https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
186
TEKISLIKDAGI JISMLARGA BOG’LANGAN BLOKLARGA OID
MASALALARNI YECHISHDA KOORDINATALAR USULINI
QO’LLASH METODIKASI
Xolliyev Diyor Navruz o'g'li
Termiz davlat universiteti Fizika ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Mamlakatimizda ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor
zamirida yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash va sifatli ta’lim berish
asosiy maqsad qilib belgilangan. Ushbu maqsad yo’lida fizika o‘qitishda
o‘quvchilar va talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunda amaliy mashg‘ulot va masala yechish darslari katta
ahamiyatga ega. Amaliy mashg’ulot darslarida masalalarni yechishda ayrim
murakkabliklar kelib chiqadi. Ushbu maqolada tekislikdagi jismlarga bog’langan
bloklarga oid masalalarni yechishda koordinatalar usulini qo‘llashga to‘xtalib
o‘tilgan va masala yechish metodikasi bayon qilingan. Bu usulni o‘rganish
o’quvchilarga masalalarni yechishda qulayliklar yaratadi va chalkashliklarni
oldidni oladi. O‘quvchilar hamda talabalarning bloklarning harakati va undagi
qonuniyatlar haqidagi tasavvurlari rivojlanadi.
Bloklarning harakati va undagi qonuniyatlar haqidagi masalalar Qattiq
jismlar mexanikasi bo‘limida o’rganiladi. Kuchni o‘zgartirishga xizmat qiladigan
mexanizmlar oddiy mexanizmlar deb ataladi. Oltita oddiy mexanizm mavjud
bo’lib, bular: blok, vint, richag, pona, chigʻiriq va qiya tekislikdir. “Mexanikaning
oltin qoidasi”ga ko‘ra, Kuchdan necha marta yutsak, masofadan shuncha marta
yutqazamiz va aksincha. Biz bloklarga oid masalalarni ko’rib chiqmoqchimiz.
Bloklar ko‘char va ko’chmas bloklar kabi ikki turga bo‘linadi. Ko‘char blokda
yukning ko‘tarilish tezligi ipni tortish tezligining yarmiga teng. Shuning uchun
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
187
ko‘char blok kuchdan ikki marta yutuq beradi. Ko‘chmas blok kuchdan yutuq
bermaydi, u faqat kuchning yo‘nalishini o‘zgartiradi holos. Ko‘chmas blokda
yukning ko‘tarilish tezligi ipning tortish tezligiga teng bo‘ladi.
Tekislikdagi jismlarga bog’langan bloklarga oid masalalarni yechishda
koordinatalar usulini qo‘llash, masala yechishdagi bir qancha chalkashliklarni
kamaytiradi shuning uchun biz quyida bu kabi masalalarni yechishda koordinatalar
usulini qo‘llashni tushuntirib o‘tmoqchimiz.
1-masala.
Rasmda
𝑚
1=2
𝑘
g va
𝑚
2 = 3kg massali jismlar sistemasi berilgan.
massali jism
𝐹
=20
𝑁
kuch bilan tortilmoqda. Agar jismlar va tekislik orasida
ishqalanish nolga bo’lsa,
𝑚
1 massali jismning tezlanishi (
𝑚
/
𝑠
2
) qanday bo’ladi?
1-rasm
Yechilishi
Berilgan: m
1
=2 kg , m
2
= 3 kg, F=20 N,
a
1
=?
Masalaning chizmasi
Chizmada kerakli nuqtalarni
x
koordinata o‘qiga proyeksiyalab olamiz.
Formula
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
188
Bloklar qanday tezlanish bilan harakatlansa, jismlar ham huddi shu tezlanish
bilan harakatlanadi chunki bloklar jismlarga qo’zg’almas mahkamlangan. Bloklar
joylashgan nuqtalarni koordinata o’qida belgilab olaylik:
Harakat vaqtida jismlarni bog’lab turgan ipning uzunligi o’zgarmas
saqlanadi. Ip uzunligini bloklar koordinatalariga bog’lab olamiz:
x
2
- x
1 +
𝑙
+ πR+ x
2
- x
1
+ x
2
- x
a
=L
(1)
bundan:
3x
2
−2 x
1
+
𝑙
+
𝜋
R−
𝑥
𝑎
=
𝐿
(2)
(2)
Tenglamadan vaqt bo’yicha olingan ikkinchi tartibli hosila tezlanishga
teng:
3
𝑎
2
=2
𝑎
1
(3)
Izoh:
𝒍
,
𝝅
R,
𝒙𝒂
, va
𝑳
lar o’zgarmas sonlar va koordinatalar bo’lgani
uchun hosilasi nol bo’lib ketti.
Endi jismlarga ta’sir etuvchi kuchlarni tasvirlab olaylik:
Ana navbat jismlar uchun dinamik tenglamalar tuzub olishga azizlar:
Birinchi jism uchun:
2
𝑇
=
𝑚
1
𝑎
1
bundan:
𝑇
=
𝑚
1
𝑎
1
/ 2 (4)
Ikkinchi jism uchun:
𝐹
−3
𝑇
=
𝑚
2
𝑎
2
(5)
(4) ifodani (5) ga keltirib qo’yamiz:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
189
(6)
Ana endi (1) ifodadan
𝑎
2
ni topib (6) ga keltirib qo’yamiz:
bundan
ifoda kelib chiqadi
6
𝐹
−9
𝑚
1
𝑎
1
=4
𝑚
2
𝑎
1
6
𝐹
=(4
𝑚
2
+9
𝑚
1
)
𝑎
1
(7)
(7) ifoda ishchi formula hisoblanadi.
Berilgan qiymatlarni (7) ifodaga qo’ysak masalaning javobi 4 m/s
2
ga teng
bo’ladi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, bloklarga oid masalalarni bu
usulda yechilsa hisoblashga oid chalkashliklar kamayadi, ishlash vaqti qisqaradi,
jarayon haqidagi tasavvur ham to’liqroq bo’ladi. O’quvchi va talabalar ushbu
usulda masalalarni ishlashi orqali o’zlarida grafiklar bilan ishlash ko’nikmasini
rivojlantirib boradi, bu esa o’quvchi va talabalarda tadqiqotchilik qobiliyatlarini
shakllantirib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Abdukarimovich, R. I. . (2023). Methodology for Developing Research
Ability of Students in Physics Education.
JOURNAL OF THEORY,
MATHEMATICS AND PHYSICS
,
2
(3), 19–21.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
190
2.
Shapulatovich I. N., Abdukarimovich R. I. METHODOLOGY OF
DEVELOPING
CAPACITY
OF
STUDENTS
IN
PHYSICS
//Conference Zone. – 2021. – С. 133-134.
3.
Narbaev A. B. Methods of using media education and telecommunication
technologies in teaching the topic" Visual motion of the sun and stars"
//Central Asian Problems of Modern Science and Education. – 2020. – Т.
2020. – №. 1. – С. 119-125.
4.
Бузруков Т. О. ЎҚУВЧИЛАРДА ФИЗИКАДАН ТУРЛИ ТИПДАГИ
МАСАЛАЛАР
ЕЧИШ
КОМПЕТЕНТЛИКНИ
ШАКЛЛАНТИРИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Role of Exact
and Natural Sciences During the Renaissance III. – 2023. – С. 7-9.