Авторы

  • Uzoqova Maftuna Yori qizi

Биография автора

  • Uzoqova Maftuna Yori qizi

    Buxoro viloyati Peshku tumani  39 davlat maktabgacha talim tashkilpti tarbiyachisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100023

Ключевые слова:

Tayanch so’zlar: Maktabgacha ta’lim yoshi tarbiyalanuvchi tarbiyalash ta’lim va tarbiya uyg’unligi. Ключевые слова: дошкольный возраст школьник воспитание сочетание обучения и воспитания. Keywords: Preschool age pupil upbringing combination of education and upbringing.

Аннотация

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligini ta’minlashning ahamiyati yoritilgan. Bunda bolalarni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi va ma’naviyatni shakkillantirishda muhum tavsiyalar berilgan.

Аннотация: В статье подчеркивается важность обеспечения баланса между образованием и

Annotation: The article highlights the importance of ensuring a balance between education and upbringing in the upbringing of preschoolers. It contains important recommendations for the harmony of education and upbringing in the upbringing of children and the formation of spirituality.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

76

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI TARBIYALANUVCHILARNI

TARBIYALASHDA TA'LIM VA TARBIYANING UYG'UNLIGINI

TA'MINLASH

Buxoro viloyati Peshku tumani 39 davlat maktabgacha talim tashkilpti

tarbiyachisi

Uzoqova Maftuna Yori qizi

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi tarbiyalanuvchilarni

tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligini ta’minlashning ahamiyati

yoritilgan. Bunda bolalarni tarbiyalashda ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi va

ma’naviyatni shakkillantirishda muhum tavsiyalar berilgan.

Tayanch so’zlar: Maktabgacha ta’lim yoshi, tarbiyalanuvchi, tarbiyalash,

ta’lim va tarbiya uyg’unligi.

Аннотация: В статье подчеркивается важность обеспечения баланса

между образованием и

воспитанием в воспитании дошкольников. Данная статья содержит

важные рекомендации по гармоничному обучению и воспитанию детей

дошкольного возраста и формировании духовности.

Ключевые слова: дошкольный возраст, школьник, воспитание,

сочетание обучения и воспитания.

Annotation: The article highlights the importance of ensuring a balance

between education and upbringing in the upbringing of preschoolers. It contains

important recommendations for the harmony of education and upbringing in the

upbringing of children and the formation of spirituality.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

77

Keywords: Preschool age, pupil, upbringing, combination of education and

upbringing.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda

huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyati tomonidan rivojlangan

davlat sifatida o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga

mos keladigan, har tomonlama rivojlangan,o‘z kasbini puxta egallagan,

vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab yetishtirishda maktabgacha ta’lim

tarbiyalanuvchilarini o‘qitishni yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, uning tarbiya

bilan uyg‘unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega.

O‘zbek xalqi tarixan Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda

umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash sohasida o‘ziga xos dorulfunun

yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kundagi

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida

tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.

Yaxlit ta’lim - tarbiya jarayonida ikkala o‘zaro bog‘liq juftlik, ya’ni bilim

berish va tarbiyaviy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda shakllangan ta’limiy –

tarbiyaviy bilimlar va ko‘nikmalar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatish, obektiv

borliqdagi qonuniyatlarni o‘rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib

toptirishda namoyon bo‘ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda

egallangan bilimni amalda ishlatishga o‘rgatish bilan birga ta’lim tarbiyalovchi

ham

bo‘lishi kerak. Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg‘unligi tamoyili bu

kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat bo‘lib, bunda egallangan bilim

va ko‘nikmalarni hayotga qo‘llay olishga o‘rgatiladi, hayotda ta’lim oluvchilarning

ham intellektual, ham

ma’naviy jihatdan uyg‘unlikda rivojlanishi ta’minlanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

78

Tarbiya- shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan

pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir

etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o‘zaro bog`liq bo‘lgan ikki faoliyatni -

o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiyajarayonida o‘quvchining

ongi shakllana

boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va

ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo‘ladi.Psixologlar va

pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh ijobiy. xoh salbiy)

ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog'liqligini ko‘rsatadi.

Bugungi globallashuv va texnika asrida yangi avlodning ma’naviy tarbiyasini

boyitish, shu bilan bir qatorda moddiy e’htiyojlarini qondirish dolzar masala bo’lib

turibdi. Mana shu davrda inson ma’naviyatini rivojlantirish hamda moddiy

e’htoyojlarini qondirishda katta maqsadli vazifalarni amalga oshirish lozim.

