Авторы

  • A.N.Zulfikorov.

Биография автора

  • A.N.Zulfikorov.

     Buxoro shahar “Zarmed” universiteti b.f.n; dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99968

Ключевые слова:

Key words: saffron flower saffron oil zotiljam liquor crocetin kaempferol shafranal. Kalit so’zlar: za’faron guli za’faron yog’i likyor krosetin kempferol

Аннотация

Abstract: In this article, the distribution areas of the saffron plant and the climate adaptation of the species in each distribution area, and the change in medicinal properties are highlighted. Also, information about the saffron plant, its systematic place, and alleged diseases were disclosed.

Annotatsiya: Ushbu maqolada za’faron o’simligining tarqalish maydonlari va har bir tarqalgan hududdagi turlarning iqlimga moslanishi, dorivorlik xususiyatlarining o’zgarishi yoritilgan. Shuningdek, za’faron o’simligi, uning sistematik o’rni, da’vo bo’lgan kasalliklari haqida ma’lumotlar ochiqlangan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

299

CROCUS SATIVUS NING BIOKIMYOVIY VA BIOLOGIK

XUSUSIYATLARI

A.N.Zulfikorov.

Buxoro shahar “Zarmed” universiteti b.f.n; dotsent

Abstract: In this article, the distribution areas of the saffron plant and the

climate adaptation of the species in each distribution area, and the change in

medicinal properties are highlighted. Also, information about the saffron plant, its

systematic place, and alleged diseases were disclosed.

Key words: saffron flower, saffron oil, zotiljam, liquor, crocetin, kaempferol,

shafranal.

Annotatsiya: Ushbu maqolada za’faron o’simligining tarqalish maydonlari

va har bir tarqalgan hududdagi turlarning iqlimga moslanishi, dorivorlik

xususiyatlarining o’zgarishi yoritilgan. Shuningdek, za’faron o’simligi, uning

sistematik o’rni, da’vo bo’lgan kasalliklari haqida ma’lumotlar ochiqlangan.

Kalit so’zlar: za’faron guli, za’faron yog’i, zotiljam, likyor,krosetin,

kempferol,shafranal.

Qadimda insonlar dasturxoni bezagi, ziravorlar sultoni, bir urug’palli

o’simliklar sinfi Gulsafsardoshlar Iridaceae oilasi vakili bo’lgan beqiyos hidga va

ta’mga ega bo’lgan za’faron o’simligi O’rta yer dengizining noma’lum turidan

kelib chiqqan deb tahmin qilinadi. Zaʼfaron (Crocus sativus – lotin.) –

sapsarguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik. Yovvoyi

holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda

katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och

sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

300

tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa.

Koʻsagi choʻziq, eni 6-7 mm. Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi.

Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli. 90-100 ming dona

zaʼfaron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Zaʼfaron gulining

quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziq-ovqat

(pishloq, sariyogʻ, likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-

upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda dori-darmon sifatida qoʻllaniladi. Zaʼfaron

o‘simligi tibbiyotda onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning oxirgi

bosqichida saraton o‘simtalariga qarshilik ko‘rsatadi va ularning hujayralari

o‘sishini to‘xtatadi), qonni tozalashda (uni yangilaydi va tozalaydi, demak yurak

qon tomir tizimini mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini

oziqlantiradi), miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya to‘qimalarini

o‘stiradi, xotirani yaxshilaydi), nevrozdan forig‘ qiladi, bosh og‘rig‘i va

uyqusizlikdan xalos etadi, oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi,

organizmni quvvatlaydi, ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, ko‘z to‘rpardasidagi illatlarni

davolaydi, butun organizmni yoshartiradi.

Za’faron – crocus sativus o’simligi uchta gomologik xromosomalar

yig’indisini o’zida jamlaganligi (24 ta xromosoma) va har bir xromosoma to’plami

o’ziga xos shaklga va hajmga ega ekanligi sababli uni urug’idan ko’paytirish

imkoni mavjud emas. Za’faron piyozchalari orqali vegetativ usul orqali

ko’paytiriladi.

