Авторы

  • Xoliqulov M.Q.
  • Jumanov H.N.

Биографии авторов

  • Xoliqulov M.Q.

    O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi o‘qituvchisi,

  • Jumanov H.N.

    O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99984

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: globallashuv milliy ma’naviyat madaniy integratsiya san’at badiiy adabiyot milliy qadriyatlar til taraqqiyoti teatr san’ati ilm-fan o‘zaro ta’sir tarixiy meros zamonaviylik.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonining san’at, badiiy adabiyot, milliy ma’naviyat va qadriyatlar shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. O‘zbek milliy ma’naviyatining tarixiy rivojlanishi, turli davrlarda boshqa madaniyatlar bilan o‘zaro ta’siri, shuningdek, globallashuvning transformatsiyalashuvi milliy an’analar va qadriyatlarning boyishi va o‘zgarishiga olib kelishi, uning ijobiy hamda salbiy oqibatlari to‘g‘risida ijtimoiy-falsafiy muhokama qilinadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

203

GLOBALIZATSIYA JARAYONINING SAN’AT VA BADIIY

ADABIYOT VOSITASIDA MILLIY QADRIYATLARGA

TRANSFORMATIV TA’SIRI

O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi

o‘qituvchisi,

Xoliqulov M.Q.

O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti talabasi,

Jumanov H.N.

Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonining san’at, badiiy

adabiyot, milliy ma’naviyat va qadriyatlar shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi.

O‘zbek milliy ma’naviyatining tarixiy rivojlanishi, turli davrlarda boshqa

madaniyatlar

bilan

o‘zaro

ta’siri,

shuningdek,

globallashuvning

transformatsiyalashuvi milliy an’analar va qadriyatlarning boyishi va

o‘zgarishiga olib kelishi, uning ijobiy hamda salbiy oqibatlari to‘g‘risida ijtimoiy-

falsafiy muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar: globallashuv, milliy ma’naviyat, madaniy integratsiya, san’at,

badiiy adabiyot, milliy qadriyatlar, til taraqqiyoti, teatr san’ati, ilm-fan, o‘zaro

ta’sir, tarixiy meros, zamonaviylik.

Globalizatsiya zamonaviy dunyoning eng muhim jarayonlaridan biri bo‘lib,

u iqtisodiyot, siyosat, fan, san’at va adabiyot kabi sohalarga chuqur ta’sir

ko‘rsatmoqda. Ushbu jarayon milliy madaniyat va qadriyatlarning shakllanishida

kotolizator vazifasini o‘tamoqda. Ayniqsa, san’at va badiiy adabiyot globalizatsiya

ta’sirida turli o‘zgarishlarga uchrab, milliy ma’naviyat va identifikatsiyani


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

204

boyitishda vosita sifatida xizmat qilmoqda. Globalizatsiyaning san’at va badiiy

adabiyot vositasida milliy qadriyatlarga transformativ ta’siri oshib bormoqda.

Dunyoda kechayotgan globallashuvning kechish qonuniyatlari XXI asrga

kelib o‘zining misli ko‘rilmagan cho‘qqisiga ko‘tarilgani, jahon siyosiy sahnida joy

olgan davlatlarda birlamchi ko‘zga tasshlanayotganligini kuzatish mumkin.

Yurtimizda globallashuvning transformatsiyalashuv jarayoni jadal rivojlanar ekan,

ma’naviyatimizga, qadriyatlarimizga yod zararli unsurlarning kirib kelishi, uning

jamiyat strukturasiga salbiy ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bu orqali,

yoshlarning

dunyoarashi

shaklanish

jarayonida

milliy

qadriyatlar

va

umumbashariy ma’naviyat orqali tarbiyalashga oid davlat siyosati amalga

oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat

siyosati to‘g‘risida

1

gi Qonuni, Prezidentning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida

2

gi Farmonining V.

Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, deb

nomlangaan bobida “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini

amalga oshirish mexanizmlarni ishlab chiqish hamda amalga ochirish usul va

vositalari keltirilgan

3

.

Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari ma’naviyatiga hurmat bilan qarash,

kerakli joylarini o‘rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma’naviyat cho‘qqisiga

erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Milliy ma’naviyatlar o‘zaro ta’sir

jarayonida rivojlanadi. Har qanday xalq ma’naviyati rivojiga nazar tashlansa, uning

bashqa xalqlar udum va an’analarini qanchalik o‘zlashtirib va rivojlantirib

borganini ko‘rish mumkin.

O‘zbek milliy ma’naviyati ham uzoq va yaqingi qo‘shnilarning ilg‘or

1

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son. [https://lex.uz/docs/-3026246]

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. [https://lex.uz/uz/docs/-

5841063#-5844411]

3

Mirziyoyev Sh. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. –T:. “O’zbekiston” nashriyoti. 2022-yil. –B.247-279.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

205

an’analarini o‘zlashtirish natijasida boyib bordi. Ma’naviyatimizning rivojlanish

tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch hosil qilish mumkin. XX asr

boshlaridagi o‘zbek madaniyati va ma’naviyati hamda uning asr oxiridagi holati

o‘rtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san’at, fan, hatto oddiy

yurish - turish va kiyim - kechak, turmush sohalarida ham kuzatish mumkin.

XX asr boshida o‘zbek adabiyotida dramaturgiya janri hali shakllanmagan

edi. Demak, milliy teatr san’ati to‘g‘risida so‘z ham yuritish mumkin emas edi.

Keyinchalik hayotimizga sarhadning biz uchun yangi janrlari: opera, balet,

simfonik musiqa kabilar kirib keldi. Munavvarqori Abdurashidxonov,

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat singari ma’rifatparvarlarning sa’y - harakatlari

tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va keyinroq teatr san’ti vujudga keldi.

O‘sha paytlarda teatr san’atini o‘zbek millati uchun yod begona g‘oya deb e’lon

qilganlar oz emas edi.

Dramaturgiya va teatrni rad qilish faqat dahanaki tanqid bilan

chegaralanmagan. San’atning bu turini O‘zbekistonga olib kirishga harakat

qilayotgan insonlarni mazah qilish, hatto sazoyi qilish o‘zlarini milliy ma’naviyat

himoyachilari, deguchilar tomonidan amalga oshirilgan edi

4

.

Hamma narsa uchun oliy hakam hisoblanadigan vaqt esa, teatr san’ati milliy

ruhiyatimiz va ma’naviyatimizga yod, deguchilarning o‘zlari milliy ma’naviyat

rivojiga g‘ov bo‘lganini. Hozirgi kunda har million kishiga hisoblaganda teatrlar

soni bo‘yicha ko‘rsatdi. O‘zbekiston dunyodagi eng ilg‘or o‘rinlardan birini

egallaydi va teatr milliy ma’naviyatimizning uzviy qismiga aylangan.

Globallashuv jarayoni milliy tillarga ham ijobiy ta’sir qiladi. Uning ta’sirida

milliy tillar boyiydi. Milliy tilda ilg‘or fan, texnika va texnologiyaning qator

so‘zlari, iboralari, ayniqsa zamonaviy fan - texnika texnologiyaga tegishli terminlar

4

Abdug’afurov A. Qalb qa’ridagi qadriyatlar. –

T.:

O’qituvchi, 1998

-yil.

B.128.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

206

ishlatiladi

5

.

Inson — o‘z davrining hosili, farzandi va yaratuvchisi. Globallashuv davrida

uning shakllanishi millatlarning, davlatlarning, mintaqa va qit’alarning jadal

sur’atlar bilan yaqinlashishi pallasiga to‘g‘ri keladi.

Bu umumbashariy jarayon milliy ongning shakllanishi va takomillashishiga,

milliy til bir qatorda boshqa millatlar va birinchi navbatda yirik, ilg‘or millatlar tili,

milliy ongi, milliy hislatlarining ta’sirisiz kechmaydi

6

.

Bunday jarayonlarning millat uchun xavfi yo‘q, aksincha u millat ongini,

tafakkurining kengroq va chuqurroq jabhada amalga oshishiga yo‘l ochadi,

millatning boshqa millatlar bilan yaqinlashishini, ularning ijobiy tomonlarini qabul

qilib oshishini va ayni vaqtda o‘z millatining diqqatga sazovor jihatlarini boshqa

millatlar qabul qilib olishini tezlashtiradi, kengaytiradi.

