https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
31
MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALAR YECHISH ORQALI
TURLI KASBLARGA OID MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH
Bekniyozova Viloyat Sattorovna
Olot tuman politexnikumi Matematika fani o‘qituvchisi
Abdiyeva Yulduz Ulug‘bek qizi
Olot tuman politexnikumi Matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab matematika darslarida o‘quvchilarni
masalalar yechish orqali turli kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha fikr mulohazalar
yuritilgan. Uning mazmun mohiyati masalalarning yechimi orqali ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: maktab, kasb, hunar, masala, mantiqiy fikrlash.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИИ О РАЗЛИЧНЫХ
ПРОФЕССИЯХ ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЕ ЗАДАЧ НА УРОКАХ
МАТЕМАТИКИ
Бекниёзова Вилоят Сатторовна
Учитель математики Олотского районного политехнического колледжа
Абдиева Юлдуз Улугбек кизи
Учитель математики Олотского районного политехнического колледжа
Аннотация. В этой статье рассматриваются мысли и идеи о том,
как в уроках математики в школе направлять учащихся к различным
профессиям через решение задач. Суть материала раскрыта через решение
задач.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
32
Ключевые слова. Школа, профессия, ремесло, задача, логическое
мышление.
USING INFORMATION ABOUT VARIOUS PROFESSIONS
THROUGH SOLVING PROBLEMS IN MATHEMATICS LESSONS.
Bekniyozova Viloyat Sattorovna
Mathematics teacher of the Olot District Polytechnic College
Abdiyeva Yulduz Ulug‘bek qizi
Mathematics teacher of the Olot District Polytechnic College
Ta‘lim va barkamol shaxs tarbiyasi bir-biri bilan uzviy bog‘liq jarayondir.
Mazkur jarayonda mantiqiy fikrlash, tasavvur qilish, bilish faoliyatini rivojlantirish
kabi jihatlar muhim ahamiyatga ega. Ta‘lim orqali o‘quvchilarda shaxsiy
dunyoqarash va e‘tiqod shakllanadi. Matematika darslarida pedagogik metodlarni
qo‘llash natijasida o‘quvchi shaxs sifatida shakllanib boradi.
Ushbu ishda masalalar yeshish orqali o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish
masalasini qaraymiz. Dastlab ta‘kidlash joizki, kasbga yo‘naltirishning asosiy
maqsadi - bu umumta‘lim maktablarining o‘quvchi va bitiruvchilarini ongli va
mustaqil ravishda kasb-hunar tanlashga tayyorlash, kelgusi ta‘limning yo‘nalishini
va kasb-hunar egallashning usullarini aniqlashdan iborat [1-10].
O‘quvchiga qulaylik uchun kasb va hunarga ta‘rif beraylik.
Kasb
-
bu yetarlicha bilim, ma‘lumot talab etadigan, jamiyat ehtiyojidan
kelib chiqib shug‘ullanadigan tirikchilik vositasi faoliyatdir.
Hunar - bu eng avvalo zehn, layoqat zamirida hosil bo‘ladigan malaka
asosida shug‘ullanadigan tirikchilik vositasi, faoliyatdir. Matematika darslarida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
33
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish uchun matematik bilim beribgina
qolmasdan bu bilimlarni hayotga tadbiq qilishni chuqur o‘rgatish lozim.
Agar o‘quvchilar har bir fandan, xususan matematika fanidan olgan
bilimlarini hayotga tadbiq etolmasa, amalda ulardan foydalana olmasa, demakki
o‘qituvchining mehnati zoye, o‘quvchining vaqti behudaga sarflangan hisoblanadi.
Kundalik turmushida matematikadan foydalanmaydigan jamiyatimiz a‘zosi
bo‘lmasa kerak. Natural sonlar, o‘nli kasrlar ustida bajariladigan u yoki bu
amallarni o‘rganishni olsak, kundalik turmushda bundan foydalanmaydigan kishini
topish qiyin, yoki umuman mumkin emas [9-25].
Geometriyadan to‘g‘ri chiziq, kesma, aylana, doira, uchburchak,
ko‘pburchak, shar, silindr tushunchalari bilan bog‘liq mavzularni olsak, bu
tushunchalar juda ko‘p kasblarda, kundalik turmushda hamda boshqa fanlarni
o‘rganishda tez-tez qo‘llaniladi.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilarda sanash, hisoblash, o‘lchash,
taqqoslash, tahlil qilish, isbotlash, mantiqiy fikrlash, fazoviy tasavvur qilish kabi
juda ko‘p ko‘nikma va malakalar tarkib topadiki, bularsiz hayotda biror ish qilish
qiyin.
Shuningdek, uzunlik, yuza, hajm, og‘irlik va vaqt birliklarini bilish ham
hayotiy zaruratdir. O‘quvchi oldiga quyidagi savollarni qo‘yish mumkin:
Burchak tushunchasi, ta‘rifi, turlarini bilish bizga nima uchun kerak?
Burchak tushunchasi, ularning chizmalarini bilish qaysi kasblar bilan
shug‘ullanishga imkon yaratadi?
