Авторы

  • Maqsudbek Akramjonov Anvarjon o‘g‘li

Биография автора

  • Maqsudbek Akramjonov Anvarjon o‘g‘li

    Namangan Davlat Pedagogika Instituti magistranti O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100022

Ключевые слова:

Keywords: Mongol invasion Samarkand Bukhara Central Asia destruction cultural heritage architecture Sarbadar movement urban revival. Ключевые слова: монгольское нашествие Самарканд Бухара Центральная Азия разрушение культурное наследие архитектура движение сарбадоров возрождение городов. Kalit so‘zlar: Mo‘g‘ullar bosqini Samarqand Buxoro Markaziy Osiyo vayronagarchilik madaniy meros me’morchilik sarbadorlar harakati shaharlarning tiklanishi.

Аннотация

Abstract: after the Mongol invasion of 1220, the development of Samarkand came to a halt. The invaders destroyed the city’s structures, burned its buildings, and leveled its architectural monuments. The water supply system of Afrosiyob was also ruined, turning it into a lifeless hill. The Mongols looted everything, burned valuable books, and repurposed book chests into feeding troughs. Not only Samarkand but also Bukhara, Nakhshab (Karshi), Termez, and other cities were captured, leading to the forced relocation of craftsmen to the Far East and Khorasan. Major cultural centers such as Marv and Nishapur were reduced to ruins.

Аннотация: после монгольского нашествия 1220 года развитие Самарканда остановилось. Захватчики разрушили городские сооружения, сожгли здания и уничтожили архитектурные памятники. Была разрушена система водоснабжения Афросиаба, превратив его в безжизненный холм. Монголы разграбили всё, уничтожили ценные книги, а книжные сундуки превратили в кормушки. Захвачены были не только Самарканд, но и Бухара, Нахшаб (Карши), Термез и другие города, а ремесленников насильно переселили на Дальний Восток и в Хорасан. Крупные культурные центры, такие как Мерв и Нишапур, были превращены в руины.

Annotatsiya: 1220-yilgi mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng Samarqand rivojlanishi to‘xtab qoldi. Bosqinchilar shahar inshootlarini vayron qildi, binolarni yoqib yubordi va me’morchilik yodgorliklarini yer bilan yakson qildi. Afrosiyobning suv ta’minoti tizimi buzilib, u jonsiz tepalikka aylangan. Mo‘g‘ullar har narsani talon-toroj qilib, qimmatli kitoblarni yoqib yuborgan va ularni saqlash uchun mo‘ljallangan sandiqlarni ot-ulovlar uchun yemxona qilib ishlatgan. Faqat Samarqand emas, balki Buxoro, Naxshab (Qarshi), Termiz va boshqa shaharlarga ham hujum qilingan, hunarmandlar esa majburan Sharq va Xuroson tomon olib ketilgan. Marv va Nishopur kabi yirik madaniy markazlar vayron bo‘lgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

84

XIII-XIV ASR ME’MORCHILIGINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqsudbek Akramjonov Anvarjon o‘g‘li

Namangan Davlat Pedagogika Instituti magistranti O‘zbekiston

Email:

teachermaqsudbek@gmail.com

ORCID ID: 0009-0007-2801-7743

Abstract: after the Mongol invasion of 1220, the development of Samarkand

came to a halt. The invaders destroyed the city’s structures, burned its buildings,

and leveled its architectural monuments. The water supply system of Afrosiyob was

also ruined, turning it into a lifeless hill. The Mongols looted everything, burned

valuable books, and repurposed book chests into feeding troughs. Not only

Samarkand but also Bukhara, Nakhshab (Karshi), Termez, and other cities were

captured, leading to the forced relocation of craftsmen to the Far East and

Khorasan. Major cultural centers such as Marv and Nishapur were reduced to

ruins.

Keywords: Mongol invasion, Samarkand, Bukhara, Central Asia, destruction,

cultural heritage, architecture, Sarbadar movement, urban revival.

