Авторы

  • Qo‘shnazarova Barchinoy

Биография автора

  • Qo‘shnazarova Barchinoy

    Urganch Ranch texnologiya universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99872

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: epitsentr obraz g‘oya realistika.

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining mahoratli yozuvchisi Luqmon Boʻrixonning “Tun yog‘dusidagi shu’la”, “Kutilgan kun”, “Sinov muddati” kabi hikoyalarining qisqacha mazmuni va undagi qahramonlarning tasnifi yoritilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

337

LUQMON BOʻRIXON HIKOYALARINING BADIIY TALQINI

Qo‘shnazarova Barchinoy

Urganch Ranch texnologiya universiteti talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining mahoratli

yozuvchisi Luqmon Boʻrixonning “Tun yog‘dusidagi shu’la”, “Kutilgan kun”,

“Sinov muddati” kabi hikoyalarining qisqacha mazmuni va undagi

qahramonlarning tasnifi yoritilgan.

Kalit soʻzlar: epitsentr, obraz, g‘oya, realistika.

O‘zbek adabiyotining namoyondalaridan biri Luqmon Bo‘rixon bo‘lib, o‘lmas

asarlari bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan. O‘zbek adabiyotining nozik

jihatlarini shamdek yoritgan, qalb va ruh dunyosining qirralarini ifodalagan

ijodkor. U yaratgan har bir asar insonni inson ekanligini va voqealarni jonli tarzda

kitobxonga yetkaza olganligi bilan ajralib turadi.

" Haqiqiy dengizchi ummonda o‘zini qanchalik erkin his qilsa, haqiqiy

yozuvchi ham so‘zlar ummonida shunchalik erkin suzishi kerak. To‘rt jumla yozib

turib u yog‘iga so‘z topolmay qoladigan odamdan yozuvchi chiqmaydi”

1

.

Darhaqiqat yozuvchining so‘z xazinasi qanchalik boy bo‘lsa , asar ham shunchalik

mukammal va teran boʻladi. Buning isboti sifatida Luqmon Boʻrixonning ijod

namunalarini ham eslab oʻtmoq joiz. " Tun yogʻdusidagi shu'la " hikoyasida

yozuvchi noodatiy usulda hikoyani bayon etadi. Ya'ni hikoya ichida hikoya

keltirilib, kitobxonga nisbatan yanada tasir kuchini oshirgan. Asarda zobit

personaji vatanni asrash, zarur bo‘lsa jonni va molni ham vatan uchun fido qilish

g‘oyalarini o‘zi mujassamlagan. Hikoya sodda ammo chuqur ma' no bilan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

338

tasvirlangan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Uning syujetida ikki askar va zobit shu'la

tomon ketayotganlarida zobitning ko‘nglidan nimalar o‘tmadi, deysiz. Asarda

shu'la oddiy nur emas, balki chuqur g‘oyaviy va falsafasiy maʼnolarni o‘ziga

yuklaydi. Muallif shu' lani voqealar epitsentrida qo‘ygan chunki chuqur maʼnoda

uni ramziy jihatda ko‘ra oldi . Insoniyat tugʻilishi bilanoq bilishga intiladi. Luqmon

Boʻrixon ham shu' la obyekti orqali insonning ilmiy izlanishlariga bo‘lgan

qiziqishini ramziy ifodalagan.

- " Shu, shu qayerda miltillab turgan shu'lani ko‘rsam , beixtiyor tikilib

qolaman. Olis, ovloq joyida qay bir fidoyi inson timirsklanib yuribdi ekan degan

xayolga boraman. Beixtiyor uni borib ko‘rgim kelaveradi "

2

. Asarda zobitning

bunday so‘zlari yuqoridagi fikrni dalillaydi. Zobit obrazi balki boshqa obrazlar ham

asarda o‘zining o‘rniga ega bo‘lib, insoniyatni intilishiga , komil inson darajasiga

yetkazish vazifasini yuklagan . Inson komillikka yetishi uchun nafs bilan tinimsiz

kurash olib boradi . Luqmon Boʻrixon bu masalani ko‘zdan qochirmagan holda

"Kutilgan kun" hikoyasida bosh personaj Bo‘rixon va nafs o‘rtasida jangni yaqqol

yoritib bergan .