Kundalik turmushda uchraydigan masalalardan namunalar keltiramiz.
1-masala:
Maktabimiz issiqxonasining bo‘yi 45m, eni 18m. Agar 1m
2
yerga
1 tup bodring ekilsa va har bir tupi 3 kg dan bodring solsa, 1 kg bodring 1500
so‘mdan sotilsa, qancha daromad qilinadi?
Javob: Maktab issiqxonasidan 3 645 000 so‘m daromad olingan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
34
Shu masalani yechish jarayonida o‘qituvchi tomonidan dehqon, tadbirkor,
hisobchi, iqtisodchi kabi kasblarga nisbatan qiziqish uyg‘otib, matematikaning
hayotdagi o‘rni yana bir karra ko‘rsatib o‘tiladi.
2-masala:
Bir xil o‘lchamli to‘g‘ri burchakli trapetsiya shaklidagi kafellar
bilan tekislikni to‘liq qoplash mumkinmi?
Javob: Ha bo‘ladi.
Ma‘lumki, devor va boshqa turli sirtlarni bezash uchun uchburchak, kvadrat,
oltiburchak kabi shakldagi kafellardan foydalaniladi.
O‘quvchilarga ana shunday mashqlarni yechishda qog‘ozdan trapetsiyalar
yasab, mashq shartini bajarish o‘rgatilsa, bunday mashqlar o‘quvchilarni
qiziqishini oshirish bilan birga kasb-hunarga yo‘llashga yordam beradi. Bunday
masalalarni ko‘plab keltirish, matematika kursidagi har bir mavzuni hayot bilan
bog‘lash imkonini beradi [1-30].
Matematika darslarida masalalarni yechish orqali turli kasblarga oid
ma’lumotlarni o‘rgatish, o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirilgan bilim va
ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuv
o‘quvchilarga kasb tanlashda yordam beradi va ularning amaliy matematika
bilimlarini mustahkamlaydi.
Kasbiy mazmunli masalalar:
Matematika darslarida kasbiy mazmunli masalalar orqali o‘quvchilarda
kasbga bo‘lgan qiziqishlarni shakllantirish mumkin. Bunday masalalar
o‘quvchilarga turli kasblarning amaliyatini tushunishga yordam beradi va ularning
kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi.
Masalalarni yechish bosqichlari:
Masalalarni yechishda quyidagi bosqichlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
35
1. Masalani tushunish:
Masalada nima berilgan va nima so‘ralayotganini
aniqlash.
2. Reja tuzish:
Masalani yechish uchun qanday yo‘l tutish kerakligini
belgilash.
3. Masalani yechish:
Tuzilgan rejaga muvofiq masalani yechish.
4. Tekshirish:
Javobning to‘g‘riligini tekshirish.
Bu bosqichlar o‘quvchilarga masalalarni tizimli va samarali yechishga
yordam beradi.
Matematika darslarida kasbiy mazmunli masalalarning ahamiyati:
Matematika fanini o‘qitishda kasbiy mazmunli masalalar orqali
o‘quvchilarda kasbga bo‘lgan qiziqishlarni shakllantirish ilmiy-nazariy tavsiyalar
yordamida amalga oshiriladi. Bunday masalalar o‘quvchilarning kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Masalan:
•
Sotuvchi:
Mahsulotning narxi va sotilgan miqdori asosida jami
daromadni hisoblash.
•
Dehqon:
Ekin maydoni, hosildorlik va yig'ilgan hosildorlik miqdori
asosida hosilni hisoblash.
•
Iqtisodchi:
Daromad va xarajatlar asosida foyda yoki zarar miqdorini
aniqlash.
•
Me’mor:
Qurilish maydoni va materiallar narxi asosida qurilish
xarajatlarini hisoblash.
Bunday masalalar o‘quvchilarga turli kasblarning amaliyotini tushunishga
yordam beradi va ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi [14-30].
Matematika darslarida kasbiy mazmunli masalalarni yechish orqali o‘quvchilarda
kasbga bo‘lgan qiziqishlarni shakllantirish va ularning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirish mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Boboyeva M., Qutliyeva Z. (2019). Formation of elementary mathematical
concepts in preschool children.
J. Global Research in Math. Archives
, 6(11),10-12.
2. Boboyeva M.N. Increasing creative activity of students by application of
methods of analysis and synthesis in mathematics lessons. Research Jet Journal of
Analysis and Inventions. 3:05 (2022), p.67-75.
3. Boboyeva M.N. Maktab matematika darslarida misol-masalalar yechish orqali
turli kasblarga oid ma’lumotlarni singdirish. Science and Education 2:8 (2021),
496-504 b.
4. Boboyeva M.N. Differensial hisobning iqtisodda qo‘llanilishini
takomillashtirish istiqbollari. Science and Education 2:8 (2021),476-485 b.
5. Boboyeva M.N. «Matritsalar haqida tushuncha va ular ustida amallar» mavzusini
ayrim interfaol metodlardan foydalanib oʻqitish. Pedagogik mahorat Maxsus son
(2021), 38-42 b.
