https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
218
O’ZBEK XALQ ERTAKLARI VOSITASIDA MAKTABGACHA
YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARNI
SHAKLLANTIRISH.
Ergasheva Movluda Sodiqovna
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz Pedagogika kolleji o’qituvchisi
Annotatsiya: Xalq og’izaki ijodi na’munalari vositasida maktabgacha
yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ertaklarning
ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’zlar: Kommunikativ, ijtimoiy, o’yin, bilish kompetensiyalari,
multimedia.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida ta’lim
tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat
ahamiyatiga molik muhim vazifalardan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha
ta’lim tashkilotining ilk qadam davlat o’quv dasturida belgilanganidek, o’quv
tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar
yaratishdan iborat. Mazkur hujjatda maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning
umumiy muhim 4 ta kompetensiyasi aks ettirilgan; kommunikativ kompetensiya-
muloqot vositalaridan turli vaziyatlardan foydalana bilish; o’yin kompetensiyasi-
bolaning o’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba va bilim ko’nikmalardan
ijodiy foydalanish, u o’quv tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi; ijtimoiy
kompetensiya-hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq
qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish; bilish kompetensiyasi-
atrof olamni ongli idrok qilish va olingan bilim va ko’nikma, malaka va
qadriyatlardan o’quv va a’maliy vazifalarni bajarish uchun foydalanish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
219
Xalq o’g’zaki ijodi na’munalari vositasida maktabgacha yoshdagi
bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda ertaklardan foydalanish bugungi kunda
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani
o’yin va so’zlar orqali o’zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida
ularga o’z ona tillarining har tomonini ya’ni nozik ytomonlarini ham o’rgatib
boradi. Chunki so’z orqali bola muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili
ravon aniq so’zlashga moslashib boradi. Bu yoshdagi bolalarga o’yinlar orqali
murojaat qilish ayni muddoa hisoblanadi.O’yin orqali bola o’zining lug’at
boyligini kengaytirib boradi. Lekin kichik yoshdagi hamma bolalar ham
o’rganilayotgan so’zlarining ma’nosini to’g’ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish
ota-onalar bilan tarbiyachini vazifasiga kiradi. Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga
yaxshi ta’sir qiladi va yaxshi yomonni farqlashga o’rgatadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar 1 ta ertakni qayta-qayta eshitishni yoqtiradilar. Shunga ko’ra ham uni bir
marta emas bir necha marta o’qib berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ertaklarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki qahramonlardan
biri ijobiy, ikkinchisi salbiy bo’ladi. Asar qahramoni kuchli va jasur bo’lsa u atrof
olamni go’zallik bilan boyitadi. Ertaklar bolalarning ongi va qalbida ezgu
fazilatlarini jo qilishda, ularning ma’naviy olamini boyitishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Ular yordamida bolalarning xotirasi, diqqat e’tibori tafakkuri
rivojlanadi. Ertaklarni tinglash til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boladagi ayrim nutqiy kamchiliklarni hikoya va
ertaklar eshitish sher yodlatish shuningdek so’zlarni talaffuz qildirish va turli xil
mashqlar bajarish orqali bartaraf etish mumkin. Ertak mazmuni asosida bolalarda
ezgu hislatlarni tarbiyalash, insoniy fazilatlarni targ’ib etish ular o’rtasida o’zaro
do’stona munosabatlarni shakllantirish va mustaqil fikrlashga o’rgatish kerak.
Bolalar ertakni tinglash orqali qissadan hissa chiqarishga o’rgatiladi. Shuningdek,
ertaklarni mahorat bilan bolalarga o’qib berish, kichkintoy bilan his-hayajonli
muloqotni o’rnatishga, sezdirmay tarbiyaviy tasir qilishga, atrof-muhit haqidagi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
220
bilimi va ma’lumot zahiralarini samarali to’ldirishga imkon yaratadi. Maktabgacha
ta’lim muassasalarida ertaklarni bolalarga yetkazishda yangi pedagogic
tehnalogiya asosida bolalarning so’z boyligini oshirishga, ularni nutqini
o’stirishga, tafakkuri va ma’naviyatini rivojlantirishga qaratish , muhim ahamiyat
kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, ertaklar orqali bolalar bilimini yanada oshirish
mumkin. Ertaklar bolaning rivojlanishida, ayniqsa, ularning aqliy va axloqiy
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ertaklar bolalarning
tafakkur doirasini kengaytirib,xotirasini ham mustahkamlashini inobatga olish va
bolalarga ertaklarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlash lozim.
Bundan tashqari hozirda zamonaviy texnologiayalar tobora rivojlanib
bormoqda.Bu rivojlanish ta'lim tizimiga ham o'z ta'sirini o'tkazib ,ta'lim
samaradorligini ma'lum darajaga oshirdi desak adashmagan bo'lamiz.Multimedia
vositalari bolalarga ertaklarni tinglash imkonini yaratdi.Bundan tashqari
ertaklarning multifilm ko'rinishiga kelishi bolalar uchun juda qiziqarli va ta'lim
olishiga katta yordam berdi.Lekin bu jarayonga bog'lanib qolishlik tavsiya
etilmaydi.Chunki ota-onalar bolalarga o'zlari ertak o'qib berishlari bola ruhiyatiga
ta'sir qilib ularda mehr tuyg'usini shakllantiradi.Buni har bir ota-onalar e'tiborga
olishlari lozim.Tarbiyachilar ota-onalar bilan bo'ladigna suhbat,yig'ilishlarda bu
boradagi o'z tavsiyalarini berishsa, ota-onalarda ham pedagogik qobiliyatni
shakllantirish uchun treninglar o'tkazib turishsa maqsadga muvofiq bo'lardi
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5198-son
Farmoni, 30.09.2017 yil. Lex.uz.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
221
2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 2020 yil 22 dekabrdagi 802-
sonli qaroriga 1-ilova Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat Standarti.
3. Sodiqova Sh.A -"Maktabgacha pedagogika." - T, 2018.
4.M.T.T. Ilk qadam Davlat o’quv dasturi. 2018-yil. T