https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
158
ISAJON SULTONNING “SHAMOLLI KECHA” HIKOYASINING
BADIIY TAHLILI VA TABIAT TASVIRI
Otaboyeva Dilnoza
Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchisi
Marksova Nafosat
Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi
Annatatsiya. Ushbu maqolada Isajon Sulton asarlaridagi tabiat tasviri,
xususan "Shamolli kecha" hikoyasining badiiy talqini keng yoritildi. Asardagi
tabiat va inson o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik, shuningdek tabiat tasviri masalasi
ilmiy tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar: tabiat tasviri, obrazlar tizimi, motiv, peyzaj, hikoya, o‘zbek
xalq ertaklari stilizatsiyasi.
Аннотация. В данной статье широко освещено описание природы в
творчестве Исаджона Султана, в частности, художественная
интерпретация повести «Ветреная ночь». Также научно проанализирован
вопрос изображения природы.
Ключевые слова: образ природы, система образов, мотив, пейзаж,
сюжет, стилизация узбекских народных сказок.
Annotation. In this article, the description of nature in the works of Isajon
Sultan, in particular, the artistic interpretation of the story "Windy Night" was
widely covered. Also, the issue of the image of nature has been scientifically
analyzed.
Key words: image of nature, system of images, motif, landscape, story,
stylization of Uzbek folk tales.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
159
Mustaqillik davri o‘zbek romanchiligi haqida so‘z borganda, qariyib o‘ttiz
yilga teng vaqt oralig‘idagi badiiy tafakkur namunalari nazarda tutiladi. O‘tgan
davr mobaynida turli mavzu va yo‘nalishdagi yuzlab romanlar dunyo yuzini ko‘rdi.
Istiqlolning dastlabki 10 yilligida tarixiy , ijtimoiy mavzudagi asarlar ko‘p yozildi
. Hozirgi adabiy jarayonda Sh. Xolmirzayev, O.Muxtor, Muhammad Ali,
M.M.Do‘st, Nazar Eshonqul, I.Sulton, L. Bo‘rixon singari ijodkorlarning o‘ziga
xos yo‘sindagi yaratgan asarlari milliy nasr taraqqiyotini ta'minlamoqdi. Bugungi
kunning shunday yorqin ijodkorlaridan biri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi va xizmat
ko‘rsatgan madaniyat xodimi Isajon Sultondir . Uning dastlab romanlari,
keyinchalik yaratgan o‘ziga xos hikoyalari ham e'tirofga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Bir qancha hikoyalari xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi.
Taniqli o‘zbek yozuvchisi va adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam Isajon
Sulton haqida shunday yozgan edi: “... Ulug‘ ijod yo‘li anchagina o‘ziga xos.
Yozuvchi 90-yillarning boshlarida mo‘jazgina kitobchasi – “Oydinbuloq” bilan
ko‘zga tashlanib, adabiy davrlarni o‘ziga bir qaratib olgach hayot deb atalgan
tubsiz va cheksiz teranliklarga sho‘ngib ketgan bo‘yi 2010-yilda qator hikoya va
romanlari bilan u ummondan bosh ko‘targan ijodkordir”.
Ulug‘bek Hamdam ta'kidlaganidek shoirning ijod yo‘li anchagina o‘ziga xos
uslublari bilan boshqa adiblar uslubidan ajralib turadi .Isajon Sultonning xalqaro
tanlovda sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan “Qismat” hikoyasida kenja o‘g‘il
obrazi va baliq timsoli tasvirlangan. Kenja o‘g‘il obrazi o‘zining samimiyligi va
oq ko‘ngilligi bilan kitobxon qalbida joy olishga ulgurgan. Baliq timsoli va
sokinligi har xil rangda tovlanishi bir insonning xarakterini yaqqol ko‘rsatib
bergan.
Isajon Sultonning “Shamolli kecha” hikoyasida tabiat tasviri bilan birga asar
qahramonlarining hayotiy va ruhiy holati qorishiq holda tasvirlanadi. Badiiy
asardagi tabiat tasviri peyzaj (manzara) deb ataladi. Tabiat tasviri
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
160
kompozitsiyaning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, asarning g‘oyaviy-estetik
quvvatini oshiradi. Adabiyotda tabiat va inson o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik
masalalari uzoq o‘tmishdan buyon muhim mavzular sirasida o‘rganilib kelinadi.
Inson yaratilganidan buyon hamisha tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan jamiki
tadqiqotlarning dolzarbligini belgilaydi.[1]. Badiiy asarlardagi beriladigan tabiat
tasviri badiiy asar mohiyatini belgilab beruvchi eng muhim omillardan biri
hisoblanadi. Tabiat tasviri ijodkor badiiy mahoratini namoyon etuvchi muhim
omillardan sanaladi. Chunki manzaralar tasvirida ijodkorning so‘z qo‘llash
mahorati, qalamga olingan mavzu munosabati yuzaga chiqadi.
