annontatsiya. Ushbu maqola o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos taniqli yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida obrazlarning xarakter-xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, muallif asar orqali insoniylik eng oliy qadriyat ekanligini, hayotda qanday vaziyat bo‘lmasin, halollik va adolatni saqlab qolish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Obrazlar orqali inson hayotida ikki yo‘l borligi-halollik va insofsizlik, ezgulik va yovuzlik orasidagi tanlov muhimligi ramziy ifodalanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

341

O‘TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ASARIDAGI

OBRAZLAR TALQINI

Otaboyeva Dilnoza

Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchisi

Zaribova Moʻtabar

Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi

Annontatsiya. Ushbu maqola o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos taniqli

yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida obrazlarning xarakter-

xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, muallif asar orqali insoniylik eng oliy

qadriyat ekanligini, hayotda qanday vaziyat bo‘lmasin, halollik va adolatni saqlab

qolish mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Obrazlar orqali inson hayotida ikki yo‘l

borligi-halollik va insofsizlik, ezgulik va yovuzlik orasidagi tanlov muhimligi

ramziy ifodalanadi.

Kalit so‘zlar: obraz, pafos, urush fojealari, peyzaj, insonparvarlik, ijodkor

mahorati

XXasrning 60-yillarida adabiyot olamiga kirib kelgan, o‘zbek xalq

yozuvchisi, Respublika Davlat mukofoti sohibi, o‘ziga xos betakror publitsist,

ko‘plab hikoyalar, romanlar, qissalar, dramalar yaratgan qalami oʻtkir ijodkor

O‘tkir Hoshimovdir. Uning “Tushda kechgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Ikki

eshik orasi” romanlari kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan va o‘zbek

adabiyotida eng ko‘p sevib o‘qiladigan kitoblardan desak mubolag‘a boʻlmaydi.

Yozuvchi ijodida bitmas tuganmas durdona asarlaridan biri, butun o‘zbek

xalqiga meros qilib qoldirgan” Ikki eshik orasi ” asari 2-jahon urushi yillarida sodir

bo‘lgan voqealar, yo‘qotishlar, qiyinchiliklar, insonlar taqdiri, umr yo‘llarining

murakkabligi, farzand dog‘ida ado bo‘lgan ota-onalarning qalb jarohatlari,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

342

ko‘ngillariga ozor yetkazganligi romanning asosiy pafosini tashkil qiladi. Asar

badiiy bezagining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan Orif Oqsoqol obrazi o‘zining

insonparvarligi, mahalla-yu jamiyatda qozongan obro‘si, urushning eng og‘ir

damlarida ham har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tib, butun No‘g‘ayqo‘rg‘on

ahlini urush fojealaridan to yangi hayot sari harakat qilishga undagan, qalblarida

umid chiroqlarini so‘ndirmaslikka da'vat qilgan nuroniy, ko‘pni ko‘rgan

donishmand, ziyoli qatlam vakili sifatida gavdalantiriladi. Haqiqiy oʻzbek

ayollarining sabrli va matonatli ekanligi, har qanday vaziyatda ham imonini

yo‘qotmaganligi,

mehridaryoligi,

eng

og‘ir

damlarda

boshiga kelgan

qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘zida kuch topa olganligi ayniqsa Robiya va Qora

amma obrazlarida yoritib berilgan. Yozuvchi insonning husni, istaraliligi faqat

uning tashqi koʻrinishda emas, balki qalbining goʻzalligiga bogʻliq ekanligini

aynan Qora amma obrazida koʻrsatib berdi.Olti farzandini yerga qo‘yib bittagina

yer-u ko‘kka ishonmay katta qilgan,ko‘zining oqu-qorasi o‘g‘li Kimsanni xalqqa

kelgan to‘y sababli el-yurt tinchligi yo‘lida kamarbasta bo‘lsin deb hech narsa

deyolmay yolg‘iz farzandini urushga jo‘natdi. Kimsan so‘ngi nafasi qolguncha

Vatani ozodligi uchun kurashadi.Tajriba oʻtkazish maqsadida asirlarni birin-ketin