Juda erta asrlardan tabiblar za’faron o’simligini tinchlantiruvchi, og’riq

qoldiruvchi vosita sifatida qo’llab kelganlar. Buyuk ajdodimiz Ibn Sino za’faron

haqida: «…Burishtiruvchi va erituvchidir. Bunda burishtirish va yelimlar

xususiyati bo‘lganidan yetiltiruvchi hamdir. Issiqligi mo’tadil bo‘lib, tiqilmalarni

ochadi: Sasishni tuzatib, ichki a’zolarni kuchaytiradi. Za’faron ichish rangni

chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg‘am ko‘chishini

osonlashtiradi va nafas a’zolarini kuchli qiladi». Kundalik ovqat tarkibiga o’simlik


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

301

ziravoridan solish orqali aqliy faoliyatni faollashtirish, terlashni pasayishiga

erishish, ishtahani yaxshilash, ovqat hazm qilishni yaxshilash va metabolizmni

jadallashtirishga erishish mumkin. Muntazam ravishda za’faronli choydan ichib

borish jigar va buyrakni tozalanishiga va ish faoliyatini yaxshilanishiga, jigar

sohasidagi shishlarni qaytishiga ko’mak beradi. Hatto za’faron suvini asal bilan

qo’shib tayyorlangan darmon yordamida buyrak va o’t qopidagi toshlarni erishiga

ham guvoh bo’lishimiz mumkin. Za’faron o’simligidan tayyorlangan damlamani

doimiy qabul qilish bosh og’riqlari, yurak va jigar sanchiqlarini kamayishiga va

qolib ketishiga olib keladi. Organizmda serotonin garmoni ishlab chiqarilishini

jadallashtirganligi sababli xursandchilik kayfiyatini hosil qiladi va yurak siqilishi,

g’ashlikni ketkazadi. Stress holatidan chiqishga yordam beradi, miyadagi turli

hayollar va qo’rquv, vasvasa holatlarini bosilishiga sabab bo’ladi. Za’faron

tarkibida eng muhim biologik faol moddalardan krosetin va glikozid krosein

mavjudligi sababli tezda so’riladi va miya, qontomirlar tiqinlarini ochadi, qotib

qolgan qonlarni eritadi, natijada qon bosimi mo’tadillashadi, umumiy tana qon

aylanishi yaxshilanadi, miyaga toza qon va kislorodning yetib borishi qulaylashadi.

Za’faron tarkibida krotsin karatinoid krosetinning digentibiyoz efiri borligi

sababli uni xushbo’yligi ta’rifiga til ojiz. Shu sababdan zotiljam kasalligida

bemorga za’faron hidlatish samarali hisoblanadi. Za’faron hidlagan bemor

tinchlanadi va osuda uyquga ketadi. Za’faron yog’i yordamida nafas yo’llarini

tozalash va ravonlashtirish, nafas olish sistemasi a’zolarini ish faoliyatini

kuchaytirishga erishish mumkin. Za’faronning xushbo’yligini ta’minlovchi yana

bir muhim modda 2-gidroksi-4,4,6- trimetil-2,5-siklogeksadien-1-on bo’lib, bu

modda yordamida za’faron quritilganda pichanga o’xshash hid beradi. Natijada

za’farondan o’ziga xos ta’m kelib chiqadi va uning vositasida yeguliklarga maza

kiritadi. Za’farondan tayyorlangan ziravor ta’mi o’tkirligini achchiq glyukozid

pikrokrotsin ta’minlaydi. a-krotsin karotenoid pigment va a-krosin yordamida

qaynatilgan va dimlangan guruchga o’ziga xos ta’m bilan birgalikda yorqin rang


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

302

ham hosil qilish mumkin. Melanxoliya va ruhiy tushkunlik, qo’rquv holatlarini

yengillashtirishda za’faron choyi tavsiya qilinadi. Za’faron antisplazmotik, diuretik

