Авторы

  • Tojiyeva Asila Abdimannon qizi

Биография автора

  • Tojiyeva Asila Abdimannon qizi

    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99725

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Kompetensiya ta’lim malaka ko‘nikma kompetensiyaviy yondashuv faoliyat.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasida kompetensiyaviy yondashuvining ahamiyati, soha va tayanch kompetensiyalar haqida so‘z boradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

21

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KOMPETENSIYAVIY

YONDASHUV

Tojiyeva Asila Abdimannon qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-

tarbiyasida kompetensiyaviy yondashuvining ahamiyati, soha va tayanch

kompetensiyalar haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Kompetensiya, ta’lim, malaka, ko‘nikma, kompetensiyaviy

yondashuv, faoliyat.

Kirish

.

Har bir yurtning iqtisodiy qudrati, hayot darajasining beqiyos yuksalib borishi

ilm-fan taraqqiyoti, ta’lim tizimining raqobatbardoshligi bilan baholanadi.

Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida bir qator islohotlar olib

borilmoqda. Sohada olib borilayotgan bu islohotlar ta’lim sifatini yanada oshirish,

ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, yuksak salohiyatli, har tomonlama yetuk,

jismoniy varuhiy barkamol avlodni shakillantirish, malakali kadrlarni tayyorlash,

bugungi davr talablariga javob bera oladigan ta’lim tizimini yaratishni vazifa qilib

belgilab qo‘ydi.

Uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish g‘oyat murakkab jarayondir.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘ini hisoblanadi va ushbu

soha bola shaxsini har tomonlama tarbiyalash, sog‘lom va barkamol avlodni

voyaga yetkazish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda juda muhim ahamiyatga

ega.

Bolalarning har tomonlama rivojlanishida maktabgacha ta’lim asos bo‘lib

xizmat qiladi. Bolani ta’limning keying bosqichlariga muvaffaqiyatli ko‘chishida,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

22

shu bilan birga butun hayoti davomida o‘z o‘rniga mavqeyiga ega bo‘lishda

poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida

ta’limiy faoliyatlar olib boriladi. Ushbu davlat o‘quv dasturi esa kompetensiyaviy

yondashuvga asoslangan. Barcha faoliyat turlari maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida bolalarning kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Kompetentsiyaga asoslangan yondashuv

maktabgacha ta’limda asta-sekin

o‘rin egallaydi. An’anaviy yondashuvdan farqli o‘laroq, ta’limning bunday

yondashuvi ta’lim natijasiga qaratilgan bo‘lib, natija o‘rganilgan ma’lumotlarning

miqdori emas, balki bolaning turli vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatidir.

Kompetensiya ingilizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy

ma’nosi “qobiliyat” degan ma’noni anglatadi. Kompetensiya - o‘z bilm va

malakalarni muntazam boyitib borishni, yangi ma’lumotlarni o‘rganishni,

yaratuvchilik, ixtirochilik va ularni amaliy faoliyat davomida qo‘llashni talab

etadi.

Kompetentli bola- o‘z bilm, malaka va ko‘nikmalarni muayyan bir

vaziyatlarda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishish yo‘lida va

rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal

qilishi mumkin.

Kompetensiyaviy yondashuv – maktabgacha yoshdagi bolalarning

imkoniyatlarini inobatga olgan holda yondashish demakdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy

yondashuv beshta soha kompetensiyasi va tayanch kompetensiyalarni o‘z

ichiga oladi. Beshta soha kompetensiyasiga quydagilar kiradi.

-

“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakillantirish”

sohasi kompetensiyalari;

-

“Ijtimoiy hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

23

-

“Nutq muloqot, o‘qish va yozish malakalari sohasi

kompetensiyalari;

-

“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari;

-

“Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari mavjud.

Tayanch kompetensiyalarga esa quyidagilar:

Komunikativ kompetensiya – turli xil vaziyatlarda muloqotdan o‘rinli

foydalana bilish ko‘nikmasi;

Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va o‘z

tengdoshlari bilan muloqot vaqtida axloq qoidalari va me’yorlariga rioya

qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati.

