Авторы

  • Ilyosboyev Sirojiddin Baxtiyor o'g'li

Биография автора

  • Ilyosboyev Sirojiddin Baxtiyor o'g'li

    ChDPU, maktabgacha boshlangʻich taʼlim fakulteti 2-bosqich  talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99970

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya sport texnika ta’lim-tarbiya jismoniy madaniyat mahorat mashg‘ulot ko‘nikma malaka yuklama. Ключевые слова: физическое воспитание спорт методика образование физическая культура умение тренированность способность квалификация нагрузка. Keywords: physical education sports technique education physical culture skill training ability qualification load.

Аннотация

Аnnotatsiya: Jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o‘zlashtirish va uni o‘quvchiga yetkazish va ular tomonidan samarali o’zlashtirilishini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Маqoladа jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish masalalari yoritilgan.

Аннотация: В процессе физического воспитания обучение заключается в приобретении специальных знаний и умений выполнять движения, доведении их до учащихся и обеспечении их эффективного усвоения ими. В статье рассматриваются вопросы организации занятий по физическому воспитанию.

Abstract: In the process of physical education, education consists in mastering special knowledge and the ability to perform movements, conveying them to the student and ensuring their effective mastery by them. The article discusses the issues of organizing physical education classes.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

289

JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL QILISH

MASALALARI

Ilyosboyev Sirojiddin Baxtiyor oʻgʻli

ChDPU, maktabgacha boshlangʻich taʼlim fakulteti 2-bosqich talabasi

.

Аnnotatsiya: Jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va

harakatni bajara olishni o‘zlashtirish va uni o‘quvchiga yetkazish va ular

tomonidan samarali o’zlashtirilishini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Маqoladа

jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sport, texnika, ta’lim-tarbiya, jismoniy

madaniyat, mahorat, mashg‘ulot, ko‘nikma, malaka, yuklama.

Аннотация: В процессе физического воспитания обучение заключается

в приобретении специальных знаний и умений выполнять движения,

доведении их до учащихся и обеспечении их эффективного усвоения ими. В

статье рассматриваются вопросы организации занятий по физическому

воспитанию.

Ключевые слова: физическое воспитание, спорт, методика,

образование, физическая культура, умение, тренированность, способность,

квалификация, нагрузка.

Abstract: In the process of physical education, education consists in

mastering special knowledge and the ability to perform movements, conveying

them to the student and ensuring their effective mastery by them. The article

discusses the issues of organizing physical education classes.

Keywords: physical education, sports, technique, education, physical culture,

skill, training, ability, qualification, load.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

290

KIRISH

Barchamizga ma’lumki jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda,

aholi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya va sportni o‘rni beqiyosdir.

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy

salomatligini shakllantirishni, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-

muhabbatni singdirishning g‘oyat muhim sharti hisoblanadi.

Aholini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan

shug‘ullanishlari, turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari orqali yoshlarda o‘z

irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Yosh avlodning har tomonlama aqliy, ahloqiy va jismoniy jihatdan

rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Bugungi kunda

barcha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish ishlarini

rivojlantirish, ta’lim olayotgan o‘quvchilarning sport turlariga qiziqishini oshirish,

bilimi, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda.

O‘quvchilarga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o‘rinni

egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo‘lagini bajarishga

o‘rgatiladi, jarayon mashq qilish – takrorlash orqali amalga oshiriladi va

shug‘ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning shakllanishiga, jismoniy

sifatlarni rivojlantirish – tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya

jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o‘zlashtirish va uni

o‘quvchiga, shug‘ullanuvchiga uzatishni uyushtirilishini yo‘lga qo‘yishdan

iboratdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Umumiy ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida

ayniqsa, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan

o‘quvchilarning faoliyati boshqariladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

291

O‘quvchilar faoliyatini boshqarish deganda mashg‘ulot davomida o‘qituvchi

rejasiga muvofiq jismoniy mashqlarni bajarishni tashkillashtirish uslubiyatini

tushunamiz.

Ta’lim-tarbiya jarayonida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, o‘quvchilar

faoliyatini jismoniy tarbiya darslarida birvarakayiga (frontal), uzluksiz-ulab,

guruhlarga ajratib, yakkama-yakka va aylanib yurib mashq bajarish uslubiyatlari

orqali tashkillashtiriladi.

1. O‘quvchi faoliyatini tashkillashtirishning frontal usuliyati deganda

guruhdagi barcha o‘quvchilarni birvarakayga o‘qituvchi bilan birgalikda bir xil

vazifani hal qilish uchun mashqni yoppasiga bajarishi tushuniladi. Bu

uslubiyatning afzalligi mashqni bajarish uchun barcha o‘quvchilarni teng qamrab

olinishidir va ularni birvarakayiga band qilishi bo‘lib, dars (mashg‘ulot)da yuqori

zichlikka erishiladi hamda yuklamani sur’ati, intensivligi va me’yori barcha uchun

bir bo‘lishligidadir.