Globallashuv insoniyatni yangi sifat darajasiga ko‘taradigan katta tarixiy

pallalar. U millatlarning rivojlanishi, buning uchun o‘zaro yanada yaqinlashishi,

hamkorligi, bunyodkorligi uchun misli ko‘rilmagan yangi istiqbollar ochadigan

tarixiy palladir. Bu davrda millatlarning yaqinlashishi yangi miqyos va mazmunga

ega bolishiga olib keladi. Ilgarilari cheklangan darajada, ba’zi mintaqalarda

kengroq va chuqurroq mazmunga, boshqa mintaqalarda esa aksincha edi.

Globallashuvning yangi yutuqlari bu noratsionallik nishonalarini tekislab,

insoniyat bir oila degan hisning insonlar ongida mustahkamlashishga keng

imkoniyat ochadi. Milliy ong o‘tmishdan farqli o‘laroq, faqat til asosida emas, u

bilan bir qatorda boshqa milliy va xalqaro yoki millatlararo tillar orqali ham boyib,

takomillashib boradi, chunki uning is’temolchilari o‘z milliy tillari bilan bir qatorda

boshqa tillardan va birinchi navbatda, xalqaro tillar va mintaqaviy millatlararo

tildan foydalanadilar.

5

Abdullayev M, Umarov E va boshqalar. Madaniyatshunoslik .

T.:

“Turon

-

Iqbol”, 2006

-yil.

B.47.

6

Bekmurodov M. O

’zbek mentaliteti. –

T .:

“Ma’naviyat”, 2004

-yil.

B.63.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

207

Milliy kiyimlar ham milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. XX asr

davomida ana shu qadriyatimizning ham tadrijini kuzatsak, g‘aroyib hodisalarning

guvohi bo‘larniz. O‘tgan asr boshlarida mahalliy qishki kiyimi telpak yoki etikdan

iborat. Yozgi kiyim esa do‘ppi, ko‘ylak yoki yaktak, oq lozim va shippak yoki

kovushdan iborat edi. Hozirgi kunda kiyinishimizga yevropacha kiyimlar: palto,

plash, kostyum-shim, shlyapa, galistyuk kabilar keng tarqalgan. Shuningdaek,

turmush tarzimizga yangi bayramlar, urf- odatlar: yangi yilni kutib olish, xalqaro

xotin- qizlar kunini nishonlash, tug‘ilgan kunni nishonlash kabilar kirib keldi.

Milliy menyumizdan boshqa millat va xalqlarning taomlari: kotlet, shnitsel,

bifshteks, borsh, besh barmoq, cheburek va boshqalar joy oldi. Yuqorida keltirilgan

fikrlarni dalillash maqsadida kino san’atimizga ham murojaat qilish joizdir.

Xususan, sobiq ittifoq davrida milliy kino san’ati ko‘plab durdonalarini yaratdi, uni

hech ham inkor etib bo‘lmaydi. Lekin shuni ham unutmaslik kerak-ki, komunistik

mafkuraga bo‘ysundirilgan kino san’ati anchayin ayanchli holda edi. Xususan,

barcha kino filmlar komunizmni tarannum etibgina qolmasdan, bizning hurligimiz

uchun kurashgan xalq harakatini bosmachilik talqinida qoralash propagandasi

amalga oshirilgan.

Kun.uz saytida e’lon qilingan “O‘zbekfilm” yoki “Basmachfilm” –

filmlarda sovet targ‘iboti

7

, sarlavhasi ostida e’lon qilingan video materialda

anchayin achinarli tarxiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda farzandlarning o‘z ota-

onalariga nisbatan qarshiliklari, ichkilikbozlik, dinsizlik, qo‘rboshilarga nisbatan

nafrat, tarixiy shaxslarni mensimaslik, yomonotliq qilish holatlari kuzatilgan.

