Авторы

  • Masharipova Unsunoy Madamin qizi

Биография автора

  • Masharipova Unsunoy Madamin qizi

    Urganch innovatsion universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika” fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo'nalishi 23/08-guruhi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99951

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar:Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” “Mubayyin” “Xatti Boburiy” Hindiston Boburiylar saltanati “Risolayi aruz”.

Аннотация

Annotatsiya:Ushbu maqolada buyuk dablat arbobi,tarixchi, geograf, Boburiylar saltanatining asoschisi, istedodli shoir va yengilmas sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li,uning bir qancha asarlarida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyalar mazmuni keng bayon etilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

404

ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING ILMIY-MA’NAVIY

MEROSINING YOSHLAR MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASIDAGI

PEDAGOGIK AHAMIYATI

Urganch innovatsion universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va

pedagogika” fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo'nalishi 23/08-guruhi talabasi

Masharipova Unsunoy Madamin qizi

Annotatsiya:Ushbu maqolada buyuk dablat arbobi,tarixchi, geograf,

Boburiylar saltanatining asoschisi, istedodli shoir va yengilmas sarkarda

Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li,uning bir qancha asarlarida yoshlarning

ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi g‘oyalar mazmuni keng

bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”, “Mubayyin”,

“Xatti Boburiy”, Hindiston, Boburiylar saltanati, “Risolayi aruz”.

Istedodli shoir Zahiriddin Muhammad Bobur XV asrning oxirlari XVI asrning

boshlarida yashab ijod qilgan buyuk mutafakkir, o‘zbek mumtoz adabiyoti rivoji

ravnaqiga katta hissa qo‘shgan. Bobur yaratgan asarlari va qilgan ijodi orqali

nafaqat sharq adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham o‘zining benazir o‘rniga

ega shoirdir.

Zahriddin Muhammad Bobur-o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili,

shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, bobuyirlar sulolasi

asoschisi, temuriy shoh bo‘lib,Amir Temurning avlodidan bo'lgan. Boburning otasi

Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent

hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur otasi tomonidan Amir Temurning uchinchi

o‘g‘li Mironshoh Mirzo naslidan bo‘lsa,ona tomonidan Tug‘luq Temurxonning

o‘g‘li Xizr Xo‘jaxon naslidan va uning yettinchi avlodi edi.[2]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

405

1483-1530-yillarda yashab o‘tgan Zahriddin Muhammad Boburning hayot

yo‘li inkor etib bo‘lmaydigan darajada jozibali va diqqatga sazovordir. Bu g‘oyat

iste’dodli shaxs tarix rivojiga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay 47 yil yashab o‘tgan umri

davomida va bu davr qisqa muddat bo‘lishiga qaramay adabiyot olamida o‘chmas

iz qoldirgan. Muhtaram Prezidentimiz Shavķat Mirziyoyev ta’kidlagandek, “Bobur

Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma’rifat nuqtai nazaridan u

hamon yashayapti!” va yashashda davom etadi. Bobur Mirzoning yaratgan har bir

asari o‘zida o‘zgacha ta’sir etuvchi ohangrabosi bordek go‘yo. Bu shuni

anglatadiki, o‘ziga xos yo‘nalish, o‘ziga xos ma’no aks ettiruvchi bu asarlar

Boburning cheksiz istedod egasi, cheksiz talant egasi akanligini yaqqol namoyon

qiladi.Bobur shoir bo‘libgina qolmay jasur va qo‘rqmas sarkarda hamdir. Bobur

juda erta otasidan judo bo‘lganligi sababli 12 yoshida taxtga otirishga majbur

bo‘ladi. Shundan keyin Boburning hayot yo‘lida tubdan o‘zgarishlar paydo bo‘la

boshlaydi. Urush jang-u jadallar uning ruhiyatini, ko‘nglini cho‘ktirib qo‘ymaydi.

Bobur shohlikni zimmasiga olib she’riyatni tashlab qo‘ymaydi. Har ikkala

siyosatni baravariga olib boradi. She'riyat ilmida Alisher Navoiydan keyingi

o‘rinda turuvchi shoir-Zahriddin Muhammad Bobur o'zining memuar asari

“Boburnoma”si orqali nafaqat milliy adabiyotimiz balki jahon adabiyotida o‘zining

ismini zarhal harflar bilan bitdi. Bu asar hozirda nodir namuna sifatida qadrlanib

kelmoqda. Bu asar orqali Bobur butun dunyoga tanildi. Ushbu qomusiy asar 30 dan

ortiq tilga tarjima qilingan. Bobur va boburiylar sulolasiga oid manbalar jahonning

70dan ortiq muzeylarida saqlanmoqda. Zahriddin Muhammad Boburning ilm-

ma’rifat haqidagi g‘oyalari, odob-axloq, yaxshilik, vafo, insonparvarlik, adolat

haqidagi qarashlari, axloqiy-taэlimiy fikrlari hozirgi davrda ham yoshlar

tarbiyasida ham ahamiyatlidir.[1]


