Авторы

  • Qodirova Xurshida

Биография автора

  • Qodirova Xurshida

    Urganch Ranch texnologiya universiteti

     Pedagogoika va filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99870

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: Badiiy tasvir simvolizm va metafora she’riy obrazlar lirik qahramon tashbeh ijtimoiy va falsafiy kontekst she’riy ritm va melodiya.

Аннотация

Annotatsiya.Ushbu maqola Zulfiya Isroilovaning “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rining badiiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoiraning tabiat va inson ruhiy holatini ifodalashdagi san’ati chuqur o‘rganiladi. She’rda bahor fasli bilan bog‘langan tasvirlar va hissiyotlar orqali insonning ichki dunyosidagi o‘zgarishlar, yangi boshlanishlar va orzu-havaslar aks ettirilgan. Maqolada, shuningdek, Zulfiyaning she’rdagi ma’nolarni qanday qilib tabiiy elementlar yordamida mukammal tarzda ifodalashga muvaffaq bo‘lgani tahlil qilinadi. Shuningdek, she’rning simvolik yuki, poetik obrazlar va musiqiy ritmlari ham alohida e’tiborga olinadi. 


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

346

ZULFIYANING “BAHOR KELDI SENI SOʻROQLAB”SHE’RINING

BADIIY TAHLILI

Qodirova Xurshida

Urganch Ranch texnologiya universiteti

Pedagogoika va filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

Annotatsiya.Ushbu maqola Zulfiya Isroilovaning “Bahor keldi seni

so‘roqlab” she’rining badiiy tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoiraning

tabiat va inson ruhiy holatini ifodalashdagi san’ati chuqur o‘rganiladi. She’rda

bahor fasli bilan bog‘langan tasvirlar va hissiyotlar orqali insonning ichki

dunyosidagi o‘zgarishlar, yangi boshlanishlar va orzu-havaslar aks ettirilgan.

Maqolada, shuningdek, Zulfiyaning she’rdagi ma’nolarni qanday qilib tabiiy

elementlar yordamida mukammal tarzda ifodalashga muvaffaq bo‘lgani tahlil

qilinadi. Shuningdek, she’rning simvolik yuki, poetik obrazlar va musiqiy ritmlari

ham alohida e’tiborga olinadi.

Kalit soʻzlar: Badiiy tasvir, simvolizm va metafora, she’riy obrazlar, lirik

qahramon, tashbeh, ijtimoiy va falsafiy kontekst, she’riy ritm va melodiya.

Zulfiya Isroilova — o‘zining badiiy mahorati, samimiy va chuqur lirizmi bilan

o‘z o‘rnini mustahkamlagan buyuk shoira. Uning she’rlari nafaqat o‘sha davrning

ruhini aks ettiradi, balki insonning ichki dunyosidagi eng nozik tuyg‘ularni,

orzularni va umidlarni ifodalaydi. Zulfiya she’riyatida har bir so‘zning ma’nosi

teran va ko‘p qatlamli bo‘lib, o‘quvchini yangi bir dunyoga olib kiradi. Shoira

o‘zining ijodida tabiat, muhabbat, yig‘lash, umid va qayg‘u kabi universal

mavzularni o‘ziga xos tarzda tasvirlab, har bir misrani hayotning bir qismiga

aylantiradi. Uning badiiy uslubi, poetik tasvirlari, teran ma’no va obrazlarga boy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

347

she’rlari, zamonasi va o‘qish mavzularining doimo dolzarb bo‘lishi bilan ajralib

turadi. Zulfiya Isroilova she’rlari nafaqat o‘z davrining balki barcha davrlarning

adabiy merosiga qo‘shilgan yuksak hissadir.

Zulfiyaning “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rini tahlil qilishda, biz shoirning

ifoda vositalari, tasviriy elementlari va tematik jihatlarini chuqurroq o‘rganishimiz

kerak.

She’rda bahor mavzusi orqali ayriliq, izlash va sevgi tushunchalari

tasvirlangan. She’rning asosiy qahramoni - lirik qahramon, Hamid Olimjonni bahor

orqali izlaydi. Bahor o’zining yangi hayotga qadam qo’yishi, gullarning ochilishi

va tabiatning uyg’onishi orqali sevgi va umidga to‘lib, sevgini qaytarishni istaydi.

Bahorning yo‘li bilan sevgi va izlanishlar muhokama qilinadi.

She’rda bahor tabiatning yuksalishi, o‘zgarmas vaqtlarga qarshi kurashgan

holda yangi umidlarni, sevgi va hayotni keltiruvchi shaklda ifodalanadi. Bahor -

faqat fasl emas, balki hayotning o‘zgarishiga, tuyg‘ularga, sevgi va qayg‘uga qarshi

kurashishning ramzi sifatida kiritilgan.

