Авторы

  • Baratov Diyorbek Fazliddin o‘g‘li

Биография автора

  • Baratov Diyorbek Fazliddin o‘g‘li

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99958

Ключевые слова:

Kalit so'zlari. Axborot texnologiya raqamli texnologiyalar Alibaba Group Djek Ma

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqmali iqtisodiyotni rivojlantirishda yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, hukumar organlari hamda Prezidentimiz tarafidan qabul qilingan qaorolar hamda ularning ijrosi yuzasidan fikrlar yuritilgan. Ayniqsa elektron savdoni mamlakatimizda keng ommalashtirish yuzasidan olib borilishi zarur bo’lgan qator vazifa va takliflar sanab o’tilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

364

ELEKTRON SAVDO BIZNES MODELINI O

ZBEKISTONDA

QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Baratov Diyorbek Fazliddin o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs talabasi

diyorbekb2005@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqmali iqtisodiyotni rivojlantirishda

yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, hukumar organlari hamda

Prezidentimiz tarafidan qabul qilingan qaorolar hamda ularning ijrosi yuzasidan

fikrlar yuritilgan. Ayniqsa elektron savdoni mamlakatimizda keng ommalashtirish

yuzasidan olib borilishi zarur bo’lgan qator vazifa va takliflar sanab o’tilgan.

Kalit so'zlari. Axborot texnologiya , raqamli texnologiyalar , Alibaba Group

, Djek Ma

So'nggi yillarda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish

muhim o'zgarishlar yuz tutdi. Internet imkoniyatidan foydalangan holda, elektron

ma’lumotlar bilan almashinish imkoniyati tez rivojlandi. Shu bilan birga tijorat va

savdo operatsiyalarini amalga oshirish yo`lini tubdan o`zgartirib yubordi. Ichki va

tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish, an`anaviy savdo shakllariga nisbatan

oson va kam vaqt sarf etiladigan bo`ldi.

Zamonaviy axborot texnologiyalar, matematik model va usullarni, nazariy va

metodologik elektron biznes bilan qo`llash, O’zbekistondagi bir qator iqtisodiy

masalalarning samarali yechim topishiga imkon beradi.

Raqamli iqtisodiyot nega

kerak va u nima beradi

1

?

1

https://review.uz/uz/post/raqamli-iqtisodiyot-mamlakatimiz-taraqqiyoti-garovidir


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

365

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari va

kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

2018 yil 19 fevraldagi Farmoni

Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga

tatbiq etilishiga asos bo‘ldi

2

.

Mamlakatimizning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va

umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlarni ochib beradi.

Jamiyatning raqamli texnologiyalar tomon burilishi ro’y berishiga butun

jahon internet tarmog‘ining sifati oshishi hamda aloqa tizimlarining rivojlanishi

sababchi bo‘ldi. Natijada katta hajmdagi ma’lumotlar almashinish va ularni yig’ish

imkoni paydo bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, yig’ilgan axborotni qayta ishlashga

asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil usullarda foyda olishga imkoniyat

beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma, boshqacha qilib

aytganda, global axborot platformalari ekotizimini yaratish zarur bo’ladi. Biroq

bunda ma’lumotlarni yo‘q qilish, biznesni yo‘qotish, ish o‘rinlarining qisqarishi,

xavfsizlikka putur yetishi riski va modernizatsiya qilish zarurati vujudga keladi. Bu

masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechga qolish jiddiy risklarga

olib kelishi mumkin. Hozirda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarda raqamli

iqtisodiyotning afsona yoki haqiqat ekanligi emas, balki bu o‘zgarishlarning

jamiyatga qanday hizmat qilishi muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi davrda biz

texnologiyalar qanday qilib ommaviy xizmat ko‘rsatish sohasini tubdan

o‘zgartirayotganini ko‘ryapmiz.

2

https://review.uz/uz/post/raqamli-iqtisodiyot-mamlakatimiz-taraqqiyoti-garovidir


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

366

1-rasm

. Ta'minot zanjirini kuzatishning vizual diagrammasi

3

.

Buyurtmachilar va mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatlari tomonidan real

vaqtda buyurtmalarni kuzatib borish va logistika tizimlari ishonchli tarzda, 1.1-

rasmda ko'rsatilgandek, tovarlarni yakuniy joyiga etkazib berishni kuzatishi kerak.

Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri – Alibaba Group ning asoschisi va

direktorlar kengashi raisi Djek Maning ta’kidlashicha, “Taxminan 30 yillardan

so’ng, biznesning 80% dan ortigi internet orqali amalga oshiriladi

4

. Agar bu paytga

kelib, ertangi kun uchun qandaydir yechimingiz bo’lmasa, bu yechim kimdadir

albatta bo’ladi”. Xaqiqatan xam, bugungi kunda informatsion va kommunikatsion

texnologtyalar xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib kelmoqda.

