https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
319
MENDEL VA IRSIYATNING DOMINANT-RETSESSIV MODELI
Ulug’murodova Ruhshona Sherzod qizi
Pediatriya fakulteti 1-bosqich talabasi, Samarqand-Davlat Tibbiyot Universiteti.
Samarqand. O’zbekiston.
Ilmiy raxbar: Ismoilov Komiljon Tuyg’unovich
Anotatsiya : Ushbu maqolada Gregor Mendelning irsiyat qonunlarini
ochilish tarixi, irsiyatning monogibrid va digibrid duragaylashiga oid qonunlari,
organizm genotipi va fenotipini bashorat qilish imkoniyatlarini tahlil qilingan.
Mendelning duragaylash bo’yicha tajribalarining hozirgi kundagi ahamiyati va
ularning tarjribalarga mos kelishi imkoniyatlari haqida ma’lumotlarb keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Genetika, G.Mendel, gen, T.Morgan, monogibrid, digibrid,
poligibrid, fenotip, genotip, epistaz, polimer, molekulyar biologiya, gibridizatsiya,
mendelizm.
Abstract : This paper analyzes the history of Gregor Mendel's discovery of
the laws of heredity, the laws of heredity regarding monohybrid and digibrid
hybridization, and the possibilities of predicting the genotype and phenotype of an
organism. The relevance of Mendel's experiments on hybridization in the present
day and their possibilities for adaptation to interpretations are given.
Keywords: Genetics, G.Mendel, gene, T.Morgan, monohybrid, digibrid,
polyhybrid, phenotype, genotype, epistasis, polymer, molecular biology,
hybridization, Mendelism.
Аннотация: В статье анализируется история открытия Грегором
Менделем законов наследственности, законов наследственности в
отношении моногибридной и дигибридной гибридизации, а также
возможности прогнозирования генотипа и фенотипа организма. Дана
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
320
актуальность экспериментов Менделя по гибридизации в наши дни и их
возможности адаптации к интерпретациям.
Ключевые слова: генетика, Г.Мендель, ген, Т.Морган, моногибрид,
дигибрид, полигибрид, фенотип, генотип, эпистаз, полимер, молекулярная
биология, гибридизация, менделизм.
Adabiyotlar tahlili:
Genetika irsiyat va o’zgaruvchanlik qonunyatlarini
o’rganadigan biologiya sohasi bo’lib, organizmlarning irsiy xususiyatlarini, shu
jumladan genlar, xromosomalar va molekulyar biologik jarayonlarni tadqiq qiladi.
Genetika, organizmlar irsiy xususiyatlari qanday avlodlarga o’tishini, genetik
material DNK va RNK orqali qanday ifodalanganligini o’rganadi. [2,4 ]
Genetika fanining rivojlanish tarixini o’rganishda quyidagi asosiy
bosqichlarni belgilash mumkin:
1-bosqich.G.Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish
qonunlarining kashf etilishi.
2-bosqich.T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratilishi va uning
rivojlantirilishi.
3-bosqich.Genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, kibernetika kabi fanlarning
yutuqlarini tatbiq qilish. Bu bosqich asosan elektron mikroskopiya,
rentgenostruktur tashxis kabi usullardan foydalanish bilan bog’liq. [1,5]
19-asrning boshlarida Jon Goss no'xat bilan tajriba o'tkazib, o'simliklar
yashil-ko'k no'xat va birinchi avlodda sarg'ish-oq no'xat bilan duragaylanganda
sariq-oq ranglar olinganini ko'rsatdi. Biroq, ikkinchi avlodda birinchi avlod
duragaylarida paydo bo'lmagan va keyinchalik Mendel tomonidan retsessiv deb
atalgan xususiyatlar qayta paydo bo'ldi hamda ular bilan birga o'simliklar o'z-o'zini
changlatish paytida bo'linmadi. Fransuz o'simlik seleksiyaneri Augustin Sajray
asosan qovunlarni gibridizatsiya qilish bo'yicha tajribalar o'tkazadi. U
gibridizatsiya tarixda birinchi marta o'simliklarning individual irsiylanuvchi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
321
belgilarini (qipiq, qobig'i va boshqalar) o'rganishga kirishdi va natijada
gibridizatsiya davrida ota-ona belgilari bir-biri bilan aralashmasdan avlodlar
orasida taqsimlandi. Shunday qilib, Sajray irsiyatning hal qiluvchi xususiyatini
aniqlashga uringan: U o'zining "Gibridlar, variantlar va navlarning shakllanishi
haqida mulohazalar" (1825) nomli maqolasini chop ettirdi. . [3,6,7]
Gregor Mendel (1822-1884) avstriyalik biolog va botanik, irsiylik
nazariyasi yaratuvchisi, o’zining o'simliklar belgilarini nasllarga berilishi va
gibridizatsiya qilish bo'yicha tajribalari zamonaviy genetika asoslarini yaratdi.
