https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
329
TALIM JARAYONIDA PEDOGOKNING NUTQ MADANYATINI O’RNI
VA AHAMYATI
YULCHIYEVA NILUFAR AXMADJONOVNA
Bag’dod agrotexnologiyalar texnikumi rus-tili fani o’qituvchisi
SOLIJONOVA NAIMAXON FAHRIDDIN QIZI
Bag’dod agrotexnologiyalar texnikumi maxsus fani o’qituvchisi
MAMURJONOV MUHAMMADDIYOR SALOHIDDIN O’G’LI
Bag’dod agrotexnologiyalar texnikumi tarixfani o’qituvchisi
Anotatsiya: Pedagogning asosiy quroli – so‘z. U qayralgan, binobarin,
o‘tkir, ko‘p qirrali bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan o‘tmaslashib bormasligi lozim.
Nutq madaniyati- bu fikrlarni til vositasi bilan to`g’ri, ravon, aniq, ta`sirchan
qilib bera olishdir.
Kalit so’zlar: pedogog, nutq, o’qituvchi, nutq madaniyati, so`z, til, fikr,
Bugungi kunda pedogoglarning bilim darajasiga, malakaviy salohiyatiga,
auditoryaning boshqara olish qobilyatiga, talab va ehtiyojlar kuchaygan bir
davrda , pedogokning nutq madanyati aratirlik qobilyati juda muhim
sanaladi.Nutq madanyatida o’qituvchining nutqi aniq va ravon bo’lishi
kerak.O’qituvchi dars jarayonida o’z fikrini o’quvchilarga yetkaza olishida ,
uning nutqiy salohiyati, ijodkorligi bilim va tajribasi muhimdir.
Muxtaram
prizdentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan “Maktablar oldiga
qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan
o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet
tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi” alohida ta’kidlandi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
330
Nutq-arabcha so`zdan olingan bo`lib, kishilarning ijtimoiy aloqa
qurolibo`lgan tildan foydalanib, xususiy suhbatda, umumiy majlis, uchrashuv
vayig’inlardagi gapi yoki o`qib eshittirgan so`zlaridir.
Nutq-ma`lum maqsad bilan so`zlanadi va ma`lum bir g’oyaviy yo`nalishga
hamda estetik ta`sir kuchiga egadir.
Nutq madaniyati- bu fikrlarni til vositasi bilan to`g’ri, ravon, aniq,
ta`sirchan qilib bera olishdir.
Madaniyat -so`zi ham arabcha so`z bo`lib, shahar ma`nosini bildiradi.
Fikrni izchil, ravon, ixcham va badiiy sodda ifodalagan nutq chiroyli nutqdir[4].
Nutq madaniyati - til normalarini egallamoq, talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish,
gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari
har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak.nutqda til - fikr
almashish quroli, o‘qituvchi qalbinign oynasi, o‘qituvchinign dars berish uslubini,
pedagogic mahoratini to‘liq namoyon qiluvchi vosita. Nutqda - tildagi rang-barang
vositalar o‘z ifodasini topsa, bunday nutq - boy nutqdir. Nutq madaniyati - ijtimoiy
madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq
madaniyati adabiy tilning har ikki shakli - yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir.
O‘qituvchi uchun nutq madaniyati va nutq texnikasi juda ham zarur bo‘lgan omil
sanaladi. O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi nutqning asosiy sifatlaridan biri
sanaladi va nutqdagi to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir
etish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi. Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan,
o‘qituvchining og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va o‘quvchilar tomonidan
qabul qilinishida paydo bo‘ladigan ruhiy vaziyat e’tiborga olinadi. Ya’ni, notiq-
o‘qituvchi o‘quvchilarni hisobga olishi, ularning bilim darajasidan tortib, hatto
yosh xususiyatlarigacha, nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatlarigacha kuzatib
turishi, o‘z nutqining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayitganini nazorat
qilishi lozim. Professional bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
331
gapirishlari maqsadga muvofiq emas, oddiy, yetarli darajada notiqlik ma’lumotiga
ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat
qilishlari kerak emas. Xullas, notiq-o‘qituvchidan vaziyatga qarab ish tutish talab
qilinadi va ifodalamoqchi bo‘lgan har qanday fikrini to‘laligicha o‘quvchilarga
yetkazishga harakat qilish vazifa qilib qo‘yiladi[2]. O’qituvchi o’z nutqida
shevalardan, parazid so’slardan foydalanmasligi zarur .
