Авторы

  • Zaripboyeva Bonu Xurshid qizi
  • Hamroqulov Mahmud G‘ofurjonovich,

Биографии авторов

  • Zaripboyeva Bonu Xurshid qizi

    Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi,

  • Hamroqulov Mahmud G‘ofurjonovich,

    Toshkent kimyo-texnolgiya instituti dotsenti, PhD

    Toshkent, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99955

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Brend ijtimoiy tarmoqlar brend joylashuvi marketing strategiyasi influencer marketing digital marketing vizual kontent ijtimoiy savdo iste’molchi ongida pozitsiyalash raqobatbardoshlik.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy marketing strategiyalaridagi o‘rni, xususan brend joylashuviga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mashhur global brendlarning (Nike, Coca-Cola, Samsung, Apple, Huda Beauty va boshqalar) ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Brendlar tomonidan qo‘llanilayotgan strategiyalar – vizual kontent yaratish, ta’sirchan marketing, foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontent, real vaqtli aloqa, hashtag kampaniyalari va ijtimoiy savdo kabi yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Maqolada shuningdek, brend joylashuvi jarayonida ijtimoiy tarmoqlarning samaradorligini oshirish yo‘llari yuzasidan xulosa va takliflar berilgan. Tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar orqali muvaffaqiyatli brend joylashtirish strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

381

IJTIMOIY TARMOQLARNING BREND JOYLASHUVIGA

TA’SIRI

Zaripboyeva Bonu Xurshid qizi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi,

Toshkent, O’zbekiston

bonubonu904@gmail.com

Hamroqulov Mahmud G‘ofurjonovich,

Toshkent kimyo-texnolgiya instituti dotsenti, PhD

Toshkent, O‘zbekiston

khamrakulovtkti@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy

marketing strategiyalaridagi o‘rni, xususan brend joylashuviga ko‘rsatayotgan

ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mashhur global brendlarning (Nike,

Coca-Cola, Samsung, Apple, Huda Beauty va boshqalar) ijtimoiy tarmoqlardagi

faoliyati statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Brendlar tomonidan

qo‘llanilayotgan strategiyalar – vizual kontent yaratish, ta’sirchan marketing,

foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontent, real vaqtli aloqa, hashtag

kampaniyalari va ijtimoiy savdo kabi yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Maqolada

shuningdek, brend joylashuvi jarayonida ijtimoiy tarmoqlarning samaradorligini

oshirish yo‘llari yuzasidan xulosa va takliflar berilgan. Tadqiqot ijtimoiy

tarmoqlar orqali muvaffaqiyatli brend joylashtirish strategiyalarini ishlab

chiqishda nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Brend, ijtimoiy tarmoqlar, brend joylashuvi, marketing

strategiyasi, influencer marketing, digital marketing, vizual kontent, ijtimoiy

savdo, iste’molchi ongida pozitsiyalash, raqobatbardoshlik.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

382

Kirish

Zamonaviy raqamli asrda ijtimoiy tarmoqlar insonlar hayotining ajralmas

qismiga aylangan. Ular nafaqat muloqot vositasi, balki kuchli marketing

platformasi sifatida ham keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda kompaniyalar va

brendlar o‘z mahsulotlarini auditoriyaga yetkazish, ularda ijobiy taassurot

qoldirish, shuningdek, raqobatchilar orasida ajralib turish uchun ijtimoiy

tarmoqlardan faol foydalanmoqda.

Brend joylashuvi (

brand positioning

) esa iste’molchilar ongida brendning

qanday qabul qilinishini boshqarish jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar bu

jarayonni tezkor, samarali va interaktiv tarzda olib borish imkonini beradi. Shu

sababli, ijtimoiy tarmoqlarning brend joylashuviga ta’sirini o‘rganish nafaqat

ilmiy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir.

Bu mavzuning ahamiyati shundaki, u kompaniyalarga o‘z auditoriyasini

chuqurroq tushunish, samarali kontent strategiyasini ishlab chiqish va brendni

bozorda muvaffaqiyatli joylashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, yoshlar orasida tez

o‘zgarayotgan trendlar fonida, brendlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z pozitsiyasini

saqlab qolish va mustahkamlashga intilmoqda. Shu jihatdan mazkur mavzuni

chuqur tahlil qilish bugungi kundagi marketing strategiyalarining samaradorligini

oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Obyekt va usul

Ushbu maqolaning obyekti – ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan

mashhur global brendlar

hisoblanadi. Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning

brend joylashuviga bo‘lgan ta’siri o‘rganildi. Buning

tahlil (analiz) usuli,

solishtirma-metodik yondashuv

,

vizuallashtirish va grafik tahlil

ilmiy-tadqiqot

usullaridan foydalanildi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

383

Tadqiqot natijalari

Dunyo miqyosida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning ko‘pligi va

ularning kundalik hayotdagi roli ushbu mavzuning dolzarbligini oshiradi. 2024-yil

holatiga ko‘ra, dunyo bo'ylab eng ko‘p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlar

quyidagilardir (1-jadval):

1-jadval

Eng ko‘p foydalaniladigan

ijtimoiy tarmoqlar

Oylik faol foydalanuvchi,

milliard

1.