Quyidagi qatorlar bu fikrni tasdiqlaydi:

Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Bu yerda bahor tasvirlari orqali tabiatning uyg‘onishi, go‘zalligi va yangi

boshlanishlarning ramzi sifatida ishlatilgan.

She’rda lirik qahramon bahorning yangilanishi orqali sevgilisini izlaydi. U

o‘zining sevganini ko‘rish uchun barcha imkoniyatlarni sinab ko‘radi, uning


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

348

so‘nggi izlari to‘g‘risida izlanadi. She’rda ba’zi bir sabr va umidlar singari his-

tuyg‘ular, sevgan kishining yo‘qligi bilan bog‘liq g‘am va alamni tasvirlaydi.

Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,

Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.

Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,

Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari.

Bu qatorlarda lirik qahramonning sabr-toqati tugagan va uning sevgilisi

ko‘rish istagi o‘ta kuchli bo‘lganligini ko‘rsatadi.

She’rda bahor, gullar va tabiatning turli elementlari simvolik ma’noga ega.

Masalan,

“o‘rik gullarining maftuni”

va

“yosh kuydirgan za’far”

kabi tasvirlar,

lirik qahramonning ichki dunyosidagi sevgi va izlanishlarni ifodalaydi. Bahor -

nafaqat tabiatning o‘zgarişi, balki sevgining qidirilishi va qaytarilishining ramzi

sifatida ishlatilgan.

O’rik gullarining eding maftuni.

Topmay, sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu,

Jarliklarga olib ketdi boshini.

She’rda tashbehlar (o‘xshatishlar) orqali sevgi va tabiat tasvirlari

kuchaytirilgan. Qatorlarda shoira o‘zining sevgilisi yoki bahor orqali dunyoni va

his-tuyg‘ularni izohlashda tashbeh va o‘xshatishlardan foydalanadi.

“Farhod tog’laridan daraging izlab,

Soylarga qulatdi tog’ning toshini.”

She’rda oddiy va tizimli ritm mavjud bo‘lib, o‘quvchini qayta-qayta

takrorlanadigan qatorlar orqali tabiatning o‘zgarishini va qayg‘ularni his qilgan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

349

holda ruhiy holatni ko‘rsatadi. Tabiat va insonning birlashgan obrazlari she’rni

chuqur, hissiy va melodik qiladi.

Yana yel bo’ldi-yu, kezib sarsari,

Mendan so’ray ketdi qalbimni tilib.

She’rda lirik qahramon o‘zining sevganini izlab, o‘zi va dunyo haqidagi

fikrlarni ifodalagan. She’rning ijtimoiy konteksti ham mavjud: qishning sovuqligi

va bahorning yangi boshlanishi, insonning ichki holati va muhabbatni qidirishi

o‘rtasidagi o‘xshashliklar ko‘rsatilgan.

“O’lmagan ekansan, jonim, sen hayot,

Men ham hali sensiz olmadim nafas.”

Bu qatorlarda sevgan insonning yo‘qligi, uning ruhiy holati va hozirgi

vaqtdagi izlanishlari aks etadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, shoiraning “Bahor keldi seni

so‘roqlab” she’rida bahor, tabiat va sevgi orasidagi chambarchas bog‘lanishlar

chuqur tasvirlangan. Bahor, tabiatning yangilanishi orqali shoir o‘zining sevganini

izlashda, his-tuyg‘ulari va ichki kechinmalarini ifodalashga muvaffaq bo‘lgan.

She’rda badiiy tasvirlar, tashbehlar, metaforalardan keng foydalanilgan va bu

elementlar orqali sevgi, ayriliq, izlanish, qayg‘u kabi hissiy holatlar aniq va kuchli

ifodalanadi.She’rda ishlatilgan ifodalar, tasvirlar va simvollar lirik qahramonning

ruhiy holatini o‘quvchiga ta’sir qiluvchi tarzda yetkazadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Adham Akbarov. Zulfiya. T.:Adabiyot va san'at nashriyoti, 1985 yil


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

350

2. N.Mirzayeva va M.Shamsiyeva.Bahor, muhabbat va sadoqat kuychisi:

metodik-bibliografik qo’llanma - Samarqand : A.S.Pushkin nomidagi Axborot-

kutubxona markazi nashriyoti, 2023. – 39 b.

3.Nurali Qobil. Sadoqat saroyining mangu malikasi Zulfiyaxonim Hamid

Olimjonning soʻngsiz armoni.(Esse va she’rlar)-T.:”Sano-standart” nashriyoti,

2018.-128 b.