Авторы

  • Muminov Azizbek Yakubalievich.

Биография автора

  • Muminov Azizbek Yakubalievich.

    Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun

    ixtisoslashtirilgan maxsus tenikum o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99869

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: chakana savdo O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari to‘qimachilik tovarlari trikotaj buyumlar tikuv tovarlari mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal buyumlari

Аннотация

Annotatsiya. To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo zaliga qo‘yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

351

TO‘QIMACHILIK, TRIKOTAJ, TIKUV BUYUMLARI, MO‘YNALI

TOVARLAR VA POYABZALNI SOTISH XUSUSIYATLARI

Muminov Azizbek Yakubalievich.

Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun

ixtisoslashtirilgan maxsus tenikum o‘qituvchisi

Annotatsiya. To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar

va ulardan tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-

kechak, ichki kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va

poyabzal savdo zaliga qo‘yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak.

Kalit so‘zlar: chakana savdo, O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo

qoidalari, to‘qimachilik tovarlari, trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari, mo‘ynadan

tayyorlangan buyumlar va poyabzal buyumlari

Mamlakatimizda chakana savdoning rivojlanishi bilan bir qatorda

xaridorlar tomonidan tovarlarning sifati va assortimentiga hamda ko‘rsatilayotgan

savdo xizmatlariga bo‘lgan talabining tobora ortib borish tendensiyasi

kuzatilmoqda. Bunday sharoitda xaridorlarga turli savdo qoidalari va

xususiyatlarini bilib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bugungi kunda

bozorlarimizda sotilayotgan kundalik tovarlar ichida kiyim kechak mahsulotlari

alohida o`rin tutadi. To‘qimachilik, trikotaj, tikuv buyumlari, mo‘ynali tovarlar va

poyabzal mahsulotlari bilan savdo qilishda qanday savdo qoidalari va talablari

mavjudligini ko`rib chiqamiz.

O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston

Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish

va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida 2003-yil 13-fevral, 75-son O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori e`lon qilingan va hozirga qadar bir


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

352

necha to`ldirishlar va tuzatishlar bilan amalda qo`llanilmoqda. Unga ko`ra,

quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana savdo bilan shug‘ullanish

huquqiga egadirlar:

1.

Yuridik shaxslar;

2.

Qonun hujjatlariga muvofiq, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati

bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar.

Xo`sh, chakana savdo o‘zi nima? Chakana savdo — savdo sohasida yakuniy

iste’mol uchun undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni

donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda (sonda) naqd pulga yoki bank plastik

kartalari (korporativ bank kartasi bundan mustasno) yoxud kontaktsiz onlayn to‘lov

tizimlari orqali sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirishdir.

Sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlar assortimenti, ko‘rsatilayotgan

xizmatlar turlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish shakli sotuvchining ixtisosi va u o‘z

faoliyatini ixtisoslashtirishiga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chakana savdo

shoxobchasida bo‘lishi shart bo‘lgan asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari

ro‘yxati belgilanishi mumkin, bunday chakana savdo tarmog‘ining joylashishi

respublika tumanlari va shaharlari hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

To‘qimachilik tovarlari (gazlamalar va nogazlama materiallar va ulardan

tayyorlangan buyumlar), trikotaj buyumlar, tikuv tovarlari (kiyim-kechak, ichki

kiyimlar, bosh kiyimlar), mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar va poyabzal savdo

zaliga qo‘yilgungacha savdo oldi tayyorgarligidan o‘tishi kerak. Savdo oldi

tayyorgarligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tovarni o‘rovdan olish, sortlarga

ajratish va ko‘zdan kechirish; tovarning sifatini (tashqi belgilariga ko‘ra) hamda

tovar va uni tayyorlovchi to‘g‘risida zarur ma’lumotlar borligini tekshirish; zarurat

bo‘lganda buyumlarni tozalash va dazmollash hamda mayda tuzatish.