muzlagan suv tagiga tushishga majbur qilgan nemislarning safini bittaga

boʻlsayam kamaytirgan Kimsan ham suv tagiga gʻarq boʻlib, mardlarcha halok

boʻladi.Shunday qilib, urushdan qaytib kelmaydi. Ona...Ona bunga ishonmay

oylar, yillar o‘tsada uning kelishidan umidvor bo‘lib, unga a'za ochmaydi. Lekin

yillar o‘tib, tinch va farovon hayot yo‘llarida ona-bola uchrashishadi. “G‘amboda

ona” bekati ularni uchrashtiradi.Yozning issiq kunlarida, oftob nurida yashnab

yotgan gulzorlardagi atirgul gullarining o‘tkir hidi, olovdek tovlanayotgan binafsha

rang gulsapsarlar, o‘z onasini himoya qilayotgan noma’lum askar haykali atrofini

o‘rab olgan edi. Ichidagi mitti “odamchalar” hushtak chalib, g‘ij-g‘ij nafas

olganicha yigit haykali yoniga yugurib borgan Qora amma haykalni quchoqlab:

”Bole-em!


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

343

Onasining go‘riga tushgan bole-e-em!

Jonim bolam!

Onasini dog‘da qoldirib ketgan Kimsani-i-im! “deya unsiz yig‘laydi.

Haykalning kaskali boshidan quchoqlab o‘pa boshladi. Ro‘moli sirg‘alib

tushib, haykalning avtomatiga ilinib qoldi. Oppoq sochlari to‘zg‘ib ketdi. Biroz

vaqt o‘tib Qora amma talmovsirab atrofga qaradi. Ko‘zlarida bolalarcha hayrat bor

edi. [2.507] Noma'lum askarning boshini silab yig‘lab yuborgan Robiya ham

Kimsan akasini uzoq kutgan edi. Axir ular bir-birisini yoqtirib, axti-paymon

qilishgandi. “Bo‘yi yetgan qizning orzusi osmondagi yulduzga o‘xshaydi. Uzoqdan

yaraqlab ko‘rinadi-yu, na yetasan, na tutasan. Yulduz esa olisda sirli-sirli miltirab

turaveradi. Talpinasan, hech kimga bildirmay xayol surasan. Yulduzing yoninga

tushishini orziqib kutasan. Kim bilsin, “Yulduzi yulduziga to‘g‘ri kepti”, degan gap

balki shundan chiqqandir. Mening yulduzim-Kimsan akam” [2.124]

Taqdirim Kimsan akam deya, qiyiqchalar tikkan Robiya etagidan tutib ona

degani, non-tuzini yegani hurmati uchun onasining gapini ikki qilolmay, tog‘asi

Shomurodga turmushga chiqishga majbur bo‘ladi.Ne-ne orzu-umidlarini

yuragining tubiga ko‘madi. “Odamzod farishta bo‘lib tug‘iladi. Ammo bir umr

farishta bo‘lib yasholmaydi. Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o‘zini oppoq

qilib ko‘rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo‘lolmaydi. Yo‘lidan

shunaqangi shaytonlar chiqadiki, gunohga botganini o‘zi ham sezmay

qoladi”.[2.393] Umr so‘qmoqlarini bosib o‘tish insonda matonat va jasorat talab

qiladi. Shunday sinovlar, hayot yo‘llaridagi yengib bo‘lmas to‘siqlardan

o‘tolmagan Ra'no Shomurod akasining urushga ketayotganida zor yig‘lab, u siz

yasholmasligini, nafas ololmasligini aytgani nahotki yolg‘on bo‘lsa? Axir uni

jonidan ortiq ko‘rardi-ku! Uni yo‘ldan ozdirgan shayton esa Umar Zakunchi edi.

Lekin Ra'no ham o‘z nafsini jilovlay olmadi. Xiyonatni bir odam qilmaydi. Albatta

sherigi bo‘ladi.Shomurod u yoqda xotinining nomusini himoya qilsa, qaytib


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

344

kelgandan keyin mina o‘pirib ketgan yelkasini o‘pib, bag‘rida bo‘la turib Ra'no

yana Zakunchi bilan birga erining ko‘ziga cho‘p solganini kechirib bo‘lmasdi.

