Авторы

  • Rajabova Dilshoda Ziyodullo qizi
  • Haydarova Mahliyo Hazratovna
  • Igamberdiyeva Kamola Ochilovna

Биографии авторов

  • Rajabova Dilshoda Ziyodullo qizi

    Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

    Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 4-kurs talabasi

  • Haydarova Mahliyo Hazratovna

    Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

    Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 4-kurs talabasi

  • Igamberdiyeva Kamola Ochilovna

    Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

    Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 4-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99812

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya sport ommaviy sport sog‘lom turmush tarzi jismoniy tarbiya me’yorlari

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo‘lgan maktab oʻquvchilarini ommaviy sportga qiziqtirish masalalari, shuningdek bugungi kundagi maktab oʻquvchilarining jismoniy faolligi va rivojlanishi pastligi muammo sifatida oʻrganilgan va tahlil qilingan. 


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

15

O'QUVCHI YOSHLAR O'RTASIDA SOG'LOM TURMUSH

TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK

ASOSLARI.

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti

Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 4-kurs talabalari

Rajabova Dilshoda Ziyodullo qizi

Haydarova Mahliyo Hazratovna

Igamberdiyeva Kamola Ochilovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri

bo‘lgan maktab oʻquvchilarini ommaviy sportga qiziqtirish masalalari,

shuningdek bugungi kundagi maktab oʻquvchilarining jismoniy faolligi va

rivojlanishi pastligi muammo sifatida oʻrganilgan va tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sport, ommaviy sport, sog‘lom turmush tarzi,

jismoniy tarbiya me’yorlari

Bugungi kunda oʻquvchi-yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

deganda har bir o‘quvchining kundalik hayotda salomatlik uchun foydali bo‘lgan

odatlarga o‘rgatish, zararli odatlardan tiyilishiga erishish, foydali va xavfsiz

turmush kechirish uchun zarur bilimlar bilan ta’minlash, oxir-oqibatda

o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bunday bilimlarini uning kundalik odatiga

aylantirishga erishishni tushunmoq kerak, Har bir o‘quvchi tomonidan sog‘lom

turmush tarzining turli xil elementlarini shoshilmasdan, bosqichma-bosqich o‘zi

kundalik hayotiga kirita borishi, ularning sonini kun sayin oshirib borishi, turli-

tuman va ko‘p sonli sog‘lom yashash odatlaridan o‘zi uchun eng qulay,

salomatligiga mos shakllarini tanlay bilishi - sog‘lom turmush tarzini

shakllantirishning asosini tashkil qiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

16

keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi sababli so‘z faqat jismoniy salomatlikni

mustahkamlash va kasalliklarning oldini olish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni

paytda o‘quvchining shaxsiy sifatlarini oshirishga, o‘z salomatligi uchun

qayg‘urishiga, irodali bo‘lishga salomatligini oliy qadriyat sifatida qadrlay bilish

hissini uyg‘otishga ham qaratilishi lozim.

Olimlar sog‘lom turmush tarzi sohasida o‘tkazgan tadqiqotlarni

umumlashtirib, o‘quvchi-yoshlarning salomatligi va sog‘lom turmush tarzini

shakllantirishning tibbiy jihatlarini shaxsiy gigiyena, jamoa salomatligini

muhofaza qilish, tashqi muhitni muhofaza qilish kabi uchta tizimga ajratadilar.

Salomatlik o‘quvchi-yoshlar tomonidan egallangan bosh ijtimoiy boylikdir.

Bu esa davlat tashkilotlari tomonidan, o‘quvchi yoshlar salomatligini yaratib,

dolzarb muammolardan biri sifatida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga olib

keladi. Oʻquvchilar hayotda oʻz oʻrinlarini endi topayotgan va rivojlanayotgan bir

paytda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Chunki, yoshlik davrida orttirgan malakava ko‘nikmalar butun umrga asos boʻlib

xizmat qiladi.

