https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
201
ELEKTROKARDIOGRAFIYA (EKG) HAQIDA TUSHUNCHA.
Osiyo Xalqaro Universiteti Tibbiyot fakulteti talabasi
Sharofiddinov Javlon
Ilmiy rahbar: Djurayeva Ra’no Xayrulloyevna
Annotatsiya: Elektrokardiografiya (EKG) yurakni tekshirish uchun muhim,
invaziv bo'lmagan va tayyorgarliksiz sinovdir. EKG yordamida kardiolog
bemorning yuragi holati haqida batafsil va almashtirib bo'lmaydigan
ma'lumotlarni oladi. EKG nimani ko'rsatadi? yurak urish tezligi; yurak ritmidagi
o'zgarishlar; miokard shikastlanishining mavjudligi (masalan, miokard infarkti
yoki miokard ishemiyasidan keyin); yurak o'tkazuvchanligidagi o'zgarishlar;
organning jismoniy holati (masalan, chap qorincha gipertrofiyasi mavjudligi).
Kalit so’zlar: miokard, EKG, AVR, AVL, AVF, interval, segment, unipolyar,
musbat va manfiy tishchalar.
Аннотация: Электрокардиография (ЭКГ) — важный неинвазивный и
неинвазивный метод исследования сердца. С помощью ЭКГ кардиолог
получает подробную и незаменимую информацию о состоянии сердца
пациента. Что показывает ЭКГ? частота сердечных сокращений;
изменения сердечного ритма; наличие повреждения миокарда (например,
после инфаркта миокарда или ишемии миокарда); изменения сердечной
проводимости; физическое состояние органа (например, наличие
гипертрофии левого желудочка).
Ключевые слова: миокард, ЭКГ, AVR, AVL, AVF, интервал, сегмент,
униполярный, положительные и отрицательные волны.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
202
Ishlayotgan yurakning bioelektrik potensiallarini yozib olib, yurak
muskullarini tekshirish usuli. Normal sharoitda yurakning boʼlmacha va
qorinchalari ketma-ket q o‘zg‘alib turadi, natijada yurakning qo‘zg‘algan va
qo‘zg‘almagan qismida potensiallar farqi hosil bo‘ladi, yurak elektr toki manbayi
bo‘lib qoladi. Tana to‘qimalari elektr o‘tkazuvchanlik xossasiga ega boʼlgani
uchun yurakning elektr tokini tana yuzasidan maxsus asboblar yordamida yozib
olish mumkin.Yurak sikli vaqtida yurakning elektr maydonini ikki nuqtasida
potensiallar farqini yozib oluvchi egri chiziqqa -
elektrokardiogramma
(
EKG
)
deyiladi, tekshirish usuli esa elektrokardiografiya deyiladi.
EKG birinchi
1887 yil A.D.Uoller
tomonidan yozib olingan bo‘lib,keng
qoʼllanilmagan.
V.Eyntxoven
,
A.F.Samoylov, T.Lyuis, V.F.Zelenin
va boshqalar
(
1903 yil
) joriy etgan usul keng koʼlamda qoʼllanilmoqda. Yurak ko‘krak qafasida
simmetrik ravishda yotmaganligi va odam gavdasi o‘ziga xos shaklda boʼlganligi
sababli yurakning qo‘zg‘algan
(-)
va qo‘zg‘almagan
(+)
sohalarida elektr kuch
chiziqlari butun tana yuzasida bir tekis taqsimlanmaydi. Shuning uchun EKGni
yozib olishda potensiallar qo‘l-oyoqlardan va ko‘krak qafasining ma’lum
nuqtalaridan olinadi. Ko‘p hollarda
Eyntgoven
kashf qilgan standart ulash usullari
qoʼllaniladi:
I ulash usuli: o ‘ng qo‘l, chap qo‘l; II ulash usuli: o‘ng qo‘l, chap
oyoq; III ulash usuli: chap qo‘l, chap oyoq.