Sotuvga tavsiya etilayotgan tovarlar turlari, modellari, o‘lchamlari, bo‘yiga

ko‘ra guruhlarga ajratilishi va savdo zaliga qo‘yilishi kerak. Savdo xususiyatlarini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

353

hisobga olgan holda savdo zalida xaridorga tanlash va o‘ziga kerakli tovarni xarid

qilish imkonini beruvchi sotish uchun tavsiya qilinayotgan tovarlarning namunalari

qo‘yilishi kerak.

Erkaklar, ayollar va bolalarga mo‘ljallangan trikotaj, tikuv buyumlari,

mo‘ynali tovarlar va poyabzal savdo zalida alohida joylashtirilishi kerak.

Gazlamalar turlariga va ular tayyorlangan tolaning xiliga ko‘ra, mo‘ynali

tovarlar mo‘ynaning turiga ko‘ra guruhlarga ajratiladi.

Gazlamaning har bir namunasiga shuningdek u tayyorlangan tolaning foiz

miqdori to‘g‘risidagi, mo‘ynadan yasalgan buyumlarga esa mo‘ynaning turi

to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.

Tovarlar o‘z nomi, artikuli, narxi, o‘lchami (kiyim-kechak, ichki kiyimlar

va boshqa tikuv buyumlari, poyabzal, bosh kiyimlar uchun) va bo‘yi (kiyim-kechak

va ichki kiyimlar uchun) ko‘rsatilgan holda yorliqlarga ega bo‘lishi kerak.

Sotuvchi xaridorga tikuv, ustki trikotaj buyumlar, bosh kiyimlar, mo‘ynali

tovarlar va poyabzalni kiyib ko‘rish uchun sharoitlar yaratishi kerak. Ushbu

maqsadda savdo zallari banketka yoki skameykalar, qo‘ygichlar o‘rnatilgan, kiyim

kiyib ko‘riladigan oynali xonalar bilan jihozlanishi kerak.

Xaridorga sotishda jun gazlamalar, vatin va boshqa og‘ir, hajmli

gazlamalarni kiyib ko‘rish peshtaxta (stol) erkin holatda yig‘ilmasdan turgan

gazlamaga qattiq standart metrni qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nozik va

yengil gazlamalar xontaxtadan gazlamani metrga tortmasdan erkin qo‘yish yo‘li

bilan qattiq standart metrda o‘lchanadi. Gazlamaning barcha turlarini o‘lchash, jun

gazlamalar va trikotaj polotnolardan tashqari, shuningdek bir tomoniga tamg‘ali

metall o‘lchov lentasi montaj qilingan peshtaxta (stol)ga gazlamani qo‘yish yo‘li

bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Xaridga qirqilgan gazlamani qo‘shish, shuningdek gazlamani, agar bezagi

buzilgan bo‘lsa va tamg‘a teskari tomonga qo‘yilmagan bo‘lsa, parchalarini fabrika

yorlig‘i va tamg‘a (xazli uchlar) bilan sotish taqiqlanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

354

Sotuvni amalga oshirayotgan shaxs gazlama, kiyim-kechak, mo‘ynali

tovarlar va poyabzalni sotishda xaridorning ishtirokida tovarning sifatini (sirtdan

ko‘zdan kechirish yo‘li bilan), o‘lcham (soni)ning aniqligini, xarid qiymati to‘g‘ri

hisoblab chiqilganligini tekshiradi.

Gazlama, kiyim-kechak, mo‘ynali tovarlar va poyabzal xaridorga

o‘ralganligi uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘ralgan holda beriladi (alohida

polimer plyonkali paketlarga o‘rash (joylash) bundan mustasno).