Tariximiz ilm-fan, din, san’at sohasida yurtimizda yetishib chiqqan

allomalar butun dunyoga dong taratganidan, demakki, butun dunyo ma’naviyatiga

katta ta’sir o‘tkazganidan guvohlik beradi. Abu Nasr Forobiy jahon falsafasi

rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan bo‘lsa, Abu Rayhon Bemniy, Abu Ali ibn Sino,

Zamahshariy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek singari allomalarimiz jahon fanini yangi

7

https://www.youtube.com/watch?v=M4BvojFtx5I&pp=ygUGa3VuLnV6


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

208

pog‘onalarga ko‘tarishdi. Ismoil Buxoriy, at Termiziy, Moturidiy, Abduholiq

G‘ijdivoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviylar esa hadis, kalom, fiqh

ilmlari va tasavvufda porloq yulduzlar hisoblanadi. Amir Temur va Mirzo

Bobuming harbiy san’ati naqadar yuksakligini butun jahon e’tirof etadi.

Xulosa o‘rnida shuni e’tirof etish joizki, Sho‘rolar davrida milliy

qadriyatlarimizni dunyoga yoyish u yoqda tursin, o‘z yurtimizda qadrlari uchun

ham yo‘1 berishmadi, ko‘pchilik qadriyatlarimiz esa toptashdi. Mustaqillikka

erishganimizdan keyin o‘sha toptalgan qadriyatlarimizni tiklash, milliy

qadriyatlarimizni targ‘ib qilish imkoniga ega bo‘ldik. O‘zbek milliy

qadriyatlarimizni kurashini dunyoga yoyish bo‘yicha qilingan ishlar, dunyoning

ko‘pchilik mamlakatlarida o‘zbek kurashi federatsiyalarining tuzilishi buning

yaqqol misoli.

Dunyo bugun o‘zbekistonni milliy - madaniy merosi, boy tarixi, tili,

madaniyati, urf-odat va an’analarining umuminsoniy g‘oyalar bilan

mutanosibligi, san’at va arxitektura, fan va madaniyat sohasida, erishayotgan

yutuqlari orqali ham kashf etmoqda. Demak, bu globallashuv jarayonida passiv

qabul qiluvchi tomongina bo‘lmay, faol targ‘ib qiluvchilarga ham aylanishimiz

mumkin.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abdullayev M, Umarov E va boshqalar. Madaniyatshunoslik . –T.: “Turon-

Iqbol”, 2006-yil. –B.47.
2.

Abdug‘afurov A. Qalb qa’ridagi qadriyatlar. –T.: O‘qituvchi, 1998-yil. –

B.128.
3.

Abduqodirov, Asilbek, and Muhammad Xoliqulov. "YOSHLARDA

MAFKURAVIY

IMUNITETNI

SHAKLLANTIRISHDA

TA’LIM

TIZIMINIDAGI KONSEPTUAL JIHATLARI."

Академические исследования в

современной науке

3.27 (2024): 100-105.

4.

Abduqodirov, A., & Xoliqulov, M. (2024). YOSHLARDA MAFKURAVIY


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

209

IMUNITETNI

SHAKLLANTIRISHDA

TA’LIM

TIZIMINIDAGI

KONSEPTUAL JIHATLARI.

Академические исследования в современной

науке

,

3

(27), 100-105.

5.

Azlarova, Ozodaxon Xasanxonovna. "DAVLATNING KELIB CHIQISHI

NAZARIYASI (SIVILIZATSION YONDASHUVLAR MISLIDA)."

Analysis of

world scientific views International Scientific Journal

3.1 (2025): 141-149.

6.

Azlarova, O. X. (2025). DAVLATNING KELIB CHIQISHI NAZARIYASI

(SIVILIZATSION YONDASHUVLAR MISLIDA).

Analysis of world scientific

views International Scientific Journal

,

3

(1), 141-149.

7.

Bekmurodov M. O‘zbek mentaliteti. –T .: “Ma’naviyat”, 2004-yil. –B.63.

8.

Abduqodirov, Asilbek, and Muhammad Xoliqulov. "YOSHLARDA

MAFKURAVIY

IMUNITETNI

SHAKLLANTIRISHDA

TA’LIM

TIZIMINIDAGI KONSEPTUAL JIHATLARI."

Академические исследования в

современной науке

3.27 (2024): 100-105.

9.

O‘G‘LI, X. M. Q. (2024). GEO-MAYYALOGIK JARAYONLAR VA

ULARNING KELIB KELISHI QONUNLARI.