Facebook

3,06

2.

YouTube

2,70

3.

WhatsApp

2,40

4.

Instagram

2,35

5.

TikTok

1,67

Instagram

: Reklama faoliyati o‘tgan 2023-yilga nisbatan 107% ga oshgan

bo‘lib, bu platformaning brendlar orasida qanchalik ommalashganini

ko‘rsatadi.

TikTok

: 2024-yilda 35,8 million kishi TikTok orqali xarid qilgan, bu esa

2023-yilga nisbatan 2,5 millionga ko‘pdir.

Facebook

: Platformaning 3,07 milliard foydalanuvchisining 40 foizi

Facebook Marketplace’da xarid qiladi va 16 foizi ilovani faqat

Marketplace’dan mahsulot sotib olish uchun ochadi.

O‘z navbatida, dunyoning mashhur brendlari tomonidan ijtimoiy

tarmoqlardan keng foydalaniladi. So'nggi yillarda mashhur brendlar tomonidan

ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish statistik ma’lumotlarni ko‘radigan bo‘lsak 2-

jadval:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

384

2-jadval

Brendlarning

ijtimoiy

tarmoqlardan

foydalanishi*

Coca-Cola

Nike

Apple

Samsung

Huda Beauty

Facebook

“yoqtirish”lar,

mln.dan ortiq

108

34

13

160

7

Instagram

obunachilar,

milliondan ortiq

2,9

300

30

40

50

Twitter

kuzatuvchilar,

milliondan ortiq

3,3

9

7

12

200

*Eslatma: Yuqoridagi statistik ma'lumotlar 2024-yil holatiga ko'ra keltirilgan

bo'lib, vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin.

1-rasm. 2024-yil holatiga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda eng faol 10 ta

mashhur brend


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

385

Yuqoridagi rasmda 2024-yil holatiga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda eng faol 10

ta mashhur brendning umumiy obunachilar sonini ko‘rsatadi. Bu statistik

ma’lumotlar brendlarning Instagram, Facebook va Twitter’dagi auditoriyasi

asosida hisoblangan.

Samsung

– jami ~212 million obunachi bilan reytingda birinchi

o‘rinni egalladi. Bu brendning Facebook’da ayniqsa katta auditoriyaga ega ekanligi

(160 mln) uning raqamli marketing strategiyasida ushbu platformaning

ustuvorligini ko‘rsatadi.

Nike

– ~343 million obunachisi bilan eng yirik Instagram

auditoriyasiga ega bo‘lib, bu vizual kontent orqali foydalanuvchilar bilan samarali

aloqada ekanligini bildiradi.

Coca-Cola

– Facebook’dagi 108 milliondan ortiq "yoqtirish" bilan

kuchli uchlikda. Bu uning global tan olinishi va keng auditoriyaga ega ekanligidan

darak beradi.

Huda Beauty

– go‘zallik brendi bo‘lishiga qaramasdan, 50 millionlik

Instagram auditoriyasi bilan reytingda yuqori o‘rinlarda. Bu brendning ijtimoiy

tarmoqlar orqali auditoriya bilan bevosita va ta’sirchan aloqada ekanligidan dalolat

beradi.

Netflix, Adidas, Starbucks, Apple, Google va Amazon

kabi brendlar

ham ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, o‘z auditoriyasini kengaytirishda ularni

kuchli vosita sifatida ishlatmoqda.

Muhokama va xulosa

Raqamli texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanib borar ekan, brendlar

ham ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, mahsulot va

xizmatlarini targ‘ib qilish hamda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda turli

strategiyalarni qo‘llamoqdalar. Quyida eng keng tarqalgan va samarali strategiyalar

bayon etiladi:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

386

1.

Vizual kontent yaratish orqali e’tibor jalb qilish – Brendlar o‘z mahsulotlari

yoki xizmatlarini jozibador fotosuratlar, grafik dizaynlar va qisqa videolar orqali

taqdim etadi. Ayniqsa, Instagram va TikTok kabi vizual platformalarda bu

strategiya yuqori samaradorlikka ega.

2.

Mashhur ta’sirchanlar (influencerlar) bilan hamkorlik qilish – Blogerlar va

mashhurlar orqali reklama qilinadigan mahsulotlar iste’molchilarda ishonch

uyg‘otadi. Huda Beauty, Nike va boshqa ko‘plab brendlar bu yondashuvni

muvaffaqiyatli qo‘llamoqda.