Tovar bilan birgalikda xaridorga tovar cheki beriladi, unda tovar va

sotuvchining nomi, sotilgan sana, tovarning artikuli, sorti va narxi ko‘rsatiladi,

shuningdek sotuvni bevosita amalga oshirilgan shaxsning imzosi qo‘yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. SHavkat Mirziyoev “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng
oliy baxodir” Toshkent – “O’zbekiston”-2020.
2. “O’zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O’zbekiston
Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish
va sotish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” 2003 yil 13 fevral, 75-son O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
3. X.T.Muxiddinov. “Tovarshunoslik” KXK uchun o’quv qo’llanma. Toshkent.
“Iqtisod-moliya”. 2010 yil.
4. Akramovna, G. L., Doniyorovich, M. F., Xaliqjonovna, E. O., Yuldashevna, M.
D., & Mamasaitovich, Q. M. (2020). The effect of the use of organic fertilizers,
sowing legumes on the winter wheat yield and quality. Plant Cell Biotechnology
and Molecular Biology, 21(42), 73-79.
5. Dilafruz, M., & Lazizakhon, G. (2017). Seasonal dynamics of the amount of
ammonifying bacteria in the soils of Djizzak steppe. Austrian Journal of Technical
and Natural Sciences, (11-12), 3-8.
6. Гафурова, Л. А., Каримов, А., Махкамова, Д. Ю., & Аблакулов, М. (2016).
Актиномицеты в засоленных орошаемых сероземно-луговых почвах
Сырдарьинского вилоята (ф/х Галаба баяутского тумана). In АГРАРНАЯ
НАУКА-СЕЛЬСКОМУ ХОЗЯЙСТВУ (pp. 66-68).


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

355

7. Makhkamova, D. Y. (2021). Seasonal variation of ammonifier bacteria in heavy
meliorated soils. International scientific and technical journal INNOVATION
TECHNICALAND TECHNOLOGY, 2(1), 2181-1067.
8. Makhkamova, D., Nabiyeva, G., Abdushukurova, Z., Iskhakova, S., &
Abdujabbarovna, A. (2023). Climate conditions, hydrogeology and meliorative
conditions of serozem-grass soils of mirzaabad district, sirdaryo region. In E3S
Web

of

Conferences

(Vol.

413,

p.

03033).

EDP

Sciences.

9. Abdullayeva, X. B. Q., Maxkamova, D. Y., & Isxoqova, S. M. (2021). Buxoro
viloyati sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqlarining umumiy fizik xossalari.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11),
487-495.
10. Махкамова, Д. Ю. (2017). Актиномицеты в гипсоносных почвах
Джизакской степи. In ЛОМОНОСОВ-2017 (pp. 33-34).
11. Sattarov, D., Mahammadiev, S., & Makhkamova, D. (2023). Changes of
Nutritive Elements in Soils That Medium-Supplied With Phosphorus, Depending
on Fertilizers Used in Cotton Agrocenosis. In BIO Web of Conferences (Vol. 78,
p. 02012). EDP Sciences.
12. Yunus, K., Zafarjon, J., Samad, M., Dilafruz, M., Damir, T., & Razzak, O.
(2021). Green Manure Crops Effects On Cotton Growth, Development And
Productivity At Different Terms. European Journal of Molecular and Clinical
Medicine, 8(2), 235-247.
13. Махкамова, Д. Ю., & Абдужалилова, О. Х. (2021). Чўл худуди
тупроқларнинг шўрланиши, сизот сувлари ва сифат таркиби. Хоразм маъмун
академияси Ахборотномаси.–Хива,–2021, 5.
14. Saidjon, S., Munojat, E., Zamira, A., Olimaxon, E., Dilafruz, M., & Nigora, T.
(2020). Degree of humification of cotton, alfalfa and ephemers organs, their effect
on the content and composition of soil organic matter. The land, 13, 15.
15. Makhkamova, D. Y., Ergasheva, O. K., & Igamberdieva, D. A. (2019).
INFLUENCE OF AUTUMN CHICKEN (CICER ARIETINUM) ON NITROGEN
BACTERIA IN OLD IRRIGATED LIGHT SIEROZEM SOILS. Scientific
Bulletin of Namangan State University, 1(7), 88-91.