Bu ulash usulida har ikkala
elektrodlar aktiv hisoblanadi.Bundan tashqari, yana Goldberg taklif qilgan uch ta
unipolyar kuchaytirilgan usul yordamida:
AVR, AVL, AVF,
ya’ni aktiv elektrod
o‘ng qo‘lga, chap qo‘Iga va chap oyoqqa ulanadi. Bularga qo‘shimcha ravishda
Vilson taklif qilgan ko'krak qafasining oltita nuqtasidan biriga aktiv elektrod
o'rnatilib , ikkala qo‘l va chap oyoqqa qo'yilgan elektrodlar passiv elektrod
vazifasini o‘taydi. Bu usul unipolyar usul bo‘lib, lotin alifbosi V xarfl bilan
belgilanadi. (
V 1, V2, V3, V4, V5, V6
, va qoʻshimcha
V7, V8, V9
)
V₁ – Oʻng 4-qovurgʻalararo boʻshliq;
- Linea parasternalis dextra; {V7}
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
203
V₂ – Chap 4-qovurgʻalararo boʻshliq;
- Linea parasternalis sinistra; {V8}
V₃ – V₂ va V₄ oʻrtasiga; {V9}
V₄ – Chap 5-qovurgʻalararo boʻshliq;
- Linea mediaclavicularis sinistra;
V₅ - Chap 5-qovurgʻalararo boʻshliq;
- Linea axillaris anterior
V₆ - Chap 5-qovurgʻalararo boʻshliq;
- Linea axillaris media
Normal EKG da
5 ta - 3 ta musbat
va
2 ta manfiy
tishlar tafovut qilinadi. Bu
tishlar yurakdagi qo‘zg‘alishlam ing tarqalishini o‘zida aks ettiradi. Tishlar
qo‘zg‘algan va qo‘zg‘almagan joylar orasidagi potensiallar farqini o'zida aks
ettiradi. Yozib olingan to‘g‘ri chiziq izopotensial chiziq deb atalib, qo‘zg‘algan
sohalar orasida potensiallar farqi yo‘qligini yoki qo‘zgalish shu sohani to‘liqIigicha
qamrab olganligini anglatadi. Tishlar lotin harflari bilan belgilanadi:
P, Q, R, S, T
tishlar oralig‘i segmentlar deb ataladi. Tishlar va segmentlar yig‘indisi esa interval
deb ataladi. Uchta yirik tishlar, ya’ni
P, R, T
yuqoriga yo‘nalgan bo‘lib, musbat
tishlar deyiladi, ikkita kichik tish
Q,S
lar esa pastga yo'nalgan bo'Iib, manfiy tishlar
deyiladi va izochiziqdan pastda joylashadi.R tish chap va o‘ng boʼlmachalar
qo‘zg‘algandagi potensiallarning algebraik yig‘indisidir. Uning davomiyligi 0,1
sekundga teng. Voltaji esa 0-3 mv ga teng.
RQ
segmenti qo‘zg‘alishlari atrio-
ventrikulyar tugunga o‘tayotganligini anglatib,izochiziqda 0,12 -0,2 sekund davom
etadi.
Q, R, S, T
kompleksi qorinchalar miokardida qo‘zg ‘alishiar paydo bo‘lgani
va tarqalganligini anglatadi. Shuning uchun ham qorinchalar kompleksi deb
ataladi.Qorinchalarning qo‘zg‘alishi, qorinchalar aro to‘siqning yurak uchi, o‘ng
so‘rg’ichsimon muskul va qorinchalar ichki yuzasining depolyarizatsiyasi EKG da
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
204
pastga yo‘nalgan
Q
tish bilan belgilanadi, voltaji 0 -0,3 mv.
R
tishlar EKG da eng
yuqori tish hisoblanib , yurak asosi va qorinchalar tashqi yuzasining
qo‘zg‘alganligini anglatadi va voltaji 0,6 - 1,6 mv ga teng.
S
tish qorinchalar miokardini qo‘zg‘alishlar toʼliqligiga qamrab olganligini
anglatadi, endi yurakning barcha qismi elektromanfiy bo‘lib qoldi. Voltaji 0,25-
0,14 mv ga teng.
ST
segmenti har ikkala qorincha qo‘zg‘alganligi tufayli
qorinchalar orasida potensiallar farqi yo‘qligini anglatadi va izochiziqda yotadi.
