Авторы

  • Sagdullayeva Nilufar Mamirjanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99763

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruv kuzatuv kengashi ishtirok hamkorlik. Key words: preschool education organization management supervisory board participation cooperation.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotida va boshqaruvida ota-onalar ishtirokining o’rni va ahamiyati tahlil etilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kuzatuv kengashlarini tashkil etishning mohiyati va huquqiy asoslari, shu bilan birgalikda ota-onalar ishtirokining boshqa shakllari tadqiq etilib, mazkur masalada taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Annotation: This article analyzes the role and importance of parents' participation in the life and management of a preschool educational organization. The nature and legal basis of the organization of monitoring councils in the preschool education organization, as well as other forms of parental participation, were studied, and proposals and recommendations were developed in this regard.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

201

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA

OTA-ONALARNING ISHTIROKI

Sagdullayeva Nilufar Mamirjanovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotida va

boshqaruvida ota-onalar ishtirokining o’rni va ahamiyati tahlil etilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida kuzatuv kengashlarini tashkil etishning mohiyati

va huquqiy asoslari, shu bilan birgalikda ota-onalar ishtirokining boshqa shakllari

tadqiq etilib, mazkur masalada taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim tashkiloti, boshqaruv, kuzatuv kengashi,

ishtirok, hamkorlik.

Annotation: This article analyzes the role and importance of parents'

participation in the life and management of a preschool educational organization.

The nature and legal basis of the organization of monitoring councils in the

preschool education organization, as well as other forms of parental participation,

were studied, and proposals and recommendations were developed in this regard.

Key words: preschool education organization, management, supervisory

board, participation, cooperation.

Hozirgi vaqtda bolani tarbiyalashning samaradorligi ko'p jihatdan

maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilaning o'zaro hamkorligiga bog'liq. Bolalar

ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan ishlash tizimi ularning ushbu tashkilotini

boshqarishda faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari

huquqiy jihatdan bolalar bog'chasining jamoasi hisoblanmasa-da, lekin ular o'z

farzandlari uchun uning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishidan manfaatdor. Ular

muayyan ma’noda ijtimoiy buyurtmachilar hisoblanishadi, shuning uchun ular


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

202

maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga ta'sir qilish va unda ishtirok etish

imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida (51-modda)

ota-onalar ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotni boshqarishda ushbu

tashkilot ustavida belgilangan shaklda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi

belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya

to‘g‘risida”gi

Qonunining 38-moddasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining

kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish huquqiga ega ekanliklari qayd

etilgan.

Bugungi kunda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida kuzatuv kengashlarini tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim

sifatini oshirish, bolalar bog‘chasida bolalar xavfsizligi va yashash sharoitlarini

yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni hal etishga faol ta’sir ko‘rsatishning noyob

imkoniyatiga ega. Aynan ota-onalarning kuzatuv kengashi faoliyatidagi ishtiroki

ularga maktabgacha ta'lim tashkilotini kollegial boshqarish jarayoniga jalb qilish

imkonini beradi.

Kuzatuv kengashi davlat va jamiyat boshqaruvining yangi organi bo‘lib,

maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy

bazaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng ta’lim tashkilotida uning

boshqaruvini tashkil etadi. Kuzatuv kengashining o‘ziga xos xususiyati shundaki,

u ota-onalar va homiylik kengashiga nisbatan kattaroq vakolatlarga ega va uning

qarorlari maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati a’zolari uchun majburiydir. Bu

maktabgacha ta'lim tashkilotining nizomida belgilangan vakolatlarga ega bo'lgan

o'zini o'zi boshqarishning kollegial organi bo’lib hisoblanadi.

Ta'limini davlat va jamiyat tomonidan boshqarish - bu o'zaro ta'sir qiluvchi

ikkita tarkibiy qism, ikkita tamoyil, ikkita turdagi subyektlar, ya'ni davlat

(maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki ta'lim organi vakillari) va jamiyat (ota-onalar,

bolalar va mahalliy faollar vakillari) mavjud bo'lgan boshqaruv shakli.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

203

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot

direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida

takliflar kiritish;

- tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish

yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va

xarajatlar, byudjet mablag‘laridan, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa

mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;

- tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar

narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi

miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining

ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;

- tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy

so‘rovlar o‘tkazish;

- tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda

ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan

hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

- tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha

taʼlim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga

takliflar kiritish;

- tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga

takliflar berish.