Nutq madaniyatining asosiy jihatlaridan biri -bu til va nutqning o‘zaro
bog‘liqligi. Til -bu insonning o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini va tushunchalarini
ifodalash vositasi bo‘lib, nutq esa bu tilning amaliy qo‘llanilishidir. Nutq
madaniyati, shuningdek, tilni to‘g‘ri va samarali ishlatish, so‘z boyligini oshirish,
muloqotda aniq va ravon bo‘lish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Nutq
madaniyatiga ega bo‘lgan insonlar o‘z fikrlarini aniq va tushunarli tarzda
ifodalashga, boshqalar bilan samarali muloqot qilishga qodir bo‘ladilar. Ijtimoiy
hayotda nutq madaniyatining o‘rni juda katta. U odamlar o‘rtasidagi
munosabatlarni shakllantiradi, ijtimoiy normalarni belgilaydi va jamiyatda o‘zaro
tushunishni osonlashtiradi. Nutq madaniyati orqali odamlar o‘z fikrlarini ifodalash,
muammolarni hal qilish va ijtimoiy masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Bu jarayon, o‘z navbatida, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaydi va
jamiyatda ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi. Nutq madaniyati ta'lim jarayonida
ham muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachilar o‘z mashg'ulotlarida nutq madaniyatini
rivojlantirishga e'tibor berishlari kerak. Tarbiyalanuvchilar bilan muloqotda
bo‘lish, ularning fikrlarini tinglash va ularga o‘z fikrlarini ifodalashga imkon berish
orqali tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning nutq madaniyatini oshirishda yordam
beradilar.[3] Pedogoglar o’z nutqi orqali o’quvchilarga, tarbiyalanuvchilarga
o’rnak bo’lishlari zarur. Pedogogning nutq odobi uning salohiyatini ko’zgusidir.
Pedagogning asosiy quroli – so‘z. U qayralgan, binobarin, o‘tkir, ko‘p qirrali
bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan o‘tmaslashib bormasligi lozim. Buning uchun pedagog
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
332
badiiy adabiyotni, izohli lug‘atlarni, qomuslarni ko‘p o‘qishi, mutolaa qilishi,
notanish so‘zlarni yon daftariga izoxlab yozib olishi, vaqti-vaqti bilan takrorlab
turishini tavsiya etamiz. Pedogod jamiyatning boshqa qatlamlaridan o’z xulqi,
dunyoqarashi , ma’naviy tafakkuri,go’zal nutqi bilan ajralib turadi.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda o’qituvchining oldiga
izlanish , zamon bilan hamnafas bo’lish , ijodkorlik, shu bilan bir qatorda , nutqiy
madanyat , so’zlarni o’rnida qo’llay olish, shevalardan, parazid so’zlardan
foydalanmaslik masulyati qo’yilgan. Pedogog auditoryani boshqarishda uning
nutqiy salohiyati alohida o’rin kasb etadi. Hozirgi paytda o’qituvchilarning
bilim salohiyatiga, malakaviy darajasiga, ijodkorlik faoliyatiga, qadr-qimmatiga ,
mavqeyiga katta e’tibor berilmoqda. O’qituvchi go’zal nutqi orqali o’quvchilarga
doimo o’rnak bo’lishi lozim. Chunki o’qituvchining darsdagi asosiy qurollarida
biri uning chiroyli nutqidir. Shuning uchun pedagog doim izlanishda, badiiy
adabiyotlarni ko’plab mutoala qilishdan to’xtamasligi zarur. Uning qancha so’z
boyligi ko’p bo’lsa, shunch nutqiy mnadanyati yuqori bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Prizdentimiz Shavkat Mirziyoyevning ”Ta’lim sohasidagi islohotlar yuksak
natijalar bermoqda” yig’lishdagi nutqidan . 08.10.2017
2. Mirzayeva Shodiya Mo‘minjon qizi ”O’qituvchi faoliyatida nutq texnikasi va
madaniyati” "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848
(SJIF)February 2023 / Volume 4 Issue 2
3. Abdurahmonova, D. "O‘zbek tilida nutq madaniyatini rivojlantirish." Toshkent
davlat pedagogika universitet. (2017).
4.
Zebiniso Ahmedova ,Zarif Quvonov ”
O’QITUVCHI NUTQI MADANIYATI”
o’quv qo’llanma.
Navoiy-2008