Аннотация: после монгольского нашествия 1220 года развитие

Самарканда остановилось. Захватчики разрушили городские сооружения,

сожгли здания и уничтожили архитектурные памятники. Была разрушена

система водоснабжения Афросиаба, превратив его в безжизненный холм.

Монголы разграбили всё, уничтожили ценные книги, а книжные сундуки

превратили в кормушки. Захвачены были не только Самарканд, но и Бухара,

Нахшаб (Карши), Термез и другие города, а ремесленников насильно

переселили на Дальний Восток и в Хорасан. Крупные культурные центры,

такие как Мерв и Нишапур, были превращены в руины.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

85

Ключевые слова: монгольское нашествие, Самарканд, Бухара,

Центральная Азия, разрушение, культурное наследие, архитектура,

движение сарбадоров, возрождение городов.

Annotatsiya: 1220-yilgi mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng Samarqand rivojlanishi

to‘xtab qoldi. Bosqinchilar shahar inshootlarini vayron qildi, binolarni yoqib

yubordi va me’morchilik yodgorliklarini yer bilan yakson qildi. Afrosiyobning suv

ta’minoti tizimi buzilib, u jonsiz tepalikka aylangan. Mo‘g‘ullar har narsani talon-

toroj qilib, qimmatli kitoblarni yoqib yuborgan va ularni saqlash uchun

mo‘ljallangan sandiqlarni ot-ulovlar uchun yemxona qilib ishlatgan. Faqat

Samarqand emas, balki Buxoro, Naxshab (Qarshi), Termiz va boshqa shaharlarga

ham hujum qilingan, hunarmandlar esa majburan Sharq va Xuroson tomon olib

ketilgan. Marv va Nishopur kabi yirik madaniy markazlar vayron bo‘lgan.

Kalit so‘zlar: Mo‘g‘ullar bosqini, Samarqand, Buxoro, Markaziy Osiyo,

vayronagarchilik, madaniy meros, me’morchilik, sarbadorlar harakati,

shaharlarning tiklanishi.

1220-yil bahorda Chingizxon qo'shinlari Samarqandni bosib olgandan so‘ng

rivojlanish ancha to‘xtab qolgan, istilochilar tomonidan shahardagi inshootlar

yondirib yuborilgan va o‘sha davrgacha saqlangan me’morchilik yodgorliklari yer

bilan yakson qilingan. Afrosiyobni suv bilan ta’minlovchi jo‘yi Aziz mo‘g`ul

bosqinchilari tomonidan buzib tashlangan. Shundan so‘ng Afrosiyob jonsiz

tepalikka o‘xshab qolgan.

Chingizxon qadimgi Afrosiyobni bosib olgandan keyin bu joy vayrona

qilinganligi sababli shahar Afrosiyobnin janub tomoniga qarab rivoj topadi.

Mo`g`ullar hammayoqni talon-taroj qildilar. Qimmatli kitoblar ot-ulovlar oyog`i

ostiga tashlanib, kitob saqlangan sandiqlar esa oxurga aylantirildi. Chingizxonning

o`zi shaxsan Buxorodagi o`sha paytda yog`ochdan barpo etilgan Masjidi Kalonni

va shaharning qator boshqa imortalarini yoqib yuborishga boshchilik qildi. So`ng


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

86

1221-yilda Samarqand, undan so`ng Naxshab (Qarshi), Termiz va boshqa shaharlar

qo`lga kiritildi. Imorat va bog` ustalari, ipak matolar to`quvchi hunarmadlar Uzoq

Sharqqa hamda Xurosonga olib ketildi. O`zining ajabtovur tarixiy madrasalari

bilan mashhur bo`lgan Marv va mag`rur Nishopur xarob etildi. Ray, Sheroz,

Isfahon va boshqa shaharlar ham shu ko`yga solindi.

O`rta Osiyo madaniy taraqqiyoti bir yarim asrdan ziyodroq davr davomida

kishanlab qo`yildi. Bu davrdagi shaharlar taraqqiyoti va me’morchilik sohasining

rivoji haqida ma’lumotlar juda ham oz. Xalq ommasining bosqinchilarga va feodal

zulmiga noroziligi XIV asrning o‘rtalari va ikkinchi yarmida kuchli ozodlik

harakati - sarbadorlar harakatini kelib chiqishiga olib kelgan va bu harakat oxir-

oqibat mo‘g‘ullarni ketishiga sababchi bo‘lgan.

1

Mo‘g‘ullar bosqini o‘lkamizning moddiy va ma’naviy madaniyati

taraqqiyotini bir nеcha yuz yillar orqaga surib yubordi. Asrlar davomida

xalqimizning aql­zakovati bilan bunyod etilgan go‘zal shahar va qishloqlar,

osmono‘par tarixiy qurilish obidalari, binokorlik va mе’morchilik san’atining

nodir va bеtakror nusxalari yеr bilan yakson qilindi, ularning kuli ko‘kka

sovurildi. Ayniqsa, ma’naviy mеrosimiz ko‘rgan zararni til bilan ifoda etish

qiyin. Yozma manbalar, nodir kitoblar yondirildi, oyoqostida toptaldi.

Mo‘g‘ullar fan va madaniyat arboblari, olim­u fuzalolar, shoir va

yozuvchilar — xalqimizning ming­minglab ulug‘ farzandlarini yoppasiga

qirib tashladilar yoki qul qilib asir sifatida Mo‘g‘ulistonga olib kеtdilar.

Madaniy hayotga shu qadar katta zarba bеrildiki, uni XIV asrning

yarmilariga qadar ham tiklab bo‘lmadi.XIII asrning ikkinchi yarmida va XIV

asrning boshlaridan e’tiboran shahar va qishloqlarda xo‘jalik hayotining

jonlanishi bilan madaniy sohada ham ba’zi bir tarmoqlarning oyoqqa tura

boshlashi ko‘zga tashlanadi. Bu shaharsozlik, binokorlik va mе’morchilikka

aloqador bo‘lgan sohalardir. Shu davrda Movarounnahr va Xorazmda qad

1

Shamsutdinov R. Karimov Sh. “Vatan tarixi” birinchi kitob. –T.: “Sharq”, 2010. –

B.331


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

87

ko‘targan va bizning kunlargacha yеtib kеlgan tarixiy san’at obidalarini misol

tariqasida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Buxoro shahridagi Sayfiddin Boharziy,

Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi Shohizinda ansamblining

Qusam Ibn Abbos

maqbarasinin ziyoratxonasi, ko‘hna Urganjdagi

Najmiddin Kubro va To‘rabеk xonim maqbarasi, Xo‘janddagi (kеyinchalik u

harob bo‘lgan) Duvoxon maqbarasi va boshqalar ana shular jumlasidandir.

XIII asr o‘rtalarida Buxoroda qurilgan «Mas’udiya» va «Xoniya» dеb

nomlangan ajoyib ikkita madrasa binosi va Ko‘hna Urganjdagi balandligi 62

mеtrga tеng bo‘lgan ulkan qo‘sh masjid dastasi ulug‘ xalqimiz moddiy

madaniyatining buyuk namunasidir.

Sayfiddin Boharziy maqbarasi (1-ilovaga qarang) - Buxorodagi meʼmoriy

yodgorlik. Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei) da 2 maqbara —

Bayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy maqbarasi bunyod etilgan.

Sayfiddin Boharziy maqbarasining kichik goʻrxonasi (XIII asrning 2-yarmiga oid)

va ziyoratxonasi (XIV asrning 2-yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq

chuqur ravoqli, 2 yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oraligʻidagi

yassi mehrobiy tokchalarga tuynuklar qilingan. Peshtoq yuqorisida ravokli

darchalar bor. Ziyoratxona va goʻrxona ichidagi gumbaz osti bagʻali 8 va 16 qirrali

muqarnas bezaklar bilan toʻldirilgan. Maqbaraga Shayx Sayfiddin Boharziy, uning

2 oʻgʻli - Jamoliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhar, shuningdek, nevarasi

Abu Mufaxir Yahyo, evaralari Xovand Burhoniddin, Ruhiddin Shayx Dovudlar

dafn etilgan

2

.

