https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
323
TARIX FANINI O'QITISHDA FAOL INAVATSION METODLARDAN
FOYDALANISH.
RAHIMJONOVA O’G’ILOY MAXAMMADZIKRIYA QIZI
Bag’dod tumani 1 -son kasb-hunar maktabi tarix fani o’qituvchisi
SODIQOVA SAYYORA SALOHIDDINOVNA
Bag’dod tumani 1-son kasb-hunar maktabi tarix fani o’qituvchisi
ABDULLAYEVA GULHUMOR ILHOMJON QIZI
Bag’dod tumani 1-son kasb-hunar maktabi tarix fani o’qituvchisi
Anotatsiya: + Tarix bu- kelajakka ko’zgudir. O’z tarixini bilmagan inson
– manqurtdir. Tarix o’qitishning tashkil etilishi ,metodlari va vositalari tarix
fanining ma’lum ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga hizmat qiladi.
Kalit so’zlar: Tarix, inovatsiya , aqliy hujum, klaster, “men kimman”, ”mening
oilam”, o’qitish , metod, interfol.
+ Tarix bu- kelajakka ko’zgudir. Inson odimlab kelajakka intilib yashar
ekan, orqaga ya’ni o’tmishiga bir nazar solishi kerak:mendan avlodlarga nima qoldi
deb. Biz tarix fanini nima uchun o’rganamiz, chunki ota- bobolarimiz tarixini
o’rganib, ularni qilgan ixtirolari, yozib qoldirgan ma’naviy boyliklari,
qahramonliklaridan faxrlanish tuyg’usini o’zimizda shakllantiramiz, qilgan
hatolarini takror qilmaslikka harakat qilamiz. Buyuklarni bir gapi bor, o’z tarixini
bilmagan inson – manqurtdir. Albatta birinchi o’rinda o’zimizni tariximizni
mukammal bilishimiz kerak. Nafaqat bizning yurtimizda , balki barcha davlatlarda
o’z tarixini ta’lim muassasalarida fan sifatida o’rgatadi. Hurmatli prizdentimiz
Shavkat Mirziyoyev ” Bir haqiqatni hech unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk davlat,
buyuk madanyat yaratgan xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo’lib, yakdil va ahil
bo’lib harakat qilsak , har qanday marralarni egallashga , boshqacha aytganda,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
324
tariximizni yangi sahifalarini yaratishga qodir xalqmiz”[1] deb takidlagan edilar.
Bundan to’g’ri hulosa chiqarib, muhtaram prizdentimizni ishonchlarini biz yoshlar
oqlashimiz kerak.
Tarix fanini o’qitishda, ularni o’quvchilarga yetkazib berishda, darsga
qiziqtira olishda bir qator interfaol metodlardan foydalanishimiz mumkin. Bunda
albatta o’quvchilarni yosh tempi ham inobatga olinishi zarur. Masalan, bazida quyi
sinflarda qo’llagan metodingizni yuqori sinflarda qo’llasangiz, o’zingiz ko’zlaga
maqsadga erisha olmaysiz.
O’qitish metodlaridan gohida o’quvchilarning bilish darajasi, darsdagi
faoliyatlariga qarab klassifikatsiya qilish tafsiya qilinadi. Metodist A.I.Strajev
“Tarix o’qitishning tashkil etilishi ,metodlari va vositalari tarix fanining ma’lum
ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga hizmat qiladi”- deydi. U quyidagi
o’qitish metodlarini tavsiya qiladi.