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oʻquvchi-yoshlarda turli xil

kasalliklarning kelib chiqishi va avj olishiga sabab bo‘ladigan xavfli omillarni

chetlab o‘tish va yengishga qaratilgan ijtimoiy va shaxsiy faolligi, amaliy harakat

shakli, usuli va turlari majmuasidan iborat bir qator chora-tadbirlar tizimidan iborat

bo‘lib, uning tub maqsadi aholining o‘rtacha umr ko‘rish muddatini uzaytirishga,

o‘quvchilarning mamlakat ishlab chiqarish jarayonida faol va samarali ishtirokini,

yagona ezgu maqsad - yurtimizning gullab-yashnashi, xalq farovonligi, uning

milliy daromadini o‘stirishga hissa qo‘shishini ta’minlashga qaratilgandir.

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish deganda avvalo kasallikning birlamchi

profilaktikasini tushunishimiz kerak. Salomatlik bu inson hayotida, ayniqsa,

yoshlik chog‘larida eng muhim ahamiyatga ega.Insonning salomatligi uning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

17

kasbiy qobiliyatiga, ijodiy oʻsishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Salomatlik inson

omilining tabiiy asoslariga ta’sir etishini qayd etish muhim ahamiyat kasb

etadi.Sog‘lom inson, salomatligi yomon insonga nisbatan og‘irroq ishni bajarish

va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Jamiyatning zamonaviy tarbiya konsepsiyasi inson shaxsini, ya’ni yetuk

qo‘yilgan maqsadga erkin va o‘z kuchi bilan erisha oladigan yoshlarni

shakllantirishga asoslangandir. Bu bir tomondan, shaxsning har tomonlama

rivojlanishini, ikkinchi tomondan, uning butun rivojlanishi jarayonida ham ruhiy,

ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom o‘sishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Inson hayoti va sog‘ligi eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu esa oila, va inson

tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar oldiga sog‘lom turmush tarzini

shakllantirish masalasini qo‘yadi. Millat sog‘ligi tabiiy ravishda, sog‘lom turmush

tarzi orqali ham hal etiladi.Inson hayoti tarzi tabiati bilan uyg‘unlikda kechadi.

Insonlar tomonidan sodir etilgan salbiy xatti-harakatlar natijasida tabiat

muvozanati ham buzilishi mumkin.

Buning oqibatida ushbu xatti - harakatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Darhaqiqat, tabiat, shuningdek, atrof-muhit musaffoligiga erishish

kishilar o‘rtasida keng yoyiladigan va inson salomatligiga jiddiy xavf soladigan

kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.Yuqumli kasalliklarning kelib

chiqishida asosiy manba bo‘luvchi omillar bu issiq va sovuq havo, ochlik, ruhiy

istirob, buzilgan taomni iste’mol qilish, tozalik va atrof-muhit ozodaligiga rioya

qilmaslik, turli zararli kemiruvchi va hashoratlarning ko‘payishi kabilar havoning

ifloslanishiga misol bo‘ladi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish turli xil yo‘nalishlarda olib borilishi

kerak. Bu, bir tomondan, yoshlarga sog‘lom turmushga oid ma’lum bir tibbiy

bilimlarni berishga, ularga sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qanday ta’sir

etish tasavvurlarning uyg‘onishiga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ta’lim -


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

18

tarbiyada qoidalariga amal qilish, o‘zini va yon atrofidagilarni sog‘lig‘ini saqlashni

kundalik odatga aylantirish ko‘nikmalarini shakllantirishga bog‘liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Jamiyat Salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot

institute Namangan viloyat hududiy bo‘linmasi Valeologiya va sog‘lom turmush

tarzini shakllantirish bo‘limi. www.shifokorvahayot.uz. -2021

2.

Dinimizda sog‘lom turmush tarziga e’tibor Fevral 23, 2021 26.02.2021 y.

3.

Белоножкина, О.В. Спортивно-оздоровительные мероприятия в

школе О.В. Белоножкина. - М.: Учитель, 2007.

4.

Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O‘quvchilarni tarbiyashda

ijtimoiy fanlarni o‘qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION

SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.

5.

Khaydarov S,A. (2023). Using technologies in teaching social sciences.

GALAXY

INTERNATIONAL

INTERDISCIPLINARY

RESEARCH

JOURNAL

(GIIRJ), (pp. 305-309). 11(9).

6.

Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda oʼqituvchi oʼzida kompetentlik

sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования:

проблема и решение, 1(1), 64-67. https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-

moderneducation/article/view/24652

7.

Ҳайдаров,

С.

А. (2023).

ТАРИХ

ДАРСЛАРИДА

САНЪАТ

АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental

renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.