Shaxsiy xususiyatlarning irsiylanish mexanizmi va o’zgaruvchanlik mexanizmini
o'rganish maqsadida u no'xatning har xil turlari ustida keng ko'lamli tajriba
o'tkazib, jami 20 000 ga yaqin duragaylarni o'rgandi. Natijada, u keyinchalik
"Mendel qonunlari" nomi bilan mashhur bo'lgan bir nechta asosiy tamoyillarni
shakllantirdi. U 1865 yilda Brunn tabiatshunoslar jamiyatidagi kongresda, o’zining
hissobotida amalga oshirilgan ishlarni qisqacha tasvirlab berdi. Ammo uning
tadqiqotlari ilmiy jamoatchilikni qiziqtirmadi. Keyinchalik, olim o'zining
topilmalarini o'simlik va hayvonlarning boshqa turlarida sinab ko'rishga urinib
ko'rdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shuning uchun u o'z yutuqlariga
ishonchini yo'qotdi va bunday tadqiqotlarga qaytmadi. Lekin uning ishlari
mendelizm nomi bilan hozirgacha yetib kelgan.[2,8,10]
Mendel qonunlari 1865-yilda kashf etilgan boʻlib, uning zamondoshlari bu
kashfiyotga munosib baho bera olmagan. 1900-yilda nemis botanigi K. Korrens,
Avstriya olimi E. Chermak va niderland botanigi X. De Frizlar har xil oʻsimlik
turlari duragaylarida olib borgan tajribalari asosida bir-birlaridan mustaqil
holda Mendel qonunlarini qayta kashf etishdi. Shuning uchun 1900-yil genetika
fani tashkil topgan, yaʼni Mendelizmga asos solingan yil hisoblanadi. Mendelizm
terminini 1905-yilda R. Pennet taklif etgan. Genetikaning rivojlanishi va
Mendelizm nazariy asoslarining yaratilishi Mendelning irsiy omillar (1906-yildan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
322
boshlab U. Betson taklifiga binoan "genlar") haqidagi gʻoyasi katta ahamiyatga ega
boʻldi.
[8,11,12]
Material va usullar
: Mendel tajribalari va genetikaga qo’shgan hissasini
adabiyotlardan foydalangan holda tatqiq etish, genetikaga oid enseklopediya va
qo’llanmalar, monogrofiya sohasi oid manbalardan foydalanib irsiyatning
zamonaviy modeli haqidagi bilimlar keltirilgan. Tadqiqotda anonim so’rov,
kuzatish, tahlil qilish usullaridan foydalanilgan.
