https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
32
O‘QUV JARAYONIDA ONLAYN SO‘ROVNOMA VA TEST
TOPSHIRIQLARINI YARATISH PLATFORMALARIDAN
FOYDALANISH
S.Eshqobilov –
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti dotsent v.b.
Annotatsiya. Ushbu maqolada onlayn so‘rovnoma va test topshiriqlarini
yaratish platformalari va ularning o‘quv jarayonida foydalanish afzalliklari,
o‘quvchilarni darsga qiziqtirishdagi ahamiyatlari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar. Onlayn topshiriqlar, so‘rovnomalar, quizizz, kahoot, pedagogik
dasturiy vositalar.
Ta’lim jarayonini takomillashtirishga ta’lim mazmuniga mos bo‘lgan raqamli
texnologiyadan foydalanish, raqammli texnologiyadan o‘qitish vositasi sifatida
ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning turli samarali strategiya va yondashuvlari
muhim ahamiyatga egadir. Zamonaviy texnologiyalar yordamida onlayn test
topshiriqlari va so‘rovnomalar asosida darslarni olib borish o‘quvchilarda fanga
bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Shunday ekan raqamli texnologiyalarining
faol rivojlanishi, har bir sohada raqamlashtirish jadallashib borayotgan bir paytda
ta’lim jarayoniga tobora ko‘proq yangi o‘qitish usullarini yaratish va joriy etishni
nazarda tutadi. Kompyuterlar, smartfonlar va Internet bizning kundalik va
professional hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Hozirgi davrda an’anaviy
o‘qitish usullari bilan o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish
birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shu munosabat bilan ta‘lim tizimi
zamonaviy talablarga moslashishi, axborot texnologiyalari yutuqlarini hisobga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
33
olgan holda o‘qitishning faol usullaridan foydalangan holda yangi o‘qitish
usullarini shakllantirishi va rivojlantirishi zarur.
Ta’lim jarayoniga o‘yin usullarini joriy etish amaliy malakalarni, fikrlash va
mantiqni rivojlantiradi, shuningdek, materialni o‘rganish samaradorligini oshiradi.
Bundan tashqari, o‘yin elementlari o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga jalb qilish
darajasini oshiradi. Internet resurslari va o‘quvchilar smartfonlari yordamida
samarali interaktiv ta‘lim muhitini tashkil etish mumkin.
So‘rovnoma va test topshiriqlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, topshiriqlar
yaratishda foydalaniladigan maxsus darsturlar va online tizimlardan foydalanishimiz
mumkin. Bugungi kunda barcha sohalarini raqamlashtirish va zamonaviy axborot
texnologiyalardan samarali foydalanish jarayonida internet tarmog‘i imkoniyatlaridan
muhim ahamiyat kasb etadi. So‘rovnoma va test topshiriqlari bir necha usulda taqdim
etilishi mumkin, jumladan: qog‘oz ko‘rinishida, komputerda oflayn rejimda va internet
tarmog‘ida so‘rovnoma havola (link) lar.
Onlayn so‘rovnomalardan quyidagi maqsadlarda foydalanishimiz mumkin:
−
Fan yo‘nalishida o‘quvchilar bilimlarini aniqlash
−
Seminar va o‘quvlarda teskari aloqa tizimini yaratish
−
Tinglovchilar ehtiyojlarini aniqlash
−
Interaktiv topshiriqlar tayyorlash
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv
jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita
hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan
biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga
erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik
ta`minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
34
o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib
chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
mashq qildirgichlar – avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
Internet tarmog‘ida online so‘rovnoma yoki test topshiriqlarini yaratishga
mo‘ljallangan ko‘pgina tizimlarni uchratishimiz mukin. Buning uchun qidiruv
tizimlariga “online so‘rovnoma”, “online survey” kabi kalit so‘zlar orqali osongina
topib olishimiz mumkin.
Onlayn so‘rovnoma tizimlaridan foydalanishning ustunlik taraflari:
−
Tezkorlik;
−
Tahlil qilish osonligi;
−
Shaffoflik;
−
Tinglovchilar uchun foydalanish osonligi;
−
Moslashuvchanligi;
−
Tanlash imkoniyati;
−
So‘rovnoma shaklini oson o‘zgartirish imkoniyati.
Onlayn so‘rovnoma va test topshiriqlarini tayyorlashda tizimlarga Kahoot
(kahoot.it), Quizizz (quizizz.com), strawpoll (strawpoll.com), LearningApps
(LearningApps.org) va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin.
Kahoot oʻyinga asoslangan oʻquv platformasi boʻlib, maktablar va boshqa taʼlim
muassasalarida taʼlim texnologiyasi sifatida foydalaniladi. Uning o‘quv o‘yinlari
“kahoots” foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ko‘p tanlovli viktorinalar bo‘lib, ularga
veb-brauzer yoki Kahoot ilovasi orqali kirish mumkin. O‘quvchilar bilimini tekshirish,
formativ baholash, o‘quvchilar o‘rtasida viktorinalar o‘tkazishda foydalanish mumkin.
Ushbu platforma istalgan mavzuda va istalgan tilda topshiriqlaringizni tuzish
imkonini beradi, yoki ilovaning boshqa foydalanuvchilari tomonidan ilgari yaratilgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-41_ Том-2_ Март-2025
35
millionlab vazifalarni o‘z ichiga olgan kutubxonada tayyor tematik test yoki so‘rovni
tanlashingiz mumkin. O‘qitishda qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, o‘quv jarayonini yangicha tashkil
etish imkonini beradi, uning amaliy yo‘nalishini oshiradi va o‘quvchilarning intellektual
salohiyatni rivojlantiradi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar, raqamli
texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etilishi o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi hamda AKT vositalaridan samarali foydalanishlarida muhim ahamiyat kasb
etadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda xizmat
qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. “Kahoot: A game-based web tool to assess motivation, engagement fun, and
learning outcomes among engineers”. Wan Ahmad Jaafar Wan Yahaya, March 2024.
2. “Mastering Quizizz: A Teacher's Guide to Creating Engaging Quizzes”. John
Davidson.
3. “Ethical Issues in Conducting Online Surveys”.William P. Fisher 2014 y.