https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
100
SHUKUR XOLMIRZAYEVNING "O'N SAKKIZGA KIRMAGAN
KIM BOR" ASARINING TAHLILI
Termiz davlat universiteti talabasi
Ochilova Marjona Olimjon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada adib Shukur Xolmirzayevning "O'n sakkizga
kirmagan kim bor? " qissasidagi qahramonlar ma'naviyati, dunyoqarashi va
davrning ijtimoiy masalalari va muammolari qay tarzda tasvirga olinganligi
haqida fikr yuritiladi. Yozuvchi qissalarida o‘zbekka xos belgilar qanday aks
ettirilgani,bbunda qanday badiiy-estetik tamoyilga tayanilganligi haqida
ma`lumot berilgan. Qissaning bugungi kun yoshlar tarbiyasida tutgan o`rni va
kitobxonlik masalasi qissa qahramonlarining ma'naviyatiga ne chog'li ta'sir
ko'rsatgani ko'rib chiqilgan.
Kalit so`zlar: Muhabbat, oqibat, adashish va qismat. Sangardak, Yetim tog`,
Farhod tog`i, Ketmon chopti.
Bu dunyoda insonning nomi to`rt narsada abadiy qoladi, bular yozilgan
kitoblarida, qurilgan imoratlarida, ekilgan daraxtlarida hamda komil farzandlarni
tarbiyalashda. Shukur Xolmirzayev ana shunday insonlardan biri edi. Bugungi
adabiyotni Shukur Xolmirzayevsiz tassavur qilib bo`lmaydi. Shukur Xolmirzayev
o`zbek adabiyotimizda tamomila yangicha maktab qurdi. Bu yangicha maktabni u
o`zicha yaratgani yo`q, u dunyo adabiyotini ikir-chikirigacha o`rgandi, izlandi va
chuqur izlanishlar natijasida yangicha bir maktabni barpo etdi va bu maktab proza
adabiyotida chuqur bir tarix bo`lib muxrlanib qoldi. Prozani bir qarashda
A.Qodiriydan o`rgansakda, bir qarashda Shukur Xolmirzayevdan o`rganish kerak.
XX asr o'zbek hikoyachiligi an'analarini Shukur Xolmirzayev shu asrning so'nggi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
101
choragida yanada boyitdi. O'zbek hikoyachiligini yangi bosqichga ko'targan uning
qator asarlari bu janrning keng miqyosdagi manaman degan namunalari bilan haqli
ravishda bo'ylasha oldi. Shukur Xolmirzayevning hikoyalari oddiy dardning
ulug`vor ko`rinishlaridir. Adibning aksar qahramonlari oddiy kun kechirayotgan,
bir qarashda, Vatanga, millatga, umuminsoniyatga daxli yo`q odamlardir. Ammo
yozuvchining nigohi shu darajada o`qdirki, u ana shu daxlsizlik ortida yotgan
millatga, Vatanga, bani basharga daxldor dardlarni ko`ra biladi, tasvirlay oladi,
ko`rsatib bera oladi. Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq
nasihatgo'ylik, shablon iboralarni deyarli uchratmaysiz. U doim yangi obrazlar
yaratishga intiladi.