“Juvongina o‘lgur noinsof! Bolaning uvoli tutgur imonsiz! Eringni birovdan kam

joyi yo‘q edi-ku! Cho‘loq bo‘lsa devor oshib o‘g‘irlik qilib bo‘lmagandir! To‘rt yil

qon kechib keldi-ku! Eri urushda o‘lgan qanchadan-qancha gulday juvonlar yuribdi

sabr qilib. Aqalli bolangni o‘ylasang bo‘lmasmidi, imonfurush” [2.39] Dalada

gʻalla oʻrish mavsumi. Har kuni Shomurod uchun tushlik olib keladigan Raʼno,

oʻsha kuni kelmadi.Koʻngli gʻash tortgan Shomurod Boʻrijar yoqasida avval

Zakunchini keyin Raʼnoni koʻradi. Yong‘oq tagida o‘g‘li Muzaffarni qoldirib,

Zakunchi bilan o‘z jonlarini asrash uchun qochib ketganliklari va kechirib bo‘lmas

gunoh ishlarining badalini esa o‘g‘li Muzaffar o‘z singlisiga ko‘ngil qo‘ygani,

Munavvar bilan baxtli hayot kechira olmagani va undan bir umrga ayrlganligi bilan

to‘laydi. “Bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch-totuv yashasalaring

bo‘lmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar, goh

imon! Axir hammangiz insonsiz-ku.Hammangiz mening bolalarimsiz-ku, men

sizlarning otangizman-ku.Bir-birlaring bilan bilan qirpichoq bo‘laverishlaringni

ko‘rib charchab ketdim-ku! Yetar axir, yetar bolajonlarim! O‘z onangizni-Yer

kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz?! Onangiz shu umidda tug‘ganmidi

sizni?! Shu niyatda ko‘tarib yuribdimi ko‘ksida! ” Quyosh har kuni shunday deb

iltijo qiladi. Ammo odamlar uning hayqirig‘ini eshitmaydi. Bir-biriga chog‘

qaziydi. Bir-birining ko‘ziga cho‘p soladi, xiyonat qiladi. Quyosh har kuni

uyg‘ongan zahoti jilmayib boqadi-yu, unsiz xitob qiladi.[2.605]Asar Muzaffar

hikoyasi bilan boshlanadi va Muzaffarning hikoyalari bilan tugaydi.Asarning nomi

bejizga “Ikki eshik orasi”deb nomlanmagan.Odamzod yuz yil umr koʻradimi, ming

yilmi baribir oʻlgisi kelmaydi. Ming yil yashagan bir sahoba “ essiz essiz, u

eshikdan kirdim-u bu eshikdan chiqib ketyapman” degan ekan. Kimdir bu

eshikdan kirganda “hayot” deb atalmish imoratga bir gʻisht qoʻyib ketishadi,

kimlardir esa bu gʻishtni oʻgʻirlab ketishni oʻylaydi.Lekin bu bilan hech narsa olib


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

345

ketolmasligini tushunmaydi. Asarning barcha voqealari qizgʻin, boricha

tasvirlangan.

Xulosa qilib aytganda, yozuvchining “Ikki eshik orasi” romani insoniylik va

halollik g‘alabasi haqidagi ibratli asar bo‘lib, unda hayotning achchiq haqiqatlari,

mehr va rahm shavqatning qudrati tasvirlangan. Har kim hayotda ikki eshik orasida

turib, o‘z yo‘lini tanlashi kerak - yaxshilik yo‘limi yo oson, ammo insofsiz yo‘l.Bu

tanlov esa insonning butun hayotini belgilaydi.Yozuvchi ushbu asari orqali har bir

o‘quvchini o‘z hayoti, qadriyatlari va jamiyatdagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqishga

undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Boltaboyev H. El sevgan adib. Toshkent: 2011.

2. O‘ Hoshimov. "Ikki eshik orasi". Toshkent: "O‘qituvchi" -2018.

3. O‘. Hoshimov. Sakkizinchi mo‘jiza. Toshkent. 2009.

4. https://akademiklar.uz