Chunki bola uchun yaratilgan shart- sharoitlar , bilimlar, to’g’ri olib borilgan

tarbiya shu bilan birga ta’limning uyg’unligi tanimlash kelajakdagi orzularimizni

ro’yobga chiqarishga poydevor vazifasini o’taydi. Bejizga ajdodlarimiz bola

tarbiyasini ona vujudidan boshlashimiz lozim deyishmagan. Chunki ma’naviy

jihatidan yetuk farzandlar bizning kelajagimiz demakdir. Shu sababli ham

maktabgacha ta’lim yoshidagi tarbiyalanuvchilariga alohida e’tibor ko’rsatilmoqda

. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 sentabrdagi 637- sonli

Qaroriga binoan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risida”gi

qonunning 7-moddasida Maktabgacha ta’lim, ta’lim sohasining bosh bo’g’ini

sifatida tasdiqlanganligi buning yaqqol isbotidir.

Ta’lim va tarbiyaning uyg’unligini to’g’ri olib borishda o‘quv materialini

to‘g‘ri tanlash. Bunda ta’lim mazmuniga oid quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi.

O‘quv materialini tanlashda mashg‘ulotning maqsadi, ta’lim oluvchilarning oldingi

mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalariga, fan asoslariga oid bilimlarga, ta’lim


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

79

oluvchilarning jismoniy rivojlanganligiga va shu kabilarga. O‘quv materiali

mazmuni ta’lim oluvchilarning oldingi tajribalari va fan asoslari bo‘yicha olgan

bilimlariga hamda mashg‘ulotning maqsadiga muvofiq holda tanlanadi.

O’rganilayotgan hodisa va voqealarni jonli idrok etish asosida o‘zlashtirishni

ko‘zda tutadi. Bu o‘quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni

ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida ko‘rgazmali vositalardan to‘g‘ri foydalanish ta’lim

oluvchilarning pedagogika, psixologiya, tarbiyaviy ishlar metodikasi, o‘qitish

uslubi va texnikaga oid fanlarni puxta o‘zlashtirib olishga ularda malaka hosil

bo‘lishiga yordam beradi. Agar ko‘rgazmali qurol biron fikrni bildirish uchun

yordamchi vosita bo‘lsa, nutq asosiy qurol hisoblanadi. Ko‘rgazmali qurol

kuzatishni rivojlantirish uchun qo‘llanilsa, nutq qisqa bo‘lib kuzatishning

Ta’lim mazmunining ko‘rgazmalilik tamoyiliga ko’ra ta’lim vositalaridan

foydalanishning didaktik tamoyilidir. Shu sababli o‘rganilayotgan

tushunchalarning mazmunini ochib berishga oid manbalar (pedagogik hodisa va

jarayonlar) ajratib olinib o‘rganiladi va o‘rgatiladi. Ajratib olingan manbalarning

ko‘rgazmaliligini kuchaytirish uchun turli qo’llash usullari (rangli, raqamli, harfli

va shu kabilar) qo‘llaniladi. Manbalarni o‘qitish jarayonida ular bilan ishlash

uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o‘tkazish hisoblanadi.

maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi [4].Biz bu

jarayonda albatta ta’limning ko’rgazmalilik tamoyillaridan foydalanamiz.

Ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyilining yana bir vazifasi ta’lim jarayonidagi

sifatni

oshirishga, ta’lim oluvchilarning bilim olishlarini osonlashtirishga

(oydinlashtirishga) qaratilgan faoliyat bo‘lib, unda ta’lim oluvchilardagi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

80

o‘rganilayotgan jarayonlarni (narsa va hodisalarni) bevosita hissiy – amaliy

jihatdan idrok qilish asosida bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish jarayoniga

asosdir.