Asar kompozitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar
topishga urinadi. Bu borada tajribalar o'tkazishdan cho'chimaydi va ko'pincha,
muvaffaqiyatlarga erishadi. O'zbek kishisi orzu-armonlarining, aksar hollarda,
yashirin iztiroblarining yoritilmagan qirralarini, ruhiyatidagi evrilishlarni qalamga
oladi. Bu qahramonlar o'zga yozuvchilarning qahramonlariga o'xshamagan: goh
do'lvor, goh to'pori, goh dag'al va chapani, goh kichkinagina bir muhit vakili. Lekin
barchasining ichki dunyosi o'ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e'tiqodidan
qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan jonli va hayotiy
kishilardir. Bu qahramonlar o'zligini, millatini, yurt tuprog'i-yu udumini, dini va
diyonatini har narsadan ustun qo'yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun
kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik
qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. Ular tashqaridan emas, ko'pincha, ichdan jozibali,
istarali, mehrtortar bo'ladi. Shukur Xolmirzayev hikoyalari hayotda, inson qalbida
yechilmay yotgan muammolarning badiiy tahliliga qaratiladi. Yozuvchi
qahramonlari asar g'oyasini, badiiy topilmalarni kitobxon og'ziga chaynab
solmaydi. Noshud, hayotda to'g'ri yo'l topolmagan, beo‘xshov yoki razil
qahramonlarini asar nihoyasiga borib tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni o'zining
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
102
badiiy niyati amalga oshirilgan darajada hayotdagiday qoldirib, kitobxon hukmiga
havola etadi.
Yuksak badiiy asar haqqoniy hayot aksidir. Shuning uchun ham o`quvchi
o`zini topadi, o`zining aksini ko`radi, hayajonlanadi, quvonadi, yig`laydi, iztirobga
tushadi. Bir so`z bilan aytganda, asar qahramonlari bilan yashaydi. Shukur
Xolmirzayevning
,,O'n sakkizga kirmagan kim bor» qissasi o`quvchi qalbiga ana shu tazda kirib
boradi. Uning bu qissasi yigirma besh yoshli yozuvchiga o'zbek kitobxonlari
orasida shuhrat keltirdi. Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga intilish va
yoshlar xarakterining chiniqishi muammolariga bag'ishlangan bu qissa, mana,
deyarli qirq yildan buyon, yoshlar tomonidan sevib o'qiladi. Bunday masalalarga
bag'ishlangan asarlar o'zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham oz emas.
Lekin ,,O'n sakkizga kirmagan kim bor» qissasi ulardan nainki sujet,
qahramonlarning qismat-taqdiri, balki ularning o'ziga xos tarzda tepib turgan
yuragidan taralayotgan nurning yozuvchi qalami ostida xuddi muhabbatning
o'zidek samimiy ohanglarda jaranglashi jihatidan diqqatni tortadi. Garchi qissaning
sarlavhasi asarning sevgi, muhabbat haqida ekaniga ochiq ishora qilgan bo`lsada,
ammo qissaning dastlabki voqealarida ikki ko`ngli yarim bolalarning kechinmalari
haqida so`z yuritilgani o`quvchini o`yga to`ldiradi.
Yozuvchi qissada urushning insonlar taqdirida qoldirgan og`riqli iztiroblarini,
ayniqsa Muslima buvi obrazi talqinida ochib berishga harakat qiladi. Muslima
buvining turmush o`rtog`i urushda dushmanlar bilan kurashda halok bo`lganda, u
endigina yigirma besh yoshda edi. Ikki bolasi qizi Zaynabxon, o`g`li Abdukarim.
Urush bir yosh juvonni erta beva qoldirganini, hali ota mehriga to`ymagan
norasidalarni yetimlik dardiga yo`liqtirganini, bir oila misolida butun bir halqni
boshiga qora kun tushirganini ko`rsatiladi. Urush bir emas, ikki bor soya solib eng
yaqinlardan judo bo`lgan Muslima buvining qalb tug`yonlarini o`qigan o`quvchi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
103
beixtiyor urushni qoralaydi. Muslima buvining yakka-yu yolg`iz o`g`li fashistlar
bilan bo`lgan jangda halok bo`lishi, shu mushtakkina kampirni taqdirda nolimay,
irodasiga suyanib yashagani mohirona ko`rsatib berilgan. Yana bir o`rinda Hojiyev
domladan eshitgan “Iskandar yurishi” haqidagi hikoyasida ham urushning salbiy
oqibatlarini ko`rsatib o`tadi. O`quvchi ushbu qissani o`qish jarayonida
yozuvchining o`zi yashab o‘tgan hududning tarixini qanchalik yaxshi bilganini
guvohi bo`ladi. Ayniqsa, Sangardak, Yetim tog`, Farhod tog`i, Ketmon chopti kabi
joy nomlarining atalish tarixini qahramonlar tilida o`quvchiga yetkazishga harakat
qilingan.