va yallig’lanishlarga qarshi qo’llanilganda samarali foyda beradi. Quruq bronxit,

qizamiq, ko’k yo’tal kabi surunkali kasalliklarni yengillashtirishda ham

za’farondan bemalol foydalanish mumkin. Za’faron tarkibidagi antimutagen

xususiyat saraton o’smalarini rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va bir me’yorda

ushlab turishga yordamlashadi. Ushbu xususiyatli birikma – kempferol za’faron

gulbarglarida joylashgan

Za’faron tarkibidagi shafranal aromo-faol birikmalari inson kayfiyatini

ko’taradi, xotirani yaxshilaydi, o’rganish ishtiyoqini oshiradi, miya hujayralarini

oksidlovchi stressdan muhofaza qilib turadi. Qadimdan za’faron issiq sut bilan

aralashtirilib ichilgan, bu o’z navbatida bosh miya to’qimalarining o’sishiga

yordam beradi, xotirani kuchaytiradi va ko’rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Za’faronni suvda qaynatib iliq holida oz-ozdan boshdan quyish uyquni maromiga

keltiradi.

Za’faron tarkibida ketonlar va aldegidlar ustunlik qiladigan 28 ga yaqin

uchuvchi va xushbo'y birikmalar bo’lib, uning ko’rish sistemasiga ham ijobiy

ta’sirlari o’rganilgan. Yoshga bog’liq buzilishlarni oldini oladi, ko’rish

sistemasidagi yo’qotilgan keskinlikni, shikastlangan fotoretseptorlar hujayralarini

qayta tiklaydi. Ko’zga tushuvchi nazlalarni to’xtatadi va ko’zga tushgan pardaga

qarshi foyda beradi. Keksalik yoshidagi insonlar doimiy za’farondan qabul qilishi

esa kataraktani oldini olib turadi.

Za’faron

krokus gullari (Crocus sativus) popugidan olingan to’q sariq

rangli oziq-ovqat bo‘yog‘i, ziravor sifatida tanilgan.

Dunyoda za’faron

hosilining 90% gachasi Eronda yig‘iladi. Bizning mamlakatimizda za’faron

plantatsiyasi O’zbekiston va Italiya o‘rtasidagi xalqaro investitsiya loyihasi

doirasida paydo bo‘ldi.Jizzax viloyati Baxmal tumanida

za’faron “BMB

Zafaron” brendi ostida milliy mahsulot

sifatida yetishtirilib, qayta ishlanmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

303

Ushbu

loyihani

amalga

oshirish

uchun

2022-yilda

Italiyadan

O‘zbekistonga

16 mln dona

za’faron

piyozi

olib

kelingan.

2021–

yilda

esa

20 mln

dona

piyozi ekilgan edi. Ayni paytda plantatsiya 305 gektardan

ortiq maydonni egallaydi.

Ushbu ziravor nimasi bilan qiymatli va nega u

dunyodagi eng qimmatbaho sanaladi?

Za’faron guli qadimgi Misr va Ossuriya

tabiblarining yozuvlarida tilga olingan. Yunonchadan tarjima qilganda gullagan

za’far, ya’ni

“krokus” – ip yoki tola

degan ma’noni anglatadi. Uning ikkinchi

nomi —

“za’far” arab tilida “zeferan” “sariq”

degan ma’noni beradi. U

tibbiyotda, kosmetologiyada, pazandachilikda keng qo‘llaniladi.O‘simlikning

gullari kichik qo‘ng‘iroqlar yoki bokallarga o‘xshaydi. Ular yolg‘iz o‘sadi, gullari

ochilganida

diametri 5 sm ga etadi

.Za’farning qiymati uning popuklarida.

Ziravorning yuqori narxi yig‘ish va qayta ishlash jarayonining mashaqqatliligi

bilan bog‘liq.

Bitta gul uchta popuk hosil qiladi. Bir kilogramm ziravor olish

uchun 200 mingga yaqin gul talab etiladi.