6. Бобоева М.Н. «Чизиқли тенгламалар системаси» мавзусини ўқитишда
муаммоли таълим технологияси ва «Зинама-зина» методини қўллаш.
Pedagogik akmeologiya. Maxsus son (2022) 67-74 b.
7. G’afurovna X. X. et al. Matematika fanini o ‘qitishda ba’zi ilmiy-izlanish
metodlarining qo‘llashning afzalliklari //Scientific aspects and trends in the field of
scientific research. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С. 109-113.
8. Xayitova X. Tanlash usuli bilan kombinatorika masalalarni yechish metodikasi:
tanlash usuli bilan kombinatorika masalalarni yechish metodikasi //Центр
научных публикаций (buxdu. uz). – 2022. – Т. 25. – №. 25.
9. Xayitova X. Axborotlashgan jamiyat sharoitida ota-onalarning virtual-
pedagogik madaniyatining namoyon bo ‘lish shakllari //Центр научных
публикаций (buxdu. uz). – 2021. – Т. 4. – №. 4.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
37
10. Xayitova X. Средняя школа математики методы обучения проблемам при
обучении решению использовать //Центр научных публикаций (buxdu. uz). –
2021. – Т. 7. – №. 7.
11. Xayitova X. Chiziqli tenglamalarni o’qitishda «aqliy hujum» va «kichik
guruhlarda ishlash» metodlaridan foydalanish //Центр научных публикаций
(buxdu. uz). – 2021. – Т. 8. – №. 8.
12. Xayitova X. yig‘Indilarni hisoblashning bir usuli haqida //Центр научных
публикаций (buxdu. uz). – 2021. – Т. 8. – №. 8.
13. Xayitova X. Функция ҳосиласи тушунчаси ва унинг амалий тадбиқлари
мавзусини ўқитишда «Кичик гуруҳларда ишлаш» мeтoди //Центр научных
публикаций (buxdu. uz). – 2021. – Т. 8. – №. 8.
14. Umarova U.U. Graphic organizer methods in the repetition of the section of
feedback algebra // Scientific progress, 2: 6 (2021), p. 825-831.
15. Umarova U.U. «Brainstorming» and «Sase Study» methods in teaching the
topic «Basic equally powerful formulas of reasoning algebra» // Scientific progress,
2: 6 (2021), p. 818-824.
16. Умарова У.У. «Функциялар системасининг тўлиқлиги ва ёпиқлиги»
мавзусини ўқитишда «Қандай?» иерархик диаграммаси интерфаол методи //
Scientific progress, 2:6 (2021), p. 855-860
17. Умарова У.У. «Мулоҳазалар хисоби» мавзусини ўқитишда интерфаол
методлар // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 867-875
18. Умарова У.У. «Формулалар ва уларнинг нормал шакллари» мавзусини
ўқитишда ўйинли методлар// Scientific progress, 2:6 (2021), p. 810-817.
19. Умарова У.У. Применение триз технологии к теме «Нормальные формы
для формул алгебры высказываний» // Наука, техника и образование. 73:9
(2020), С. 32-35.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
38
20. Умарова У.У. Мулоҳазалар устида мантиқий амаллар мавзусини
ўқитишда «Кичик гуруҳларда ишлаш» мeтoди // Scientific progress, 2:6 (2021),
p. 803-809.
21. Umarova U.U. Interactive methods in teaching the topic of «Accounting for
feedback» // Scientific progress, 2: 6 (2021), p. 867-875.
22. Umarova U.U. «Relationships. Binary Relationships» and «Dominoes»
methods for lectures and practical classes // Scientific progress, 2: 6 (2021), p. 982-
988.
23. Умарова У.У. «Келтириб чиқариш қоидаси» мавзусини ўқитишда график
органайзер методлар // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 876-882
24. Umarova U.U. «Blitz-survey» and «FSMU» technology in a practical lesson
on «Post theorem and its results» // Scientific progress, 2: 6 (2021), p. 861-866.
25. Umarova U.U. Boomerang technology in teaching the topic «Primitive
recursive functions» // Scientific progress, 2: 6 (2021), p. 890-897
26. Umarova U.U. "How?" hierarchical diagram interactive method // Scientific
progress, 2: 6 (2021), p. 855-860
27. Umarova U.U. Technology of using the "step-by-step" method in teaching the
topic "Jegalkin increases" // Scientific progress, 2: 6 (2021), p. 1639-1644.
28. Умарова У.У. «Тўпламлар назарияси» мавзусини ўқитишда «Кластер» ва
«ПАЗЛ» методлари // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 898-904
29. Умарова У.У. «Примитив рекурсив функциялар» мавзусини ўқитишда
«Бумеранг» технологияси // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 890-897
30. Умарова У.У. «Муносабатлар. Бинар муносабатлар» мавзуси бўйича
маъруза ва амалий машғулотлари учун «Ажурли арра» ва «Домино»
методлар // Scientific progress, 2:6 (2021), р. 982-988.