Shaxsiy (“Men konsepsiyasini qurish”)

Bilish kompetensiyasi – atrof olamni ongli ravishda idrok qilish, anglash

va olingan bilm, malaka va qadriyatlardan faoliyat jarayonida, amaliyotda

qo‘llay olish, vazifalarini hal qilish uchun foydalanishdan iborat.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida kompetentsiyaga yo‘naltirilgan ta’limni

amalga oshirishning psixologik-pedagogik shartlarini

ko‘rib chiqaylik :

- kattalarning bolalar bilan sub’ektga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabati, ya’ni

har bir bolaga faoliyat, sherik, vosita va boshqalarni tanlash imkoniyatini beradigan

vaziyatlarni ta’minlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirishda bolaning shaxsiy

tajribasiga tayanishni ta’minlash;

- pedagogik baholashni bolalar muvaffaqiyatining nisbiy ko‘rsatkichlariga

yo‘naltirish, ya’ni bolaning hozirgi yutuqlarini kechagi yutuqlari bilan taqqoslash,

bolaning o‘zini o‘zi qadrlashini rag‘batlantirish;

- bola rivojlanishining eng muhim omili sifatida o‘yin faoliyatini

shakllantirish;

- bolaning hissiy-qiymatli, ijtimoiy-shaxsiy, kognitiv, estetik rivojlanishiga va

uning individualligini saqlashga yordam beradigan ta’lim muhitini yaratish; ta’lim


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

24

muhiti guruhdagi ijtimoiy muhitni, monitoring usullarini va rivojlanayotgan fan

muhitini o‘z ichiga oladi;

- reproduktiv (tayyor modelni takror ishlab chiqarish) va ishlab chiqarish

faoliyati (sub’ektiv ravishda yangi mahsulot ishlab chiqarish), ya’ni tadqiqot, ijodiy

faoliyat, birgalikdagi va mustaqil, harakatchan va statik faoliyat shakllari

o‘rtasidagi muvozanat;

- oilaning ishtiroki.

Shunday qilib, tarbiyachi o‘z ishida kompetensiyaga asoslangan yondashuvni

qo‘llash orqali, birinchi navbatda, shaxsni rivojlantiradi, bolani ijtimoiylashtiradi,

unda o‘z harakatlarini tartibga solish qobiliyatini va fikrlash qobiliyatini

shakllantiradi, bu esa o‘z navbatida uning zamonaviy hayotning tez-tez o‘zgarib

turadigan sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishi uchun asos bo‘ladi.

Xulosa.

Maktabgacha

yoshdagi

bolalarning

to‘laqonli

rivojlanishida

kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati nihoyatda katta. Shu bilan birga

bolalar rivojlanishida pedagogning pedagogik faoliyatga to‘laqonli kasbiy faoliyati

ham muhim sanaladi. Chunki pedagog o‘z faoliyatidagi mahorati, salohiyati orqali

boladagi bo‘shliqlarni, uning yutuq va kamchilliklarini ko‘ra oladi, zarur vaqtda

bolaga pedagogik yordam beradi. Pedagog yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda

yuqori malakali bo‘lishi talab etiladi. Pedagog ta’lim jarayoni muvaffaqiyatli

tashkil etilishi uchun o‘zi berayotgan ma’lumoti haqida chuqur bilmga ega bo‘lishi,

ularning yosh xususiyatlarini inobatga olishi, bolani ta’lim jarayoniga qiziqtira

olishi, zamonaviy texnologiyalardan maqsadli va o‘rinli tarzda foydalana olishi va

ta’lim sifatiga diqqatini qaratishi kerak.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

25

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. S.I.Mirhayitova “Pedagogik texnologiya”.O‘quv qo‘llanma Toshkent:

2020-y

2. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”-

T; “Ma’naviyat” 2019-yil

3. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika” “Tafakkur sarchashmalari”

T;2013-y

4. P.Yusupova “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” Toshkent “O‘qituvchi”

1993-yil.

5. B.X.Xodjayev. “Umumiy pedagogika” Darslik-T: “Sanostandart”, 2007-yil