Авторы

  • Begimov Alisher Boboxonovich

Биография автора

  • Begimov Alisher Boboxonovich

     Boysun tuman 3-son politexnikumi maxsus fan oʼqituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99867

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: xususiy tadbirkorlik kichik biznes kapital taqchillik strategik vazifa xususiy biznes korxona korxonalar milliy iqtisodiyot.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʼzbekiston respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi, ragʼbatlantirilishi va iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining rolini oshirish haqida so‘z yurutilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

366

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY

TADBIRKORLIKNING YANADA ERKINLASHTIRILISHI VA

RAGʼBATLANTIRILISHI

Begimov Alisher Boboxonovich

Boysun tuman 3-son politexnikumi maxsus fan oʼqituvchisi.

Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʼzbekiston respublikasida kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi, ragʼbatlantirilishi va

iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining

rolini oshirish haqida so‘z yurutilgan.

Kalit so’zlar: xususiy tadbirkorlik, kichik biznes, kapital taqchillik, strategik

vazifa, xususiy biznes, korxona, korxonalar, milliy iqtisodiyot.

KIRISH

Aholini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning turli shakllari bo’yicha

daromad olishlari mumkin. Masalan, tadbirkorlik mulk shakllariga ko’ra davlat,

nodavlat, shu jumladan, xususiy, aralash shakllarda namoyon bo’ladi. Nodavlat

shakllariga xususiy - yakka va xususiy - jamoa tadbirkorligi kiradi. O’z navbatida

xususiy - yakka tadbirkorlik subyektining o’z mexnatiga va yollanma mehnatga

asoslangan bo’ladi. Xususiy - jamoa tadbirkorlikka sheriklik, paychilik jamoalari,

aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Aralash tadbirkorlik qo’shma, aralash va ijara

korxonalari shaklida namoyon bo’ladi.

Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko‘p mablag‘ talab etmaydigan

xo'jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atlarini ta’minlaydi,

iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi

sharoitida iste’mol bozorini shakllantirish va uni to'ldirish muammosini tez hamda

tejamli tarzda hal etadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

367

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kichik korxonalar iste’mol talabining o‘zgarishiga darhol moslashadi va shu

yo‘l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta’minlaydi. Kichik biznes

yangi ish o‘rinlarini yaratishi bilan ishsizlik muammosini hal etishda muhim rol

o‘ynaydi. Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini

jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan bandlik va

aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o‘rin tutmoqda.

Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan

shug‘ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani sohaning izchil

rivojlanayotganligidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari tomonidan “Kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik yili” bo'yicha qabul qilingan davlat dasturida

quyidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarga alohida e ’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib

o’tildi.

Birinchi- navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining

huquq va manfaatlarini himoya qilish, ushbu soha rivoji uchun yanada keng yo‘l

ochib berish

maqsadida mavjud normativhuquqiy bazani tanqidiy nuqtai nazardan qayta

ko‘rib chiqish, yangi qonun hujuatlarini qabul qilish lozim.

Ikkinchi

-

ustuvor yo‘nalish - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati

uchun yanada qulay muhit yaratishdan iborat. Ma’lumki, so‘ngi yillarda

tadbirkorlik sohasida o‘z ishini ochish uchun ruxsat olish, soliq, moliya va statistika

organlariga

hisobottopshirish masalalarini tartibga solish bo'yicha ancha ishlar qilindi va

qilinmoqda. Ayni paytda kichik biznes subyektlarining eneigiya, gaz, suv va

kanalizasiya, issiqlik ta ’minoti va boshqa shu kabi muhandislik-kommunikasiya

tarmoqlariga ulanishi yoki ulami qurishda ishtirok etishi uchun ruxsat olish tartib


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

368

qoidalarini soddalashtirish masalasi bo‘yicha ham qo‘shimcha chora-tadbirlar

belgilanishi zarur.

Uchinchi

-

muhim masala kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun

soliq va boshqa to'lovlar borasida qulaylik va engilliklar yaratish bilan bogliqdir.

To‘rtinchidan-

kichik biznes subyektlariga ishlab chiqarishni modernizatsiya

qilish va texnologik yangilash uchun o 'rta va uzoq muddatga mo 'ljallangan

kreditlar berish tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarning echimi

bo'yicha amaliy choratadbirlar ishlab chiqish zarur.

Beshinchidan

-

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi

iqtisodiy faoliyat sohasida ishtirok etishi, ularning eksport salohiyatini oshirish,

mintaqa va jahon bozorlariga chiqishini kengaytirish muammosini hal etishga

jiddiy ahamiyat qaratish lozim.

Oltinchidan-

yuqori texnologiyalarni talab etadigan iqtisodiyot tarmoqlarida

innovatsion texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirishga keng yo‘l ochib berish zarur.

Ushbu soha nafaqat milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtirish,

balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va

turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o ‘rin tutmoqda.