T
tish miokardning repolyarizatsiyasini ko‘rsatadi. Bu tish EKG da eng ko‘p
o‘zgaruvchi qismi hisoblanadi va uning voltaji 0,25-0,6 mv ga teng.
T
tish va
keyingi
R
tish oralig‘ida izochiziq chizilib, yurak 70 marta qisqarganda 0,4 sekund
davom etadi. T,R segmenti yurak tinch turgan umumiy pauza va diastola vaqtiga
toʼg‘ri keladi.
Q, R, S, T
kompleks davomiyligi 0,40 sekundga to‘g‘ri keladi (0,36-
0,44 s). EKG yurak o‘tkazuvchi tizimida o‘zgarishlar birligini ko‘rsatib beradi.
Masalan,
P,Q
interval ko‘rsatkichi bo‘yicha bo‘lmachalardan qorinchalarga
qo‘zg‘alishlar normal tezlikda o‘tayotganligini ko‘rsatadi.
Q R S
kompleksi esa
qorinchalar miokardida qo‘zg‘alishlar qamrab olish tezligini ko‘rsatadi va 0,06-0,1
sekund davom etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ra’no, D. (2024). SEMIZLIK. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI
ILMIY JURNALI, 3(3), 140-147.
2. Нарзуллаева, У. Р., Самиева, Г. У., & Пардаева З. С. (2020).
Pathogenetic aspects of verified risk factors such as arterial hypertension and
dyslipidemia in the development of chronic heart failure. American Journal of
Medicine and Medical Sciences, 10(10), 776-779.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
205
3. Жураева, Д. Н., & Нарзулаева, У. Р. (2020). Эркак ва аёлларда уч
шохли нерв невралгияси кечишининг параклиник хусусиятлари. ЖУРНАЛ
НЕВРОЛОГИИ И НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 1(1).
4. Jones, M. et al. (2021). "Immune System Development in Preterm Infants
and Allergy Risks." Journal of Neonatal Medicine, 35(2), 125-134. 5. Smith, A. &
Brown, T. (2020). "The Role of Gut Microbiota in Infant Allergies." Pediatric
Allergy and Immunology, 27(4), 231-240.
6. Lee, C. et al. (2019). "Diagnosis and Management of Allergic Diseases in
Neonates." Clinical Pediatrics, 58(7), 550-561.
7. Thompson, R. & Green, P. (2018). "Skin Barrier Function in Preterm
Infants and Its Impact on Allergy Development." Dermatology Research Journal,
22(3), 198-210.
8. White, D. et al. (2017). "Nutritional Strategies for Preventing Allergies in
Preterm Babies." International Journal of Pediatric Nutrition, 15(5), 342-350.
9. Murtazayeva, Z. F. (2024). THE ART OF CLINICAL CASE ANALYSIS
IN PEDIATRICS: A GUIDE FOR MEDICAL PROFESSIONALS. European
Journal of Modern Medicine and Practice, 4(11), 443-447.
10. Murtazayeva, Z. F. (2024). Nourishing Newborns: Feeding Strategies to
Minimize Allergy Risk in Preterm Infants. American Journal of Bioscience and
Clinical Integrity, 1(10), 64 71.
11. Мухамедова, Ш. Т., & Муртазаева, З. Ф. (2024). Аллергические
Заболевания У Недоношенных Новорожденных И Их Связь С Типом
Питания. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 3(6), 43-47. 12.
Nematilloyevna, X. M., & Saloxiddinovna, X. Y. (2024). TIBBIYOT
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
206
FANLARIDA MOTIVATSIYON METODLAR. Modern education and
development, 16(7), 31-42.
13. Nematilloyevna, X. M., & Saloxiddinovna, X. Y. (2024). TURLI TIBBIY
TERMINLARNING
YASALISH
USULLARI.
Modern
education
and
development, 16(7), 68-78.
14. Nematilloyevna, X. M., & Saloxiddinovna, X. Y. (2024). TIBBIY
TERMINOLOGIYADA TARJIMA MASALALARI. Modern education and
development, 16(7), 43-56. 728 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume
2 Issue 2
15. Nematillaevna, K. M., & Salokhiddinovna, K. Y. (2024). NUMERALS
IN THE LATIN. Modern education and development, 16(7), 57-67.