Amir Temur Buxoroga tashrif buyurganda Shayx qabrini albatta ziyorat

qilgan. Uning farmoni bilan maqbara obod qilinib, ziyoratxona va sharqiy peshtoq

qurilgan. Shayx qabri ustidagi yogʻoch sagʻananing yasalish uslubi, zarhal

bezaklari Amir Temur davri yogʻoch oʻymakorligi sanʼatining noyob yodgorligi

hisoblanadi. Sagʻanada tugʻilgan va vafot etgan sana, Qurʼondan oyatlar, Shayxni

2

Berdimuhammedov A. Amir Temutning Samarqanddagi bog`lari. Turkiston, 1992-yil. B: 123-124.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

88

madh etuvchi madhiyalar, rang-barang naqshlar oʻzaro uygʻunlashgan.

Mustaqillikdan keyin Sayfiddin Boharziy maqbarasi qayta taʼmirlanib, yodgorlik

atrofida goʻzal Fathobod bogʻi bunyod etirildi.

Bayonqulixon maqbarasi - Oʻrta Osiyo meʼmorligi noyob namunasi (XIV

asr oʻrtasi). Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy maqbarasi yaqinida

Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi moʻjaz

va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy.

Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular

lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan

ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak

uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand) da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon

maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi

3

.

Najmiddin Kubro maqbarasi — Koʻhna Urganchdagi meʼmoriy yodgorlik

bo`lib, u XIV asrning 20-30-yillariga oid. Sufiylikdagi Kubraviylik oqimining

asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bogʻliq. Maqbara 3

xona (Najmiddin Kubro sagʻanasi joylashgan katta xona, bir necha qabrlari boʻlgan

kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va xonalar gumbaz tomli,

oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Bosh tarzi chuqur ravoqli, peshtoq gumbazli,

koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili saqlangan,

Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va

sagʻana oq, koʻk, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yogʻoch

oʻymakorligida ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki

gumbaz osti bagʻali qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toqu ravoqli, ganchkori

muqarnaslar bilan bezatilgan.

Xona oʻrtasidagi sagʻana oʻziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu

keyinchalik Xorazm meʼmoriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qoʻllanilgan.

3

Qulmatov Sh. Berdimuhammedov A. Samarqand yodigorliklari.

T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2017.

B.36


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

89

Najmiddin kubro maqbarasida Xorazm meʼmorligida musavvir va koshinpazlar

tomonidan erishilgan barcha yutuqlar namoyon boʻlgan.

4

XIV asr oxiri va XV asr o‘rtalari Temuriylar davridir Amir Temur davlati

Volgadan Gangagacha, Tyanshandan Bosforgacha bo‘lgan hududlarni o ‘z

tarkibiga olgan. Amir Temur tomonidan Turk armiyasi tor-mor qilinib, uning

sultoni Boyazid ham asir olingan. Amir Temur podshohligi davrida

Samarqandmamlakatning poytaxtiga aylanadi va u shahar jahonga mashhurbo‘ladi.

Temur va temuriylar davrida Samarqand o'zini o ‘nglab olib,shahar birun va

rabotga butunlay ko‘chib chiqqan va rivoj lanishilgarilab ketgan. Bu davrda ko‘p

tarmoqlar singari me’morchilikva binokorlik ishlari ham gullab yashnagan.

Samarqand nihoyatdaobod va ko‘kalamzor shaharga aylanadi.

Amir Temur o‘ziningtug‘ilgan yurti Shahrisabzni shaharga aylantirgan. U

yerda 1380-yilda Oqsaroy qasrini, keyinchalik to‘satdan vafot etgan o ‘g ‘li

Jahongir maqbarasini qurdirgan. Shahrisabzdagi Oqsaroyni xorazmlik ustalarga

qurdirgan. Binoni bunyod etish qariyb 20 yilga cho‘zilgan. Uning qurilishi 1403-

yillardan keyinroq bitgan. Oqsaroy peshtoqining ikki chekkasi va saroyning bir

qismi saqlanib

qolgan. 230 yil muqaddam qulab tushgan peshtoqning eni 22,5

m,

balandligi 40 m bo‘lgan. Toqi ustidagi ravoqlari bilan uning umumiy

balandligi 50 m dan oshgan.

Qolgan qismining hozirgi balandligi 38

m ni tashkil etadi.

Salobatlilik

va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo`lib

ko‘rinishini ta’minlash — old va

shimoliy devor yuzasini

sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli

erishilgan.Gumbazning ichi va yonlariga burchaklardagi minoralargakoshin

- g‘ishtlardan qalqon shaklidagi geom etrik naqshlarishlangan. Bu naqshlar

silliqlangan g‘isht va feruza rangli sirkorparchindan yozilgan kufiy xatlar

fonida ko‘k yo‘g‘on belboqqao‘xshash kompozitsiyani tashkil etgan.

Devorlardagi turli tuman ranglarning jilosi, koshinkor syujetlar, tarixiy,

4

https://uz.wikipedia.org/wiki/Najmiddin_Kubro_maqbarasi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

90

falsafiy

va diniy mavzudagi kufiy, suls yozuvlari, islimiy, geom etrik va

o‘simliksimon naqshlarning o ‘zaro uyg‘unligi binoga noyob va

sehrli

mazmun baxsh etgan.

Rangining oy yorug‘ida jilolanib -oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy

deb nomlangan.

Temuriylar davrining ikknchi bosqichida me’morchilikda

qo‘sh gumbazlar yaratish odat tusiga kirgan. U davr arxitekturasi

shakllarning boyishi, dekorativ elementlarning ko‘payislii, rangning

ko‘p

ishlatilishi va devorlarga, ayniqsa inshootlar fasadlariga

nihoyatda chiroyli va

rango-rang pardoz berilishi serlo

ishlanishi bilan ham xarakterlidir. XV

asrning ikkinchi yarimda

dekorativ pardozlashda yangi texnik pardozlash —

kundal paydo

bo‘lgan. Kundalda chinni sopol yoki chinni relyefli bezakka

to'la

suvi yuritilgan. Monumental me'morchilikda binolarning rejasi

murakkablasha borgan.

5

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Ahmedov M. O‘rta Osiyo me’morchilik tarixi. –T.: O‘zbekiston, 1995.

2.

Akramjonov, M., & Davronbayev, I. (2024).

History pedagogy for the digital

age: Embracing technology in the classroom.

MASTERS, 2(12), 25-28.

3.

Akramjonov, M., & Khaydarov, Z. U. (2025).

Innovative approaches to

teaching history in the 21st century.

Научный Фокус, 2(21), 300-302.

4.

Khaydarov, Z., & Akramjonov, M. (2025).

Babur: Conqueror, warlord, and

cultural pioneer. Models and Methods for Increasing the Efficiency of Innovative
Research, 4(42),

83-86.

5.

Berdimuhammedov A. Amir Temutning Samarqanddagi bog‘lari. Turkiston,

1992-yil.

6.

Vaxitov M. Mirzayev Sh. Me’morchilik. T.: “Tafakkur”- 2010.

7.

Qulmatov Sh. Berdimuhammedov A. Samarqand yodigorliklari. –T.: Imom

Buxoriy xalqaro markazi, 2017.

8.

Shamsutdinov R. Karimov Sh. “Vatan tarixi” birinchi kitob. –T.: “Sharq”,

2010.

5

Vaxitov M. Mirzayev Sh. Me’morchilik. T.: “Tafakkur”

- 2010. B.111