O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning

asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun

iqtisodiy islohotlar o'tkazilmoqda, uning rolini oshirish uchun yirik institusional

asoslar yaratilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy -me’yoriy

hujjatlar, tadbirkorlarga ko'maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar

shularjumlasiga kiradi.

O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari majmuini

tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Innovasion iqtisodiy rivojlanish yo‘liga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

369

o‘tishda kichik va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish quyidagi yo'nalishlar

orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:

— ishlab chiqarishda innovatsiya va nanotexnologiyalami qo‘llash;

— muqobil energiya turlaridan foydalanish, ayniqsa quyosh energiyasidan

foydalanish;

— farmakologiya va farmasevtika sohasi salohiyatidan foydalanish;

— ishlab chiqarishda biotexnologiyalarni qo‘llash;

— kam suv talab qiladigan texnologiyalami ishlab chiqish va amaliyotga joriy

qilish;

— qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi serhosil navlarini, mahsuldor chorva

mollari turlarini yaratish;

— sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlash va h.k.

Agarda biz zamonaviy, ilg‘or va tejamkor texologiyalardan foydalanishga

hamda tovarlaming yuqori sifati va iste’mol xususiyatlarini ta’minlashga xizmat

qiladigan innovatsion texnika va texnologiyalami yaratish tizimini joriy etsak, bu

sohaga yoshlami jalb qilgan holda, aholimizning ichki ehtiyojlarini ta’minlash

bilan birgalikda, eksport qilishga xizmat qiladigan raqobatbardosh, sifatli

mahsulotlarni

ishlab chiqarishni yanada ko'chaytirishga erishishimiz mumkin.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini innovatsion asosda

rivojlantirishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:

Birinchidan-

sanoat korxonalari xodimlarni rag‘batlantirib ularni ko‘proq

marketing tadqiqotlarini olib borishga jalb qilish orqali, yangi innovatsion

g‘oyalarni ishlab chiqishga yo‘naltirish;

Ikkinchidan-

sanoat korxonalarida ishlayotgan yosh xodimlar tomonidan

yaratilayotgan innovatsion loyihalami amaliyotda qo‘llashdan oldin korxona

xududiga tegishli joylarda sinov maydonchalarini tashkil etishni yo‘lga qo‘yish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

370

Uchinchidan

-

kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar uchun kreditlar

va ular uchun zarur resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va

yaratilayotgan innovatsion loyihalami kreditlash tizimini yaratish;

To‘rtinchidan

- viloyatlarning chekka tumanlarida ishlab chiqarishda eng

muhim omil bo‘lgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va shu kabi

kommunal xizmatlar uzluksizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni

hal etish;

Beshinchidan

-

yaratilgan innovatsion mahsulotlar va minisexlar savdo

yarmarkalarini tashkil etish;

Oltinchidan

-

kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun zarur

tashkiliy, huquqiy, moliyaviy mexanizmlarini shakllantirish va sharoitlarni yanada

yaxshilash orqali kelgusida chetga xomashyo emas, balki yuqori qo‘shimcha

qiymatga ega tayyor mahsulotni eksport qilishga erishish.

XULOSA

Hozirgi raqobat kuchayib borayotgan sharoitda kichik biznes subyektlari o‘z

faoliyatlarida doimo yangi innovatsiyalarni qo‘llamasdan, yirik korxonalar bilan

hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘ymasdan bozorga yangi mahsulot yoki

texnologiyalami kiritishlari mushkuldir. Bunda kichik biznes korxonasining

boshqaruv faoliyatiga innovatsion menejment usul va texnologiyalarini tadbiq

etish, amaldagi boshqaruv usullarini muntazam ravishda takomillashtirib boorish

kichik biznes subyektining kelgusidagi muvaffaqiyatini belgilab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.G’ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. - T.: SHarq, 2002. 324 b.

2. Do’stjonov T.D., Salaev S.K. “Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari”. O’quv

qo’llanma. – Toshkent.: Iqtisodiyot-moliya, 2006. - 320 b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

371

3. Salaev S.K. “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida kichik va

o’rta biznes: muammolar, tahlillar va istiqbollar”. -Toshkent.: Fan, 2002. – 128 b.

4. Salaev S., Allanazarov B. “Biznes-etiket”. - Urgench.:UrDU,2001 241 b.

5. “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning amaliy asoslari”. - Toshkent.:

TIT’, OSCE, 2004. - 12-17 betlar.

6.

Tadbirkorlik to‘g‘risida

gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. Т.:

O‘zbekiston, 1991.

7.

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish

to‘g‘risida

gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni. Т.: O‘zbekiston, 1995.

8.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

Farmoni.

Ta’lim

muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. 2010-yil 28 iyul.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Monopoliyaga qarshi

ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida. 2010-yil 26 fevral, PF-4191-son.