Boshqaruvda ishtirok eta oladigan g'amxo'r ota-onalarni qanday jalb qilish

kerakligi to’g’risidagi masala mavjud. Chunki, aksariyat ota-onalar ish bilan

bandligi sababli bog'chadan uzoqlashadilar, ehtimol ular bog'cha hayotida ishtirok

etishlari mumkin, ammo ular buni qanday qilishni bilishmaydi. Ota-onalar

ko'pincha davlat boshqaruvi organlarining maqsadlari, vazifalari va vakolatlari

haqida yetarli darajada ma'lumotga ega bo’lmaydilar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

204

Davlat va jamiyat boshqaruvini rivojlantirishning eng muhim muammosi -

pedagoglar va ota-onalar o'rtasidagi ishonchga asoslangan munosabatlarini

o’rnatish zaruratidir. Kollegial boshqaruv organi faoliyatidan muhim va kutilgan

samara bu ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarining “hamkorligi, salohiyati va

barcha resurslaridan foydalanish”ni tashkil etishdir.

Mavjud muammolarni bartaraf etish va ota-onalarni maktabgacha ta'lim

tashkilotini boshqarishda faol ishtirok etishga undash uchun quyidagi o'zaro

hamkorlik tamoyillariga rioya qilish kerak:

pedagoglar va ota-onalar o'rtasidagi do'stona muloqot uslubi;

o'zaro yordam va qo'llab-quvvatlash muhitini yaratish;

ota-onalar bilan ishlashga individual yondashuv;

muloqotni murabbiylik emas, balki hamkorlik shaklida qurish.

Oilalar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini yaqinlashtirish jarayonining

barcha ishtirokchilari uchun asosiy vazifasi turli xil shakllar va yoshdagi

auditoriyalarda ota-onalarning keng ko'lamli ta'limi bo'lishi kerak. Jamiyat va

davlatning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan kelajakdagi va amaldagi ota-onalar

o'zlarining psixologik, pedagogik, huquqiy bilimlarini to'ldirish, tajriba, ma'lumot

almashish, ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro munosabatlarning yo'llari va usullari

to'g'risida bilish imkoniyatiga ega bo'lishlari uchun sharoit yaratish kerak.

Ota-onalarni tarbiyalashga, bolalar bog'chasi hayoti to'g'risida bilimlarini

oshirishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish kerak. Ota-onalar timsolida hamkorlarni

ko'rish muhimdir.

Boshqaruv organlari a’zolari uchun o‘z atrofida maslahatlashuvlar o‘tkazish,

kuzatuv kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlash uchun ma’lumot to‘plash, tashkiliy

yordam ko‘rsatish uchun faol ota-onalar guruhini shakllantirish muhim ahamiyatga

ega.

Ta'lim

tarbiya

jarayonini

boshqarishda

jamoatchilik

ishtirokini

rivojlantirishning eng muhim natijasi ota-onalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti

hayotiga jalb qilishdir. Ota-onalarni maktabgacha ta’lim tashkiloti hayotiga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-1_ Февраль-2025

205

ishtirok etishga jalb qilish bu ota-onalarni uning faoliyatida faolroq ishtirok etishga

undaydiga o’zaro hissiy aloqalaridir. Ota-onalarning ishtiroki qanchalik yuqori

bo'lsa, ular maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarishda shunchalik faol ishtirok

etadilar.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yildagi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya

to‘g‘risida»gi O‘RQ-595-son Qonuni
2.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yildagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-

637-son Qonuni
3.

Tasheva

N.

S.

MAKTABGACHA

TA'LIM

TASHKILOTINI

BOSHQARISHDA OTA-ONALARNING ISHTIROKI //Results of National
Scientific Research International Journal. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 177-182.
4.

Tasheva N. S. BOLANING IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA OILA

INSTITUTINING AHAMIYATI //Analysis of world scientific views International
Scientific Journal. – 2023. – Т. 1. – №. 8. – С. 110-117.
5.

O‛zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun Ilk qadam

Davlat o‛quv dasturi Toshkent 2022 yil
6.

O‛zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 239 sonli

buyrug’i Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy
nizomini tasdiqlash to’g’risida. 2018 yil
7.

A. Muxsieva. Oila pedagogikasi. Toshkent. 2016 yil.

8.

Лунгу,

Н.Е.

Взаимодействие

дошкольной

образовательной

организации и семьи: философия, педагогика, практика / Н.Е. Лунгу //
Детский сад от А до Я. – 2019.
9.

Salimovna T. N. The Role of the Family in the Upbringing of Preschool

Children //JournalNX. – Т. 7. – №. 12. – С. 323-326.
10.

Ташева

Н.

С.

ФОРМИРОВАНИЕ

У

ДОШКОЛЬНИКОВ

ПОЗНАВАТЕЛЬНОГО

ИНТЕРЕСА

ЧЕРЕЗ

ДВИГАТЕЛЬНУЮ

АКТИВНОСТЬ //Proceedings of International Conference on Modern Science and
Scientific Studies. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 296-300.
11.

Salimovna

T.

N.

SHAXSIY

XAVFSIZLIK

MADANIYATINI

TARBIYALASH–MADANIYATNING MUHIM TARKIBIY QISMI VA
SHAXSNING

SHAKLLANISHIDAGI

MUHIM

SOHASIDIR

//TADQIQOTLAR. UZ. – 2024. – Т. 32. – №. 1. – С. 188-191.