Авторы

  • Rо‘zibayeva Muhabbat Rо‘zimetоvna

Биография автора

  • Rо‘zibayeva Muhabbat Rо‘zimetоvna

    Tоshkent Kimyо xalqarо universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100005

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: kichik maktab yоshi pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash ijtimoiylashuv o‘quv faoliyati.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqоlada Kichik maktab yoshidagi bolalarni pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilishning maqsad va vazifalariga tо‘xtalib о‘tilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

207

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI PEDAGOGIK-

PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARINI TASHKIL

QILISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Rо‘zibayeva Muhabbat Rо‘zimetоvna

Tоshkent Kimyо xalqarо universiteti magistranti

https://оrcid.оrg/0009-0006-9162-8566

Annotatsiya: Ushbu maqоlada Kichik maktab yoshidagi bolalarni

pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilishning maqsad va

vazifalariga tо‘xtalib о‘tilgan.

Kalit so’zlar: kichik maktab yоshi, pedagogik-psixologik qo‘llab-

quvvatlash, ijtimoiylashuv, o‘quv faoliyati.

Kichik maktab yoshidagi bola rivojlanishida qator psixofiziologik

o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: ularning yetakchi faoliyat turlari almashadi, u mansub

bo‘lgan ijtimoiy guruhi, pozitsiyalari mohiyati, tengdoshlari orasidagi xususiy

mavqei o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlarni inobatga olmasdan turib, boshlang‘ich sinf

o‘quvchisi ijtimoiylashuviga jamiyat tomonidan qo‘yiladigani talablarning

muvofiqligini, ularning asosliligini hamda ijtimoiylashish ko‘rsatkichlarini

obyektiv baholashning imkoni bo‘lmaydi.

Pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash — bu bolalar va o‘quvchilarning

ta’lim jarayonida duch keladigan psixologik va pedagogik muammolarini hal

qilish, ularni rivojlantirish va yanada samarali o‘qish uchun ko‘rsatiladigan

yordamdir. Bu jarayonda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya'ni

o‘qituvchilar, psixologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar hamkorlikda

ishlaydi.

Pedagogik-psixologik

qo‘llab-quvvatlashning

asosiy

maqsadi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

208

o‘quvchilarni nafaqat ilmiy jihatdan, balki ruhiy, emotsional va ijtimoiy jihatdan

ham to‘liq rivojlantirishdir. Bu yordamning turli shakllari va usullari mavjud.

Pedagogik qo‘llab-quvvatlash - bu bolaning qiziqishlari, maqsadlari,

imkoniyatlari va inson qadr-qimmatini saqlashga to‘sqinlik qiladigan to‘siq,

muammolarni engish, o‘rganish, ishlash, muloqot va turmush tarzida ijobiy

natijalarga erishish yo‘llarini birgalikda belgilash. Ijtimoiylashuvni pedagogik

qo‘llab-quvvatlash ta’lim jarayonida, o‘quv muhiti imkoniyatlarini kengaytirib,

o‘quvchilarning faoliyati, o‘zini o‘zi anglashi, muloqoti uchun qo‘shimcha vaziyat,

imkoniyatlar yaratish orqali dars va sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.

Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimida pedagogning asosiy vazifalari

sifatida quyidagilar sanab o‘tiladi:

Ijtimoiylashuv muammosiga urg‘u berish – tarbiyada pedagogik jarayonning

barcha ishtirokchilari boshlang‘ich sinf o‘quvchisini individuallashtirish (kasbiy

pedagogik faollik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi yaxlitligi tamoyilini

amalga oshirish.

Maktab pedagogik jamoasi, o‘quvchilarning ota-onalari yangi ta’lim

texnologiyalari

imkoniyatlari,

jumladan,

pedagogik

qo‘llab-quvvatlash

texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi.

Ota-onalarning ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik hamda huquqiy

savodxonlik darajasini oshirish.

Ota-onalarga pedagoglar va bolalar bilan o‘zaro munosabatlarda yuzaga

keladigan u yoki bu qiyinchiliklar, shuningdek ushbu yo‘nalishdagi tarbiyaviy

ishlarda amaliy yordam ko‘rsatish.

Pedagogik jarayon ishtirokchilari o‘rtasida pedagogik faoliyat natijalariga

nisbatan yagona talabni shakllantirish maqsadida samarali o‘zaro hamkorlikka

asoslangan munosabatlarni o‘rnatish.

Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi ishtirokchilarining e’tirof etilayotgan

shaklini qurish uchun maktab psixologik xizmati faoliyatini ilmiy asosda to‘g‘ri


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

209

tashkil qilish zarur.

Bu masalani hal qilish maqsadida kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari

rivojlanishi va ijtimoiylashuviga tayyorligini aniqlashning asosiy pedagogik va

psixologik xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:

Kichik maktab o‘quvchilari yoshi bilish jarayonlari intinsiv rivojlanishi

hamda sifat o‘zgarishlarining muhim davri sanaladi, ular bevosita ongli va erkin

xarakter kasb etadi.

Bolaning muntazam ta’lim jarayoniga kirishishi natijasida uning diqqatida

sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning irodaviy diqqati jadal sur’atlarda rivojlana

boradi va bu uning o‘z-o‘zini nazorat qilish va tartibga solish ko‘nikmalarining

rivojlanishiga olib keladi.

O‘quv faoliyati bolaning xotirasiga nisbatan yuqori talablarni qo‘ya

boshlaydi. Ta’lim jarayoni bola oldiga o‘zida mavjud turli xotira imkoniyatlarini

ishga solish, tinimsiz mashq qildirish zaruratini keltirib chiqaradi. O‘quv

materiallaridagi aloqa va munosabatlarning mazmuni tahlillari o‘quvchi

xotirasining tezligi va sermahsulligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday tahlil

asosidagi yodlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv jarayonini intensiv

ravishda shakllanadigan “yaxshi xotira”ning asosini tashkil qiladi.

Pedagogik qo‘llab-quvvatlashning asosiy vazifasi o‘quvchining shaxs

sifatida shakllanishiga yordam berish, uning o‘ziga xosligini tan olish, mavjud va

potentsial imkoniyatlarini ochib berish va qo‘llab-quvvatlash, ularni imkon qadar

amalga oshirish uchun sharoit yaratishdir. Bunday ishni har bir bolaga nisbatan

amalga oshirish, o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, shu bilan birga, iqtidorli

bolalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash muammosini alohida ta’kidlash kerak.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ahloqiy va xulq atvor hislatlarini

shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. Bu davrda o‘quvchida intizomga,

bilimga, o‘z-o‘zini tarbiyalashga chanqoqlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. U atrof muhit

qonuniyatlarini bilishga intiladi. Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, savob


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

210

va gunohni farqlaydi hamda ular mohiyatiga tushuna boradi.

Fоydalanilgan adabiyоtlar:

1.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 577-son qaroriga 1-ilova

“Umumiy o’rta va o’rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat
faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Nizom
2.

Do’stmuhamedova Sh.A., Nishanova Z.T., Karimova Sh.K., Alimbaeva

Sh.T., Jalilova S.X. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. –T.: 2013. 327 b.
3.

Egamberdieva N. M. Ijtimoiy pedagogika. – T.: A.Navoiy nomidagi

O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2009 y. 213 b. Майстренко А.В.,
Губин В.А. Психологические характеристики обучающихся начального
образования с различной успеваемостью в обучении. Вестник
Ленинградского государственного университета имени А.С. Пушкина: науч.
журн. – СПб., 2016. – № 4, часть I. – с. 123–131
4.

Майстренко, А.В. Новообразования младшего школьного возраста и

психологические характеристики, определяющие высокую успеваемость
обучения в начальных классах. Проблемы современного педагогического
образования: науч. журн. - Ялта, 2020. – Вып.67, ч. .4. – с.402-406
5.

Nishanova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. Darslik.

–T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2018. 600 b.
6.

Pardaev

B.

Boshlang’ich

sinf

o’quvchilari

ijtimoiylashuvini

rivojlantirishda pedagogik qo’llab-quvvatlash tizimi. Obrazovanie i innovatsionnie
issledovaniya. 2022. №3
7.

Xolyigitova N. Turayeva D. Umumiy psixologiya asoslari. Darslik. –T.:

Adast poligraf. 2023 470 b.
8.

Xоlyigitоva N.А. Тa’limda mоtivlar shakllanishining ijtmоiy-psixоlоgik

sharоitlari. “Pedagоgika” ilmiy-nazariy va metodik jurnali, 2017/6
9.

Rо‘zibayeva M. Kichik maktab yоshidagi о‘quvchilarning psixоlоgik

xususiyatlari. Yangi O‘zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali. 1, 6 (May 2024), 100-
102-b.