Popuklar qo‘lda, erta tongda, gul

endigina ochilganda yig‘iladi. Popuklarning qimmatli xususiyatlari ochilib bo‘lgan

gulda emas, balki aynan g‘unchasida saqlanadi. Yig‘ish va quritishning butun

jarayoni bir kunda amalga oshiriladi. Yig‘ilgan popuklar o‘sha kuniyoq

quritilmasa, o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi.Za’faron yetishtirish uchun o‘simlikning

biologik xususiyatlari bilan tanishish, shuningdek, gulning tuzilishi va ko‘rinishini

o‘rganish muhimdir. Za’faron ba’zan

krokus

deb ham ataladi. Bu o‘simlik ko‘p

yillik o‘simliklar qatoriga kiradi. Oilasi – sapsarguldoshlar. Ushbu gulning butalari

kichik, taxminan

15-30 sm

bo‘ladi. O‘simlik

diametri taxminan 2-3 sm

bo‘lgan

kichik piyozboshlar orqali ko‘paytiriladi. O‘simlikning poyasi yo‘q.

Piyozboshning tepa qismida birdaniga g‘uncha tugadi va barglar paydo bo‘ladi.

Bitta piyozboshda uchtagacha g‘uncha paydo bo‘lishi mumkin. Gullar

binafsha,

siren rang, sariq yoki sabzirang

bo‘lishi mumkin.Za’faron guli chiroyli bo‘lsa-

da, juda tez to‘kiladi. Keyin esa uning mevalari – ko‘sakdagi za’faron urug‘lari

shakllanadi. Eng keng tarqalgan turlari bahorda gullaydi, ammo kuzda kurtak


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

304

chiqaradigan navlari ham bor. O‘simlikning navlari anchagina.

Za’faron asrlar

davomida qiymati o‘zgarmagan dunyodagi yagona ziravor hisoblanadi. O‘rta

asrlarda bo‘lgani kabi, hozir ham ushbu xomashyo narxi juda yuqori

baholanadi.Za’faron Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qimmat

ziravor sifatida kiritilgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ziravorlar podshoxi va dorivor

o’simliklar ko’rki bo’lgan za’faron crocus sativus asrlar davomida insonlarga turli

kasalliklarda yordam berib kelgan. Bugungi kunga kelib prezidentimiz tasahbbusi

bilan ushbu noyob o’simlik katta plantatsiyalarga ko’chirib o’tkazilmoqda va

mamlakatimiz aholisi salomatligini tiklashda keng qo’llanilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

TARKIBIDA M. i dr. MYeXANIChYeSKIY SOSTAV POChV

ROMITANSKOGO RAYONA I YeGO VLIYaNIYE NA PLODORODIYE
POChV //DEVELOPMENT. – T. 31. – S. 47.

2.

Amonova D. B., Xamrokulova N. K. K., Sulaymonov B. B. U. Metodы

nezavisimoy i tvorcheskoy deyatelnosti studentov v obuchenii biologii //Academy.
– 2020. – №. 6 (57). – S. 16-17.

3.

Xamrokulova

N.

K.

K.

FIZIOLOGIChYeSKIYE

SVOYSTVA

INTRODUSIROVANNЫX

KORNYeVЫX

LYeKARSTVYeNNЫX

RASTYeNIY BUXARSKOGO OAZISA //Academy. – 2021. – №. 1 (64). – S. 26-
28.

4.

Xamroyeva N. K. K. Preimuщestva vozmojnostey “smart education” v

obuchenii biologii //Academy. – 2020. – №. 5 (56). – S. 50-52.

5.

Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF

PROTEIN //E Conference Zone. – 2022. – S. 79-81.

6.

Xamrokulova

N.,

Mustafayeva

M.

I.

BIOINDIKATORNOST-

IZUChYeNIYa STYePYeNI ZAGRYaZNYeNIYa VOD PRI POMOЩI
ALGOFLORЫ BIOPRUDOV //Natsionalnaya assotsiatsiya uchenыx. – 2016. –
№. 4-1 (20). – S. 102-103.