Ta’limning uzviylik va uzluksizlik tamoyili ko’ra – bu ta’limda zarur

fiziologik – psixologik qonuniyat hisoblanib, bilimni mantiqiy bog‘liqlikda

o‘rganishni ta’minlab beradi. Bu tamoyil har bir fan bo‘yicha dasturiy va uslubiy

tavsiyanomalar yaratishda joriy qilinadi va ular tushunchalar, dalillar va boshqa

fikrlar orasidagi aloqadorliklardan kelib chiqqan qonun va qoidalar bilan amaliy

ishlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni o‘rganish orqali amalga

oshiriladi. Bu qonuniyat ta’limni tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bunga amal

qilmaslik ta’lim mazmuniga salbiy ta’sirni keltirib chiqaradi, ya’ni ta’lim

oluvchilar tafakkurida o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan uzuq – yuluq bilimlarning

paydo bo‘lishiga olib keladi. Ta’limda onglilik va faollik tamoyilida ko’ra ta’lim

oluvchilar bilimini hayotda qo‘llay bilishlari uchun ta’lim mazmuni va unga mos

ta’lim berish jarayonini faol fikrlash faoliyatiga aylantirishga to‘g‘ri keladi, ya’ni

o‘qitishni shunday tashkil etish kerakki, bunda ta’lim oluvchilar bilimlarini dars

mashg‘ulotlarida ongli va faol qatnashib egallab olsinlar. Shunda ta’lim

oluvchilarda ong o‘sib, ijtimoiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik

tarkib topadi. Ta’limning onglilik tamoyili ta’lim oluvchilarda tushuncha va

qoidalarni yodlash va esda saqlash bilan ularni egallash emas, balki bu bilimlarni

hayotiy hodisalar va jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mazmunini

tushunishlaridadir. Bu tamoyil tafakkurini shakllantiruvchi qoida bo‘lganligi uchun

ham ta’lim oluvchilarni muammoni mustaqil hal qilishga o‘rgatadi. Shu bilan bir

qatorda ta’lim berishga ilmiy yondoshganda ta’lim mazmunini ilmiy asosda tashkil

etish tamoyilidan foydalaniladi unga ko’ra ta’lim oluvchilarni o‘qitish ishlarini

faollashtiradigan, ongini o‘stiradigan, ilmiy dunyoqarashini


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

81

kengaytiradigan, ularni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltiradigan usullarga

o‘rgatadi .

Ushbu jarayonda shuni takidlab o’tish lozimki, ta’lim va ta’rbiya uyug’inligini

ta’minlashda faqat ilmi jihatdan yondoshib bo’limaydi. Ta’lim va tarbiyaning

uyg’unlashtirishda oilaning o’rni beqiyos albatta. O’zbek xalqi tarbiya borasidagi

boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun

falsafa,

sotsiologiya,

etika,

estetika,

fiziologiya,

psixologiya

fanlari

ma`lumotlaridan

foydalanadi.

Hozirgi

zamon

pedagogikasida

tarbiya

tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki

tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan

hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida

ta’kidlash lozim. Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli,

dilipok, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, insonparvar, barkamol

shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya mahalliy, ijtimoiy- iqtisodiy shart -

sharoitlar, milliy an’analar va

mintaqalararo xususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Tarbiya

jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi. Xarakteri, g’oyaviy, axloqiy,

irodaviy, estetik xislatlari

shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy

kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.

Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz 0‘tar, Hamza

Hakimzoda

Niyoziy, Abdulla Avloniylar kabi ulug’ allomalarimiz inson kamolotini ilm-

fan va tarbiyada deb bildilar.Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

82

tarbiyalanuvchilar jamoasi hisoblanadi. Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga

bog’liqdir

Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish

darajasiga bogliq. Tarbiyajarayoni murakkabdir.Shuning uchun ham u

tarbiyachidan bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib,

mehribonlik bilan yondashishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini

diqqat bilan o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim.

Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali,

maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan,

tarbiyajarayoni shunchalik

samarali amalga oshiriladi.Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar:

oila, ota-onasi, maktab, do`stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at,

adabiyot, tabiat va hokazolar tarbiyalaydi. Shaxsning rivojlanish va shakllanish

jarayonini boshqarib borish kerak. Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda

tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va uzluksiz bo`lsin, barcha yoshdagi bolalarni

qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarining shaxs

o‘zaro munosabatda bo'ladi.

ADABIYOTLAR

1. https://lex.uz. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi

Qonuni. 2020 yil

23 sentabr.

2.https://lex.uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda

O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash

to’g’risida”gi Farmoni. 2018 yil 21 sentabr.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

83

3. Mirziyoyev Sh.M. “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq –

farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”

mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26

yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.// “Xalq so‘zi” gazetasi

2018 yil 8 dekabr.

4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat”, 2008,

43-bet. 5. Quronov.M. Bolam baxtli bo’lsin, desangiz... .T. “Ma’naviyat”, 2014,

22-bet.