Insonning kundalik xayotini ancha yengillashtiradigan va ma’lumot uzatilishini

xamda uning qayta ishlanishini tezlashtiradigan texnologiyalarning va internetning

bunday tezkorlik bilan rivojlanishi industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga

o’tishining o’ziga xos katalizatori sifatida namoyon bo’la boshladi. Bunday

jarayonlarning natijasida an’anaviy jamiyat raqamli jamiyatga aylana boshladi.

Internet Live Stats ning ma’lumotlariga ko’ra, xar kuni Google tizimiga uch

milliarddan ziyod so’rovlar bo’lar ekan. Undan tashqari, internet foydalanuvchilar

3

E-Commerce Impacts Global Trade. [Электронный ресурс]. URL: https:// globalshippersalliance.org/wp-

content/uploads/2018/03/2017_AAEI_e-CommerceBenchmark-Report.pdf (дата обращения: 10.03.2020).

4

Alibaba Group Holding Ltd (5 June 2020). Дата обращения: 12 января 2020.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

367

orasida internet orqali telefon va video qo’ngiroqlar, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash

xam borgan sari ommaviy bo’lib bormoqda. Oxirgi besh yilda internet

foydalanuvchilari soni 29% dan 39% gacha ortdi, ijtimoiy tarmoqlardan

foydalanuvchilar soni esa 53% dan 64% gacha ortdi

5

. Bu ma’lumotlar internetdan

foydalanish ko’pchilik mamlakatlardagi insonlar uchun oddiy bir xolat bo’lib

qolganini ko’rsatadi. Yoshlar va bolalar esa qandaydir darajada raqamli qurilmalar

va ijtimoiy saytlarga bog’lik bo’lib xam qoldilar. Raqamli texnologiyalarning misli

ko’rilmagan imkoniyatlari tufayli ko’pchilik tashkilot va korxonalar raqamli

muxitga ulanib, mijozlar bilan onlayn muloqot qilgan xolda o’z bizneslarini

elektron usulda tashkil etmoqdalar. Turli darajalardagi faoliyat turlarining

integratsiyasi yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib, konkret biznes modellarning

rentabelliligini oshirayapti. Xuddi shuning uchun xam ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat

turlarini raqamlashtirish avvalgidan xam ko’ra ko’proq dolzarb bo’lib bormoqda.

Chunki bu amal iste’molchilarning afzalliklaridan tortib, to yangi biznes

modellargacha bo’lgan jaxon iqtisodiyotining bir qancha aspektlarini o’zgartirib

yuboradi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy munosabatlarnig tubdan o’zgarishiga va

raqamli iqtisodiyot tushunchasining paydo bulishiga olib keladi.

Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida

Alibaba elektron savdo tizimiga ega bo‘lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o‘tish

mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar to‘plash

jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o‘ta raqobatli

ustunliklar yaratadi. Alibaba bu –oddiygina raqamli platforma emas, balki

platformalar ekotizimidir.

5

Alibaba и сорок «ярдов». expert.ru. Дата обращения: 9 января 2020.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

368

Xitoy 2019 yilda dunyodagi eng yirik elektron tijorat bozoriga aylandi, uning

elektron tijorat savdosi 1,935 trillion dollarni tashkil etdi, bu 586,92 milliard dollar

bilan ikkinchi o'rinda AQShdan uch baravar ko'p

6

.

Jahon elektron tijorat bozorining hajmi, mlrd.

Elektron tijoratning umumiy bozordagi ulushi %

2-rasm

. Jahon elektron tijorat bozorining umumiy savdo aylanmasidagi

dinamikasi

7

.

Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta

bo‘ladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda

turli platformalarni integratsiya qilishga to‘g‘ri keladi, Xitoyda esa bu sohada

rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan boshqa

platformaga qarab o’tish asta-sekinlik bilan ro‘y berdi.Raqamli iqtisodiyotga o‘tish

kabi global bir ishda ko‘p narsa davlatning tutgan pozitsiyasiga ham bog‘liq,

albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan va “raqam”ga o‘tkazadigan

yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi muhim,ya’ni, “Davlatning vazifasi,

biznesning o‘rniga biron bir narsa qilish emas, balki oddiygina - biznesga halal

bermaslikdir”. Xitoyda ham Alibaba tizimi davlat uning uchun qandaydir

6

Global

e-commerce

2019.

Emarketer.com.

[Электронный

ресурс].

URL:

https://www.

emarketer.com/content/global-ecommerce-2019 (дата обращения: 28.04.2020).

7

IPG.