-tarixiy faktlarni o’rganish metodlari;
-xronologiyani o’rganish metodlari;
-mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari;
-asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari;
-sabab-natija aloqalarini o’rganish metodlari;
-tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari.[2]
Tarixni o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish , tarix
o’qituvchisining pedogogik ongini kengaytirish, kasbiy tayyorgarligini
rivojlantirish, ularda tarix fanini o’qitishda zamonaviy pedogogik tehnologiyalarni
qo’llash uchun zarur bo’lgan pedogogik bilim , ko’nikmalarni shakillantirishdan
iborat.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
325
Biz yangiliklar ahborotlar asrida yashayapmiz. Avvalo dars boshlashdan
oldin sonidan kelib chiqib , ikki yoki uch guruhga ajratiladi.Guruhlar tarix fanidan
kelib chiqib nomlanadi. Masalan:”Manguberdi,” “Mirzo Ulug’bek” kabi. “ Kun
yangiliklari”ni o’tkazish orqali yurtimizda bo’layotgan voqea - hodisalar haqida
ahborot tinglanadi. Tarix fanida o’tilgan mavzular asosida “klaster” [g’uncha ]
metodi pedogogk, didaktik strategiyanung muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga
ixtiyoriy , muammolar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol
bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Maskur metod turli xil
g’oyalar o’rasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyaini beruvchi tuzilmani
aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash
shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan
bog’liq ravishda amalga oshadi.[3] Biz metod tanlashda , tanlagan metodimiz
o’tayotgan mavzumizga mos tushishini inobatga olishimiz kerek. Chorak oxirida,
yakuniy, umumlashtiruvchi darslarimizda “Mening oilam” metodidan faydalansak
maqsadga muofiq bo’ladi. Bu metod orqali o’quvchilarda topqirlik, chaqqonlik, va
jamoada ishlash ko’nikmalari rivojlanadi. Doskaga ko’plab mavzuga oid so’zlar
yoziladi. Ular qaysi davlat yoki sohaga oid umumiy jihatlar bo’lsa, tanlab
olinib,alohida ajratilgan Oilaga- uy ichiga yoziladi. Bubilan o’quvchilar,qadirdon
makon-vatan,maktab, oilasini ko’z oldiga keltiradi. Hayolan oilasiga oid so’zlar
bilan metodni tushintirsa,o’zlashtirish osonroq bo’ladi.Masalan: bobo, buvi, ota,
ona, aka, uka,podsho, vazir ,hokin, soqchi, soliqsgi, askar va hokazo.
Aqliy хujum strategiyasi -universal uslub bo`lib, uning vazifasi yangi
g’oyalarni yaratishdir.Aqliy хujum muammoni hal qilayotgan kishilarning ko’proq
aql bovar qilmaydigan va хatto fantastik g`oyalarni yaratishga undaydi. G`oya
qancha ko`p bo`lsa, ularning hech bo`lmaganda bittasi ayni muddao bo`lishi
mumkin. Bu strategiyani ko`llashda o`qituvchi yozuv taхtasida savolni yozadi va
o`quvchilardan berilgan fikrlarini (javoblari) yozib boradi. Sinf xonada aytilgan
barcha g`oyalarni yozuv taхtasida yozish paytida o`qituvchi g`oyalarga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
326
izohbermaydi, fikrlar savolga bog`liq holda aytiladi. Asosiy qoidalardan biri, har
qanday g`oyani aytish mumkin, fikr hech qanday cheklovlarsiz iloji boricha
qattiqroq aytilishi lozim.
Aqliy
хujumni ma’ruzalarda - yakka tartibda yoki juflikda,
amaliymashg`ulotlarda esa 4-7 kishidan iborat kichik guruhlarda ham o`tkazish
mumkin. Ushbu strategiya mashg`ulotlarda o`quvchilar faolligini oshirishga,
charchoqni yo`qotishga, g`oyani izlashga sharoit yaratadi[4] . Bu metoddan biz
darsga ma’lum bir sababga ko’ra,kechikib kelgan o’quvchiga aqliy hujim qilib
foydalansak ham bo’ladi.
Tarix faning ilm-fan va madaniyat mavzularini kengroq yoritishda “Men
kimman” metodini qo‘llash dars samaradorligini oshiradi. O‘quvchi unda tezroq
fikrlashga,
tezroq
javob
aytishga
harakat
qiladi.
Jumladan,
buyuk
allomalarimizning nomlaridan foydalangan holda metodni qo‘llaymiz .
