https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
163
NAZAR ESHONQULNING "MAYMUN YETAKLAGAN ODAM"
HIKOYASINING BADIIY TAHLILI
Otaboyeva Dilnoza
Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchisi
Azatova Sevinchoy Jur’atbek qizi
Urganch Ranch texnalogiya universiteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoylarining o‘ziga xos
xususiyatlari bayon etilgan. Yozuvchining hikoyalarida istiqlol davri nasriga xos
bo‘lgan xususiyatlar, undagi shakliy va mazmuniy yangiliklar, hikoya janridagi
o‘zgarishlar atroflicha tahlil qilindi. Adibning “Maymun yetaklagan odam”
hikoyasidagi voqealiklar rivoji, kompozitsiya usuli, sujeti, ranglar tasviri haqida
atroflicha fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Hikoya, janri, modern adabiyot, ramziy nutq, muallif nuqti,
portret.
Аннотация. В данной статье описаны уникальные особенности
рассказов
Назара
Эшангула.
B
рассказах
писателя
подробно
проанализированы
особенности,
типичные
для
прозы
периода
независимости, формальные и содержательные новации в ней, изменения
жанра рассказа. В рассказе писателя «Человек, ведомый обезьяной»
подробно обсуждалось развитие событий, метод композиции, сюжет,
изображение красок.
Ключевые слова: Рассказ, жанр, современная литература,
символическая речь, авторский взгляд, портрет.
Annotation. This article describes the unique features of Nazar Eshanqul's
stories. In the stories of the writer, the features typical of the prose of the
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
164
independence period, the formal and substantive innovations in it, and the changes
in the genre of the story were thoroughly analyzed. The writer's story "Man led by
a monkey" was thoroughly discussed about the development of events, the method
of composition, the plot, and the image of colors.
Key words: Story, genre, modern literature, symbolic speech, author's
point of view, portrait.
XXI asr o'zbek modernistikasiga katta hissa qo'shgan serqirra
ijodkorlardan biri Nazar Eshonqul hisoblanadi. Yozuvchi o'zbek adabiyotida qissa
va hikoya janrida ijod qilgan, adib sifatida mashhurdir. Uning asarlari ko'pincha
xalq hayotining turli jabhalarini, insonning ichki kurashlarini va jamiyatdagi
ijtimoiy muammolarni tasvirlaydi. Har bir ijodkor adabiyot olamiga qadam qo'yar
ekan so'z san'atining murakkab qirralarini his qiladi. Adabiyotda o'z o'rnini
qoldirishga intiladi. Yozuvchining adabiy falsafiy fikrlari, sirli, majoziy tasvirlari
orqali hammadan ajralib turadi. Adabiyotshunos U.Normatov yozuvchi asarlari
haqida shunday yozadi. "Milliy adabiyotdagi har bir ijobiy hodisaning sababini
tashqi omildan emas avvalo shu milliy zamonning o'zidan real voqelikdan, zamona
ehtiyojlaridan izlamoq darkor. Bu tamoyillar Nazar Eshonqul ijodida yaqqol
namoyon bo'ladi. Muallifning "Maymun yetaklagan odam" va "Muolaja"
asarlaridan tortib "Bevaqt chalingan bong", "Istilo" "Tobut" hikoyalarigacha
barchasi ifoda va talqin yo'sini jihatidan o'zbek adabiyotida yangi hodisa
bo'ladi".[1.6] Yozuvchi Nazar Eshonqulning hikoyalari va qissalarida obrazlar
talqini va ularning qanday hayot kechirganliklari haqida, shu davrning ijtimoiy -
iqtisodiy ahvolini, maqsadlari yo'lida turli to'siqlarga duch kelgani odamlar
taqdirini tasvirlagan. Adibning modern uslubida yozilgan asarlaridan biri
"Maymun yetaklagan odam" hikoyasidir. Ushbu hikoyaning sarlavhasi kishining
onggida asarni óqimasdanoq munozarali bahs uyg'otadi. Modern adabiyotning
oziga xosligi ham shundadir. Yani kitobxonni o'ylashga ichki tahlilga undashidir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
165
Xo'sh nima uchun yozuvchi "Maymun yetaklagan odam" deb sarlavha
tanlagan? Hikoyada odam maymunni yetaklaganmi? Yoki maymun odamni
yetaklayaptimi degan savol har bir o'quvchining xayolida paydo bo'ladi. Asarning
sarlavhasi tuzilishida muhim rol o'ynab, hikoyaning mazmuni o'ziga xos pafosda
namoyon bo'lgan. Asarning bunday nomlanishiga sabab nima? Nima uchun
bunday nomlangan. Xo'sh bunday savollarimizga javobni asarni o'qishimiz
davomida bilib olishimiz mumkin. Asar syujeti sayyor syujeti bo'lib yozuvchi
hikoyani mavjud qoliplar asosida emas mutlaqo yangicha talqin yangicha ruhda,
o'ziga xos salohiyatda yozgan.