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

406

Boburning koэpchilik asarlarida har bir daqiqa yurt sog‘inchi,vatandan

yiroqda bo'lgan qalbning og‘riqlari, ko‘ngil kechinmalari aks etgan bo‘lsa, katta

ko‘pchilik asarlarida to‘g‘riso‘zlilik, kamtarinlik, halollik, odillik va adolatlilik

bilan yurtni boshqarish, insonlar kechinmalarini tushina olish va ularga nisbatan

haq yo‘lda bo‘lish kabi hislatlarni singdiradi. Bu kabi ijobiy hislatlarni o‘zida

mujassamlashtirgan inson har tomonlama yetuk va barkamol shaxs bo‘lib

yetishishi mumkinligi ta’kidlangan.

Shoir “Mubayyin” , “Xatti Boburiy”, “Harb ishi” kabi bir qancha durdona

asarlar yozdi. Hozirda Parij kutubxonasida saqlanayotgan “Risolayi aruz” nomli

asarining o‘zida aruzning 537 ta vazni haqida so‘z boradi va hassos shoir o‘z

fikrlarini isbotlash maqsadida 70 dan ortiq ijodkorlarning asarlaridan namunalar

keltiradi. Zahriddin Muhammad Boburning shoh-u shoirlik qatori fiqh ilmi, hozirgi

zamon iborasi bilan aytganda huquqshunoslik bilan ham shug‘ullangani va bu

mavzuda “Mubayyin” deb atalgan e’tiborli asarini yozgani ma’lum. Bobur Mirzo

umrining so‘nggi yillarida, ya’ni 1521-yilda o‘g‘illari Humoyun Mirzo va Komron

Mirzoga atab yozgan mazkur kitobi islom va fiqh asoslarini bayon etuvchi yirik

asar bo‘lib, e’tiqod, salot (namoz), zakot, savm (ro‘za) va haj masalalariga

bag‘ishlangan beshta qismdan iborat [1]. Bu asarida yosh yoki qari, katta yoki

kichik inson bo‘lishidan qat’iy nazar har doim to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishi, yagona

allohni dilida va tilida takrorlashi lozimligi, to‘g‘riso‘zlik va halollik insonni

ko‘klarga ko‘tarishi, adolatlilik va insonparvarlik insoniy fazilat akanligi

ta’kidlangan. Bobur ochiqko‘ngil, shirinsuxan va mard ulfat sifatida o‘z

mulozimlari va askarlari orasida katta obro‘-e’tibor orttirdi. O‘z xotiralarini davom

ettirish bilan birga u “Xatti Boburiy” deb nomlangan yangi alifbo kashf etdi [3].

Bobur Hindistonda barpo etgan boburiylar sulolasi o‘z o‘zidan barpo bo‘lib

qolmagan qanchadan qancha urushlar, janglar va ko‘plab bunyodkorlik ishlari bu

kabi ulkan saltanatni barpo bo‘lishiga turtki bo‘lgan. Bobur Shimoliy Hindiston


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

407

taxtiga o‘tirgach, vatanni sog‘inib zerika boshlagan askarlarini chalg‘itish uchun

ishga kirishdi. Ularning yordamida humdor ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga

oshirdi:chuqur quduqlar qazildi,sug‘orish inshootlari qirib bitkazildi, ariqlarga

charxpalaklar va natijada Agraning befayz manzarasi butunlay o‘zgarib, bir necha

yil ichida ko‘m-ko‘k o‘lkaga aylantirildi [3]. Bobur bu o‘rinda sarkarda va

navkarlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bu kabi topshiriq bilan

yuzlanadi. Chunki, hozirgi zamon iborasi bilan aytganda insonni biroz bo‘lsada

bo‘sh qolishi uning miyyasida har turli g‘oya va illatlarni payda bo‘lishiga olib

keladi. Bu o‘rinda shuni anglash mumkinki, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli

o‘kazish va har bir vaqtdan unumli foydalanish kerakligi ta’kidlangan.

Xulasa o‘rnida shuni aytish joizki, Zahriddin Muhammad Boburning asarlari

zamirida har doim yaxshilikka intilish, har doim yaxshilik qilish va hamma vaqt

yoshlar kelajak poydevori ekanligini anglagan holatda ularga to‘g‘ri tarbiya berish

kerakligi ilgari surilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Muzaffar Komilov O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi rektori. 2022-

yil Bobur tavalludi munosabati bilan so‘zlagan nutqidan.

2.O‘zbekiston ensiklopediyasi. T.:2000.

3.Люсен Карен “Амир Темур салтанати”. “Зукко китобхон” нашриёти.

Тошкент 2022