Masalan:Bir o’quvchi doskaga chiqadi va unga toj kiydiriladi , tojda biror buyuk
alloma yoki tarixiy shaxsning rasmi tushirilgam bo’ladi. O’quvchilar doskadagi
o’quvchiga savol beradi , u o’quvchi o’zining kimligini topadi.
Buyuk ajdodlarning hayot va ijod yo‘li ajdodlar uchun hamisha namuna
maktabi bo‘lib kelgan. Biz ularning ibratli turmush tarzidan chin insonlik sabog‘ini
o‘qib bu dunyodan odam bolasi o‘z oldiga muayyan maqsad qo‘yib shu yo‘lda
izlanib, intilib yashashi lozimligini o‘rgansak bebaho asarlarni mutolaa qilib
qalbimizga quvvat olamiz.Shunday qilib, o‘zaro hamkorlik pedagogikasi
o‘qituvchi va o‘quvchi orasida hamfikrlik,ishonch,o‘zaro yordam, ijodiy
hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida yoshlar tomonidan haqiqiy
insoniy qadriyatlarni anglash va e’tirof etishni kafolatlaydi
Mashg‘ulotlarni guruhlarga ajratib va individul o‘tish uchun o‘quvchilarning
sinf va sinfdan tashqari faoliyatlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, olgan
bilim, ko‘nikma va malakalarini amalda qo‘llash, qo‘l mehnati, amaliy faoliyat
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
327
jarayonida amalga oshirishlariga sharoit yaratishni ko‘zda tutish muhimdir.
Shuningdek, o‘qituvchining darsga puxta tayyorlanishi, kerakli materiallardan
foydalana olishi uchun zamonaviy pedagogik-psixologik, didaktik va falsafiy
adabiyotlar, ilmiy- ommabop jurnallar, gazetalar, badiiy adabiyotlardan foydalana
olishlari uchun boy fondga ega bo‘lgan kutubxona, uning ishini yengillashtirish
uchun sinf xonalari kompyuter bilan ta’minlanishi ham muhimdir [5].
Xulosa
.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kun zamon talabi
o’quvchilarga zamonoviy metodlardan, inovatsiyalarda foydalanib dars o’tishni
ko’zda tutadi. Chunki hozir zamon rivojlangan,globallashuv asrida
yashamoqdamiz. Internet, ijtimoiy tarmoqlardan o’quvchilar bemalol
foydalanmoqdalar. Biz ularga kitobdagi ma’lumotlarni gapirib bersak ularga qiziq
tuyulmaydi. Shuning uchun o’qituvchi doim izlanishda bo’lishi kerak. Zamonaviy
yangi
inovatsiyalar,
metodlar
o’ylab
topib,
axborot-komunikatsion
tehnologiyalardan foydalanib,ulardan darslarda samarali foydalansak maqsadga
muofiq bo’ladi, darsda ko’zlangan maqsadga erishamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Mirziyoev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz”. –Toshkent: O'zbekiston, 2016. –B.27.
2.
Haydarov Temur Jaxongir o'g'li. INNOVATION SCIENCE AND RESEARCH
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL (VOLUME 1 ISSUE 8)
DECEMBER 2023 ISSN: 2992-8877 | SCIENCEJOURNAL.UZ 27. TARIX FANI
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
328
O‘QITISHDA
METODLAR
VA
INNOVATSION
USULLARDAN
FOYDALANISH.
3.
Султонова Н.А. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ В
СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В СЕМЬЕ //
SCIENTIFIC PROGRESS 2021// 1 (6), 631-63
4.
Hayitova Gulruh Jalolovna.“Yangi O‘zbekiston ustozlari” Respublika ilmiy-
uslubiy jurnali №3 “TARIX DARSLARIDA ILG’OR PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH”.
5.
Yulduz
Aminjonova.
Metodika
va
texnologiya
bir-biridan
qanday
farqlanadi?”Ma’rifat gazetasi”. 2003-y.19-mart
6.
K Hamidova:” Tarix o‘qitish metodikasi”. –Toshkent, 2015.