Annotatsiya: Aholi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishi juda xavfli bo‘lib, vaqtida zarur chora tadbirlar ko'rilmasa epidemiyaga aylanishi mumkin. Shuning uchun yuqumli kasalliklar tarqalgudek bo‘lsa, uni yoppasiga hisobga olib va bu ma’lumotlarni tezda yuqori tibbiyot muassasalari rahbarlariga yetkazish zarur. Bu esa o‘sha yuqumli kasallik o'choqlarini shoshilinch tugatish uchun maxsus chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi.