https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
135
TERMINAL HOLATLADA BIRINCHI YORDAM
SHamsiyev SHaxboz Zokir o’g’li
Buxoro viloyati G'ijduvon tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat
salomatligi texnikumi
Annotatsiya: Terminal holatlarda birinchi yordam deganda, hayotning
soʻnggi bosqichi, hayot bilan oʻlim orasidagi holat tushuniladi. Bunda organizm
yashashi uchun muhim boʻlgan organ va sistemalar faoliyatida hatto tiklash
mumkin boʻlsa ham chuqur oʻzgarishlar roʻy berib, gipoksiya kuchayadi.
Behushlik boshlansada nafas reflekslari va yurak faoliyati saqlanib turgan agoniya
o l d i, agoniya va klinik oʻlim kabi 3 bosqichni oʻz ichiga oladi. Terminal holatning
davomiyligi asosiy kasallikning ogʻir yoki yengilligiga va organizmni
jonlashtirish chora tadbirlari ko’riladi.
Kalit so’zlar: Terminal holat, terminal pauza ,preagonal holat, agoniya, nafas
reflekslari, klinik oʻlim, buyruqli davolash usuli, himoyachi nuqtai,xolistik
yondashuv, Ritmik bosimlar, tashqi shikastlovchi omillar, sun'iy nafas, suyak
chiqishi, suyak sinishi, zaharlanish, hushdan ketish, jarohatlanish, kompressiya.
Аннотация: Первая помощь при терминальных состояниях относится
к последнему этапу жизни, состоянию между жизнью и смертью. При этом
происходят глубокие изменения в работе органов и систем, важных для
выживания организма, даже если они могут быть восстановлены, и
нарастает гипоксия. Наступление анестезии включает три стадии:
преагонию, агонию и клиническую смерть, в течение которых сохраняются
дыхательные рефлексы и сердечная деятельность. Длительность
терминального состояния зависит от тяжести или легкости основного
заболевания и мер, принимаемых для оживления организма.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
136
Ключевые слова: Терминальное состояние, терминальная пауза,
преагональное состояние, агония, дыхательные рефлексы, клиническая
смерть, метод командного лечения, защитная перспектива, целостный
подход, ритмические давления, внешние травмирующие факторы,
искусственное дыхание, выпячивание кости, перелом кости, отравление,
потеря сознания, травма, сдавление
Abstract: First aid for terminal conditions refers to the last stage of life, the
state between life and death. In this case, profound changes occur in the
functioning of organs and systems important for the survival of the div, even if
they can be restored, and hypoxia increases. The onset of anesthesia includes three
stages: preagony, agony and clinical death, during which respiratory reflexes and
cardiac activity are preserved. The duration of the terminal state depends on the
severity or mildness of the underlying disease and the measures taken to revive the
div.
Key words: Terminal state, terminal pause, preagonal state, agony,
respiratory reflexes, clinical death, team treatment method, protective perspective,
holistic approach, rhythmic pressures, external traumatic factors, artificial
respiration, bone protrusion, bone fracture, poisoning, loss of consciousness,
trauma, compression
Terminal holatlarda birinchi yordam—baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi
shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini asrab qolish
va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar
majmui; shifokor yetib kelguncha yoki ularni shifoxonaga olib borguncha amalga
oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan (oʻzaro)
koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish
alomati boʻlganida, mast, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga
quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin. Oʻzaro Birinchi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
137
yordam odatda boshqa kishi tomonidan koʻrsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida
qolganda, mast, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa
holatlarda darhol Birinchi yordam koʻrsatish zarur. Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy
yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq. Mast,
suyak ochiq singanda bogʻlov va shina (taxtakach)ning tez va toʻgʻri qoʻyilishi
koʻpincha shok va boshqa ogʻir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush
yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi
hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.Asosiy qismBirinchi yordam uch xil
tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi:
1) tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va
boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay
sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar);2)
shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q.Suyak
chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va
b.); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob
boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam
chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga
olib borish zarur. Toʻgʻri Birinchi yordam koʻrsatish uchun doim tegishli bilim va
malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori qutichasida
Birinchi yordam uchun zarur boʻlgan hamma narsalar boʻlishi kerak.Yoqimsiz
holatlar kutilmaganda ro‘y berishi mumkin, shu bois har qanday vaziyatda
ham ularga tayyor turish kerak, ayniqsa boshqa bir insonning hayoti sizning
ko‘nikmalaringizga bog‘liq bo‘lsa. Don't Panic birinchi yordam ko‘rsatish
bo‘yicha har bir inson bilishi kerak bo‘lgan besh asosiy tamoyili
bilanbo‘lishdi.Sun'iy nafas har bir inson bilishi kerak bo‘lgan elementar
reanimatsion xatti-harakatlar sirasiga kiradi. Jabrlanuvchiga kislorod yetkazish
uchun shunchaki yuzma-yuz nafas olishning o‘zi kifoya, deb o‘ylamang.
Birinchi navbatda, nafas yo‘llarini tekshirib, zarurat tug‘ilgan taqdirda, biror bir
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
138
predmet, qon yoki balg‘am bo‘lsa, tashqariga chiqarib tashlash kerak. Ilk 10 havo
yuborishni tezlikda bajaring, keyin esa bir daqiqada 20 nafas ritmini qo‘llang.
Yodingizda bo‘lsin: agar insonning ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgan bo‘lsa, demak,
barchasi to‘g‘ri ketmoqdaAgar jabrlanuvchining pulsi yo‘qligini sezsangiz,
yurakni massaj qilish kerak. Ko‘krak qafasining eng qisqa va tor qismini
aniqlang va uning chetidan 2-3 santimetr o‘lchang -bu kompressiya nuqtasi
bo‘ladi. Kaftning asosini shu yerga qo‘ying, uni ikkinchi kaft bilan yoping -
bosim aynan shu qismlar bilan amalga oshiriladi. Ritmik bosimlarni kuchli,
vertikal yo‘nalishda amalga oshiring. Biroz ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi:
chastota daqiqasiga 110 martani tashkil qilishi kerak. Puls bo‘lsa, yurak
massajiga hojat yo‘q.XULOSATerminal davrda hamshiraning tutgan o’rni: 1)
Bemor bedavo kasalga chalingani va hayot jarayonining yakuniy bosqichida
ekanligini tushunib, uning hayot tarziga hurmat qo’rsatishi zarur. 2) Terminal
bemorning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy ruhia azoblarining o’zaro murakkab
aloqasini ifodalovchi umumiy azoblarni tekshirish va ularni bartaraf qilish yoki
yengillashtirishga harakat qilish lozim.
3) Xolistik yondashuv asosida bemorning hayot sifatini oshirishda
malakali yordam ko’rsatish. 4) Himoyachi nuqtai–nazaridan yordam ko’rsatib
bemorning hohish–irodasini hurmat qilish. 5) Terminal bemorning oila
a’zolarining azoblarini tushunish va yordamni ko’rsatish. 6) Buyruqli davolash
usulida hamshiralik parvarishi bo’yicha mutaxassis sifatida o’z vazifalarini
amalga oshirish. O’lim mazmuni va mohiyati. Inson uchun o’limga bo’lgan
munosabat inson turmushining qaysi tomoniga e’tibor berishimizga ko’ra
farq qiladi. Odatda har qanday tirik jonga o’lim yozilgan. O’lim biologik organizm
sifatida hayot faoliyatining tugashini anglatmaydi, insonning hayot faoliyatining
tugashi va xulosalari chiqarishni ifodalab, ancha chuqur ahamiyatga ega.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
139
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YATI:
1.Hamraev A. J., Alimov A. V., Ahzamxo’jaev T. S. 2.“Xirurgiya va
reanimatsiya asoslari”. Toshkent, “Zar qalam” nashriyoti, 2005 yil.
Muxtorov M. X., Qaxxorov I. K. “Reanimatsiya asoslari” Toshkent, “Ilm-
ziyo” nashriyoti, 2005 yil.
3.Razikova I. S., Alikulova D. Ya. “Gerontologiyada xamshiralik ishi”
o’quv qo’llanma.