Research.

Глобальное развитие e-commerce. Rgud.ru. [Электронный ресурс]. URL:

https://rgud.ru/documents/2020-IPG.Research_E-commerce.pdf (дата обращения: 01.02.2020).


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

369

platforma yaratgani tufayli paydo bo‘lmagan. U bunday platforma paydo bo‘lishi

uchun sharoit yaratdi, xolos.

O‘zbek iste’molchisi elektron bitim amalga oshirishda uyali aloqa telefonidan

foydalanadi, chunki u birmuncha qulayroq bo‘lib, bir qator qulay ilovalarga ham

ega. Mahsulot tanlashga keladigan bo‘lsak, ko‘pchilik respondentlar Internet orqali

kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnikava elektronika xarid qilishni afzal

ko‘rishgan. Avtomobil va ko‘chmas mulk predmetlari internet orqali eng kam xarid

qilinadigan tovarlar bo‘lgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ayni paytda

foydalanuvchi “onlayn” rejimida yirik miqdordagi pullarni berishga hali tayyor

emas. Bundan tashqari, foydalanuvchilar UzCard, VISA, MasterCard kabi to‘lov

tizimlaridan faol foydalaniladilar. Ommaviylik darajasi eng past tizimlar Union

Pay, WebMoney va kriptovalyutalar hisoblanadi. Mahsulotlarni onlayn xarid

qilishdagi muammolarga keladigan bo‘lsak, deyarli barcha respondentlar to‘lov

vaqtidagi qiyinchliklar, tovar/hizmat sifatining pastligi, yetkazib berish vaqti

uzoqligi, shuningdek, narx qimmatligini aytib o‘tishgan. Shunday qilib, ijtimoiy

so‘rov natijasida olingan ma’lumotlardan kelib chiqib, O‘zbekistonda elektron

tijoratning rivojlanishini to‘xtatib turgan bir qator muammolar va kamchiliklarni

aytib o’tishimiz mumkin:

1. Aholining elektron bitimlar tuzishga unchalik ishonmasligini;

2. Yetkazish berish qiymatining yuqoriligini;

3. Tovar/hizmatlar sifatining pastligini;

4. Firibagrliklardan qo’rqishni;

5. Kompyuter savodxonligi darajasining pastligini.

Ammo, shu bilan bir vaqtda aholi o’rtasida o‘tkazilgan boshqa ijtimoiy

so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston aholisi elektron bitimlar amalga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

370

oshirishga nisbatan tayyor, biroq ularni amalga oshirish vaqtida foydalanuvchi

o‘rtacha iste’molchini nari itaradigan va O‘zbekistonda elektron tijoratning

rivojlanishini sekinlashtiradigan bir qator muammolarga duch keladi.

Raqamli axborot bozori asosiy hususiyatlaridan biri – qaror qabul qilishdagi

tezkorlik va osonlikdir. Salmoqli ishlab chiqarish bazasi bu yerda oxirgi o‘rinda

turadi. Abadiy bo‘lib ko‘ringan va tarmoq bozorlarida juda katta ulushlarga ega

bo‘lgan ulkan korporatsiyalarsanoqli yillar ichida umuman tarixga ega bo‘lmagan

kompaniyalarga o‘rnini bo‘shatib beradi. Shunday qilib, “raqamli” modasi o‘tib

ketishini poylab o‘tirish mumkin emas. Bu evolyusiyaning tabiiy va shafqatsiz

bosqichi bo‘lib, unda o‘tgan asr qoidalari va ko‘lamlari bilan yashayotganlar qolib

ketadi. Bu yerda ularni dinozavrlarga o‘xshatish juda o‘rinli bo‘lar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

https://review.uz/uz/post/raqamli-iqtisodiyot-mamlakatimiz-taraqqiyoti-

garovidir

2.

E-Commerce Impacts Global Trade. [Электронный ресурс]. URL: https://

globalshippersalliance.org/wp-content/uploads/2018/03/2017_AAEI_e-
CommerceBenchmark-Report.pdf (дата обращения: 10.03.2020).

3.

На что делают ставку 7 крупнейших e-commerce компаний в мире.

Retail-life. ru. [Электронный ресурс]. URL: https://retail-life.ru/7-krupnejshih-e-
commercekompanij-v-mire (дата обращения: 07.03.2020).

4.

Alibaba Group Holding Ltd (5 June 2020). Дата обращения: 12 января

2020.

5.

Alibaba и сорок «ярдов». expert.ru. Дата обращения: 9 января 2020.

6.

Global e-commerce 2019. Emarketer.com. [Электронный ресурс]. URL:

https://www. emarketer.com/content/global-ecommerce-2019 (дата обращения:
28.04.2020).