Natijalar va muhokama
:
Mendel qonunlari genetika va irsiyatga tegishli
bo’lgan ba’zi bilimlarni tushuntirishga xizmat qiladi, lekin ular tabiatda
uchraydigan barcha irsiyatga oid savollarga javob bermaydi. Mendelning irsiyatni
o’rganish bo’yicha dastlabki tajribalari noxush natijalar bergan, chunki u qulupnay
bilan ishlagan. Qulupnay o’z-o’zini changlantirishga moyil bo’lmagani sababli
natijalar chalkash edi. Shundan so’ng, u no’xat (Pisum sativum) o’simligini tanladi,
chunki no’xat o’simligi ma’lum belgilarni oson kuzatish imkonini beradi. Mendel
avliyo Avgustin ordeni monastrida ruhoniy bo’lgan. Uning ruhoniy bo’lishi ilmiy
ishlariga vaqt ajratishga va monastrning bog’idan foydalanishga imkon berdi.Shu
tariqa Mendel asta sekinlik bilan o’zining ilmiy ishlarini olib bordi. Genetik va
sitogenetik tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida Mendel qonunlarining
umumbiologik qonunlar ekanligi isbotlandi, irsiyat va irsiylanishning yangi
qonunlari kashf etildi, genetikada Mendelning nomi bilan ataladigan ta’limot-
mendelizm
shakllandi.
Mendelizm
-organizmlar belgilarining irsiylanish qonunlari haqidagi
taʼlimot
. Bu taʼlimotning yaratilishida Mendel tadqiqotlari hal qiluvchi ahamiyatga
ega boʻldi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari genetikaning poydevori
hisoblanadi. Irsiy omillar (genlar)ning Mendel kashf etgan xususiyatlari
zamonaviy genetik tadqiqotlarida toʻla-toʻkis tasdiqlandi. M. taʼlimotiga koʻra,
organizm belgilarining irsiylanishini taʼmin etuvchi irsiy omillar (genlar) moddiy
asosga ega boʻlib, ular uchun diskretlik, stabillik (barqarorlik, turgʻunlik)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
323
xususiyatlari xos; genlar turli; dominant va retsessiv holatda faoliyat koʻrsatishi
mumkin. Gen allellari tana hujayralarida ikkitadan, yaʼni juft (diploid) holatda;
jinsiy hujayralarda bittadan, yaʼni yakka (gaploid) holatda boʻladi. Erkak va
urgʻochi jinsiy hujayralar qoʻshilishi tufayli vujudga keladigan yangi avlod, yaʼni
zigotada genlarning juftlik holati yana qayta tiklanadi. Genetikaning Mendeldan
keyingi davrida genetika tez surʼatlar bilan rivojlandi, u yangi qonuniyatlar, dalillar
va gʻoyalar bilan boyitildi. Mendelizmning rivojlanishini taʼmin etgan asosiy ilmiy
natijalar quyidagilardan iborat:
-
noʻxat oʻsimligida Mendel tomonidan kashf etilgan umumbiologik
irsiylanish
qonunlari
barcha
organizm
(oʻsimlik,
hayvon,
mikroorganizm)lar uchun xos ekanligi;
-
organizm belgilari irsiylanishining yangi qonunlari kashf etilishi, yaʼni
irsiyat har doim faqat bitta gen bilan bogʻliq boʻlib qolmasdan, ikki va
undan ortiq noallel genlar (poligenlar)ning oʻzaro taʼsiri tufayli amalga
oshishi ham isbotlanganligi; poligenlarning komplementar, epistaz,
polimer hamda bir genning koʻp tomonlama (pleyotropiya) taʼsirida
belgilarning irsiylanish qonunlari ochilganligi;
-
sitogenetikada xromosomalar soni va faoliyatini oʻrganish natijasida
olingan dalillar.Mendel qo’llagan usul duragaylash yoki chatishtirish
usuli deb ataladi.
Mendelning
birinchi
qonuni dominantlik qonuni yoki birinchi bo’g’inda bir
xillilik qonuni deb ataladi. Mendelning birinchi qonunini quyidagicha izohlash
mumkin: agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o’zaro
chatishtirilsa,
𝐹
1
duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo’lib
barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo’ladi. Mendelning
ikkinchi
qonuni
belgilarning ajralish qonuni. Quyidagicha nisbatda ajralish kuzatiladi fenotip
bo’yicha 3:1, genotip bo’yicha 1:2:1.Mendelning
uchinchi
qonuni belgilarning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
324
mustaqil holda irsiylanish qonuni deb ataladi. Mendel aslida biolog emas edi. U
Vena universitetida fizika, matematika va meteorologiyani o’rgangan.