Asar shunday tasvir bilan boslanadi, -"Bu voqea uch yillar oldin bo'lgan edi.
Shu ko'chadan bir uyni ijaraga olib ko'chib kelganimda cholning sharti ketib, parti
qolgandi. U ko'chaning muyulishida men egallagan uyga qo'shni hovlida
yashardi.Uni birinchi paytda uyining oldidagi eski o'rindiqda chuqur o'yga tolgan
holda ko'rgan edim..."[2.7]
Parcha uch yil oldin sodir bo'lgan voqeani eslash bilan boshlanadi. Hikoyachi
yangi uyga ko'chib kelganida qo'shni hovlida yashovchi chol haqida so'z yuritadi.
Uning qarilik chog'iga yetib kelgani, hayotning og'ir sinovlarini boshdan
kechirgani hayotdan umidini uzgan, hayot tashvishlari uni ezgilagani qayg'uli
holda eski o'rindiqda chuqur o'yga tolganligi aniq tasvirlangan. Bu detal orqali
cholning hayotida muhim voqealar bo'lganini sezishimiz mumkin ."U qaboqlari
soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar semiz bo'lgan ajinlar taram-taram qilib
tashlangan, ko'rimsiz yuzi badjahl ma'budlarning haykaliga o'xshab ketar, unga
qaragan odamning yuragi noxush bir hisdan orqaga tortar edi. Ko'zlari hissiz va
ifodasiz, egnida ellikinchi yillarning andozasida tikilgan ancha salobat kitel,
baqbaqasi osilib turgan holda o'ychan o'tirardi.[2.7]. Yozuvchi o'quvchilar xayolida
ko'rimsiz bo'lgan, hayotning barcha tashvishlariga qo'l siltagan yuzi badjahl
ma'budlar haykaliga o'xshab ketardi. Qahramonning ko'zlari hissiz va ifodasiz,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
166
demak u ichki bo'shliq va hayotga bo'lgan befarqligini ifodalaydi. Qahramon
hayotdan charchagan o'tmish xotiralari yoki afsuslari og'ushida yashayotgan
insonning portretini gavdalantirishimiz mumkin. Uning o'tmish bilan bog'liq
ehtimol, u oldin kuch -qudratga ega bo'lgan, lekin hozir o'zining zaif va holdan
toygan holatini boshidan kechirgan kishi sifatida gavdalanadi. Nega aynan
yozuvchi asarni Qo'rong'u tasvirlar bilan boshladi, nega yorug'lik emas asarni
o'qiyotgan o'quvchining xayolida notiqlik va ko'plab savollar paydo bo'ladi. Bu
savolga javobni asarni tahlil qilish jarayonida bilib olishimiz mumkin. "Ayvon
uzun bo'lib suratlar chizilgan yillariga qarab ko'rgazmaga qo'yilgandek terib
qo'yilgan to'g'rirog'i, bor - yo'g'i qirqqa yaqin suratlar va eskizlar 1957, 1947, 1937,
1928, 1926, va hokazo tartibda terib qo'yilgan edi. Suratlarni oralab borar ekanman,
qandaydir zinalardan cholning umr tilsimoti yashiringan qo'rg'on tomon ko'tarilib
borayotgandek his etdim o'zimni..."[2.8]. Bu parchada ayvondagi suratlarning
yillar bo'yicha tartib bilan terilganligini ko'rishimiz mumkin. Ayvonning oxirida
1921 yilga oid suratni ko'rdim. Adib shu yildan boshlab rasm chiza boshlagan
degan taxmin paydo bo'ladi. Bu suratda quyuq o'rmondan yigit maymunni yetaklab
chiqayotgani tasvirlangan. Yigitning ko'zlaridagi ishonch va qatiyat uning
qahramon yoki biror g'oya bilan harakat qilayotgan shaxs ekanligini ifoda etadi.
Maymunning bo'yniga kishan solinganligi bo'lib bu erkinlik va qahramonlikning
ramziy ifodasiga o'xshaydi. Suratda sodda, hatto uquvsizdek ko'ringani aytilsa -
da, undagi ranglarning yorqin va tiniqligi suratga jon bag'ishlagan. Cholning
keyingi yillardagi suratlarida yorqin ranglar o'rnini qora ranglar o'rab olgandi.