Falsafiy tadqiqotlar va ijtimoiy

fanlar xalqaro jurnali4

,

1

, 22-27.

10.

Kholikulov, M. (2023). Scientific-Theoretical and Philosophical Origin of

the Doctrine of Unity in Sufism.

11.

Kholikulov, Mukhammad. "Scientific-Theoretical and Philosophical Origin

of the Doctrine of Unity in Sufism." (2023).

12.

Kholikulov, Muhammad, and Hasan Jumanov. "THE CONCEPT OF

PERSONAL PERFORMANCE IN THE THOUGHT OF ABU MANSUR
MATURIDI."

Bulletin news in New Science Society International Scientific

Journal

2.1 (2025): 252-261.

13.

Kholikulov, M., & Jumanov, H. (2025). THE CONCEPT OF PERSONAL

PERFORMANCE IN THE THOUGHT OF ABU MANSUR MATURIDI.

Bulletin

news in New Science Society International Scientific Journal

,

2

(1), 252-261.

14.

qizi

Rustamova,

Odinabonu

Shavkat.

"MARKAZIY

OSIYODA

O‘ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY VA GEOSTRATEGIK O‘RNI VA ROLI
(ZBIGNEV BJENISKIYNING “BUYUK SHAXMAT TAXTASI ASARI
ASOSIDA)."

Analysis of world scientific views International Scientific Journal

3.1

(2025): 150-157.

15.

qizi

Rustamova,

O.

S.

(2025).

MARKAZIY

OSIYODA

O‘ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY VA GEOSTRATEGIK O‘RNI VA ROLI
(ZBIGNEV BJENISKIYNING “BUYUK SHAXMAT TAXTASI ASARI
ASOSIDA).

Analysis of world scientific views International Scientific


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-40_ Том-1_ Март-2025

210

Journal

,

3

(1), 150-157.

16.

Xoliqulov,

Muhammad

Qaxor

O‘G‘Li.

"MA’NAVIYAT

TUSHUNCHASINING MOHIYATI, UNING JAMIYAT STRUKTURASIDAGI
O‘RNI VA ROLI."

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and

social sciences

4.26 (2024): 384-388.

17.

Xoliqulov, M. Q. O. G. L. (2024). MA’NAVIYAT TUSHUNCHASINING

MOHIYATI,

UNING

JAMIYAT

STRUKTURASIDAGI

O‘RNI VA

ROLI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

4

(26), 384-388.

18.

O‘G‘Li, X. M. Q., & G‘Ofirova Muxlisa, G. (2024). Ofur Qizi." A.

NAVOIYNING AR.

BAIN (QIRQ HADIS) ASARIDA TARBIYA TO ‘G ‘RISIDAGI

QARASHLARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI

,

4

, 24-28.

19.

O‘G‘Li, Xoliqulov Muhammad Qaxor, and G. G‘Ofirova Muxlisa. "Ofur

Qizi." A. NAVOIYNING AR."

BAIN (QIRQ HADIS) ASARIDA TARBIYA TO ‘G

‘RISIDAGI QARASHLARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI

4 (2024): 24-28.

20.

O‘G‘LI, XOLIQULOV MUHAMMAD QAXOR. "GEO-IDEOLOGICAL

PROCESSES AND LAWS OF THEIR ORIGIN."

International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences

4 (2024): 22-27.

21.

O‘G‘LI, X. M. Q. (2024). GEO-IDEOLOGICAL PROCESSES AND

LAWS OF THEIR ORIGIN.

International Journal of Philosophical Studies and

Social Sciences

,

4

, 22-27.

22.

Sadriyevna, Azizova Laylo, and Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li.

"KOMIL INSON FALSAFIY GENEZISIDA ABU ALI IBN SINO
QARASHLARI TAHLILI."

BARCHA SOHALAR BO ‘YICHA

32.10 (2023).

23.

Sadriyevna, A. L., & Qaxor o‘g‘li, X. M. (2023). KOMIL INSON

FALSAFIY

GENEZISIDA

ABU

ALI

IBN

SINO

QARASHLARI

TAHLILI.

BARCHA SOHALAR BO ‘YICHA

,

32

(10).