" Bo‘lub nafsingg‘a tobi, band etarsen tushsa dushmanni,

Sanga

yo‘q

nafsdek

dushman,

qila

olsang

ani

qil

band.”

3

Asarda ichkilikka mukkasidan ketgan hayotiy qadriyatlarni boy bergan, "

Baribir meni tashlab ketadi"

4

degan fikrlarni Bo‘rixon ayoliga nisbatan o‘ylar lek

ichishdan o‘zini tiyish hayoliga kelmas va yana nafsiga qul bo‘laverardi. Uning

ayoli Bo‘rixondan voz kechmasdi chunki u o‘zbek xalqining iffatini , sabr- toqatini

o‘zida mujassamlantirgan obraz sifatida namoyon bo‘lgan . Muallif bu ikki juftlik

orqali inson o‘zini boshqarish qanchalik muhim ekanligini, nafsga berilmaslik

uchun iroda zarurligini va nafsini tiya olmagan odam insoniyligini yo‘qotishini,

oxir oqibat mag‘lubiyatga uchrashini yozuvchi aniq ravshan ko‘rsatgan. Hayotda

turli fe'l- atvorli inson borligini "Sinov muddati" hikoyasida o‘z aksini topgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

339

Ushbu hikoyada asosiy obrazlar Jasur va Sobir yaqin do‘st sifatida namoyon

bo‘ladi chunki yozuvchi kitobxonning solishtirishi orqali tez xulosa chiqarishini

ko‘zda tutiladi. Jasur shaxsiyati dadilsiz , maqtanchoqroq kabi hislatda oshkor

etiladi. Bunday insonlar boshqalar oldida o‘zini kuchli ko‘rsatishiga urinadi ammo

murakkab vaziyatlarda tezda ortga chekinadi. Bu personajda ham bu vaziyatni

ko‘zishimiz mumkin. Unga mutlaqo teskari bo‘lgan obraz Sobir esa qiyin ahvolda

hatto jonini ayamasdan ham yordamga oshiqadigan shaxsiyatini gavdalantirgan.Bu

esa insoniylik tuyg‘ulari abadiy ekanligiga ishora qilib, kitobxonlarni yozuvchiga

nisbatan qiziqishi ortishini kuchaytiradi. Shuningdek hikoyada befarq bo‘lmaslik,

qiyin hodisalarga uchragan insonlarga yordam berish kerak ekanligiga da' vat

qilmoqda. Luqmon Bo‘rixonning asarlari insonning yaxshi fazilatlarini uygʻotish,

samimiy, mehr-muhabbat kabi histuyg‘ularni uyg‘otadi. Uning qahramonlari oddiy

odamlar bo‘lgan va shu sababli realistik syujetlarni namoyon qila olgan . Luqmon

Boʻrixonning asarlarini o‘qir ekanmiz asardagi har bir detallargacha e’tibor

qaratganligini eʼtirof etamiz.

"Mening fikrimcha bu narsa adabiyotning azaliy talabi yozuvchi nima uchun

yozuvchi aynan oʻsha detallarni nazardan qochirmasligi kerak. O‘sha detallarni

tasvirlashda o‘quvchi nazarida ham uncha ahamiyatsiz boʻlib tuyilgan eng mayda

fuqfiya narsalarga ham yuk yuklash mana shu yozuvchining iqtidorini koʻrsatadi.

Yozuvchi aynan o‘sha narsalar orqali asarlarni vujudga keltiradi."

5

Yozuvchining

bunday fikrlari juda teran va bu sohada ijod etayotganlar uchun ilhom manbai bo‘la

oladi. Luqmon Boʻrixon adabiyoti olamida o‘chmas iz qoldirdi. Uning ruhi

hamisha asarlarida abadiy yashaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘tkir Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”. –T.: ”Sharq nashriyoti”, 2015


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

340

2. Luqmon Bo‘rixon “Tun yog’dusidagi shu’la” –T.: “Yangi nashr”, 2016

3. Jo‘rayeva Muhabbat “Alisher Navoiy ijodida nafs tarbiyasi” –T.: “Fan va

texnologiya”,

2019

4. Luqmon Bo‘rixon “Kutilgan kun”.-T.:”Yangi nashr”, 2016