Go'yoki qahraminning hayotida biror bir jiddiy voqea sodir bo'lganki, u suratlarda
qora rangdan foydalana boshlagan. Rassom o'ttizinchi yillarda ko'plab ma'sul
vazifalarda uzoq yillar xizmat qilgan. Uning xizmatlari el og'ziga yoyilgani, yonib
kuyib mustabid tuzumga qarshi kurashgandi. Hikoyada chol do'stining hayoti
orqali ko'rgan voqealardan so'ng u suratlarida qora rangdan foydalanganligini
kóramiz. Chunki chol hayotda nima yaxshilik-u nima yomonlikini, ya'ni ikkalasini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
167
ham barovar deb bilgan . "Yaxshilik ayni paytda kimlargadir, yomonlik yomonlik
esa ayni paytda kimlargadir, yaxshilik bo'lib tuyuladi mening umrimda anglagan
xulosam shu..."[2.11]. Rassomning suratlari tushunarsiz mavhum va vahimali
biroq ular orqali rassomning ichki olami uning hayoti va do'stining jamiyatdagi
odamlarga qilgan yaxshiliklari aks etgan. Cholning do'sti odamlarni o'ylab qonuni
buzgan. Oxir oqibat uning yaxshiliklarini anglamay qabriga tosh otganliklarini
ko'ramiz. Yangi rahbar kelganda eskisining unutilishi bu tuzumning qanchalar
yozuv ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham chol yaxshilik va
yomonlikni bir xil ko'radi. Keyinchalik asarni hikoya qiluvchi bora-bora cholning
suratlari hamda o'zi bilan ham qiziqmay qoladi. Chunki u Onettining hikoyalarini
tarjima qilayotgan bo'ladi. "Bahor boshlarida hordiq oyidan qaytib uyga kirishim
bilan uy bekasi ko'zida yosh bilan qarshi oldi va uch kun burun cholning qazo
qilganini aytdi. Vujudimga sovuq shilimshiq narsa o'rmalaganday junjikib ketdim
va birdan xayolimga cholning suratlari keldi. "Uy hali qarovsiz dedi menga uy
bekasi, - o'g'lini hech qayerdan topisholmadi, yana qo'lga tushgan bo'lsa kerak..."
[2.12]. Cholning o'limi uni qayg'uga soladi, lekin u xayolida cholning oxirgi
suratni qanday chizganligi haqida o'ylardi. Ertasi kuni u cholning uyiga borib
suratni qidira boshlaydi,uni topib qarasa surat 1921 yilda chizilgan surat bilan
deyarli bir xil amma bu safar maymun cholni qorong'u va ko'rimsiz o'rmon sari
yetaklayotgandi. Eng qizig'i bu safar cholning bo'ynida zanjir yo'q edi. Davr inson
o'zgaradi ammo makon va maymun o'zgarmadi. Fikrimcha chol hayotning
yomonliklariga taslim bo'lgan, o'zini hech kimga keraksiz his qiladigan hayotga
o'zining yoshlikdagi qat'iyatini singdirolmagan chol qiyofasini ko'rishimiz
mumkin.
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki ushbu hikoyada bir inson taqdiri
misolida hayotning murakkab qiyofasi, inson umrining silsilasi haqqoniy tarzda
yoritib berilgan. Bundan tashqari shuni e’tirof etish kerakki, Nazar Eshonqul
hikoyalari tili o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Unda asar qahramonlarining ijobiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
168
yoki salbiy qahramon ekanligi yozuvchi tilidan e’tirof etilmaydi. Aksincha, bu
yumushni o‘quvchining o‘ziga qoldiradi, uni mushohadaga chorlaydi. Umuman
olganda, asarda kimlar ulug‘lanayotgani, qoralanayotgani ko‘pincha bevosita
emas, bavosita ifodalanadi. Majoziy, ko‘chma ma’noli tasvirlar ta’rif-u tavsiflarga
tez-tez murojaat etilib, ularning ustuvorligi ta’minlanadi. Eng muhimi,
tasvirlardagi majozlar ko‘chma ma’noli vositalar qahramonlarning betakror ruhiy
dunyosini yoritishga xizmat qiladi. Hayotiznggizda qiyinchiliklar, to'siqlar
fikrlaringizning o'zgarishiga, ishonchingizning yo'qolishiga sabab bo'lmasin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Normatov. U. Umid baxsh tamoyillari. - T.: Ma'naviyat, 2000. 12-bet
2. Nazar Eshonqul "Maymun yetaklagan odam" Toshkent "Yangi asr avlodi"-
2004.
3. Nazar Eshonqul. Saylanma. Hikoyalar. Toshkent. "Akademnashr" 2022.
4. Sh. Sayfullayeva "Nazar Eshonqulning hikoyalari tahlili" "Maymun
yetaklagan odam" misolida ilmiy maqola.