Авторы

  • Xurramov Shavkat Abdulazizovich

Биография автора

  • Xurramov Shavkat Abdulazizovich

    Boysun tuman 3-son politexnikumi maxsus fan oʼqituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99806

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: bank tizimi hisob stavkasi pul- kredit siyosati global iqtisodiy inqiroz markaziy bank.

Аннотация

Annotatsiya: Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Maqolada bank tizimi va markaziy bankning pul kredit siyosati yoritilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

43

BANK TIZIMI VA MARKAZIY BANKNING PUL KREDIT

SIYOSATI

Xurramov Shavkat Abdulazizovich

Boysun tuman 3-son politexnikumi maxsus fan oʼqituvchisi.

Annotatsiya: Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar

barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Maqolada bank tizimi

va markaziy bankning pul kredit siyosati yoritilgan.

Kalit so’zlar: bank tizimi, hisob stavkasi, pul- kredit siyosati, global iqtisodiy

inqiroz, markaziy bank.

Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston

Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu - narxlar barqarorligi,

inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Hozirda koʻpchilik tomonidan

umumiy qabul qilingan nuqtai nazar: narxlar barqarorligi, iqtisodiy oʻsish va

bandlikni ta’minlash uchun zaruriy shartsharoitni ta’minlashdir. Agar mamlakatda

yuqori inflyatsiya uzoq muddat davr davom etishi iqtisodiyot uchun salbiy

oqibatlarga olib keladi. Аyni vаqtdа vаlyutа bоzоrini libеrаllаshtirish bоrаsidаgi

islоhоtlаrning muvаfаqqiyatli tugаllаnishi ko’p jihаtdаn pul-krеdit siyosаtini

tаkоmillаshtirish, tijоrаt bаnklаri fаоliyatini mustаhkаmlаsh hаmdа bаnk tizimini

rivоjlаntirish chоrаlаri sаmаrаdоrligi bilаn chаmbаrchаs bоg’liq. Hozirgi vaqtga

kelib davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda davlat

moliyasining ahamiyati yanada yuksaldi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarini

ta'minlash, xalqning moddiy va ma'naviy jihatdan farovon turmush tarziga ega

bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar barpo qilish, davlat organlarini mablag'

tomonlama ta'minotini qoplash, davlatni idora qilish singari sohalarda yetakchi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

44

vosita sifatida o'rin egalladi. Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim

vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta

moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan

ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini

ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib

borishga harakat qiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri —

bu, majburiy bank zaxira me'yorini o'zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar —

bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.

Ular mijozlar tomonidan o'z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo'ladi. Zaxira

normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish

uchun sharoit yaratadi emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari

Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo'lgan zaxiralarning eng quyi normasini

o'rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta'sir

etadi. Bu me'yor qanchalik yuqori bo'lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va

tijorat banklarining kredit berish yo'li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past

bo'ladi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas.

Aksincha ko'pincha bir necha vosita birdaniga qo'llanilishi, ya'ni kompleks siyosat

o'tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab

chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat

Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko'rib chiqqan vositalar yordamida

oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o'sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu

esa investitsiyalarga bo'lgan talabni oshiradi va o'z navbatida, YaIM miqdorining

ko'payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma'lum davrda o'z maqsadiga erishadi,

ishlab chiqarishning orqaga ketishi to'xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning

daromadlari esa oshadi. Pul-kredit siyosatining oqibati to'g'risida gapirganda, bu

siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda

qiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM

miqdori o'sishini rag'batlantirgan hamda ma'lum darajada samaradorlikka erishgan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

45

bo'lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.

Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta'sir etishi

jarayonlarini o'rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil

yondashuvchi iqtisodchilar o'rtasida ko'p yillardan beri tortishuvlar bo'lib

kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi

tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal

YaIM ga ta'sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta'sirning ahamiyatiga xar xil baxo

beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga

asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim.

Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb

xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar. Iqtisodiyotni

samarali rivojlantirish uchun zarur shartsharoitlardan biri, Markaziy bankning

biznes faoliyatini barqarorlashtirish, tijorat banklarining faoliyatini nazorat

qilishga, pul muomalasini barqarorlashtirishga imkon beradigan pul siyosatining

aniq mexanizmini shakllantirishdir. Pul-kredit siyosati - bu mamlakat

iqtisodiyotiga ko'pchilik, biznes tizimining subyektsiyasini buzmaydigan darajada

ta'sir ko'rsatishi uchun juda samarali vositadir. Garchi ularning iqtisodiy

erkinliklari doirasini cheklash (bu holda iqtisodiy faoliyatning har qanday tartibga

solish imkonsiz, ammo ushbu fanlar tomonidan qabul qilingan asosiy qarorlar faqat

bilvosita ta'sir qiladi. Pul-kredit siyosati deganda, to'liq bandlik sharoitida yalpi

milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta'sirini kamaytirish yoki

bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o'zgartirishga qaratilgan

chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni

Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda

iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.

Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari

(foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to'g'ridan to'g'ri boshqarish orqali olib boriladi.

Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit ko'rinishidagi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

46

pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmini ham

nazoratda tutadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy

institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zahira talablari, ochiq

bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning

hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali

iqtisodiyotdagi pul massasiga ta'sir etadi. Bulardan tashqari, Markaziy bank

foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining o'sishiga, kreditlash va

qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim bo'lganda foiz stavkalarini oshirishga yoki

aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng

kam zahiralarning bo'lishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati pul-krediti

siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Pul-kredit siyosati haqida

gapirganda, albatta uning ob'yektlari va sub'yektlarini qatordan tushirib qolmaslik

lozim. Negaki, pul-kredit siyosatining ob'yekt va sub'yektlari qaysidir ma'noda

uning «tana a'zolari» hisoblanadi. Bugungi kunda jamiyatning iqtisodiy jihatdan

yuksalib borayotganligi valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning

muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko'pgina jihatdan pul-kredit siyosatini

yuksaltirish, tijorat banklari faoliyatini yanada mustahkam qilish va albatta, bank

tizimini ham rivojlantirish sohasidagi choralarning naqadar samaradorli ekanligiga

chambarchas bog'liqdir. Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib, muhtaram

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bir necha qaror va farmonga buyruq berdilar.

Xususan, «Valyuta bozorini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi

choratadbirlar to'g'risida»gi Farmonlarining e'lon qilinganiga u qadar ko'p vaqt

bo'lmay, davlatimiz rahbarining «Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari qavul qilindi. Hamda pul-kredit siyosatini 2017-

2021-yillar davomida rivojlantirish va inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-

bosqich o'tish bo'yicha ham chora-tadbirlar Kompleksi o'z tasdig'iga ega bo'ldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

47

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Markaziy

banki to'g'risida Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi: No 03/19/582/4014.

2. Мишкин, Ф.С. (2013). Экономическая теория денег, банковского дела

и финансовйх рйнков. Пер. с англ. (п.485). Мосcоw: OOO «I.D. Williams».

3. Taylor, J. (1993). The Robustness and Efficiency of Monetary Policy Rules

as Guidelines for InterestRate Setting by European Central Bank. Journal of

Monetary Economics, Vol.