Bu uslubiyatdan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, yangi

materialni o‘zlashtirish, takomillashtirish dasrlarida, ko‘proq kichik yoshdagi

o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarda foydalaniladi.

2. O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillashtirish usuliyati. Mashqni

bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy ko‘rsatmalarni harakatni bajarish

ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to‘xtatmay, yuqori zichlikka

erishish maqsadida harakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu

uslubiyatning afzalligi yuklama me’yorini, uni hajmini, intensivligini guruhdagi

barcha o‘quvchi uchun (jismoniy tayyorgarligidan qat’iy nazar) bir xilda

bo‘lishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, guruh o‘quvchilari umumiy jismoniy

tayyorgarligini baholash, ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga

nisbatan o‘z harakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati

yaratiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

292

Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlari hamda yangi materialni

o‘zlashtirish boshlangan darsning asosiy qismida ko‘proq foydalaniladi.

3. O‘quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni jismoniy

rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qo‘yilgan vazifalarni turli-

tumanligi, uni hal qilish uchun lozim bo‘lgan jihozlarni hisobga olish bilan, ko‘p

sonli o‘quvchilar guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir. U uslubiyatdan

asosan darsning asosiy qismida foydalaniladi.

O‘quvchi faoliyatini tashkillashtirishda kichik guruhlarga ajratish uslubiyati

ta’lim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib

shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘z navbatida o‘qitish jarayonini kuchiga

yarasha, jismoniy imkoniyatini hisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va

ta’lim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi. Har bir guruh o‘qituvchi

topshirig‘i bilan mustaqil, alohida vazifani hal qilishga yo‘naltiriladi.

Bu uslubiyat har bir guruh uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan,

oldindan tayyorlangan, mavzuni texnikasidan xabardor, guruh faolini tayyorlashni

o‘qituvchi zimmasiga yuklaydi.

4. O‘quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkillash uslubiyatidan asosan

o‘quv yilining, o‘quv choragining, Davlat standarti dasturidagi bo‘limlarning

o‘qitib bo‘lingan mavzularini takrorlash darslarida foydalaniladi. O‘quvchilar

faoliyatini yakkama-yakka tashkillashtirish o‘quvchilardan texnik jihatdan ma’lum

nazariy va

amaliy bilimlarga ega bo‘lishni, o‘z-o‘zini va guruhdoshini havfisizligini

ta’minlay bilish, mashqni ko‘rsata olish va eng asosiysi o‘zlashtirilayotgan,

tanishtirilayotgan, mustahkamlanayotgan va takomillashtirilayotgan o‘quv

materiali, o‘quvchilar uchun oldindan o‘rgatilgan mashq texnikasi tanish material

bo‘lishi shart.

Qolaversa, ayrim darslarda har bir o‘quvchi uchun o‘quv yilida o‘zlashtirib

ulgurmagan mavzular yoki mashqlaridan vazifalar beriladi. Bu usuliyatdan asosan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

293

o‘rta va katta maktab yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan darslarda foydalanish

tavsiya qilinadi.

5. O’quvchi faoliyatini aylanib yurib mashq bajarish usuliyati orqali

tashkillashtirish asosan yuqori sinf o‘quvchilari bilan, rejalashtirilgan o‘quv

materiali o‘rganib ulgurganidan so‘ng, mashqdan-mashqga o‘tish, o‘qituvchining

buyrug‘i (signali), signalisiz mashqni bajargandan so‘ng o‘rin almashtirish

maqsadida boshqa jihozga o‘tish tarzida tashkillanadi.

Bu usuliyatning samaraliligi shundaki, vaqt tejaladi, o‘quvchilarning barchasi

birvarakayiga band bo‘ladi, ularda mustaqil shug‘ullanishga ehtiyoj va

instruktorlik malakalari shakllanadi.

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida jismoniy

tarbiya o‘qituvchilari jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini

tashkillashtirishda yuqorida qayd etilgan usullarni amaliyotda qo‘llash, ilg‘or

pedagogik texnlogiyalarni zamonaviy metod va usullarni tadqiq etish va

amaliyotga joriy etish, ilmiy-amaliy metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda

jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Tolipov O.`Q. va boshq. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. T.,

“Fan”2006 y.

2. Usmonxo`jayev T. va boshq. Jismoniy tarniya nazariyasi va uslubiyoti. T

“Oqituvshi”2004 y.

3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning” Oliy

Majlisga murojaatnomasi”. 29.12.2020 у.

4.A.V.Keneman, D.V.Xuxlaeva Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi va

metodikasi. T.,1988 у.

5.

Зайцев А. А. Основные компоненты спортивной тренировки : метод.

рек. по спецкурсу «Теория спорта высших достижений». – Калининград :
Изд-во Калининградского университета, 2007 г.