Farhod suv chiqaraman deb, shu shu tog`ga chiqqanmish. O`shanda
Sangardagimiz quruq cho`l ekan. Farhod toqqa bir ketmon urib, mundoq pastga
qarasa, pastga katta daryo oqayotganmish. Bu daryo qayerdan paydo bo`ldi?
Farhod bilmadiki, bu o`sha Yosuman kampir yoyib qo`ygan bo`yralar ekan. U
Farhodning ko`ziga daryoday bo`lib ko`rinibdi. Keyin Farhod shartda yengildim
deb,Yosuman bilan shart bog`lagan-da, o`zini o`zi o`ldiribdi. Tog`ning nomi
shundan qolgan - Farhod, Farhodning ketmon urgan yeri esa - Ketmon chopti.
Qissaning bosh qahramonlarini sinchkovlik bilan kuzatsak, sevgi uchburchagidagi
qahramonlar ruhiyatini yurakdan his etamiz. Yozuvchining yutug`i ham ana
shunda deb hisoblash mumkin. Bu qissa muhabbatni tarannum etuvchi boshqa
asarlardan farqi shundaki, undagi qahramonlarning xarakter hususiyati, ularning
dunyoqrashi, ma`naviyati ular o`qigan kitoblarga borib taqaladi. Dastavval ikki
yetimning taqdiri birlashishi: Jamshidning onasi bo`lmish Zaynabxonning
Tilovning otasi Jalolovga turmushga chiqishi bilan bir- biriga yot, qoni boshqa
bolalarning aka-uka bo`lishi syujeti orqali Shukur Xolmirzayev o`quvchini
voqealar ketma-ketligini sinchkovlik bilan kuzatishga chorlaydi. Azaldan xalq
orasida “o`gay ona,” o`gay ota”larga nisbatan salbiy munosabatda bo`lganlar.
Ammo bu qissada Shukur Xolmirzayev ushbu so`zlarga salbiy qarashni inkor etib
ularga ijobiy qarash lozimligini ko`rsatib berdi. ”O`gay ona” “o`gay otalaradan”
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
104
ham hamisha yomonlik kutish yo ularni qoralash noo`rinligini, xalqimiz orasida
garchi tug`ishgani bo`lmasada, o`sha aytayotgan o`gay otalar orasida ham
mehribon, jonkuyarlar borligini Zaynabxon va Jalolovlar orqali gavdalantirdi.
Asarda bir necha kitoblar nomi, ulardagi qahramonlar tilga olingan. Asardagi
qahramonlar bilan bir-birini taqlid qilib chaqirishi, bolalarning o`sha
qahramonlarga o`xshagisi, ayniqsa, Umidaning Katerina, Jamila va Ninalarday
baxti qaro, ezilgan, tahqirlangan va oqibat, biri o`zini suvga tashlagan, biri zahar
ichgan, biri telbalik kasaliga mubtalo bo`lgan obrazlarni o`ynashni orzu qilishi,
so`ng negadir o`ziga achchiq qilib ham, shaxsan o`zining ularday bo`lgisi
kelayotganligi yozuvchni tomonidan mohirona tasvirlangan bo`lib qahramon
hayoti ham shu qahramon hayoti kabi yakun topadi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1.
Shukur Xolmirzayev ”O`n sakkizg kirmagan kim bor” qissasi.
2.
Aim.Uz. Sh.Xolmirzayev.
3.
Xolmirzayev Sh.Ijodkor adolatli bo‘lishi kerak! O‘zbekiston adabiyoti
va san’ati. 2012 yil, 12.
4.
Xolmirzayev Sh. Jahonbop asar yoza olaman, lekin. O‘zbekiston
adabiyoti va san’ati. 2002, 48.