“... Shamol bu makonlarda to‘satdan qo‘zgaladi. Tog‘ oralarida yetikib,
o‘ngirlar orasidan o‘kirib vahshat solib chiqib keladi. Qishloqning naridan- beri
ohaklangan devorlardagi changlarni uchirib, tomlarning qumlarini sochib, ko‘cha
tuprog‘ini to‘zg‘itib-to‘zg‘itib esaveradi. Makkapoyani ag‘anatib, yumalatib
yuboradi. Dala-dashtdagi yumron inlarini qum bilan ko‘madi. Ovsarroq qushlar
qurgan uylarni tamomila buzib tashlaganida jajji polaponchalari chirqillagancha
yerga qulab tushib, vahshiy hayvonlarga yem bo‘lishadi”.
Yuqorida keltirilgan parchada shamol real voqelik, hamda taqdir shamoli
tarzida namoyon bo‘ladi. Isajon Sulton asarlarida shamol-yozuvchi imkoniyatidagi
tuganmas poetik imkoniyat. Yaratilajak timsollarning tasviridir. Yozuvchi nafaqat
shamol, bo‘ron, to‘fonni o‘rni-o‘rni bilan hashorat-u hayvonotni, parranda-yu
parqu bulutni, kapalaklar, ninachilarni tasvirlaydi.
Yozuvchining mazkur hikoyasida xalq ertaklariga xos (o‘gay ona va o‘gay
bolalar motivi) stilizatsiyasi ko‘zga tashlanadi. Asarni o‘qir ekansiz, shamolli
kechada o‘gay onaning javrashlaridan qochib, buvinikiga yo‘l olgan aka singilning
hissiyotlarini rosmana hiz etasiz. Ular bilan qadam-baqadam to‘qayzordan
qo‘rqinchli tun qo‘ynidan buvining uyigacha yetib borasiz. Yarim yo‘lda orqada
qolib ketgan singil uchun qayg‘urasiz. Buvi bilan qo‘shilib akani so‘kasiz.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
161
Odamzod doim ezgu niyat bilan yashaydi. Hikoya garchand akaning singilni
topgan-topmagani noaniq xulosa bilan yakunlangan bo‘lsada, uning topilishini ich-
ichimizdan istaymiz.
"Yigitcha yana ortiga qarab yo‘lga chiqdi. Kim bilsin... ichidagi shiddatli
qo‘rquvlarni yengib u makonlarda izg‘igani taqdirda ham, toparmikan singlisini?
Bu talato‘p va suron ichra nafis-nihol o‘n bir yashar qizaloq qaysi puchmoqlarda
ekan hozir?..." [5]. Bu parcha orqali bola qo‘rquvni ich-ichidan his qilayotganini
sezish qiyin emas. Bola buvisining uyiga borsa singlisi yo‘q. Buvisi uni urishib
yana orqasiga qaytarib yubordi va singlisini topib kelmaguncha orqaga
qaytmasligini qattiq tayinlaydi. Bola ham qo‘rquv, ham yig‘i aralash yana o‘sha
qo‘rqinchli tun bag‘rida o‘rmonga qaytishga majbur bo‘ladi.
Asardagi o‘gay onaning yonida chaqaloq big‘illashiyu otasining to‘ng‘illashi
ostida qolishni istamay buvisining uyiga yo‘l olgan yigitcha hikoya voqealari
markazida turadi. Akaning singlisiga bildirmayotgan qo‘rquvi tabiat tasviri bilan
uyg‘un holatda aks ettirilgan.
Akasining qo‘rquvidan bexabar Nozik ham doimgiday uning orqasidan
ergashadi. "Bu qizginani Nozik deydilar. Ikki yuzi bo‘g‘riqqan, qo‘lchalariyu
barmoqchalari qadoqli, kaftlari qavargan, lekin qiyiqqa moyil qora ko‘zchalari
kulib-kulib turadigan yoqimtoy qizaloq u. Nozik ismini buvisi qo‘ygan. Onasi uni
Nazokat deb chaqirardi. Xolalari Latofat deydilar. Dugonalari Nozi desalar,
ammalari Go‘zal deydilar... ".
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkunki, yozuvchi peyzaj tasviri orqali o'z ichki
kechinmalarini ba'zi detallar orqali aks ettiradi. Tabiat tasviri, umuman olganda,
badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalana olgan yozuvchi, ijodkor bu orqali o'z
mahoratini ham namoyon qila oladi. Farg‘onaning qator qishloqlari sanalgan ushbu
hikoyada ifoda etilgan kuchli shamol nafaqat tabiat hodisasi , balki ramziy ma'noda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
162
jamiyatdagi turli talato'plar, g‘alayonlar, ruhiy zo'riqishlarning ham timsoli
deyishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. D.Asqarova "Zamonaviy Eron adabiyoti namoyondasi Roziya Tujjor
hikoyalarida peyzaj tasviri."
2 . D.Quranov "Adabiyotshunoslikka kirish" Toshkent:2001-yil.
3 . D.Shodmonova "Yashar kamol asarlarida peyzaj va uning tarjimalarda
aks etilishi"Translation forum 2022.
4 . I.Sulton "Adabiyot nazariyasi" "O'qituvchi" Nashriyot- matbaa.
5 . I.Sultanov " Shamolli kecha".