Xulosa :
Ushbu maqolada taqdim etilgan tadqiqotlar va o’simliklar tahlillar
orqali, Mendelning genetikaga qo’shgan ulkan hissalari to’g’risida ma’lumotlar
keltirilgan. Mendel o’simliklar bilan olib borgan tajribalari orqali irsiyatning asosiy
qonuniyatlarini kashf etdi. Uning dominant va retsessiv belgilarning nasldan-
naslga qanday o’tishini tushuntirib bergan Mendel qonunlari zamonaviy
genetikaning asosiy qoidalaridan biriga aylandi.Bugungi kunda seleksiya, tibbiyot
va biotexnologiya sohalarida qo’llanilayotgan gentika fanining rivojlanishiga
Mendelning ilmiy ishlanmalari mustahkam asos yaratganini ta’kidlashimiz
mumkin.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
X
oliqov P.X. , A.Q.Qurbonov, A.O.Daminov, M.V.Tarinova “Tibbiy
biologiya va genetika” Darslik // OOO Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi. - Toshkent:
2022. -586 bet.
2.
К.Н. Нишанбаев, П.Р. Алимходжаева, Д.Ж. Ҳамидов. Медицинская
биология и генетика. Учебник. - Ташкент: 2008. - 430 с.
3.
International Journal of Education, Social Science & Humanities.Finland
Academic Research Science Publishers ISSN: 2945-4492 (online) | (SJIF) = 8.09
Impact factor Volume-13| Issue-1| 2025 Published: |22-01-2025| Publishing centre
of Finland 9
4.
Ismoilov
Komiljon
Tuygunovich,
Aliev
Dilmurod
Davronovich,
Matkarimova Gulnoz Maksudzhanovna, Rajabov Jasur Pardaboevich - Ecological
Bases of Productivity of Flow-Colored Sheep. Jundishapur Journal of
Microbiology Research Article Published online 2022 April. Vol. 15, No.1 (2022)
5.
Mukhitdinov, Sh., Aliyev, D., Ismoilov, K., & Mamurova, G. (2020). The
Role Of Biologically Active Substances In The Blood In Increasing The
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
325
Productivity Of Sheep. European Journal of Molecular & Clinica/ Medicine, 7(03),
2020.
6.
Muxammedjanovich M. Sh., Ismoilov K.T. et al. MARFAN
SINDROMINING TASNIFI, KLINIK BELGILARI VA PROFILAKTIKASI
//International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING. – 2024. – Т. 5.
– №. 1. – С. 81-84
7.
Tuygunovich I. K., Muxammedjanov M. S. HERITAGE AND HERITED
DISEASES //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т.
10. – №. 2. – С. 667-670.
8.
Ismoilov
Komiljon
Tuygunovich,
Aliev
Dilmurod
Davronovich,
Matkarimova Gulnoz Maksudzhanovna, Rajabov Jasur Pardaboevich - Ecological
Bases of Productivity of Flow-Colored Sheep. Jundishapur Journal of
Microbiology Research Article Published online 2022 April. Vol. 15, No.1 (2022)
9.
Mukhitdinov, Sh., Aliyev, D., Ismoilov, K., & Mamurova, G. (2020). The
Role Of Biologically Active Substances In The Blood In Increasing The
Productivity Of Sheep. European Journal of Molecular & Clinica/ Medicine, 7(03),
2020.
10.
Yunusova Z.T., , K.T. Ismailov, The importance of using Ibn Sina's
scientific heritage and additional interesting information in biology
lessons/Republican 18th multidisciplinary scientific distance online conference on
the topic "Scientific and practical research in Uzbekistan" 22 part Tashkent, July
31, 2020
11.
Verma, P. S., & Agrawal, V. K. (2006). Cell Biology, Genetics, Molecular
Biology, Evolution & Ecology (1 ed.). S .Chand and company Ltd.
Internet manbalari:
12.
https://www.cliffsnotes.com/study-guides/biology/plant-
biology/genetics/mendelian-genetics