3.

Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontent (UGC)dan foydalanish –

Brendlar o‘z mijozlarining mahsulot haqidagi real fikr va tajribalarini ijtimoiy

tarmoqlarda ulashishini rag‘batlantiradi. Bu esa boshqa potentsial xaridorlar uchun

ishonchli va samimiy taassurot uyg‘otadi.

4.

Maxsus hashtag kampaniyalar tashkil etish – Oson topiladigan va esda

qoladigan hashtaglar yordamida brendlar ijtimoiy tarmoqlarda muayyan mavzu

yoki aksiyani ommalashtiradi (masalan, #JustDoIt, #ShareACoke).

5.

Live translyatsiyalar va “story” funksiyalaridan foydalanish – Real vaqt

rejimida mahsulot taqdimotlari, savol-javoblar, interaktiv suhbatlar orqali mijozlar

bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqiladi.

6.

Brend qadriyatlarini ifodalash – Ijtimoiy tarmoqlar orqali ekologiya, tenglik,

sog‘lom turmush tarzi kabi ijtimoiy mavzularda pozitsiya bildirgan brendlar

iste’molchilarning hurmatini qozonmoqda.

7.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo (social commerce) –

Instagram Shop, Facebook Marketplace yoki TikTok Shopping kabi vositalar

yordamida brendlar mahsulotlarini bevosita platforma ichida sotish imkoniga ega

bo‘lmoqda.

Zamonaviy raqamli muhitda ijtimoiy tarmoqlarning brend joylashuvi

jarayonidagi o‘rni keskin oshib bormoqda. Tadqiqotlar va statistik ma’lumotlar

shuni ko‘rsatmoqdaki, mashhur brendlar – jumladan Nike, Coca-Cola, Samsung,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

387

Apple va Huda Beauty – ijtimoiy tarmoqlarda millionlab auditoriyalarni qamrab

olib, o‘z brend imijini mustahkamlashga muvaffaq bo‘lmoqda.

Brendlar tomonidan qo‘llanilayotgan strategiyalar xilma-xil bo‘lib, ular

orasida vizual kontent yaratish, influencer marketing, real vaqtli interaktiv aloqa,

foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni targ‘ib qilish, shuningdek, ijtimoiy

savdo vositalaridan foydalanish ayniqsa samarali ekani kuzatilmoqda. Har bir

strategiya brendni iste’molchi ongida muayyan pozitsiyada mustahkamlashga

xizmat qiladi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning algoritmik xususiyatlari, tezkorlik,

interaktivlik va ommaviylik kabi jihatlari brend joylashuvini tezkor va nishonli

tarzda amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa an’anaviy marketing vositalariga

nisbatan ijtimoiy tarmoqlarni ustun qo‘yadi.

Shunday qilib

, ijtimoiy tarmoqlarning brend joylashuviga ta’sirini chuqur

o‘rganish va zamon talablariga mos strategiyalarni ishlab chiqish marketingning

hozirgi va kelajakdagi samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib

qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Kotler, P., & Keller, K. L. (2016).

Marketing Management

(15th Edition).

Pearson Education.

2.

Kapferer, J.-N. (2012).

The New Strategic Brand Management: Advanced

Insights and Strategic Thinking

. Kogan Page Publishers.

3.

Felix, R., Rauschnabel, P. A., & Hinsch, C. (2017). Elements of strategic

social media marketing: A holistic framework.

Journal of Business Research

, 70,

118-126.

4.

Statista. (2024).

Most popular social networks worldwide as of January

2024, ranked by number of monthly active users

.

www.statista.com


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

388

5.

UzDigitalMarketing. (2024).

O‘zbekistonda brendlar qanday ijtimoiy

tarmoqlardan foydalanmoqda?

www.uzdigitalmarketing.uz

6.

Chaffey, D. (2022).

Digital Marketing: Strategy, Implementation and

Practice

. Pearson Education Limited.

7.

Facebook Business (Meta). (2024).

Marketing insights and analytics for

business pages

.

www.facebook.com/business

8.

Хайдарова К.А.: Влияние глобализации на выбор маркетинговых

стратегий на предприятиях химической отрасли Узбекистана // In

international scientific journal of “NEW RENAISSANCE”, ResearchBib IF-2023:

11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 2, pp.1237-1240

9.

Shonazarova, F. & Hamroqulov M. (2024). CHAKANA SAVDODA KPI

TURLARI: SAMARADORLIK VA XIZMAT SIFATINI OSHIRISHGA

YONDASHUV. Modern Science and Research, 3(10), 15–19. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45770