https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
381
XULQ-ATVOR VA ODATNI SHAKLLANTIRISH – SHAXSNI
TARBIYALASHNING ASOSIY YO’NALISHI SIFATIDA
Hoshimova Dilfuza Sharibboyevna
Vobkent 1-son Politexnikumi Ishlab chiqarish ta’lim ustasi
“Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va
tarbiyadir”
Shavkat Mirziyoyev
Tarbiya
psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilgan pedagogik
jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o’rganadi. Tarbiya
har qanday jamiyatning muhim vazifasidir.
Tarbiya
-bu shaxsning ijtimoiy, ma`naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga
tayyorlash maqsadida uning ma`naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda
ta`sir ko’rsatish jarayonidir.
Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev: “Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘
istiqboli,
birinchi
navbatda, ta’lim
tizimi va
farzandlarimizga
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq" –deb ta’kidlaganlar.
Tasavvur qiling: ilmli, katta iqtidorlarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi
o’zlashtirgan mutaxassis - ma`naviyatsiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lsa nima qilish
mumkin? U
o’z
manfaatini o’ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi,
chunki-u xudbin. Unda mehr-oqibat, fidoiylik, vatanparvarlik, milliy g`urur yo’q.
U muhtojlarga yordam bermaydi, chunki unda tarbiya shakllanmagan.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish-ma`lumki, odam ongining yuksak
belgilaridan biri - uning o’zini anglashidir. Odamning o’zini anglashi o’z navbatida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
382
shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o’z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi
va shu olamga ta`sir etuvchi sub`ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur
qiladigan narsalari uning uchun ob`yektdir. Ana shu nuqtai-nazardan olganda,
odamning o’zini anglashi sub`ektiv ravishda o’zini
“men”
deb his qilishida
ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo`lganligidan unga o’zligini anglash qobiliyati xosdir.
Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda
odamning o’zini anglash, o’zini «men» deb bilish vujudga keladi va taraqqiy etadi.
Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini
anglashi, o’z huquq va burchini anglashi va nihoyat o’zining fazilat hamda
kamchiliklarini anglashi o’zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta`sir
qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib aytganda, jamiyat ishlab
chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va
o`zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta`sir
qiluvchi kuchli omil inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga
berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya
bo’lib, u kishining individual hayoti davomida ma`lum konkret omillarning ta`siri
ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta
faktorlar ta`sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tug’ilib o’sadigan tashqi
ijtimoiy muhitning ta`siri bo’lsa, ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida
sistemali beriladigan ijtimoiy ta`lim-tarbiyaning ta`siridir va nihoyat, uchinchisi
odamga nasliy yo’l bilan beradigan irsiy omillarning ta`siridir.
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste`dodli olimlar,
muhandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste`dodli
artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo’l bilan berilgan barcha
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
383
imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga
kelganligini dalili bo’la oladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni
boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshli davrlarida shaxs
shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi.
Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi
fanlar shug`ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar
fanlarning umumiy tadqiqot ob`yektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir
tomondan, insonni o’rganishda differentsiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi
tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo’yicha integratsiya holati ko`zga
tashlanmoqda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob`yektiga ekanligini yig`iq
tarzda tasavvur etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o’rganish
maqsadga muvofiq.
Inson-jamiyat-tabiat-turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari
S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, B.G. Ananyev odamning ular
bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi kauzal, strukturaviy, funktsional, fazoviy va
makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta`kiddab o’tganlar.
Birinchidan
inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli
«Homo
Sapiens»
sifatida o’rganiladi.
Ikkinchidan
tarixiy jarayonning ham ob`ekti, ham sub`ekti tariqasida shaxs
tadqiq etiladi.
Uchinchidan
individ muayyan ko’lamda o’zgaruvchan, taraqqiyotning
genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan
tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi tarkibi, bo’lish,
kommunikatsiya va boshqaruv subyekti, tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
384
muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko`p qirrali munosabatga
hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo’lishi mumkin:
-
tabiatning biotik va abiotik omillari - inson;
- jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson;
-
inson - texnika;
-
inson - madaniyat;
XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida talqin
qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o`zgarishlari
yuz berishi mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-
tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyutsiya
bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo’ladi va takomillashuv jarayonida o’z
ifodasini topadi jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning
individual-tipologik xususiyatiga konstitutsion (tana tuzilishi, bioximik
individuallik) holatlar, simmetriya va assimetriya juft retseptorlari, effektorlari
funktsiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va
molekular tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va
mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik ehtiyojlar tuzilishini
aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning
integratsiyasi temperamentida va tug’ma mayllarda ifodalanilishini ta`kidlab o’tish
joiz. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evolyutsiyadan iborat
bo’lib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh va individual
o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta`siri ostida har xil
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025
385
ko’rinishda namoyon bo’ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning
ijtimoiy sifatlari ta`sir etib, uning individual o’zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik
xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy,
mafkuraviy, ya`ni uning jamiyatda egallagan o’rni) orqali ifodalanadi. Status
negizida doimiy o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funktsiyasi
muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo’nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status,
rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va
uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi. Shaxsning ta`rifi xulq motivatsiyasi
xususiyati va ijtimoiy fe`l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi
alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining
o’zaro ta`sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari
yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl-uning
jamiyatdagi hayot yo’li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Шавкат МИРЗИЁЕВ “ЭРКИН ВА ФАРОВОН, ДЕМОКРАТИК
ЎЗБЕКИСТОН
ДАВЛАТИНИ
БИРГАЛИКДА
БАРПО
ЭТАМИЗ”
ТОШКЕНТ - «ЎЗБЕКИСТОН» - 2016
2.Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimini rivojlantirish
masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. 28 Yanvar 2022
3. Gafarov A. Z., Yugay A. X. Pedagogik amaliyot. Toshkent, 2002.